Telegram Web Link
Shavkat Mirziyoyev: Issiq kunlarda gazda shuncha muammo boʻlsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi?

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda davom etayotgan videoselektorda hukumatdagi masʼullar, vazirlarni tartib-intizomga vaqtida eʼtibor bermagani uchun tanqid qildi.

“Masalan, suyultirilgan gaz yetkazishda 60-70 kunlab uzilish kuzatilmoqda. Ayniqsa, Andijon va Surxondaryoda murojaatlarning 70 foizi shu masala bilan bogʻliq.

Issiq kunlarda gazda shuncha muammo boʻlsa, qishda odamlar qozonini nimada qaynatadi? Rahbarlarga soʻnggi ogohlantirish: bu masalaga ikki haftada yechim topsin, boʻlmasa oʻzi bilib joyini boʻshatib qoʻysin”, — deya Shavkat Mirziyoyevning soʻzlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.

👉 @kunonline
Prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi tugatildi - unga Saidlaziz Saidkarimov rahbarlik qilib kelgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev prezident administratsiyasi nazorat inspeksiyasi faoliyatini qattiq tanqid ostiga olib, uni bugunoq tugatishga topshiriq berdi.

Ushbu inspeksiyaga Saidlaziz Saidkarimov 2022-yil avgustidan buyon rahbarlik qilib kelgan, u prezident topshiriqlari ijrosiga mas’ul bo‘lgan va ularga sovuqqonlik bilan yondashgan rahbarlarga chora ko‘rish bo‘yicha takliflar kiritib borishi kerak edi.

👉 @kunonline
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xitoy yetakchisi Si Jinping Ostonaga keldi

Mamlakat chegarasidan Ostonagacha uning samolyotini Qozogʻiston armiyasi Su-30SM qiruvchi samolyotlari himoya qilib kelgan.

👉 @kunonline
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi yana pasaydi

Markaziy bank 17-iyundan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 715,13 soʻm (–45,08)
🇷🇺 RUB 161,75 soʻm (+1,67)
🇪🇺 EUR 14 730,48 soʻm (+25,61)

👉 @kunonline
Sobiq deputat Qobul Do‘sov 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi

Do‘sov tomonidan Facebook’da ochilgan «Kabul Dusov» nomli profil hamda Telegram’dagi Kobul Dusov/RASMIY KANAL/ nomli kanal faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi belgilandi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Sobiq deputat Qobul Do‘sov 5 yil 2 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi Do‘sov tomonidan Facebook’da ochilgan «Kabul Dusov» nomli profil hamda Telegram’dagi Kobul Dusov/RASMIY KANAL/ nomli kanal faoliyati to‘xtatilib, bloklanishi belgilandi. 👉 @kunonline
Sud hukmiga muvofiq Q. Do‘sov 5 nafar jabrlanuvchiga (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Navoiy viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mutasaddi va mas’ullari, Chirchiq shahri IIB Probatsiya bo‘limi katta inspektori) nisbatan Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) 3-qismi “a” bandi, 140-moddasi (haqorat qilish) 3-qismi “a” bandi va 237-moddasi (yolg‘on xabar berish) 2-qismi “g” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hindistondagi aviahalokatda omon qolgan yagona shaxsning yangi videosi e'lon qilindi

Britaniyaning The Sun tabloidi o'tgan hafta samolyot qulaganidan so'ng dastlabki daqiqalarda olingan lavhalarni e'lon qildi. Videoda yona boshlagan samolyotdan chiqib ketishga muvaffaq bo'lgan yagona yo'lovchi aks etgan.

Avvalroq, halokatdan omon qolgan ushbu shaxs Buyuk Britaniya fuqarosi, 40 yoshli Ramesh Vishvashkumar ekani xabar qilingandi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tehron bo‘ylab navbatdag zarbalar to‘lqini boshlandi

District 3 - muhim mafkuraviy va ma’muriy obyektlar, jumladan Islom inqilobi muzeyi joylashgan elita hududiga zarba berilgan.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tehron g‘arbidagi harbiy bazaga hujum qilindi

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erondan guruh-guruh bo‘lib kelgan odamlar to‘siqlarni buzib kirib kelganidan so‘ng Pokiston va Eron o‘rtasidagi chegara yopildi

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroil Erondagi IRIB davlat telekanali ofisiga zarba berdi

Zarba vaqtidagi kadrlar jonli efirda ketdi.

👉 @kunonline
Eron davlat televideniyesi bosh ofisiga yo‘llangan zarba oqibatlari aks etgan kadrlar internetda paydo bo‘ldi

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Eronning Qum viloyatidan video: yuk avtomobilida yong‘in chiqqan va portlab ketgan

Isroillik harbiylar raketa qismlari ortilgan yuk mashinalarini ovlamoqda.

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Isroil Erondagi IRIB davlat telekanali ofisiga zarba berdi Zarba vaqtidagi kadrlar jonli efirda ketdi. 👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tasnim agentligi Eron davlat televideniyesining yonayotgan binosi aks etgan videoni namoyish etdi

Hujum Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats tomonidan avvalroq berilgan ogohlantirish ortidan sodir boʻldi, u shunday degan edi: «Eron propagandasining ovozi yoʻq boʻlib ketish arafasida».

👉 @kunonline
Kun.uz | Online
Isroil Erondagi IRIB davlat telekanali ofisiga zarba berdi Zarba vaqtidagi kadrlar jonli efirda ketdi. 👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jonli efir vaqti Isroil zarbasini boshdan kechirgan boshlovchi Sahar Imomiy qisqa tanaffusdan so‘ng studiyaga qaytdi

U mamlakatdagi eng mashhur boshlovchilardan sanaladi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroilning Hermes-450 droni Tehron uzra erkin parvoz qilmoqda

👉 @kunonline
Yangi Toshkentgacha metro yo‘li quriladi

Toshkent shahridagi "Do‘stlik" bekatidan Yangi Toshkentgacha bo‘lgan 21 kilometr uzunlikdagi metro liniyasi qurilishi rejalashtirilmoqda. 9 ta bekatdan iborat bo‘lgan yo‘nalish har kuni 230 minggacha yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Taqdimotda ushbu loyihalarning texnik-iqtisodiy jihatlari ko‘rib chiqildi.

👉 @kunonline
Kiyevga tungi hujum oqibatida 14 kishi halok bo‘lib, yana 55 kishi yaralandi

Shahar meri Vitaliy Klichko Rossiya armiyasi Kiyev oblastiga raketa va dronlar bilan hujum qilganini ma’lum qilgan. 55 jabrlanuvchidan 40 nafari shifoxonaga yotqizilgan.

Solomenskiy va Darnitskiy rayonlarida ikkita ko‘p qavatli uy vayron bo‘lgan. Hozirda qutqaruvchilar voqea joyida xarobalar ostidan odamlarni qidirmoqda.

👉 @kunonline
2025/07/02 00:57:25
Back to Top
HTML Embed Code: