Telegram Web Link
#Yangiliklar #Konferensiya

Bilim yurtida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi


Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida 22-oktyabr kuni Fiqh va usulul fiqh fanlari oyligi munosabati bilan “Mazhab – birlik ramzi” mavzusida talabalar ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev, professor-o‘qituvchilar hamda iqtidorli talabalar qatnashdilar.

Konferensiya avvalida fiqh fani katta o‘qituvchisi Jaloliddin domla Xolmo‘minov konferensiyaning maqsadi va undan kutilayotgan natijalarni aytib o‘tdi hamda ishtirok etadigan talabalarga omad tiladi.

Konferensiyada talabalar o‘zlarining ilmiy izlanishlari, amaliy loyihalari va tadqiqot natijalarini, xususan mazhabning shakllanishi, asoschilari, hozirgi kundagi ahamiyati hamda soha mutaxassislarining mazhabni sog‘lom holda saqlashdagi xizmatlari borasida nutq qildilar.

Tadbir davomida talabalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatiga bo‘lgan qiziqishni oshirish, innovatsion fikrlashni rivojlantirish hamda ularni ilmiy jamoaga keng jalb etish masalalari muhokama qilindi. Majlis so‘nggida faol qatnashgan talabalar sertifikatlar va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandilar.


©️ Farhod Asatullayev
“Ko’kaldosh” O’MIBY O'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i

🔵  @kukaldoshuz – diniy-ma'rifiy kanal!
📲  Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Мусобақа

“Муфтий соврини – 2025” мини-футбол мусобақасининг якуний учрашуви


🔵  @kukaldoshuz – diniy-ma'rifiy kanal!
📲  Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
Forwarded from ‎ AHNAFUZ | HANAFIYLAR
#NAMOZ_VAQTLARI
#TAQVIM

📆 23-ОКТЯБРЬ 2025-йил |1 - ЖУМОДУЛ АВВАЛ 1447-йил
(Тошкент шаҳри вақти билан)


❗️Ҳижрий сана бир кунга фарқ қилиши мумкин.

Манба: Ўзбекистон мусулмонлари идораси ҳижрий-қамарий тақвими.

🔵  @ahnafuz va @kukaldoshuz – diniy-ma'rifiy kanallari!

📲  Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/ahnafuz
taplink.cc/kukaldoshuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ‎ AHNAFUZ | HANAFIYLAR
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#audiokitob #tibyon_fi_odobi_hamalatil_Quran

📖 HOFIZI QUR'ON ODOBLARI

💬 Oltinchi bo‘lim: 

🔰 QUR’ONI KARIM TILOVATIGA OID ODOBLAR
- Qur'on tilovat qilayotganda misvok ishlatish

🟥 https://youtu.be/3aGy3PWTdZk?si=LOY2n5JkAJBHGjZc

👐MUALLIF: Imom Muhyiddin Navaviy
Tarjimon: Abdulloh Oxund


🎙️Matnni Ko'kaldosh o'rta maxsus islom bilim yurti Matbuot kotibi Rustam domla Oxunjonov o'qidi

🔵  @ahnafuz – diniy-ma'rifiy kanal!
📲  Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/ahnafuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Muslim.uz
🟢 ҚУРЪОН ҚИРОАТИ САБОҚЛАРИНИ ЎТКАЗИБ ЮБОРМАНГ!

📍 23 октябрь куни, соат 14:00 да «Хатми Қуръон қиламиз» номли Қуръон қироати сабоқлари ўтказилади.

🔵 Facebook: https://www.facebook.com/muslimuzportal

🎬 Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCQGFSBrqwBCKY5SYk_6wm7A

📷 Instagram: https://www.instagram.com/muslimuzportali/

🤲 Аллоҳ таоло ушбу хайрли ишни бардавом ва манфаатли бўлишини насиб этсин!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_va_din_munosabati

“Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юртининг 1-курс талабалари “Давлат ва дин муносабатлари” фанидан олиб борилаётган дарс машғулотларида фаол иштирок этмоқда.


Дарс жараёнларида талабалар мамлакатимизда давлат ва дин муносабатларининг тарихий ривожланиш босқичлари, бугунги кундаги амалий кўринишлари ҳамда уларни тартибга солувчи ҳуқуқий асослар билан чуқур танишмоқдалар.

Семинар машғулотларда мамлакатимизда сўнгги йилларда амалга оширилаётган бунёдкорлик сиёсати, дин ва миллатлараро тотувликни мустаҳкамлаш, конструктив мулоқот тамойиллари, ижтимоий барқарорлик, минтақавий тинчликни таъминлаш ва маънавий муҳитни янада соғломлаштириш борасидаги давлат сиёсатини таҳлил қилмоқдалар.

Шунингдек, ўзлари тайёрлаган тақдимотлар асосида долзарб мавзуларда чиқишлар қилмоқдалар. Бу жараён уларнинг дунёқарашини бойитиш, замонавий медия технологияларидан фойдаланиш, нутқ маданиятини ошириш ва фаол фуқаролик позициясини шакллантиришга хизмат қилмоқда.


Умуман олганда, ижтимоий-гуманитар фанларга жалб қилинган тажрибали ўқитувчиларнинг ижодий ёндашувлари ва замонавий таълим технологияларидан унумли фойдаланиши таълим жараёни самарадорлигини янада оширмоқда. Натижада талабалар нафақат назарий билимларни, балки амалдаги ислоҳотларнинг мазмун-моҳиятини ҳам англаб, миллий ва умуминсоний қадриятларга ҳурмат руҳида тарбияланмоқда.


Абдусатторий Абдуллоҳ
"Кўкалдош" ЎМИБЙ Ёшлар билан ишлаш, маънавият ва маърифат бўлими ходими

🔵  @kukaldoshuz – diniy-ma'rifiy kanal!
📲  Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#Yangiliklar

Bilim yurti talabasi rag'batlantirildi


“Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurtida 22 oktyabr kuni arab tilini puxta egallab “C1” sertifikatiga ega bo‘lgan 4-kurs talabasi Xoshimxonov Roshid bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Tadbirda bilim yurti mudiri, islomshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) M. Erkayev, O‘quv ishlari bo‘yicha mudir o‘rinbosari Nodir Jalolov, hamda o‘qituvchi va talabalar qatnashdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan bilim yurti mudiri Ma’murjon domla Erkayev mazkur talabani muborakbod etib, ta’lim bergan ustozlarni bu borada qo‘shgan hissalarini ta’kidladi. Hamda talabalar shunday yutuqlarga ega bo‘lishlari uchun ta’lim berishda yanada ko‘proq g‘ayrat qilishlari hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish haqida tavsiyalar berib o‘tdi. O‘z navbatida talabalarga ham chet tilidan sertifikatni qo‘lga kiritish hozirgi kunda Oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun qo‘shimcha imtiyoz berishini hamda kelajakda magistratura va doktoranturada ilmiy faoliyatni davom etish uchun zarur ekanini aytib o‘tdilar va shu yo‘lda ularga muvaffaqiyat tiladilar.


Tadbir so‘nggida “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti tomonidan “C1” sertifikatiga ega bo‘lgan bilim yurti 4-kurs talabasi Xoshimxonov Roshidga “3 million” so‘mlik pul sertifikatlari topshirildi va xayrli duolar bilan tadbir o‘z yakuniga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan o‘quv yili avvalida yuqori kurs talabalari bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda bilim yurti mudiri Ma’murjon domla Erkayev tomonidan 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab talabalarning bilim saviyasini oshirish va ularni rag‘batlarnitirish maqsadida xorijiy til (arab tili)dan milliy yoki xorijiy sertifikat B2 yoki C1 darajasini qo‘lga kiritgan yuqori kurs talabalarining imtihon xarajatlari bilim yurti tomonidan qoplanishi va bunga ko‘ra xorijiy til (arab tili)dan C1 darajasini qo‘lga kiritgan talabalarga imtihon xarajatlari bilan birga yana shuncha miqdorda pul mukofoti, B2 darajasini qo‘lga kiritgan talabalarga esa faqat imtihon xarajatlari qoplab berilishi e’lon qilingan edi.


©️ Farhod Asatullayev
“Ko’kaldosh” O’MIBY O'quv-uslubiy bo'lim boshlig'i

🔵  @kukaldoshuz – diniy-ma'rifiy kanal!
📲  Rasmiy sahifalarimiz:
taplink.cc/kukaldoshuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5👍2
Forwarded from MA'MURJON DOMLA
#Ҳушхабар #Ўқув_қўлланма

🗣 “Кўкалдош” ўрта махсус ислом билим юрти мудири, Исломшунослик фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) Маъмуржон Эркаевнинг “ФАРОИЗ ИЛМИ” фанидан ўқув қўлланмаси нашр этилди.

Мазкур ўқув қўлланмада "Фароиз илми" фанига киришнинг мақсад ва вазифалари, ислом тарихида мерос тақсимотидан жорий қилиниши ва унинг тадрижий босқичлари, мерос илмига оид тартиб-қоидалар, марҳумнинг меросхўрлари, уларнинг ҳолатлари, уларнинг улушлари, уларга улушларини тақсимлаш усулларига доир маътлумотлар берилади.


❗️ Ўзбекистон Республикаси Дин ишлари бўйича қўмитанинг 2025 йил 5 августдаги 03-07/4856-сонли хулосаси асосида тайёрланди.

@MamurjonDomlaRasmiy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍14🔥2
2025/10/27 15:16:26
Back to Top
HTML Embed Code: