Telegram Web Link
Kitob tumanida ish kuni fuqarolar murojaatlarini tinglash bilan boshlandi

Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligidagi mas’ul tashkilot vakillari ishtirokida fuqarolar murojaatlarini tinglash qabuli bo‘lib o‘tdi. Tashkil etilgan ushbu ochiq muloqot tuman Xalq qabulxona binosida amalga oshirildi.

Qabul davomida fuqarolar tomonidan turli yo‘nalishlardagi — ijtimoiy himoya, uy-joy, bandlik, infratuzilma, sog‘liqni saqlash va boshqa dolzarb masalalarga oid murojaatlar tinglandi. Ayrim masalalar joyida hal qilinib, qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot va mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, yaqinda bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida davlatimiz rahbari hokimlar faoliyatida yangi bosqich boshlanganini ta’kidlab, rahbarlar ish kunini fuqarolar murojaatlarini o‘rganishdan boshlashi zarurligini belgilab bergan edi.

Kitob tumanida ham ushbu topshiriq asosida jamoatchilik bilan ochiq va bevosita muloqot qilish, odamlar muammolarini eshitish va ularga yechim topish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu kabi ochiq qabullar aholining ehtiyojlarini bevosita o‘rganish, dardini eshitish va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim o‘rin tutadi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob tumanida tadbirkorlar qabuli o‘tkazildi

Kitob tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy sektor vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolari va takliflarini o‘rganish maqsadida navbatdagi tadbirkorlar qabuli tashkil etildi.

Mazkur ochiq muloqotda Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov hamda “Asakabank” ATB boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sa’dulla Talibdjanov ishtirok etdi.

Qabul davomida tumanda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar o‘z faoliyatida duch kelayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari bilan ishtirok etishdi. Jumladan, moliyaviy ko‘mak, kredit ajratish, yer ajratish, infratuzilma masalalari, soliq va bojxona imtiyozlari borasida murojaatlar tinglandi.

“Asakabank” vakillari tomonidan tadbirkorlik subyektlariga bank xizmatlari, kredit liniyalari va mavjud moliyaviy dasturlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ba’zi murojaatlar joyida hal etildi, ayrim masalalarni o‘rganish va yechimini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar yuklatildi.

Mazkur uchrashuv tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli islohotlarning amaliy ifodasi bo‘lib, joylarda ochiq va samarali muloqotlar orqali muammolarni joyida hal qilishga qaratilgan muhim qadam bo‘ldi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Davlatimiz rahbarining Qashqadaryo viloyatiga tashrifi bo‘yicha jamoatchilik munosabati

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob tumanida "Hokimlik soati" doirasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Bugun Kitob tumani hokimligida hokim Rustam Gafurov rahbarligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilinib, tegishli mas’ullarga zarur topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish davomida tashkiliy masala ham ko‘rib chiqildi. Bir qator muhim lavozimlarga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Jumladan:

Qalandarov Ashrafxon Abdurashid o‘g‘li — Kitob tumani “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi direktori lavozimiga,

Imomov Otabek Boymurodovich — Kitob tumani G‘aznachilik xizmati bo‘limi boshlig‘i lavozimiga,

Shoymurodov Ilhom Islomovich — Qashqadaryo viloyati agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi Kitob tumani Kengashi raisi sifatida tanishtirildi.

Yangi rahbarlar jamoaga tanishtirildi va ularga mas’uliyatli vazifalarida omad va muvaffaqiyatlar tilandi. Uchrashuv yakunida hokim tomonidan tayinlangan rahbarlarga fuqarolarga halol xizmat qilish, jamoatchilik bilan yaqindan ishlash hamda islohotlarga sodiqlik bilan yondashish bo‘yicha alohida topshiriqlar berildi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kitob tumanida mahalla raislariga xizmat guvohnomalari hamda "Mahalla raisi" ko'krak belgisi tantanali topshirildi

Kitob tumani hokimligining majlislar zalida yangi saylangan mahalla raislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda “Mahalla yettiligi” faoliyatining mazmun-mohiyati, islohotlar ijrosidagi o‘rni va mahalla raislari zimmasidagi asosiy vazifalar yuzasidan batafsil so‘z yuritildi.

Tadbir doirasida yangi saylangan mahalla raislariga xizmat guvohnomalari hamda “Mahalla raisi” ko‘krak belgisi tantanali ravishda topshirildi. Ushbu belgilar ularning mas’uliyatli va sharafli vazifasini ado etishda ishonch va rag‘bat timsoli bo‘lib xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakunida mahalla raislariga jamoatchilik bilan samarali hamkorlik qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, yoshlar tarbiyasi, oilaviy muammolarni bartaraf etish hamda mahallada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida aniq vazifalar belgilab berildi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/06/29 05:38:32
Back to Top
HTML Embed Code: