Telegram Web Link
Rossiya dronlari Odessani, Ukraina Bryanskdagi arsenalni o‘qqa tutdi

Odessada Rossiya dronlari hujumi oqibatida er-xotin halok bo‘lib, 17 kishi yaralangan.

👉 https://kun.uz/42808544

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sergelidagi “Meros” to‘yxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

To’yxona ichidan barcha fuqarolar evakuatsiya qilindi va yong’in oqibatida jabrlanganlar yo’q. FVB xodimlari yong‘inni 1 soatda o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/14274419

Kun.uz rasmiy kanali
NATO qurollanmoqda. Putin nima deydi? | “Geosiyosat” haftaligi

NATO sammitida a’zo davlatlar mudofaa xarajatlarini karrasiga oshirishga kelishib oldi, Rossiya prezidenti bunga munosabat bildirdi. Yaqin Sharq urushdan keyin: AQSH Eronga sarmoya taklif qilishi mumkin, arablar bilan esa Ibrohim kelishuvlari muhokamada. SHHTni “pokistonparast” deb atagan Hindiston RFdan yanada ko‘proq S400 sotib olmoqchi.

Ortda qolayotgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.

🔴 Telegram'da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
Tehronda Isroil zarbalari qurboni bo‘lgan general va olimlarning dafn marosimi o‘tkazildi – fotolar

Eron hukumati tadbirga million kishi kelganini aytmoqda.

📸 👉 https://kun.uz/74770599

Kun.uz rasmiy kanali
Yilning eng uzun o‘yini: «Chelsi» va «Benfika» bahsi boshlanganidan 4,5 soat o‘tib yakunlandi

Amerikada o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida ob-havo tufayli muammolar davom etmoqda. Uzoq to‘xtalishdan keyin davom ettirilgan o‘yinda g‘olib chiqqan «Chelsi» endi chorakfinalda «Palmeyras» bilan o‘ynaydi.

📹 👉 https://kun.uz/62901911

Kun.uz rasmiy kanali
«Qotil» ekologiya, mashhurlar ortiga yashiringan firibgarlik va amaldorlarga majburiy til

Markaziy Osiyoda iflos havo – odamlarning qotiliga aylandi, har yili 65 ming kishi ekologiya sabab vafot etmoqda. Qirg‘izistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar endi jarimaga tortiladi. Qozog‘istonda taniqli media vakillarining reklamasiga uchib aldanayotganlar soni ko‘payib ketdi. Eron-Isroil urushi fonida Turkmaniston 50 dan ortiq davlatlarga fuqarolarini olib chiqib ketish uchun yordam berganini ma’lum qildi. O‘sh shahrida ijtimoiy yotoqxona qurildi, ko‘chada qolib ketganlar bemalol kelib yashab turishi mumkin.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

1 iyuldan boshlab poytaxtning «Mashinasozlar» metro bekati oldidan Chorvoqqa avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Chipta narxi 25 ming so‘mni tashkil etadi.

👉 https://kun.uz/83346593

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiyaning Ukraina bo‘ylab yopirilma zarbasi: Lviv va Cherkassda vayrongarchiliklar, yana bir F-16 quladi

Rossiyalik harbiylar yakshanbaga o‘tar kechasi Ukraina bo‘ylab navbatdagi marta raketalar va dronlar ishtirokida kombinatsiyalangan hujum uyushtirdi. Ukraina qurolli kuchlari hujumda «Shaheed» dronlari hamda turli ballistik va qanotli raketalar qatnashgani haqida xabar bergan.

👉 https://kun.uz/65855379

Kun.uz rasmiy kanali
Termizga tushgan snaryadlar: Ularni kim otgani aniq bo‘ldi

2022 yil 5 iyul kuni Afg‘oniston hududidan Termiz shahriga 5 ta snaryad otilgandi. Ularning 1 tasi Surxondaryo viloyat “SES” binosi hovlisidagi sport maydonchasiga, 4 tasi aholi xonadonlariga kelib tushgan. Snaryadlar O‘zbekiston hududiga “IShID” amirlari ko‘rsatmasi asosida maxsus instruktorlar boshchiligida otilgan. Bu ishni qilgan guruh 2022 yil iyun oyida Kobulda bir necha qo‘poruvchilik harakatlarini sodir etgan. Guruh a’zolari orasida o‘zbekistonliklar ham bor.

👉 https://kun.uz/32043081

Kun.uz rasmiy kanali
Ozarboyjonda Rossiya bilan bog‘liq barcha madaniy tadbirlar bekor qilindi

Ozarboyjon madaniyat vazirligi ushbu qarorni Rossiya huquq-tartibot organlarining Yekaterinburgdagi harakatlariga javoban qabul qildi.

👉 https://kun.uz/45876869

Kun.uz rasmiy kanali
Urush tugadi, rahbar bunkerdan chiqdi – hafta dayjesti

Hafta davomida Isroil – Eron urushi tugadi, Tramp Putin bilan uchrashmoqchi ekani aytildi, Zelenskiy Trampdan ko‘proq Patriot sotishni so‘radi. Yaqindagina urushgan Eron va AQSH muzokaraga tayyorligi ma’lum bo‘ldi.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
“IELTS’dan 9 ball, SAT’dan 1600 ball” - Jons Hopkinsdan 380 ming dollarlik grant yutgan Boburjon Baxtiyorov hikoyasi

Boburjon Samarqand viloyatidan, u hozirda 20 yoshda. Oilasidagilar grin-karta yutgani ortidan 10 yoshligida AQShga ko‘chib o‘tgan. O‘z ustida tinimsiz ishlagan Boburjon IELTS’dan 9, SAT imtihonidan esa maksimal 1600 ballni qo‘lga kiritgan. Hozirda u dunyoning top oliygohlari reytingida 16-o‘rinda turuvchi Jons Hopkins universitetining 4-bosqich talabasi. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda Amerika maktablarida o‘zbek yoshlariga munosabat, top OTMda o‘qish afzalliklari va o‘zining maqsadlari haqida gapirib berdi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
Ohangarondagi suv taqchilligi: fermerlar kanaldagi qo‘shimcha quloqlardan norozi

Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq, Piskent va Ohangaron tumanlariga reja-grafik asosida 5 kundan suv berilyapti. Kun.uz tahririyatiga murojaat qilgan ohangaronlik fermerlarga ko‘ra, muammo 5 kunlik navbatda emas, balki kanal bo‘ylab ochib olingan 21 ta noqonuniy quloqlarda. Shu sababli, yer maydoni kanal oxirida joylashgan o‘nlab fermerlarga suv yetib bormayapti. Kanal esa tozalanmagan.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
«Otaxon» Tramp uchun sammit. NATO davlatlari nimaga kelishib oldi va bu Ukraina uchun nimani anglatadi?

Marko Rubio NATOga a’zo davlatlarning har yilgi uchrashuvini «Tramp sammiti» deb atashni taklif etdi. Rubioning bu bahosi bilan bahslashish qiyin. Haagadagi tadbirga ko‘p oylardan buyon sinchkovlik bilan tayyorgarlik ko‘rib kelindi, aftidan, bundan yagona maqsad – AQSh prezidentini xursand qilish edi.

👉 https://kun.uz/88886592

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerida 1000 dan ortiq uyni vayron qildi

Isroilning bosib olingan G‘arbiy sohildagi qochqinlar lagerlariga bir necha oy davomida uyushtirgan hujumlari 47 mingdan ortiq falastinlikni uyini tark etishga majbur qildi.

👉 https://kun.uz/67621255

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp Netanyahuga qarshi korrupsiya ayblovini olib tashlashga chaqirdi

Bu menga qarshi ovga juda o‘xshash siyosiy jodugarlar ovi - AQSh prezidenti.

👉 https://kun.uz/89643755

Kun.uz rasmiy kanali
Hindistonda o‘n millionlab odam uran bilan ifloslangan suvni ichmoqda - olimlar

Karnataka shtatidagi yerosti suvlari xavfli darajada uran bilan ifloslangani aniqlandi. Uzoq muddat davomida bunday suvni iste’mol qilish buyrak, jigar va suyak tizimiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin.

👉 https://kun.uz/89479397

Kun.uz rasmiy kanali
Reuters: Eronda 9 ta atom bombasi uchun yashirin uran zaxiralari bo‘lishi mumkin

G‘arb davlatlari rasmiylari va AEXA Eronning yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralari bilan nima sodir bo‘lganini aniq bilmaydi, deb yozadi Reuters. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, ular to‘qqizta atom bombasi uchun yetarli bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/16985518

Kun.uz rasmiy kanali
Ko‘chmas mulk savdosini naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilyapti

O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisini amalga oshirishda naqd puldan voz kechish rejalashtirilyapti. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan.

👉 https://kun.uz/22218697

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta davomida harorat +43 darajagacha ko‘tarilishi kutilmoqda

1–5 iyul kunlari O‘zbekistonda issiq harorat asta-sekin kuchayadi. Respublikaning katta qismida havo +40…+43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +44…+46 darajagacha isiydi.

👉 https://kun.uz/85549519

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/01 08:33:02
Back to Top
HTML Embed Code: