Telegram Web Link
📈Tashabbusga kuch, birlikka yo‘l: “Sariosiyo”da asfaltlash ishlari boshlandi!

Kitob tumanida fuqarolar tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. 2025-yilgi “Tashabbusli budjet” dasturining 1-mavsumi doirasida tumandagi 14 ta loyiha g‘olib deb topilgan edi. Ulardan biri — “Sariosiyo” mahalla fuqarolar yig‘inining ichki yo‘llarini ta’mirlashga oid loyiha bo‘lib, bugungi kunda ushbu yo‘nalishda amaliy ishlar boshlandi.

Loyiha doirasida mahallaning 3,5 kilometr uzunlikdagi ichki yo‘llariga asfalt qoplamasi yotqizilishi ko‘zda tutilgan. Mazkur tashabbus “Tashabbusli budjet” orqali eng ko‘p ovoz to‘plagan va aholining dolzarb muammolaridan biri sifatida e’tirof etilgan edi.

Bugungi kunga kelib, yo‘lni ta’mirlash bo‘yicha pudrat tashkiloti tomonidan ishlar boshlab yuborildi. Ushbu loyiha nafaqat mahalla aholisining harakatlanishini yengillashtiradi, balki hudud infratuzilmasining yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.

“Tashabbusli budjet” orqali amalga oshirilayotgan bu kabi loyihalar fuqarolarning ijtimoiy faolligini oshirish, joylardagi muammolarga o‘z vaqtida yechim topish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Milliy libos – millat ko‘zgusi!

Shahrisabz shahrida o‘tkazilgan “Milliy libos – millat ko‘zgusi” festivali doirasida “Kashtalar jilosi” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan mohir kashtado‘zlar o‘z ijod mahsulotlarini namoyish etishdi.

🔹 Kitob tuman jamoasi ushbu tanlovda munosib ishtirok etib, o‘ziga xos ijodi, badiiy didi va puxta tayyorgarligi bilan ajralib turdi. Tumanlardan tashrif buyurgan jamoalar orasida “Eng kreativ kashtado‘z” nominatsiyasida Kitob tumani vakillari g‘olib deb topildi!

🏅 G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularni viloyat hokimi o‘rinbosari Ziyoda Aminova tantanali tarzda topshirdi.

🧵 Bunday festivallar milliy hunarmandchilik merosini saqlash va uni keng jamoatchilikka yetkazishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ayniqsa, yoshlar orasida milliy san’atga bo‘lgan mehr va qiziqishni oshirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Kitob tumanida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Kitob tumani hokimligida navbatdagi “Hokimlik soati” yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Uni tuman hokimi Rustam Gafurov olib bordi.

Yig‘ilishda tuman ijtimoiy-iqtisodiy holati, fuqarolar murojaatlari, infratuzilma loyihalarining amalga oshirilishi, yoshlar bilan ishlash holati muhokama qilindi. Ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, yo‘l infratuzilmasi kabi dolzarb muammolar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Prezidentimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida belgilangan vazifalar hamda viloyat hokimi tomonidan yuklatilgan ustuvor yo‘nalishlar ijrosi yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

Tuman prokurori Xurshid Bahromov mahallalarda jinoyatchilikni jilovlash, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish borasida mahalla raislariga aniq vazifalar belgilab berdi. U, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

💼Tadbir davomida Olimov Jasur Ilxomovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasining Kitob tumani bo‘limi boshlig‘i sifatida jamoaga tanishtirildi.

Yig‘ilish yakunida barcha topshiriqlarning ijrosi qat’iy nazoratga olinishi ta’kidlandi.

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉
https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Diqqat!

⚡️Tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

ERTAGA SHAHRISABZ SHAHRI, KITOB, YAKKABOG‘, CHIROQCHI VA SHAHRISABZ TUMANIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO‘XTATILADI!


Muborak gaz quvurlari boshqarmasi tomonidan gaz taqsimlash stansiyasiylarida texnik tadbirlar olib boriladi. Shu maqsadda 2025-yilning 9-iyul kuni (ertaga) soat 09:00 dan 17:00 ga qadar Shahrisabz shahri, Kitob, Yakkabog‘, Shahrisabz tumanida 13:00 dan 17:00 ga gacha Chiroqchi tumanidagi aholi va mazkur hududlarda joylashgan ulgurji iste'molchilarda (metan shoxobchalari bundan mustasno) tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati

👉 Китоб хабарларига аъзо бўлинг👉 https://www.tg-me.com/+5L_qUK2TuQ9hZjMy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 15:37:41
Back to Top
HTML Embed Code: