Öqish tugadi, ish tugadi, ta'til boshlandi. Demak, mazza qilib kitob o'qiymiz)
"Agar oʻz umrimni Imom Buxoriyning umrlariga qoʻshib, u kishining hayotlarini ziyoda qilishga qodir boʻlsaydim, albatta, shunday qilar edim. Zero mening oʻlimim bir insonning vafoti, xolos. Ammo u zoti sharifning vafot etishi ilmning ketishi va olamning oʻlishidir".
(c) Yahyo ibn Ja'far Poykandiy
Uyg'onish: Imom Buxoriy📚
(c) Yahyo ibn Ja'far Poykandiy
Uyg'onish: Imom Buxoriy📚
Ayting-chi, siz o'z birodarlaringiz, otangiz, onangiz yoki yor-u do'stlaringiz haqida nimalarni bilasiz?.. Deyarli hech nimani! Odamlar bir umr g'ilofda, niqobda yashab o'tadilar. Ularning tabiatiga, mohiyatiga suqilib kirishning iloji yo'q!
Tabib📚
Tabib📚
Mashg'ulotlar uchun nimaiki zarur bo'lsa, shart-sharoit yaratib beraman. Sababi, mening xotinim mendan ko'ra aqlli va ilmli bo'lishini istayman. Zotan, bo'lajak farzandlarimiz uchun sen muallima bo'lasan.
Tabib📚
Tabib📚
#taqriz
#Tabib
Asar polyak yozuvchisi Tadeush Dolenga Mostovich qalamiga mansub bo'lib, XX asr boshlarida Varshavada iqtidori va mahorati bilan ancha mashhurlikka erishgan doktor Rafal Vilchurning hayoti tasvirlangan.
Asar bilan tanishishdan ancha yillar avval kinosini ko'rib bo'lgandim. O'sha kino menga bolaligimni eslatuvchi qadrdon film bo'lganligi uchun kitobini ham o'qigim keldi. Kitob va kino o'rtasida deyarli farq yo'q. Faqatgina kitobda ideallashtirishga ko'proq urg'u berilgan. Chiroq yoqib qidirsangiz, har bir antogonist obrazni ichidan bir farishta chiqib keladi) Tilining yengil va ravonligi, bir maromdagi syujeti kitobxonning zerikmasligini ta'minlaydi. Asardagi ba'zi bir sahnalar menga boshqa kitoblarni eslatib yubordi. Misol uchun, aroq ichib o'tirgan Vilchur va Obedinskiyning suhbatini o'qirkan, ko'z oldimga Raskolnikov va Marmeladov keldi. Sud jarayoni tasvirlangan boblarni o'qib, Kamyuning Mersosini, Cho'lponning Zebisini xotirladim.
Obrazlarga keladigan bo'lsak, Rafal Vilchur timsolida yozuvchi taqdirning har qanday sinovida egilmagan iste'dod, yillar so'ndira olmagan kasbiga bo'lgan chuqur muhabbat va insoniylikni ifodalashga harakat qilgan. Marisani esa ilmga, go'zallikka tashna pokiza qalbli qishloq qizi sifatida tasvirlagan. Yuqorida aytilganidek, asardagi har bir obrazning o'zgacha o'zigagina xos fazilati bor.
Asarni o'qirkanman, inson xotirasidan kunlar, haftalar, yillar faromush bo'lishi mumkin, lekin fitrati o'zgarmasligi, iste'dodi yo'qolmasligi, chuqur va puxta egallangan bilim huddi umrboqiy tuyg'ular kabi insonning abadiy hamrohi bo'larkanda, degan hayol o'tdi.
Shuningdek, muallif asarda shifokorlik mas'uliyati, kasbga muhabbat kabi g'oyalarni ham bayon qiladi.
Marisaning kitoblarga bo'lgan sevgisi va Leshekning aqlli va ziyoli rafiqa xususidagi fikrlari esa asarga o'zgacha rang bergan.
Umuman olganda, o'qishlik asar. Tushunish qiyin emas, hazmi oson.
Asar asosida Imdb reytingi 7.0 va 7.8 bo'lgan ikkita film ham suratga olingan.
P.s/ushbu kitob mutolaasida bo'lgan imloviy va uslubiy xatolar borasida yuragi bo'sh kitobxonlarga sabr tilayman)

Telegram
Retro Kinolar Klassikasi
🎥 Tabib
📹 Sifati: HD 480p
📆 Yil: 1981
🎞 Janr: Dramma
🇺🇸 Davlat: Polsha
🇺🇿 Tarjima: O'zbek tilida
🌐 Kanalimiz:https://www.tg-me.com/klassik111
Film kesilmagan orginal holda

Bu olamda kimgadir yordamim tekkanini ilk bor his ettim, hayratimning chek-u adog'i yo'q edi: menga – nisbatan hali yosh yigitga, kamtarin, o'rtamiyona zobitga kimnidir baxtli qilish izmi in'om etilgandi!
Qalb besabrligi📚
Qalb besabrligi📚