Mehmonni davlat va barakatdan sanaydiganlar o'tib ketdi, sahrolarda ko'ringan qoralarni va manzillarni belgilash uchun qo'yilgan toshlarni ko'rib, odam deb o'ylab, u kelib qolmasin deb, chodirni buzguvchilar qoldi.
"Devonu lug'otit-turk" 📚
"Devonu lug'otit-turk" 📚
😢5
Bugun til bayramimiz.
Yagona istagim o'zbek tili o'lik tillar qatoridan joy olmasin)

❤6😁2
#taqriz
Inson – go'zallik oshuftasi. Shu sabab ham barchamiz atrofimizdan go'zallik qidirishga harakat qilamiz. Gullarga qarab bahri-dilimiz ochiladi, moviy osmondagi pag'a-pag'a oq bulutlarni ko'rganda boladay quvonamiz, chiroyli ko'zlarga, so'zlarga oshiq bo'lamiz. Lekin turmushning ikir-chikirlari, hayot tashvishlari sababli shunday nekbin hislarimiz borligi esimizdan chiqadi. Va birdan...
Qarshimizdan biror kitob yoki film yoki inson chiqadiki, bizni hayotning g'ala-g'ovurini bir zumga unutib, qalb saslarimizni tinglashga undaydi. Ruhimizdagi o'sha – biz unutgan eksiklikni to'ldiradi va biz uchun idealga aylanadi. Balki dunyoda undan ham ajoyib kitoblar bordir, undan-da ta'sirliroq filmlar ko'pdir, undan-da mukammalroq insonlar mavjuddir. Biroq biz uchun eng mukammali, eng ajoyibi, eng qalbga yaqini "u" bo'ladi.
Abduqayum Yo'ldoshevning "Parim bo'lsa" asari shu tuyg'ulardan hikoya qiladi. Muhabbatning "oyoq ostidan chiqqan falokatday lop etib paydo bo'lishi"* qahramonimizning hayotini naqadar o'zgartirib yuborgani mahorat bilan aks ettiriladi. Hikoyani o'qiyotgan vaqtim sevgining qudratli va shafqatsiz ekanligini his qildim, negadir. Insonni qanot bog'lab el-ulusdan qochishga, sevgilisiga yetishga undagan, so'ng yerga qulatib abgor qilgan muhabbatdan gina qildim. Bu, albatta, shaxsiy qarashlar.
Balki hikoyani o'qiy turib fikrlarimga qo'shilmassiz. Nima bo'lganda ham, o'ladigan boshga shunday hikoyalardan o'qib qo'yavergan yaxshi. Qattiq tavsiya qilaman.
* "Usta va Margarita"dan
P.s/tartibsiz va chala-chulpa taqriz uchun aybga buyurmaysiz)

❤9
Boshiga ish tushgan odamni shilish – o'likning kafanini yechib olishdek gap.
Abdulla Qahhor
Abdulla Qahhor
😢6
"Malakalanmoq", "kutilmalarga ko'ra", "judalar"...
Ensam qotyapti yoki injiq qariyapman🥲
Ensam qotyapti yoki injiq qariyapman🥲
😁2
Forwarded from Yong'in Minorasi
Top 5 women:
1. Umida opa(@rojaaun).
Umida opa bilan tarjima guruhida tanishganmiz, oʻshandan beri ancha chiqishib ketganmiz. Fikrlashlari ancha teran, dono ayollar. Undan tashqari mehribon va adabiyot, tarjima borasida juda mohirlar. Fe'l-atvorlari va qarashlari menga yaqin va xuddi tutingan opamdeklar)

❤6
Talaba qiz kundaligi🌚 (Mening sayyoram🫶)
yakshanbada saylov qiladiganlarni qarg’ayman,
🥲
Sovqotib ketdi odam
Sovqotib ketdi odam
😢2
Biliklik, biliksiz qachan teng bolur,
Biliklik tishi – er, jahil er – tishi.
Ma'nosi: Ilmli kishi bilan ilmsiz kishi qachon teng bo'ladi?! Bilimli xotin kishi – er, bilimsiz erkak – xotin kishidir.

😁5❤1
Forwarded from Kompyuter lingvistikasi, dasturlash va tilshunoslik
Bo'g'inlarga ajratuvchi dastur
O'zbek tiliga amaliy hissa qo'shaman degan bir yaxshi dasturchi aka, litseydoshim o'zbekcha so'zlarni bo'g'inlarga ajratadigan dastur tuzgan ekan.
Bir-ikkita "qiyshiq" so'zlar chig'irig'idan ham yaxshi o'tdi.
Imkoniyatlari:
➡️ BEPUL;
➡️ istalgan so'zni bo'g'inga ajratib beradi;
➡️ har bir tovush hosil bo'lish o'rni (til oldi, til orqa va h.k), umuman, sifatlariga ko'ra tasniflanadi;
➡️ ochiq/yopiq bo'g'inlar statistikasi beriladi.
Bo'g'inga ajratish qoidalari bilan endi tanishayotgan xorijlik talabalar, maktab o'quvchilari va ona tili ustozlari uchun yaxshi yordamchi bo'ladi.
🔗 Dastur havolasi:
https://fonetika.uz/
Shunaqa ishlarni ko'rsam, xursand bo'lib ketaman. Tilni sevish emas, unga yordam berish kerak!
Omad sizga, Diyorbek!
O'zbek tiliga amaliy hissa qo'shaman degan bir yaxshi dasturchi aka, litseydoshim o'zbekcha so'zlarni bo'g'inlarga ajratadigan dastur tuzgan ekan.
Bir-ikkita "qiyshiq" so'zlar chig'irig'idan ham yaxshi o'tdi.
Imkoniyatlari:
Bo'g'inga ajratish qoidalari bilan endi tanishayotgan xorijlik talabalar, maktab o'quvchilari va ona tili ustozlari uchun yaxshi yordamchi bo'ladi.
https://fonetika.uz/
Shunaqa ishlarni ko'rsam, xursand bo'lib ketaman. Tilni sevish emas, unga yordam berish kerak!
Omad sizga, Diyorbek!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nahide Babashlı - Kasım
<unknown>
Istagim – bir tasalli, xolos,
Zotan, o'tdim g'urur bahridan.
Unatasan vaqt o'tsa biroz,
Kulgin bir bor kechib qahringdan.
Hayollarga tolaman uzun,
Qo'llarimda titrar surating.
Ko'zdan yoshlar to'kilar mahzun,
To'xtatmoqqa bormi jur'ating?
Mana hozir qarshimda me'zon,
Sezayapman yarmim ekaning.
Butun umrim, har nafas, har on
Senga bo'lsin, armonim mening.
P.s/erkin tarjima)
Zotan, o'tdim g'urur bahridan.
Unatasan vaqt o'tsa biroz,
Kulgin bir bor kechib qahringdan.
Hayollarga tolaman uzun,
Qo'llarimda titrar surating.
Ko'zdan yoshlar to'kilar mahzun,
To'xtatmoqqa bormi jur'ating?
Mana hozir qarshimda me'zon,
Sezayapman yarmim ekaning.
Butun umrim, har nafas, har on
Senga bo'lsin, armonim mening.
❤6
Birine "Nasılsın?" diye sormazsan, sana "İyiyim" diye yalan söylemek zorunda kalmaz.
❤3😢2