Telegram Web Link
Buxorodagi xususiy bog‘chada ikki yoshli bola tok urishidan vafot etdi

Fojia bog‘cha tarbiyachisi bolalarni qarovsiz qoldirgani oqibatida yuz bergan.

👉 https://kun.uz/50060848

Kun.uz rasmiy kanali
11 yoshli qizni muntazam zo‘rlab kelgan pedofil uzoq muddatga qamaldi

Abror Kozubayev boshqa ayolni ikkinchi xotin qilib olgan va uning voyaga yetmagan 11 yoshli qizini muntazam zo‘rlab kelgan. U rad qilib bo‘lmas dalillar bilan qo‘lga olingandi. Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi yopiq sud majlisida ko‘rib chiqildi.

👉 https://kun.uz/46991613

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Badavlat ayol” loyihasida kim badavlat bo‘lyapti?

Ijtimoiy tarmoqlarda keng reklama qilingan “Badavlat ayol” onlayn loyihasi atrofida noroziliklar ortib bormoqda. Kurslarni bo‘lib to‘lashga sotib olgan, lekin keyin xafsalasi pir bo‘lgan qatnashchilar Uzum Nasiya'dagi to‘lovlar to‘xtamasligidan shikoyat qilmoqda. Loyiha vakili Kun.uz bilan suhbatda barchasini rad etdi. Raqobat qo‘mitasi odamlarni bu loyihaga ehtiyotkor qarashga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/26836677

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxorodagi davlat bog‘chasida metodist va mudira tarbiyachini bolalar oldida urdi

Holat aks etgan video Kun.uz ixtiyoriga kelib tushdi. Voqea Olot tumanidagi 27-bog‘chada aprel oyida sodir bo‘lgan. Unda ayollar oshxonada bolalar ovqatlanayotgan vaqtda mushtlashib ketgani ko‘rinadi. Bog‘cha metodisti va rahbari tarbiyachini o‘rtaga olib kaltaklagani iddao qilinyapti. Mudiraga nisbatan intizomiy jazo qo‘llangan.

👉 https://kun.uz/81378999

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Saida Mirziyoyevani e’tirof etgan Putin, Parkentda quriladigan kurort va O‘zbekistondan ketayotgan Magnum – mahalliy dayjest

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryo viloyatiga tashrif buyurdi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston bilan migratsiya masalalari birgalikda hal qilinishini aytdi va prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaning yoshlar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishdagi xizmatini e’tirof etdi. O‘zbekistonda limon narxi o‘tgan yilga nisbatan keskin qimmatlashgani ma’lum bo‘ldi. Qozog‘istonning Magnum supermarketlar tarmog‘i O‘zbekistonni tark etishi aytildi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/18864255

Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘istonda elektr ta’minoti uzilgani O‘zbekistonga ham ta’sir qildi

Favqulodda o‘chish oqibatida Markaziy Osiyo yagona energetika tizimida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham chastota tushishlari kuzatilgan.

👉 https://kun.uz/35831065

Kun.uz rasmiy kanali
Dunyoda qiz homilani abort qilish keskin kamaydi: qanday qilib?

Dunyo bo‘ylab ota-onalar homilaning jinsi qiz bo‘lgani sabab uni oldirib tashlashi holatlari sezilarli kamaydi, deya yozadi The Economist. Bu boradagi raqamlar 25 yil oldingiga qaraganda bir necha barobarga yaxshilangan. Ayrim jamiyatlarda turli sabablar bilan faqat o‘g‘il tug‘ishni xohlash millionlab erkaklarning bo‘ydoq yashab o‘tishiga olib keldi.

👉 https://kun.uz/14535228

Kun.uz rasmiy kanali
“Yuksalish” “O‘zsuvta’minot”ga qarshi – ikki tashkilot nega bahslashdi?

Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga O‘zbekiston juda katta mablag‘larni, xususan xalqaro tashkilotlardan olgan 3,2 milliard dollar kreditni safarbar etgan. Qilinayotgan ishlardan jamoatchilik boxabar bo‘lishga haqli. "Yuksalish" harakati bu boradagi ishlar to‘g‘ri yo‘lda ekanini shubha ostiga oldi. Suvchilarning haqiqati esa boshqacha. Kun.uz bahslashayotgan har ikki tarafni studiyaga chorladi. "Yuksalish" jamoasi bu suhbatda ishtirok etishni istamadi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tramp muddatni cho‘zdi, Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopilishi mumkin – 8-kun

Eron Isroil urushining sakkizinchi kuni boshlanar ekan, Oq uydan jiddiy bayonot yangradi: Donald Tramp Isroil va Eron o‘rtasidagi urush haqidagi qarorini keyingi ikki hafta ichida qabul qilishini bildirdi. Bu orada Ho‘rmuz bo‘g‘ozi masalasi Eron parlamentida muhokama qilingan. Lekin har ikki tomon ham o‘zaro havo zarbalarini davom ettiryapti.

👉 https://kun.uz/55904234

Kun.uz rasmiy kanali
Prezident Yakkabog‘dagi «Yangi O‘zbekiston» massivini ko‘zdan kechirdi

Qashqadaryo viloyatidagi 18 gektar maydonni egallagan massivda 54 ta besh qavatli uy qurilib, 1 ming 400 ta xonadon aholiga taqdim etiladi.

👉 https://kun.uz/62176929

Kun.uz rasmiy kanali
Hisorakda 1,5 mln dollarga kichik GES qurildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz tumanidagi “Hisorak” suv ombori yaqinida barpo etilgan Hisorak kichik gidro elektr stansiyasini ko‘zdan kechirdi.

👉 https://kun.uz/29338912

Kun.uz rasmiy kanali
2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga onlayn qabul boshlandi

Bugun, 20 iyun kuni soat 09:00 dan boshlab 2025-2026 o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 1-sinfiga onlayn qabul boshlandi.

👉 https://kun.uz/40095744

Kun.uz rasmiy kanali
Raqobat qo‘mitasi konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xorijda ishlash va o‘qish uchun “oson” borishni va’da qilayotgan konsalting firmalardan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/16310131

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta oxirida harorat yana ko‘tarilishi kutilmoqda

O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat yana +38…+42 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

👉 https://kun.uz/76563906

Kun.uz rasmiy kanali
«Inter Mayami» Messining shedevri bilan kambek qildi, «PSJ»da sensatsion mag‘lubiyat

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida 2-tur o‘yinlari boshlandi. O‘yinlardagi gollar va guruhlardagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/44143264

Kun.uz rasmiy kanali
Prezident topshirig‘iga binoan Qo‘shrabotdagi o‘quvchilar uchun 17 ta yangi maktab-avtobusi taqdim etildi - Saida Mirziyoyeva

Prezident yordamchisi Saida Mirziyoyeva Samarqand viloyatidagi 71-maktabda bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/78813584

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/13 16:56:56
Back to Top
HTML Embed Code: