Telegram Web Link
Tonggi shabnam tovlangan mahal
Sen bilan jim sayr etar hayol...)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Biliklik, biliksiz qachan teng bolur,
Biliklik tishi – er, jahil er – tishi.

Ma'nosi: Ilmli kishi bilan ilmsiz kishi qachon teng bo'ladi?! Bilimli xotin kishi – er, bilimsiz erkak – xotin kishidir.
Ishq bozori ulug' bozor – savdo harom)

(C) Yassaviy
🫶🏻
Bo'g'inlarga ajratuvchi dastur

O'zbek tiliga amaliy hissa qo'shaman degan bir yaxshi dasturchi aka, litseydoshim o'zbekcha so'zlarni bo'g'inlarga ajratadigan dastur tuzgan ekan.

Bir-ikkita "qiyshiq" so'zlar chig'irig'idan ham yaxshi o'tdi.

Imkoniyatlari:
➡️ BEPUL;
➡️ istalgan so'zni bo'g'inga ajratib beradi;
➡️ har bir tovush hosil bo'lish o'rni (til oldi, til orqa va h.k), umuman, sifatlariga ko'ra tasniflanadi;
➡️ ochiq/yopiq bo'g'inlar statistikasi beriladi.

Bo'g'inga ajratish qoidalari bilan endi tanishayotgan xorijlik talabalar, maktab o'quvchilari va ona tili ustozlari uchun yaxshi yordamchi bo'ladi.

🔗Dastur havolasi:
https://fonetika.uz/


Shunaqa ishlarni ko'rsam, xursand bo'lib ketaman. Tilni sevish emas, unga yordam berish kerak!

Omad sizga, Diyorbek!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nahide Babashlı - Kasım
<unknown>
Istagim – bir tasalli, xolos,
Zotan, o'tdim g'urur bahridan.
Unatasan vaqt o'tsa biroz,
Kulgin bir bor kechib qahringdan.

Hayollarga tolaman uzun,
Qo'llarimda titrar surating.
Ko'zdan yoshlar to'kilar mahzun,
To'xtatmoqqa bormi jur'ating?

Mana hozir qarshimda me'zon,
Sezayapman yarmim ekaning.
Butun umrim, har nafas, har on
Senga bo'lsin, armonim mening.

P.s/erkin tarjima)
Birine "Nasılsın?" diye sormazsan, sana "İyiyim" diye yalan söylemek zorunda kalmaz.
Pixel art ham chiroyli🫠
«SHayx uldurkim, niyoz olsa, mustahiq (muhtoj)larg'a, g'arib bechorag'a bergaylar. Agar olib, o'zi esa, murdor etemishdek bo'lg'ay. Agar to'n qilib kiysa, ul to'n to'zg'uncha Haq taolo namoz, ro'zasini qabul qilmag'ay va agar olg'an niyozidin non qilib esa, Haq taolo oni do'zaxda turluk azobg'a giriftor qilg'ay.

(c) Ahmad Yassaviy
Yangi Ahdning "Matto bayon etgan Xushxabar" kitobida Iso Masih havoriylariga shunday o'git beradi: "Hech kim ikki xo'jayinga xizmat qilolmaydi. U yo birini yomon ko'rib, boshqasini yaxshi ko'radi, yoki biriga bag'ishlanib, boshqasini mensimaydi. Sizlar ham Xudoga, ham boylikka birdek xizmat qila olmaysizlar" (Matto 6:24).
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Taqdirning beomon shiddat yomg'iri
Aytar vidomizni aytdi tonggacha.
Endi bu yomg'irning yo'qdir oxiri-
Ezilib yig'laydi so'nggi ongacha.

So‘z kimga kerakdir? Lab ochmagin! Jim.
Taqdir so'zga loyiq qoldirmadi sir-
Men ham yomg'ir kabi bir yog'ib o'tdim,
Sen ham yomg'ir kabi yig'lab o'tding bir...

Usmon Azim

#videobyme)
Hukm shundog‘durki, zaifalar agar ota-ona va qarindoshlarini ko‘rmoq uchun borgon vaqtida eski libos kiyib, qo‘lig‘a aso ushlab, eski paranji yopunub, bukchayib, albatta, qari kampir holida bo‘lub ko‘chag‘a chiqishi mumkindur. Nogahon koʻngli buzuq, behayo erkaklar ko‘z olayturub, zaifaga ozor berurlar, shul sababdin qiz-juvonlar ko‘chag‘a yasanib chiqmoqlari man’ etilur.

Qarolar falsafasi 📚
10-sinf adabiyoti bilan endi tanishib chiqyapman. Fikrim ancha ijobiy. Ayniqsa, mavzularga ilova qilingan tasviriy san'at namunalari juda yoqdi.
Misol uchun, romantizm mavzusiga Kaspar Davidning "Tuman dengizi uzra sayyoh" surati, realizm mavzusiga esa Gustav Kurbening "Tosh yo'nuvchilar"i ilova qilingan.
🥲
Tadbirlar bömedigan davlatda yashashni xohleman😩
2025/06/30 07:49:55
Back to Top
HTML Embed Code: