Telegram Web Link
AQSH hujumlari ortidan Eron Isroil shimoli va markaziy hududlariga 40ga yaqin raketalar uchirdi. Ularning 10tasi nishonga yetib borgani aytilmoqda.

Isroil OAVlariga koʻra, zarbalar Hayfa, Nes-Ziona, Rishon-LeTsion va Tel-Aviv shaharlariga yoʻnaltirilgan. Isroil boʻylab havo trevogasi koʻtarilgan.

👉 @kunonline
Tel-Avivga kelib tushgan raketa zarbalari oqibati

Avvalroq, Eron Islom muxofizlari korpusi Isroil tomonga ilk marta Khayber-Shaken raketasi uchirilganini aytgandi.

👉 @kunonline
Ijtimoiy tarmoqlarda AQSH tomonidan Fordoga berilgan zarbalar ekani aytilgan videolar tarqalmoqda

👉 @kunonline
Washington Post'ga ko'ra, Fordoga zarba berilishidan 2 kun oldin 16 ta yuk mashinasi bunkerdan uranni olib chiqib ketgan bo'lishi mumkin

👉 @kunonline
Home Front Command boʻlinmasi maʼlumotiga koʻra, 13-iyundan soʻng kelib tushgan Eron raketalari oqibatida Isroilda 240 ga yaqin bino, jumladan 2 000 dan ortiq xonadon jiddiy zarar koʻrgan yoki butunlay vayron boʻlgan. 9 000 kishi uysiz qolgan.

👉 @kunonline
AQSH armiyasi Birlashgan shtab raisi general Den Keyn Eronga berilgan zarba operatsiyasining nomini “Midnight Hammer” — “Tungi Bolgʻa” deb nomlanganini aytdi.

Operatsiyada ishtirok etgan B-2 bombardimonchilari AQSh hududidan havoga koʻtarilgan.

Harbiylarning Trampdan farqli aytishicha, zarbalar Fordodagi obyektni butunlay yoʻq qilmagan, biroq “jiddiy zarar yetkazilgan”.

👉 @kunonline
Damashqdagi cherkov yaqinida terakt sodir boʻldi

Suriya poytaxtidagi portlashni ISHIDga aloqador shaxs qilgani aytilmoqda. Qurbonlar va jarohatlanganlar bor.

👉 @kunonline
AQSH-Eron urushi: bo'rondan avvalgi sokinlikmi?

AQSHning Isroil-Eron urushiga qo'shilishi ortidan Yaqin Sharqdan Osiyogacha, NATOdan Rossiyagacha bo‘lgan geosiyosiy zanjirlar keskin taranglashmoqda. Eron ehtimoliy javob nishoni qayer ekanligi so'roq ostida, xo'sh dunyo jahon urushi yoqalab ketyaptimi?

O‘zgarayotgan dunyo manzarasini
Kun.uz'ning “Geosiyosat” dasturida siyosiy tahlilchilar bilan kuzatib boring.

🔴 Telegram’da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
Prezident Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsuxning taklifiga binoan 24–25-iyun kunlari davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ladi.

👉 @kunonline
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Isroilga bugun Eron raketasi kelib tushgani aks etgan kadr

👉 @kunonline
2025/06/29 08:21:23
Back to Top
HTML Embed Code: