Telegram Web Link
مسودة
Video
Vik mp3 diydiya🤦🏻‍♀
😁6
...ba'zan birovning qiliqlarini barmoqlarini bigiz qilib ko'rsatishadi, lekin o'zlarini surishtirib qaralsa, bundan beshbattarroq chiqadi.

Telba📚
8
@kitobimdan_bot

Tavsuyu)
Xohlang, öziz öqigan (öqiyotgan) kitobdan parcha yozing, xohlang, özgalar yozgan parchalarni öqing)
8
Men hammani tashlab ketmoqchi bo'ldim, lekin hechkim yo'q ekan.

Telba📚
9
Bırak hüzünleri
@baxt_sariiii...????
Insan yaptığını görmez ya bazen...
3
​​Bugunga yangimiz, erta eskirgan,
Bizni mensimaydi bu dunyo qadim.
Nega ishqning dardi dunyoday ulkan,
Men yana sog'inchga chidayolmadim.

Yer aylanaversayu, tag'in u damlar
Aylanib - aylanib qaytib kelmasmi?
Ikki yoqqa ketgan ezgin qadamlar
G'amgin uzrlarni aytib kelmasmi?

O'sha gunohingla sen baxtiyor bo'l,
Men jim yashayvergum tilsiz dunyoda.
Na oldda manzil bor, na orqaga yo'l,
Qayga ham borardim yo'lsiz dunyoda...

Diydam qotdi, yoshsiz ko'zlarim guvoh,
Lekin sendan qolgan tuyg'uga qulman.
Qachondir qaydadir uchrashsak nogoh,
Boladay termulsam ustimdan kulma.

Ilhom Salimov
11😢3
oq oydin kechalar...
demoqchi edim, momaqaldiroq boshlanib ketti)

neyse, yağmur geliyor
😁113
Bu sahifa endi faoliyat yuritmaydi
😢15
مسودة
Bu sahifa endi faoliyat yuritmaydi
Hazillashdim)
😁114😢2🗿2
🫶🏻
10
Yaxshiman, Allohga shukr

Öqiyman Andijon davlat universitetida, filologman

Höp)

Dostoyevskiyni öqimaganmanuu, Doatoyevskiydan öqiganman 1-2ta

Haa, rahmat)
1🗿1
"Kecha va kunduz" "O'tgan kunlar"chalik baholanmasligiga yagona sabab uning biroz keyinroq yozilgani bo'lsa kerak
6
2022-yil yoz kunlarini eslayman...
Kun oxirlab qolgan.
Universitet yozgi oshxonasi yonida dars qilardim.
Orqa tomondagi aniq fanlar binosidan baqir-chaqir, shodon qiyqiriqlar eshitiladi – qanaqa baxtli odamlar bor-a dunyoda, mazza qilib zakovat o'ynashyapti, deb havas qilardim...
3 oy ham o'tdi.
Sentabrni boshlarida kitobxonlik klubida tanishgan, keyinchalik opa-singil bo'lib ketgan qizlar bilan ko'rishib turardik. Gaplashib o'tirganimizda Mushtariy bugun birinchi liga borakan, zakovatga qatnashelik e, deb qoldi.
Gou deb ketvordik.
Hammasi shundan boshlangan edi)
Jamoamizga nom qo'yishga kelganda hayolimga "Efemerida" dan boshqa nom kelmadi. Balki o'sha payt yuragim sezgandir – Russ Brissendenning "Efemerida"si kabi bu jamoa ham men uchun hayotimning eng qadrli parchalaridan biri bo'lishini.
Klubdagi yagona faqat qizlardan iborat jamoa edik (u paytlar Bekdel testidan xabarimiz yo'q edi-da). Dastlab pastki o'rinlarda yurdik. Asta-sekin o'yin tempiga tushib oldik shekilli, qishga borib, peshqadamga aylandik.
Xudo "Ol, qulim" degan ekan, bahorda xotin-qizlar turniri bo'ldi, saralashdan o'tib oldik. Katta turnirlarda umuman tajribamiz yo'q edi. Qo'rqardik, butun respublikadan jamoalar keladi, natija qila olarmikinmiz deb. Poyezdga chiqqan paytimiz jamoadoshimiz Sarvinoz: "Qizlar, qaytayotib televizorni qanday olib kelamiz" deganida rosa kuldik. Alloh yuzimizni yorug' qildi. Natija qiloldik. 3-o'rin balki ko'pchilik uchun yetarli emasdir. Lekin biz uchun muhim yutuq edi. Va Toshkentdagi o'sha 3 kun 3 umrga tatigulik quvonch berdi bizga.
So'ng Buxoro sahifasi ochildi. Qator mag'lubiyatlardan keyingi zafar nashidasini his qildik.
Inson tushkunlikka tushganda eslasa, yuziga tabassum yugurtiradigan, millionlab, milliardlab xotiralar orasida yulduzday porlab ko'zga tashlanadigan onlar hadya etdi zakovat.
O'sha vaqtdan beri hayotimda yo'qotishni istamaydigan, o'rnini to'ldirib bo'lmaydigan insonlar soni ko'paydi.
Monoxrom hayotimga yorqin ranglar kirgandek bo'ldi)
Shu paytgacha zakovat sababli kim bilan tanishgan bo'lsam, qanday holatlarni boshdan kechirgan bo'lsam, bariga shukr🌝
12
2025/07/13 12:02:21
Back to Top
HTML Embed Code: