Telegram Web Link
#kasb_egalariga_ehtirom
Kitob tumani hokimligida 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan tantanali tadbir tashkil etildi

Shu munosabat bilan bu yil ham Kitob tumani hokimligida tumanimizdagi matbuot va ommaviy axborot vositalari sohasida uzoq yillar samarali faoliyat yuritgan faxriylar, faol jurnalistlar, mustaqil blogerlar ishtirokida bayram tadbiri tashkil etildi. Unda tuman hokimi orinbosarlari Jasur Gapparov va Gulbahor Begimovalar ishtirok etib, soha xodimlarining uzoq yillik faoliyatlarini alohida etirof etdi hamda ularni kasb bayramlari bilan samimiy qutladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb_90_kun

Yoshlar faolligi – kelajakka ishonchli sarmoya

Kitob tumanidagi 22-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida o‘quvchilar ishtirokida turli yo‘nalishlarda qiziqarli va mazmunli tadbirlar o‘tkazildi. Ushbu tashabbuslar yoshlarning ijodiy fikrlashi, jismoniy faolligi va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi.

🏃‍♂️ Sport bellashuvlari, 📚 kitobxonlik mashg‘ulotlari hamda ✍️ ijodiy ishlar orqali o‘quvchilar o‘z qiziqishlarini namoyon etishdi, yangi ko‘nikmalarni egallashga intilishdi.

Tadbirlar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi hamkorligida o‘tkazilib, yosh avlodni barkamol inson etib voyaga yetkazish yo‘lida yana bir muhim qadamlardan bo‘ldi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Forwarded from QASHQADARYO24 | Rasmiy kanal
«ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2025»
I босқич (Жамоатчилик сўровномаси)

«2025 ЙИЛНИНГ ЭНГ ЯХШИ ЁШЛАР ЕТАКЧИСИ» (КИТОБ Т.)

2025 йил давомида фаол ишлаётган, ёшлар билан яқиндан ишлайдиган, ташаббускор ва фидоий ёшлар етакчиларидан энг муносибини биргаликда аниқлаймиз!

🗳 Йилнинг энг яхши ёшлар етакчисини сизнинг овозингиз белгилайди!

🏆 Туман босқичи ғолиблари:
🎁 Махсус совға
📄 Сертификат
🚀 Вилоят босқичига йўлланма

📢 Натижалар 250дан ортиқ ОАВ каналларида ва 👉 yiltanlovi.uz сайтида эълон қилинади.

➡️ «ЙИЛ ТАНЛОВИ – 2025»ни сиз аниқлаб беринг!

➡️ Овоз беринг ва фикр билдиринг ⬅️
Qashqadaryolik delegatsiya Misrda kartoshkachilikning ilg‘or tajribalarini o‘rganmoqda

Davlatimiz rahbarining joriy yil 19–20-iyun kunlari Qashqadaryo viloyatiga amalga oshirgan tashriflari chog‘ida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, mavjud yer resurslaridan samarali foydalanish, eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, xususan kartoshka yetishtirish hajmini oshirish bo‘yicha Misr Arab Respublikasining ilg‘or tajribasini o‘rganish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida viloyat hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi delegatsiya — Kitob va Shahrisabz tumanlari hokimlari, shuningdek, kartoshkachilik yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan tashabbuskor fermerlar ishtirokida Misr Arab Respublikasida xizmat safarida bo‘lishmoqda.

Safar davomida delegatsiya a’zolari Misrning qishloq xo‘jaligi sohasi, ayniqsa kartoshka yetishtirishdagi ilg‘or texnologiyalar, agrotexnika usullari va eksport salohiyati bilan yaqindan tanishmoqda. Shu bilan birga, delegatsiya a’zolari bir qator yirik kartoshka yetishtiruvchi kompaniyalar bilan ham muzokaralar olib bormoqda.

Ahamiyatlisi, safar doirasida Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov ham sohaga oid bir qator istiqbolli kelishuvlarga erishdi. Natijada, tez orada Kitob tumanida xorijiy tajriba asosida ming gektar maydonda eksportbop kartoshka yetishtirish ishlari yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Mazkur tashrif va erishilgan kelishuvlar natijasida tumanda zamonaviy kartoshkachilikni rivojlantirish, qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish hamda xalqaro bozorlarga yo‘naltirilgan mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yilishi kutilmoqda.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KITOB24 pinned a photo
Kitob tumanida "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida amaliy ishlar davom etmoqda

Adliya vazirligi tomonidan respublika bo‘ylab amalga oshirilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Kitob tumanida ham izchil amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, so‘nggi 6 oy davomida Kitob tumani Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) bo‘limi tomonidan 100 ga yaqin fuqaroga hujjatlashtirish bilan bog‘liq turli xizmatlar ko‘rsatildi. Ular orasida tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni tasdiqlash, vafot etganlik haqida guvohnoma rasmiylashtirish, shuningdek, ilgari hujjatsiz qolgan shaxslar bo‘yicha arxiv ma’lumotlarini tiklash kabi xizmatlar mavjud.

Mazkur aksiya fuqarolarning huquqiy maqomini mustahkamlash, ijtimoiy xizmatlardan to‘laqonli foydalanishini ta’minlash va hujjatsiz yashayotgan shaxslar sonini kamaytirishga qaratilgan.

Tegishli idoralar vakillari tomonidan mahallalarda sayyor qabullar, huquqiy tushuntirish ishlari ham tashkil etilib, har bir murojaat joyida ko‘rib chiqilmoqda.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
2025/07/03 06:54:29
Back to Top
HTML Embed Code: