مسودة
She'r, shoir haqidagi ajoyib film bölgan ekan. Tavsuyu
Yarim kechasi bunga yiğlaymi, City ni holigami ikkilanib ötirippan🥲
😢2
مسودة
She'r, shoir haqidagi ajoyib film bölgan ekan. Tavsuyu
Aytgancha, inglizcha subtitriyam bor)
Qatorasiga 5 mağlubiyat bölsa nima qipti
Balki orqasidan qatorasiga 5-chempionlik kelyakkandir🩵
Balki orqasidan qatorasiga 5-chempionlik kelyakkandir🩵
❤4😁2
Forwarded from ISHQPARAST
Сен жуда яқинсан, жудаям яқин -
Уйқуда киприклар учрашганидай
Ва осмон ер билан тўқнашганидай
Уйқуда киприклар учрашганидай
Ва осмон ер билан тўқнашганидай
❤6
Qabriston oldidan ötayotib "Yedirgan, ichirgan, bizni musulmonlardan qilgan Allohga shukr" deb duo qilish uchun qanchalik charchagan bölish kerak🥲
😁6❤2
Loona Lovegood bilan Draco Malfoy toğavachchaligini bilganimdan keyin HP kitobini öqigim kep qoldi. Bu yil yakunini filmi bilanmas kitobi bilan tugatishga harakat qilaman🌝
❤3
Agar u hayotingni saqlash ishlarini bas qilmas ekan, seni o'zi o'ldirib qo'yishi turgan gap.
Garri Potter va maxfiy xona📚
Garri Potter va maxfiy xona📚
😁3❤2
Közi baqa tortiday yam-yashil,
Qaroqchi etigiday sochi qop-qora.
Yengilmas qahramon meniki bölsin,
O, Yovuz Lord öldira olmagan bola.
Garrining valentinkasidan😁
Qaroqchi etigiday sochi qop-qora.
Yengilmas qahramon meniki bölsin,
O, Yovuz Lord öldira olmagan bola.
Garrining valentinkasidan😁
😁3
– Bu yil nima ish qilganingdan xabar topgan amaking bilan xolang sen bilan rosa faxrlansa kerak, a?
– Faxrlanadi?
Esingni yedingmi, Germiona? Axir, o'lib ketish uchun shuncha imkoniyatim bo'la turib, birortasidan foydalana olmadim-ku! Agar bundan xabar topishsa bormi, aqldan ozishlari turgan gap!..
Garri Potter va maxfiy xonabitdi)
– Faxrlanadi?
Esingni yedingmi, Germiona? Axir, o'lib ketish uchun shuncha imkoniyatim bo'la turib, birortasidan foydalana olmadim-ku! Agar bundan xabar topishsa bormi, aqldan ozishlari turgan gap!..
Garri Potter va maxfiy xona
❤5😁2
Bilasanmi nima, Garri, tabiatingdagi Ichki ko'zingni birorta shifokorga ko'rsatib yuborgin, xo'pmi)
Garri Potter va Azkaban mahbusi📚
Garri Potter va Azkaban mahbusi📚
😁6
– Menga boggart bilan to'qnash kelish imkoni berilmaganiga achinaman, xolos...
– Senga nima bo'lib ko'rinar edi u, Germiona? – kuldi Ron. – Ijrosi uchun 10 ball o'rniga 9 ball berilgan uy vazifasi bo'libmi?)
– Senga nima bo'lib ko'rinar edi u, Germiona? – kuldi Ron. – Ijrosi uchun 10 ball o'rniga 9 ball berilgan uy vazifasi bo'libmi?)
😁5
Men faqat shuni aytib qo'ymoqchimanki, inson o'z do'stini har xil supurgi-yu, kalamushlardan afzal ko'rishi kerak.
