Kitob tumanida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda
Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Kitob tumanida ham izchil amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, so‘nggi 6 oy davomida Kitob tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi tomonidan 100 ga yaqin fuqaroga hujjatlashtirish bilan bog‘liq turli xizmatlar ko‘rsatildi. Ular orasida tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni tasdiqlash, vafot etganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirish, shuningdek, ilgari hujjatsiz qolgan shaxslar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarini tiklash kabi xizmatlar mavjud.
Mazkur aksiya fuqarolarning huquqiy maqomini mustahkamlash, ijtimoiy xizmatlardan to‘laqonli foydalanishini ta’minlash va hujjatsiz yashayotgan shaxslar sonini kamaytirishga qaratilgan.
Tegishli idoralar vakillari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar, huquqiy tushuntirish ishlari ham tashkil etilib, har bir murojaat joyida ko‘rib chiqilmoqda.
👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy