Do‘lana — tog‘ marjoni, sog‘lomlik manbai!

Shu kunlarda Kitob tumanining purviqor tog‘lari, sersoya adirlari va yuksak qoyalar bag‘rida qizil marjon misol tovlanib pishgan do‘lana mevasi o‘zining shifobaxsh mavsumini boshlagan. Tabiatning bu bebaho ne’mati nafaqat tanaga shifo, balki insonlar uchun qo‘shimcha daromad manbai sifatida ham ahamiyat kasb etmoqda.

Do‘lana — qadimdan xalq tabobatida yurak faoliyatini yaxshilovchi, qon bosimini me’yorga keltiruvchi va asab tizimini tinchlantiruvchi o‘simlik sifatida qo‘llanilgan.

Mevasidan tayyorlangan murabbo, damlama va sharbatlar yurak mushaklarini mustahkamlash, qon aylanishini yaxshilashda katta foyda beradi. Ayniqsa, kuz faslida toza havoda pishgan tog‘ do‘lanasining foydasi yanada yuqori bo‘ladi.

Olimlarning ta’kidlashicha, do‘lananing bir hovuchini iste’mol etish kishini kun bo‘yi ochlik va tashnalikdan asrash bilan birga, organizmga bardamlik, quvvat va yaxshi kayfiyat bag‘ishlaydi. Shu bois bo‘lsa kerak, uni lotin tilida “gratas” — ya’ni “kuchli” deb ataydilar.

Bugungi kunda Kitob tumanining tog‘-vodiylarida do‘lana terimi bilan shug‘ullanuvchi aholining soni yildan-yilga ortmoqda. Meva qadoqlanib, ichki bozorlarga, hatto qo‘shni viloyatlarga ham yetkazilmoqda. Bu esa nafaqat ekologik toza mahsulotning qadri oshayotganidan, balki tog‘ bag‘rida yashayotgan insonlar mehnatidan baraka topayotganidan darak beradi.

Darhaqiqat, do‘lana — tabiat in’omi, tog‘ marjoni va sog‘lom hayot kaliti. Uni qadrlash, ko‘paytirish va shifobaxsh xususiyatlarini targ‘ib etish har birimizning burchimizdir.


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📷 Баҳор чўлдан, куз эса тоғдан бошланади (фотожамланма)

Ishonch.uz мухбири Қашқадарё вилояти, Китоб туманининг энг олис тоғли қишлоғи Шут қишлоғида бўлиб, куз манзараларини фототасвирларга мухрлади.

Маълумот учун, Шут қишлоғида 50 га яқин хонадон мавжуд. Қишлоқ туман марказидан 105 километр узоқликда, Ўзбекистондаги энг баланд чўққи – Ҳазрати султон этагида жойлашган.

ФОТО: http://ishonch.uz/photo_news/4338

Расмий саҳифаларимиз:
Telegram / Facebook  / Twitter / instagram  / You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Халқпарвар сиёсат ва ислоҳотлар, иқтисодиёт очиқлигини таъминлаш ва инвестицияларни рағбатлантиришга алоҳида эътибор натижасида имкониятлар улкан лойиҳаларга айланмоқда, Ўзбекистон бизнес учун энг жозибали макон сифатида эътироф этилмоқда.

Народная политика и реформы, особое внимание открытости экономики и стимулированию инвестиций превращают возможности в масштабные проекты, укрепляют репутацию Узбекистана как одного из самых привлекательных направлений для бизнеса.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Kitob tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi “Jonajon o‘zbek tilim” respublika tanlovida e’tirof etildi

Davlat tili bayrami arafasida o‘tkazilgan “Jonajon o‘zbek tilim” respublika tanlovi natijalari e’lon qilindi. Mazkur nufuzli tanlovda Qashqadaryo viloyati, xususan, Kitob tumanidan ikki nafar vakil munosib ishtirok etib, rag‘batlantiruvchi mukofotlarga sazovor bo‘ldilar.

Kitob tumani hokimining davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Lola O‘roqova hamda taniqli adiba, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Hafiza Egamberdiyeva tanlovning “O‘zbek tilining boy imkoniyatlari tarannum etilgan eng yaxshi badiiy-ijodiy asar” yo‘nalishida e’tirof etildilar.

Mazkur yutuq vohamizda o‘zbek tilining nufuzi va qadriyatlarini yuksaltirish yo‘lida olib borilayotgan ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning amaliy samarasidir.

📌 Ma’lumot uchun:
“Jonajon o‘zbek tilim” respublika tanlovi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti hamda O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi — o‘zbek tilining mamlakatimiz ijtimoiy hayotida va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish, davlat tilini to‘laqonli joriy etish borasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iboratdir.


Kitob tumanining mazkur yutug‘i o‘zbek tilining boyligi, ifoda salohiyati va badiiy qudratini keng targ‘ib etish yo‘lidagi izchil sa’y-harakatlarning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.


🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚 “Jadidlar izidan” tanlovining Kitob tuman bosqichi o‘tkazildi

Bugun Kitob tumanida “Jadidlar izidan” respublika tanlovining tuman bosqichi ko‘tarinki ruhda, keng ishtirok va yuqori tayyorgarlik bilan tashkil etildi.

Mazkur tanlov o‘quvchilarni jadid bobolarimizning ilm-ma’rifat yo‘lidagi fidoyiligi, millat ravnaqiga qo‘shgan hissasidan ibrat olishga, shuningdek, tarixiy merosimizni chuqur o‘rganishga undaydi.

🕯 Ma’lumot uchun: 2024-yilda o‘tkazilgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi g‘olibasi kitoblik Azimova Jasmina bo‘lgan edi. Joriy yilgi tanlov ham yosh kitobliklar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar va ilmiy mushohadalar ruhida o‘tdi.

Tanlov ikki bosqich — test sinovi hamda savol-javob shartlari asosida tashkil etilib, ishtirokchilar jadidchilik harakati, ma’rifatparvarlik g‘oyalari va tarixiy shaxslar hayoti haqidagi bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

🏆 Natijalar quyidagicha:

7–8–9-sinflar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Xoshimova Malika (4-maktab)
🥈 2-o‘rin – Masharipova Zaxro (49-maktab)
🥉 3-o‘rin – Fayzullayeva Dilnoza (28-maktab)

9–10-sinflar o‘rtasida:
🥇 1-o‘rin – Quvvatova Parizoda (1-maktab)
🥈 2-o‘rin – Yorboboyeva Mehribon (44-maktab)
🥉 3-o‘rin – Salohiddinova Xonzoda (4-maktab)
🥉 3-o‘rin – Qahhorova Nazokat (39-maktab)


G‘olib va sovrindor o‘quvchilar faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

📖 “Jadidlar izidan” tanlovi nafaqat bilim sinovi, balki yoshlarimizda milliy g‘urur, tarixga ehtirom va ilmga muhabbat tuyg‘ularini mustahkamlovchi muhim ma’naviy maydon bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔍Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇
https://www.tg-me.com/joinchat-WIzE6dryhMqccL7h

💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web saytTelegram | Twitter | 📹YouTube‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/10/18 01:26:20
Back to Top
HTML Embed Code: