Telegram Web Link
Qanchalik tez yugurishni bilnsangiz ham taqdiringizdan oʻzib keta olmaysiz, taqdiringiz baribir yetib oladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilganlar uchun eslatma, bilmaganlar uchun yangi bilim boʻladigan maʼlumotni ulashgim keldi. Foydali boʻlsa xursand boʻlaman.
"Nega oʻzgardim?" Loyihasi yopilibdi. Nega yopilgan hayronman.

Hech kimda bu boʻyicha biror maʼlumot yoʻqmi?
Inson oʻziga bergan vaʼdani yoki oʻziga belgilagan vazifani, ishni uddasidan chiqishi (bajarishi) uchun nima qilishi kerak?

Va bu kelajakda nafaqat oʻz oʻziga ishonchni, balki boshqalarning ham ishonchini olib keladi oʻziga.

Rosti biroz qiyin ekan shu ish. Ayniqsa atrofingizni sizni chalgʻitadigan narsalar oʻrab tursa.
Ilm, texnika texnologiyalar o'ta jadallik bilan rivojlanyapti. Lekin buning boshqa tomondan qarasangiz jamiyatda axloqsiz va tarbiyasiz odamlar ko'payib bormoqda.

Nimaga shunday bo'lyapti? Texnikalar texnologiyalar tarbiyaga teskari proporsionalmi?

Ba'zida shunday narsalarni o'ylab qoladi odam.
Baʼzida oʻylanadi kishi, siz yaxshilarning vaqtini bekorchi fikrlarim bilan oʻgʻirlab qoʻymayapmanmikin?..
Yetkazganiga shukr!
Bu oyni Alloh barchamizga muborak qilsin!
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining qoʻshtirnoq ichidagi "baxt"ini koʻz koʻz qilayotganlar, qanchadan qancha oilalarni buzilishiga, qanchadan qancha koʻngillarning iztirob chekishiga sabab boʻlishini hech oʻylab koʻrarmikin?
Assalomu alaykum! Yaxshilar, salomatmisizlar?

Bir loyihamiz bo'yicha sizlarning yordamingiz kerak. Loyihani yaratish uchun so'rovnoma o'tkazayotgandik, ikki daqiqa vaqtingizni ajratib so'rovnomamizda qatnashib o'z javoblaringizni ulashsangiz xursand bo'lardik.

So'rovnomada quyidagi link orqali kirib qatnashishingiz mumkin: ⤵️
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeblAnlHjSCOq3b-sCkcYCv5b1XIgKGTZ3zyIY0aPKmoCDB1w/viewform?usp=sf_link
Tezda 10 kun o'tib ketibdi.

Sizda vaqt masalasi qanday bo'lyapti, hammasiga ulgiryapsizmi?
Chalg'ituvchi dunyoda qanday chalg'imay, o'zingizga focus qaratib yashash mumkin?

Chalg'ishlar meni charchatyapti.
Baribir ishxonada o'tirib ishlash uydan ishlashdan ko'ra ancha effektivroq ekan.
Pulingiz ko'pligi sizni baxtli qiladimi?
Kerakli ishlarga ko'proq e'tibor qaratish uchun ijtimoiy tarmoqlarimni vaqtincha o'chirdim. Ijtimoiy tarmoqlar juda ko'p vaqt olayotgandi
Muhit oʻzgargandan keyin yana eski muhitga qaytsam moslashib olishim qiyin boʻladi.
Masalan, yaqinda Toshkentga ikki kunga borib keldim, qaytganimdan keyin qandaydir moslashish qiyin boʻlyapti. Qoʻlimda turgan ishlarni qilishim kerak negadir qilgim kelmayapti. (Lekin majbur oʻtirib ishlayapman)

Sizda ham shunday boʻlib turadimi? Muhit oʻzgarsa eski muhitga moslashish qiyin boʻladimi?
Men oʻzimga kelolmayman,
Urar yurak oʻzimdamas.
Yurar yoʻlda yurolmayman
Koʻrmoqlik bu koʻzimdamas.

Ketayapman qayoqlarga
Rang sachratib boʻyoqlarga
Atrofimda bogʻu boʻston
Olar nafas boʻgʻzimdamas.

Bosar yoʻlim tikonzordir
Bir koʻngilga ming ozordir
Ne erurki nido qilmoq?
Soʻzlar soʻzim soʻzimdamas.

Necha kunki parishonman
Turmoq, yurmoqqa hayronman.
Qanot yoʻqdir uchishlikka
Jismim hali boʻzimdamas.


17.05.2020
Sarvar Muhammad
Forwarded from Aziz Rahimov
Hayotingiz yaxshilanadi.

O’qishni boshlang, yozgingiz keladi.

Yozishni boshlang, o’ylashingiz tartiblashadi.

O’ylashingiz tartiblashsa, g’oyalar keladi.

G’oyalar kelsa, qilgingiz keladi.

Qila boshlasangiz, vaqt o’tib natijalar keladi.

Natijalarni ko’rib, boshqalar talpinadi.

Ko’pchilik bo’lib, kattaroq ishlar qilinadi.

O’qing do’stlar. Hayotingiz yaxshilanadi.

@azizrakhimov_blog
Avval koʻp yozardim, sababi koʻp oʻqiganim ekan shekilli.

Hozir juda kam yozaman, sababi hozir kam oʻqiyman.

Yozish foydaliligini bilaman, uning uchun koʻproq oʻqishim kerak.
Hech yoʻq bir kunda bir soat oʻqish uchun vaqt ajratishim kerak.

Oʻqiymizmi?
2024/06/13 16:07:15
Back to Top
HTML Embed Code: