Telegram Web Link
Forwarded from IDROK
🟡 IDROK AKADEMIYADA YANGI LOYIHA 🟡

🎙 IDROK PODKAST 🎙

🧠Siz bu loyiha orqali Islomiy, zamonaviy, ideologik qarashlar-fikrlar bilan tanishasiz.

🤔 Loyiha o’z oldiga soha mutaxassislarini taklif qilinib fikriy muammolar, delemmalarga yechimlar topish, jamiyatga Islomiy takliflar taqdim qilishni maqsad qilingan!


▶️ YouTube - https://youtu.be/4pPnFMYTWw0


🎧 Marhamat tomosha qiling, dunyoqarashingizni kengaytiring!


📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Alouddin Samarqandiy “Tuhfatul-Fuzalā” kitobida shunday deydilar:

“Kimki olimning huzurida o‘tirsa-yu, uning darsi-suhbatidan hech narsa tushunmasa ham, u odam yetti sharafga ega bo‘ladi:

1. U odam tolibi ilmlik savobiga ega bo‘ladi;
2. Odam ilm majlisida bólgani muddaticha farishtalar uni gunohlariga istig’for aytadi;
3. U ilm talab qilish niyati bilan uyidan chiqqanida, unga rahmat nozil bo‘ladi;
4. Agar bu ilm davrasiga rahmat nozil bo‘lsa, u ham undan o‘z nasibasini oladi;
5. U ilm davrasida tinglab o‘tirgani davomida unga ibodat savobi ham yoziladi;
6. Agar u eshitib tushunmasa-yu, ilmni anglamay qolishdan yuragi siqilsa, undagi bu g‘am rahmatga sabab bo‘ladi. Chunki hadisda shunday deyiladi: “Men, Mening yo‘limda yuraklari siniq bo‘lganlarning huzuridaman.”
7. U kishi odamlarning olimni ulug‘lashini va fosiq-gunohkorlarni hor qilishini ko‘radi. Bu esa uning qalbini qattiqlikdan qaytarib, tabiatini ilmga moyil qiladi. Shu sabab, Rasululloh ﷺ olimlar majlisida o‘tirishni buyurgan edilar.


https://www.tg-me.com/kozimjon_ibrohim_rasmiy
Inson bu…

- Bu Dunyoga hech narsasiz keldik
- Lekin unda hamma narsa uchun talashdik, tortishdik

- Oqibat undan yana hech narsasiz chiqib ketayapmiz-u,
- Endi, u Dunyoda hamma narsadan sóralamiz!

Robbim, oqibatimizni-oxiratimizni xayrli qilgin! 😣

https://www.tg-me.com/kozimjon_ibrohim_rasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from IDROK
⚙️ Bugungi Qur'oni Karim tafsiri darsi Ustoz betob bo'lganlari sababli keyinga qoldirildi.

🔎 O'tgan darslarni ko'rish uchun quyidagi linkdan foydalaning:

▶️https://youtube.com/playlistQuroniKarimTafsiri

📱 Telegram | 📱 Instagram |📱 YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bir tun-ku, lekin oylarga teng…
Bu bir gunohni minglab rahmatlari bilan yuvib yuborishga tayyor Zotning Karam dengizni jóshishidir asli.

Ana shu uchun ayting, Habibimiz bejiz órgatmadi:


“Allohim, Sen Karamli Kechirguvchisan!
U qadarki, Avf qilish Sening suygan ishing!
Kel, bizni ham kechirgin endi
!!!


https://www.tg-me.com/kozimjon_ibrohim_rasmiy
TALABI ILMDA MAQSADNI ÓRNI


Kimki ilmlarni kasb-hunar, ish, tirikchilik manbai va mol-dunyo orttirish vositasi deb bilsa, uning ilmida xayr yo‘q. Shu bilan birga, kimki ilmni faqat bahslashish, hujjatlarni rad etish, muhokamalar, yoki kimdirning fikrini tanqid qilish uchun o‘rgansa, uning ham ilmida xayr yo‘q.

Kim falon kishi falon maktabdan, boshqa kishi esa boshqa maktabdan deb maqtansa va o‘z ilmini shu narsalarga bog‘lasa, bunday ilmning ham hech qanday foydasi yo‘q. Bunday kishining yozgan kitoblarida ham baraka bo‘lmaydi.

Aslida ilm amal qilish uchun o‘rganiladi, ummatga ta’lim berish, fikr va e’tiqod yo‘llarini to‘g‘rilash, insonning yo‘nalishini yaxshilash va ishlarini mustahkamlash uchundir.

Kim ilmni Alloh va Uning Rasuli ﷺ roziligi uchun, salaf solihlarning yo‘li bilan egallasa, va kim ulug‘ imomlarning yo‘lidan borsa, Alloh ulardan rozi bo‘lsin, u haqiqat yo‘lidadir.



📖 Kitob nomi:
“Ma’ālim Irshādiyya li Ṣinā‘ati Ṭālib al-‘Ilm”
(“Ilm Talabgorga Yo‘lboshlovchi Pand-nasihatlar”)

Muallif:
Shayx Muhammad Avvoma (hafizahulloh)

https://www.tg-me.com/kozimjon_ibrohim_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🌟🌟🌟QADR KECHASI MING OYDAN YAXSHIDIR 🌟🌟🌟
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
МАҲЗУНЛИК

Кетмоқда жимгина буюк рамазон,
Унинг кўзларига тикилмоқ қийин.
Кимдир пичирлайди жудаям арзон:
"Қайтади барибир бир йилдан кейин..."

Ҳа, олғир ҳаётнинг қоидалари
Ютиб юборади яна бизларни.
Овчидек эргашиб юрганимиз сари,
У секин йўқотиб борар изларин...

Гўё дил юртидан қувилган сургун
Ичга тўкажакмиз кўз ёшларимиз,
У бизни қучоқлаб олади бир кун --
Тугаб битганида бардошларимиз...

Ҳа, шунда топамиз армуғон кучин:
"Эй юрак, оч қолсанг, ғамингни ейман!"
Тириклик шарафин сақламоқ учун
Рамазон бир йиллик қувватми, дейман.

Алвидо сўзидан ясамам таскин,
Ахир, қайлардадир мангудир баҳор --
Рамазон тақвимдан кетиши мумкин,
Аммо юракларда қолмоғи ҳам бор.

Ул юрак юртида дарё бесоҳил,
Рисолат чашмаси тутқазар пайғом --
Шарафли зотларнинг уйида бир йил
Айём давом этар, илоҳий айём!!!

@Xayrulla_Hamidov_adabiyot
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Laylatul Qadr – Muborak Kechadagi Ruhoniy Lahzalar

Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasida Laylatul Qadr kechasi
Alloh taoloning fazlu marhamati ila, Akademiyamizda Laylatul Qadr kechasi yuqori ruhiy muhitda o‘tkazildi. Bu muborak kechada qalblarni poklash, duolar qilish va tavba-istig‘for aytish kabi xayrli amallar bajarildi. Zikr va nashidalar qalblarga sokinlik bag‘ishladi, Qur’on tilovati esa Akademiyamizni yanada nurga to'ldirdi.

🤲🏻 Alloh taolo ushbu kechada qilingan ibodat va duolarimizni qabul qilsin, yurtimizga tinchlik va fayz baraka ato etsin!

Shayx Akademiyasi

📱 Instagram | 📱 YouTube | 📱 FaceBook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eslatma:

Bugun ham Laytul Qadr kechalaridan biri, g’ofil qolmang!


Tavsiya:

Bu kechada qilinadigan ishlar (shaxsiy tajriba asosida):

1. Huftonni jamoat bilan óqish;
2. Taroveh namozi;
3. Hizbu Imom Navaviy Hizbul Bahr, Hizbul Barr, Hizbul A’zam kabi duo kitoblarini óqish (kanalimizda bor);
4. Qur’on tilovati;
5. Tahajjud, Tasbeh namozi óqish;
6. Zikr qilish-tasbeh tashlash;

Robbim Qadr kechasini topib qadr topishni nasib qilsin!

https://www.tg-me.com/kozimjon_ibrohim_rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Hayit bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎉

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh!

Shayx Muhammad Sodiq Akademiyasi barcha musulmonlarni muborak Hayit bayrami bilan tabriklaydi! Alloh taolo tutgan ro‘zalaringiz, qilgan ibodatlaringiz va duolaringizni qabul qilsin. Yurtimiz tinch, rizqimiz barakali, oilalarimiz xotirjam bo‘lsin!

Hayit bayrami qutlug‘ va xayrli bo‘lsin!

Shayx Akademiyasi

📱 Instagram | 📱 YouTube | 📱 FaceBook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#SHE’RIYAT

🌟 Қилгин намозни

✍🏻 Махтумқули Фироғий

Одам ўғли, сенинг юрагинг дарддир,
Айланиб, ўргилиб қилгил намозни.
Бу дунё дегани – ҳанги эшакдир,
Айланиб, ўргилиб, қилгил намозни.

Намозинг ўқисанг, гўё пир каби,
Ўтириб-туришинг олғир шер каби,
Ёлғончининг моли ўтар сел каби,
Айланиб, ўргилиб, қилигил намозни.

Завқ дея, бўккунча емагил, ичма,
Бошингга тош ёғса, беш вақтдан кечма,
Олдингда тамуғ бор, ёлғонга учма,
Айланиб, ўргилиб, қилгил намозни.

Бу ерда тухумни сочаринг билгин,
Аллоҳга тан бериб, битарин билгин,
Ёлғончи беш кундир, ўтарин билгин,
Айланиб, ўргилиб, қилгин намозни.

Махтумқули, сендан жавоб сўралар,
Бунда берилганлар, унда олинар,
Қиёмат-маҳшар кун кўприк солинар,
Айланиб, ўргилиб, қилгил намозни.

https://www.tg-me.com/kozimjon_ibrohim_rasmiy
Assolatu vassalamu alayka ya Rosululloh!!!


Bu buyuk olim Mulla Ali Qori r.a.ni Rasuli Akram alayhis salomga yozgan salovotlaridan biri.

Bu oddiy salovot bólibgina qolmay arab adabiyoti durdonasi hamdir.

Bunda arab kalimasidagi bir harf yoki bir nuqta naqadar ma’noni ózgartirib yuborishi mumkin ekanini kórishimiz mumkin.

Gózal sózlar gózal Zotga bólsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hamma harakatlarimiz Qur’on uchun | Ustoz Kozimjon Ibrohim

Alloh taolo Qur’onni nafaqat tilda tilovat qilish, balki uni anglash va hayotda tatbiq etish uchun nozil qilgandir.
Qur’on — bandani Robbisiga yetaklovchi muborak yo‘lnoma.

Darsning toʻliq qismini IdrokTV YouTube sahifamizdan koʻrishingiz mumkin:
👉🏻 Idrok TV

www.tg-me.com/kozimjon_ibrohim_rasmiy
Bugun, buyuk ulamo, Ustoz, umrini Islom dini ma’rifatini chuqur o‘rganish hamda bu nur­ni boshqalarga ham o‘rgatishga bag‘ishlagan inson, fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tavallud topgan kun.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari 1952-yil 15-aprel kuni Andijon viloyatida tavallud topib, butun umrlarini Islomga xizmatga bag‘ishladilar. Ilm, da’vat va qalblarni nur bilan to‘ldirgan hayotlari orqali millionlab insonlarga yo‘l-yo‘riq bo‘ldilar.

Qoldirgan ilmiy meroslari va ibratli so‘zlari qalblarimizda abadiy saqlanadi.

Alloh u kishini rahmati va mag‘firatiga olsin. Qabrlarini nurli qilsin. Ilmlari barakotli bo‘lib, ajr-savoblari doimiy bo‘lsin. 🤲

Shayx Akademiyasi

📱 Instagram | 📱 YouTube | 📱 FaceBook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/07 21:53:47
Back to Top
HTML Embed Code: