Telegram Web Link
Qurtubaning oltin asri asariga

TAQRIZ


Anchadan beri bunday kitob o’qimagan edim. Kitob boshlanishidan o’zining ichiga olib kirib ketib u yerdagi voqealar ichida sizni yashashga “majbur” qiladi. Xuddi shunday holatga “Jumali” kitobining audio versiyasini tinglaganimda tushgan edim. Kitob avvaladan sizni ichiga olib kirib o’qimagan vaqtingizda undagi voqealarni o’ylab yurishingizga “majbur” qiladi.

“Qurtubaning oltin asri” kitob ikki do’stning (Qosim va Valid) Ishbiliyadan Qurtubaga o’qish va ishlash uchun yo’lga chiqishidan boshlanadi. Qurtubadagi katta madrasada o’qish davomida ular har xil fanlardan tahsil oladilar. U fanlardan tarix fani darsida Ustoz Ibn Beshqavul Qurtubaning yaqin tarixi, ya’ni Oltin asri haqida so’zlab beradi va kirobning asosiy qismi Ustoz Ibn Beshqavulning tarix hikoyalariga ajratilgan.

Ikki do’st bir qizga oshiq bo’lishi kitobni o’quvchilarga yana ham qiziqroq bo’lishini ta’minlab bergan. Shu oshiqlik sabab Valid do’sti Qosim bilan do’stlik rishtalarini uzishi va Qosimga nisbatan dushmanona kayfiyatga o’tishi, Qosimga tuhmat uyishtirib uni zindonga tashlatishi, voqealar judayam qiziq zaylda rivojlanadiki o’quvchi keyin nima bo’lar ekan, degan o’yda kitobni tugatib qo’yganini bilmay qoladi.

Asar badiiy, diniy va tarixiy janrlarga kiradi, deb aytish mumkin.
Islom tarixiga qiziqqan har qanday inson uchun bu kitobni o’qish albatta qiziq bo’ladi.

Kitobni necha yoshdagilar o’qisa yaxshi deyiladigan bo’lsa, Kitob - yoshu qari bemalol tushunadigan sodda va tushunarli qilib yozilgan. Har qanday islom tarixiga qiziqqan inson necha yoshda bo’lishidan qat’iy nazar o’qishi mumkin. (IMHO)

Menga ta’sir qilgan bir joyidan iqtibos keltirish bilan taqrizni tugataman:

“Yusuf ibn Tashfin Andalusdan ketishdan avval musulmon amirlarni yig‘ib, ularga shunday xitob qildi:

Bu go‘zal yurtni sizlarga islom diyori sifatida ehson qilgan Allohga shukr qilinglar. Agar ittifoqda bo‘lsangiz, nasroniylar sizlarga hujum qila olmaydi va sizlardan ustun bulolmaydi Faqatgina tarqoq va parchalanib ketsangiz, xorlik ichra yo‘qlikka yuz tutasiz”


O’qishni tavsiya qilgan bo’lardim hammaga!
Katta kitoblarni ovolib tugata olmay qiynalyapman 😅
O'zi juda katta emasku, kamroq o'qiyapman, negadir dangasa bo'lib qoldim.
Kimdir bilan musobaqa o'ynab o'qiyman shekilli endi. Shunda tezroq o'qirmidim
Qanchalik tez yugurishni bilnsangiz ham taqdiringizdan oʻzib keta olmaysiz, taqdiringiz baribir yetib oladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bilganlar uchun eslatma, bilmaganlar uchun yangi bilim boʻladigan maʼlumotni ulashgim keldi. Foydali boʻlsa xursand boʻlaman.
"Nega oʻzgardim?" Loyihasi yopilibdi. Nega yopilgan hayronman.

Hech kimda bu boʻyicha biror maʼlumot yoʻqmi?
Inson oʻziga bergan vaʼdani yoki oʻziga belgilagan vazifani, ishni uddasidan chiqishi (bajarishi) uchun nima qilishi kerak?

