Öqish tugadi, ish tugadi, ta'til boshlandi. Demak, mazza qilib kitob o'qiymiz)
"Agar oʻz umrimni Imom Buxoriyning umrlariga qoʻshib, u kishining hayotlarini ziyoda qilishga qodir boʻlsaydim, albatta, shunday qilar edim. Zero mening oʻlimim bir insonning vafoti, xolos. Ammo u zoti sharifning vafot etishi ilmning ketishi va olamning oʻlishidir".
(c) Yahyo ibn Ja'far Poykandiy
Uyg'onish: Imom Buxoriy📚
(c) Yahyo ibn Ja'far Poykandiy
Uyg'onish: Imom Buxoriy📚
Ayting-chi, siz o'z birodarlaringiz, otangiz, onangiz yoki yor-u do'stlaringiz haqida nimalarni bilasiz?.. Deyarli hech nimani! Odamlar bir umr g'ilofda, niqobda yashab o'tadilar. Ularning tabiatiga, mohiyatiga suqilib kirishning iloji yo'q!
Tabib📚
Tabib📚
Mashg'ulotlar uchun nimaiki zarur bo'lsa, shart-sharoit yaratib beraman. Sababi, mening xotinim mendan ko'ra aqlli va ilmli bo'lishini istayman. Zotan, bo'lajak farzandlarimiz uchun sen muallima bo'lasan.
Tabib📚
Tabib📚
#taqriz
#Tabib
Asar polyak yozuvchisi Tadeush Dolenga Mostovich qalamiga mansub bo'lib, XX asr boshlarida Varshavada iqtidori va mahorati bilan ancha mashhurlikka erishgan doktor Rafal Vilchurning hayoti tasvirlangan.
Asar bilan tanishishdan ancha yillar avval kinosini ko'rib bo'lgandim. O'sha kino menga bolaligimni eslatuvchi qadrdon film bo'lganligi uchun kitobini ham o'qigim keldi. Kitob va kino o'rtasida deyarli farq yo'q. Faqatgina kitobda ideallashtirishga ko'proq urg'u berilgan. Chiroq yoqib qidirsangiz, har bir antogonist obrazni ichidan bir farishta chiqib keladi) Tilining yengil va ravonligi, bir maromdagi syujeti kitobxonning zerikmasligini ta'minlaydi. Asardagi ba'zi bir sahnalar menga boshqa kitoblarni eslatib yubordi. Misol uchun, aroq ichib o'tirgan Vilchur va Obedinskiyning suhbatini o'qirkan, ko'z oldimga Raskolnikov va Marmeladov keldi. Sud jarayoni tasvirlangan boblarni o'qib, Kamyuning Mersosini, Cho'lponning Zebisini xotirladim.
Obrazlarga keladigan bo'lsak, Rafal Vilchur timsolida yozuvchi taqdirning har qanday sinovida egilmagan iste'dod, yillar so'ndira olmagan kasbiga bo'lgan chuqur muhabbat va insoniylikni ifodalashga harakat qilgan. Marisani esa ilmga, go'zallikka tashna pokiza qalbli qishloq qizi sifatida tasvirlagan. Yuqorida aytilganidek, asardagi har bir obrazning o'zgacha o'zigagina xos fazilati bor.
Asarni o'qirkanman, inson xotirasidan kunlar, haftalar, yillar faromush bo'lishi mumkin, lekin fitrati o'zgarmasligi, iste'dodi yo'qolmasligi, chuqur va puxta egallangan bilim huddi umrboqiy tuyg'ular kabi insonning abadiy hamrohi bo'larkanda, degan hayol o'tdi.
Shuningdek, muallif asarda shifokorlik mas'uliyati, kasbga muhabbat kabi g'oyalarni ham bayon qiladi.
Marisaning kitoblarga bo'lgan sevgisi va Leshekning aqlli va ziyoli rafiqa xususidagi fikrlari esa asarga o'zgacha rang bergan.
Umuman olganda, o'qishlik asar. Tushunish qiyin emas, hazmi oson.
Asar asosida Imdb reytingi 7.0 va 7.8 bo'lgan ikkita film ham suratga olingan.
P.s/ushbu kitob mutolaasida bo'lgan imloviy va uslubiy xatolar borasida yuragi bo'sh kitobxonlarga sabr tilayman)

Telegram
Retro Kinolar Klassikasi
🎥 Tabib
📹 Sifati: HD 480p
📆 Yil: 1981
🎞 Janr: Dramma
🇺🇸 Davlat: Polsha
🇺🇿 Tarjima: O'zbek tilida
🌐 Kanalimiz:https://www.tg-me.com/klassik111
Film kesilmagan orginal holda

Bu olamda kimgadir yordamim tekkanini ilk bor his ettim, hayratimning chek-u adog'i yo'q edi: menga – nisbatan hali yosh yigitga, kamtarin, o'rtamiyona zobitga kimnidir baxtli qilish izmi in'om etilgandi!
Qalb besabrligi📚
Qalb besabrligi📚
... hamonki vijdoning yodda tutar ekan, hech qanday gunoh unutilishga mahkum emas.
Bitdi.
Bitdi.
#taqrizemas
Har bir kitobni o'qib tugatganimdan keyin qandaydir depressiyaga tushaman, ruhan ezilaman. Agar kitob Dostoyevskiy yoki Sveygga tegishli bo'lsa, bu ikki karra og'irroq kechadi.
Sveyg – hissiyotlar yozuvchisi. Insonning, ayniqsa, ayol kishining tuyg'ularini shu qadar injalik bilan prizmadan o'tkazadiki, hayron qolmay iloj yo'q. Bu safar ham hayratdaman. Inson qalbining eng teran, eng nozik hissiyotlarini shu qadar ochiqlik bilan tasvirlash mumkinligidan hayratdaman. Kimgadir yordam berganimizda, ularning biz beradigan ko'makka muhtoj ekanligini bilganimizda o'zimizdan qanchalar g'urur tuyishimizni, o'sha zaiflikka mahkum bo'lgan insonlar esa bu yordamdan biz qanchalar lazzat olsak, shunchalar azob chekishini bilishni o'zi og'riqli. Ko'nglimizning bo'shligi boshimizga balo bo'lishi mumkinligi og'riqli. Sharofatimiz bilan bir insonning ko'zlarida paydo bo'lgan baxt uchquni kun kelib, kasofatimizga aylanib butun dardi-dunyomizni qaro qilishi mumkinligi achinarli.
O'ylab qolasan kishi, ko'ngli bo'shlik qilib, bir insonning yuzi baxtdan kulishi uchun, ko'ra-bila turib uni nimadandir umidvor qilish, saodatni his qilishi uchun sarobga yuzlashtirish yaxshimi?
Yoki hayotni boricha qabul qilib, yanada yomon vaziyatga tushmaslik uchun bir ko'ngilni ertaroq chilparchin qilgan avlomi?
Bir fikrga kelolmadim...
Yana bir mulohaza. Sveyg shifokorlik haqida, shifokorlar haqida ham o'ziga xos fikrlarni bildirgan. O'sha satrlarni o'qiy turib, o'zimni huddi qaysidir umidsizlik girdobiga g'arq bo'lgan yoki o'lim yoqasida turgan bir tirik jonning taqdiriga javobgardek his qildim. Menimcha, ijodkor uchun eng muhimi ham shu: qog'ozga tushirganlaringning o'quvchi qalbida o'z aksini topishi.
Xullas, qanchalik siqilib qolgan bo'lishimga qaramay, asar menga judayam yoqdi.
#tavsuyu
Hammasini bugun gapirvomasam, yorilib ketardim)