(C) Hagrid
(C) Hagrid
❤6
– Cho'qintirgan otam ota-onamning qadrdon do'sti bo'lgan. To'g'ri, u qotillik uchun sudlangan, albatta. Biroq hozir u sehrgarlar qamoqxonasidan qochib, berkinib yuribdi. Shunday bo'lsa-da, menga xat yozib, hol-ahvolimdan xabardor bo'lib bormoqda... qanday yashayotganim... birovning ustidan shikoyatim bor-yo'qligi... hayotdan mamnun yoki mamnun emasligimni... bilish uchun.
Vernon amakining basharasida aks etgan dahshatni ko'rgan Garri irshayib qo'ydi-da, uvillayotgan qafasi bilan chiqish eshigi tomon, o'tgan yildagiga nisbatan ancha zavqli o'tadigan yoz tomon yo'l oldi.
Garri Potter va Azkaban mahbusi 📚bitdi)
Vernon amakining basharasida aks etgan dahshatni ko'rgan Garri irshayib qo'ydi-da, uvillayotgan qafasi bilan chiqish eshigi tomon, o'tgan yildagiga nisbatan ancha zavqli o'tadigan yoz tomon yo'l oldi.
Garri Potter va Azkaban mahbusi 📚
❤6😁2
Shu ketish bölsa kanal linki kitob book dan kitob futbolga özgarib ketadi shekil😅
😁7
Inson anglashga harakat qilmasa nega boshini yelkasida ko'tarib yurib, yelkani charchatadi?
🎞 Ibn Sino
🎞 Ibn Sino
😢4
* * *
Pech yonardi xona chetida,
Raqs tushardi uchqunlar shodon.
Dirgizlashib uyga kirardik,
Biz besh bola qor oʻynab obdon.
Xoʻl etiklar tortardilar saf,
Qoʻlqoplarga qurilardi dor.
Oʻsha eski uy devorida,
Hali hanuz ikkita mix bor.
Koyir edi har safar onam,
Jaxlin bosib turgandek arang.
Paypogʻing xoʻl, koʻylaklaring nam,
Dadang kelsin, koʻrasan hammang!
Yolgʻon edi tugulgan mushti,
Jaxli edi tez ketar mehmon.
Issiq shoʻrva suzib kelardi,
Toʻgʻrar edi kosamizga non.
Goʻshtsiz oʻsha tuxum shoʻrvadan,
To kechgacha yurar edik toʻq.
Oʻta qimmat restoranda ham,
Oʻshandayin shirin taom yoʻq.
Bir kungina bola boʻlsamu,
To kechgacha oʻynasaydim qor.
Axir endi havotir olib,
Hech kim kutmas issiq uyim bor...
Qaytsam edi muzlab, sovuq yeb,
Qarshi olsa pech yongan xona.
Oyoq-qoʻling muzlabdiku, deb,
Bir bor koyib bersayding, ona...
Malika Tavfiq
Pech yonardi xona chetida,
Raqs tushardi uchqunlar shodon.
Dirgizlashib uyga kirardik,
Biz besh bola qor oʻynab obdon.
Xoʻl etiklar tortardilar saf,
Qoʻlqoplarga qurilardi dor.
Oʻsha eski uy devorida,
Hali hanuz ikkita mix bor.
Koyir edi har safar onam,
Jaxlin bosib turgandek arang.
Paypogʻing xoʻl, koʻylaklaring nam,
Dadang kelsin, koʻrasan hammang!
Yolgʻon edi tugulgan mushti,
Jaxli edi tez ketar mehmon.
Issiq shoʻrva suzib kelardi,
Toʻgʻrar edi kosamizga non.
Goʻshtsiz oʻsha tuxum shoʻrvadan,
To kechgacha yurar edik toʻq.
Oʻta qimmat restoranda ham,
Oʻshandayin shirin taom yoʻq.
Bir kungina bola boʻlsamu,
To kechgacha oʻynasaydim qor.
Axir endi havotir olib,
Hech kim kutmas issiq uyim bor...
Qaytsam edi muzlab, sovuq yeb,
Qarshi olsa pech yongan xona.
Oyoq-qoʻling muzlabdiku, deb,
Bir bor koyib bersayding, ona...
Malika Tavfiq
❤3😢3