Va bu kelajakda nafaqat oʻz oʻziga ishonchni, balki boshqalarning ham ishonchini olib keladi oʻziga.

Rosti biroz qiyin ekan shu ish. Ayniqsa atrofingizni sizni chalgʻitadigan narsalar oʻrab tursa.
Ilm, texnika texnologiyalar o'ta jadallik bilan rivojlanyapti. Lekin buning boshqa tomondan qarasangiz jamiyatda axloqsiz va tarbiyasiz odamlar ko'payib bormoqda.

Nimaga shunday bo'lyapti? Texnikalar texnologiyalar tarbiyaga teskari proporsionalmi?

Ba'zida shunday narsalarni o'ylab qoladi odam.
Baʼzida oʻylanadi kishi, siz yaxshilarning vaqtini bekorchi fikrlarim bilan oʻgʻirlab qoʻymayapmanmikin?..
Yetkazganiga shukr!
Bu oyni Alloh barchamizga muborak qilsin!
Ijtimoiy tarmoqlarda oʻzining qoʻshtirnoq ichidagi "baxt"ini koʻz koʻz qilayotganlar, qanchadan qancha oilalarni buzilishiga, qanchadan qancha koʻngillarning iztirob chekishiga sabab boʻlishini hech oʻylab koʻrarmikin?
Assalomu alaykum! Yaxshilar, salomatmisizlar?

Bir loyihamiz bo'yicha sizlarning yordamingiz kerak. Loyihani yaratish uchun so'rovnoma o'tkazayotgandik, ikki daqiqa vaqtingizni ajratib so'rovnomamizda qatnashib o'z javoblaringizni ulashsangiz xursand bo'lardik.

So'rovnomada quyidagi link orqali kirib qatnashishingiz mumkin: ⤵️
https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSeblAnlHjSCOq3b-sCkcYCv5b1XIgKGTZ3zyIY0aPKmoCDB1w/viewform?usp=sf_link
Tezda 10 kun o'tib ketibdi.

Sizda vaqt masalasi qanday bo'lyapti, hammasiga ulgiryapsizmi?
Chalg'ituvchi dunyoda qanday chalg'imay, o'zingizga focus qaratib yashash mumkin?

Chalg'ishlar meni charchatyapti.
Baribir ishxonada o'tirib ishlash uydan ishlashdan ko'ra ancha effektivroq ekan.
Pulingiz ko'pligi sizni baxtli qiladimi?
Kerakli ishlarga ko'proq e'tibor qaratish uchun ijtimoiy tarmoqlarimni vaqtincha o'chirdim. Ijtimoiy tarmoqlar juda ko'p vaqt olayotgandi
Muhit oʻzgargandan keyin yana eski muhitga qaytsam moslashib olishim qiyin boʻladi.
Masalan, yaqinda Toshkentga ikki kunga borib keldim, qaytganimdan keyin qandaydir moslashish qiyin boʻlyapti. Qoʻlimda turgan ishlarni qilishim kerak negadir qilgim kelmayapti. (Lekin majbur oʻtirib ishlayapman)

Sizda ham shunday boʻlib turadimi? Muhit oʻzgarsa eski muhitga moslashish qiyin boʻladimi?
Men oʻzimga kelolmayman,
Urar yurak oʻzimdamas.
Yurar yoʻlda yurolmayman
Koʻrmoqlik bu koʻzimdamas.

Ketayapman qayoqlarga
Rang sachratib boʻyoqlarga
Atrofimda bogʻu boʻston
Olar nafas boʻgʻzimdamas.

Bosar yoʻlim tikonzordir
Bir koʻngilga ming ozordir
Ne erurki nido qilmoq?
Soʻzlar soʻzim soʻzimdamas.

Necha kunki parishonman
Turmoq, yurmoqqa hayronman.
Qanot yoʻqdir uchishlikka
Jismim hali boʻzimdamas.


17.05.2020
Sarvar Muhammad
2024/06/01 06:06:13
Back to Top
HTML Embed Code: