Telegram Web Link
Termizda kunlar termosdek issiq bo'lyapti)
Eslaymanki, o'shanda ham hozirgidek parishon edim, o'shanda ham menga oson emasdi, lekin negadir o'shanda hayot yengilroq kechgandek, xotirjamroq yashagandek, go'yo hozir hayolimni qamrab turgan qora o'ylar u paytda bo'lmagandek tuyulardi...

Oydin tunlar📚
Forwarded from Qoralanma
Oh, mayli edi, bir umr nafratlansa ham mayli edi, men uchun tirik bo'lsa, tirik yursa bas edi! Yaqindagina yuruvdi, gapirayotgandi...

• Ma'suma
مسودة
Secret Garden – Song from a Secret Garden
Shunga öxshash sokin musiqalar bölsa⤵️
@nomalummaktub_bot
Hayot – bu achchiq hazil demakdir!

(c) Aziz Nesin
Forwarded from ISHQPARAST
Toʻkilib ketmadim bu qish ham, shukr.
Yuragim gunohi, koʻksimning aybi, —
Ishq uchun oʻtlarga kirdim har mahal.
Seni oʻylayapman, ha, ayni hozir,
Koʻzingga boqsaydim, qoʻling tutsaydim,
Seni uchratsaydim,
bu qordan avval.


(c) Rahmat Bobojon
Rus adabiyoti öqisam ismlarni doim adashtirib yuboraman🗿
Bir qarasang, familiyasini aytadi, bir qarasang, ismini. Endi ikkovini yodlaganingda laqabi chiqib keladi. Aleksandr – Sasha bölib(
Nazdimda, ijod bobida afsungar bo'lish kerak...

F.M.Dostoyevskiy
Men ranjirmidim, Nastenka! Men sening tiniq, osoyishta baxtingga qora bulutni ravo ko'rarmidim, senga achchiq ta'na qilib nozik dilingni dog'larmidim, saodatli daqiqalaringda toza yuragingning sirli ravishda xunob bo'lib, xafagazak urishini istarmidim, sen u bilan mehrobga borgan paytlaringga qora sochlaringga tang'ilgan nafis gullardan birortasi ezilishini xohlarmidim... O, hech qachon, hech qachon!
Osmoning hamisha tiniq bo'lsin, yoqimtoy jilmayishlaring hamisha nurli va xotirjam bo'lsin, o'zingdan behad minnatdor bo'lgan begona, yolg'iz bir qalbga baxsh etganing oniy halovat va baxt uchun hamisha baxtli bo'l!

Oydin tunlar📚 bitdi(
Forwarded from The Stranger
​​Eng oxirgi she'rim shu. Ikki yarim yilcha boʻldi. Boshqa yozmasamam kerak...


Endi farqi yo'qdir, qishloq yo shahar,
Barida yashamoq birday azobdir.
Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay,
Baribir chiqadi biror tasodif
Va yodga soladi kulgularingni,
Yig'ilaringniyu, tuyg'ularingni,
Mushukday muloyim uyqularingni,
Arazing, nozlaring, erkaligingni,
Meni uxlatmagan sergapligingni,
Qahraton qishlarda sovuqni sezmay
Birgalashib yurgan yo'llarimizni,
Issiq yozlarda ham qo'yvorilmagan
Birga terlab ketgan qo'llarimizni,
Deraza yonida oyga termulib
Yo'llardan ham uzun yozishganimiz,
Suvning yoqasida belingdan quchib
Titrab, es - hushlardan ozishganimiz,
Eshik oldigacha kuzatib borib
Keyin darrov qaytib chaqirganlarim,
Keyin... har narsadan bahona topib
Urushganlarimu, baqirganlarim,
Tilingdan ko'nglimga sanchilgan tikan,
Qo'limdan yuzingga tushgan tarsaki,
Va'dalar, qasamlar buzilgan kunlar,
Va bundan bu yog'i bari qalbaki,
Soxta izhorlaru, soxta afsuslar,
Yolg'onlar, aldovlar, o'yinlar turfa,
O'ylab uyqulardan kechilgan tunlar,
Mutlaq isbotlari topilgan shubha,
Yorlikka tanlangan yangi odamlar,
Xuddiki o'tmishda hech narsa yo’qday,
Ikki yoqqa ketgan keskin qadamlar,
Va bari tugadi, qo'yildi nuqta.
Ulfatlar, ichkilik, sarhush kechalar,
Yangi hamrohlarni ko'rdi ko'chalar,
Kitoblar o'qildi necha - nechalab,
Xayollar surildi yangi mavzuda,
Qarorlar qilindi hayotga doir.
O'rganib ham qoldi yurak qayg'uga,
Tuyula boshladi barchasi oddiy.
Bir kun o'tmay qolar bir qultum ham may,
Yana o'tmish bilan qolaman yolg'iz,
Hayot ummoniga qancha sho'ng'imay,
Baribir chiqadi biror tasodif
Va yodga soladi...


Ilhom Salimov

@salimov_blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Weeee aaare the champions😎
Yiğlamelar vey😕
Pins🫠
Winter...

Not my season🥶
2025/07/06 00:51:22
Back to Top
HTML Embed Code: