Telegram Web Link
Yoshlar – sog‘lom hayot bunyodkori!

Kitob tumanidagi 38-umumiy o‘rta ta’lim maktabida 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan yoshlar ishtirokida mazmunli tadbirlar tashkil etildi. Tadbir doirasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi rasm tanlovi va quvnoq sport musobaqalari o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘z iqtidor va salohiyatlarini namoyish etdilar.

Yoshlar orasida giyohvandlikka qarshi immunitetni shakllantirish, ularni salbiy illatlardan asrash, sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan ushbu tadbirda o‘quvchilar ijodiy ishlar va jismoniy mashg‘ulotlar orqali faol ishtirok etdi. Ayniqsa, sport bellashuvlari va rasm tanlovi yoshlarning ongida sog‘lom hayot mezonlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Shuningdek, “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida maktabda fan to‘garaklari va amaliy mashg‘ulotlar muntazam yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu orqali yoshlar nafaqat bilim, balki amaliy ko‘nikmalar, jamoaviy ishlash va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini ham rivojlantirishmoqda.

Bunday tashabbuslar yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalashga, ularning kelajak hayotida sog‘lom va faol fuqarolar sifatida shakllanishiga zamin yaratadi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 TADBIRKOR VA TASHKILOTLAR DIQQATIGA!

Telegram kanalingizga faqat O‘zbek obunachilar kerakmi?

Biz sizga bu borada yordam bera olamiz!

Obunachilarni tuman/shaharlar kesimida, aniq auditoriyaga yo‘naltirilgan holda jalb qilamiz.
Maqsadli auditoriya – faqat real va faol foydalanuvchilar!

📩 Batafsil ma’lumot va hamkorlik uchun: @qarshimedia_admin ga murojaat qiling. *
#kasb_egalariga_ehtirom
Kitob tumani hokimligida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

Shu munosabat bilan bu yil ham Kitob tumani hokimligida tumanimizdagi matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar, faol jurnalistlar, mustaqil blogerlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi orinbosarlari Jasur Gapparov va Gulbahor Begimovalar ishtirok etib, soha xodimlarining uzoq yillik faoliyatlarini alohida etirof etdi hamda ularni kasb bayramlari bilan samimiy qutladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

Yoshlar faolligi – kelajakka ishonchli sarmoya

Kitob tumanidagi 22-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilar ishtirokida turli yo‘nalishlarda qiziqarli va mazmunli tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tashabbuslar yoshlarning ijodiy fikrlashi, jismoniy faolligi va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

🏃‍♂️ Sport bellashuvlari, 📚 kitobxonlik mashg‘ulotlari hamda ✍️ ijodiy ishlar orqali o‘quvchilar o‘z qiziqishlarini namoyon etishdi, yangi ko‘nikmalarni egallashga intilishdi.

Tadbirlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilib, yosh avlodni barkamol inson etib voyaga yetkazish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan bo‘ldi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Forwarded from QASHQADARYO24 | Rasmiy kanal
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2025»
I босқич (Жамоатчилик сўровномаси)

«2025 ЙИЛНИНГ ЭНГ ЯХШИ ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ» (КИТОБ Т.)

2025 йил давомида фаол ишлаётган, ёшлар билан яқиндан ишлайдиган, ташаббускор ва фидоий ёшлар етакчиларидан энг муносибини биргаликда аниқлаймиз!

🗳 Йилнинг энг яхши ёшлар етакчисини сизнинг овозингиз белгилайди!

🏆 Туман босқичи ғолиблари:
🎁 Махсус совға
📄 Сертификат
🚀 Вилоят босқичига йўлланма

📢 Натижалар 250дан ортиқ ОАВ каналларида ва 👉 yiltanlovi.uz сайтида эълон қилинади.

➡️ «ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2025»ни сиз аниқлаб беринг!

➡️ Овоз беринг ва фикр билдиринг ⬅️
Qashqadaryolik delegatsiya Misrda kartoshkachilikning ilg‘or tajribalarini o‘rganmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19–20-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashriflari chog‘ida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, xususan kartoshka yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha Misr Arab Respublikasining ilg‘or tajribasini o‘rganish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya — Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimlari, shuningdek, kartoshkachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor fermerlar ishtirokida Misr Arab Respublikasida xizmat safarida bo‘lishmoqda.

Safar davomida delegatsiya a’zolari Misrning qishloq xo‘jaligi sohasi, ayniqsa kartoshka yetishtirishdagi ilg‘or texnologiyalar, agrotexnika usullari va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari bir qator yirik kartoshka yetishtiruvchi kompaniyalar bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Ahamiyatlisi, safar doirasida Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov ham sohaga oid bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishdi. Natijada, tez orada Kitob tumanida xorijiy tajriba asosida ming gektar maydonda eksportbop kartoshka yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tashrif va erishilgan kelishuvlar natijasida tumanda zamonaviy kartoshkachilikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda xalqaro bozorlarga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilishi kutilmoqda.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/01 17:38:05
Back to Top
HTML Embed Code: