Telegram Web Link
Manzil koloniyadan qochgan pedofil 3-sinf qizni zo‘rlagani aytilmoqda

Ta’kidlanishicha, shaxs shu kunning o‘zida huquqni muhofazasi qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

👉 https://kun.uz/98243602

Kun.uz rasmiy kanali
🤯131😭4116👍5😁3
«Orzu qilaver» – Eron rahbari Trampning so‘zlariga javob qaytardi

Ali Xomanaiy shuningdek, AQSh bilan muzokaralardan bosh tortdi.

👉 https://kun.uz/38197116

Kun.uz rasmiy kanali
😁36🔥125🤯3👏2
Urgutda o‘quvchi qizlar janjali ortidan 12 ota-ona jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh maktab o‘quvchi qizlari bir-birining sochidan yulib, janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Urgut tumanida kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/90865541

Kun.uz rasmiy kanali
😁42🤯1711😐2
O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiy hamkorlikni kengaytiradi

Kecha, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan Samarqand shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

👉 https://kun.uz/14551678

Kun.uz rasmiy kanali
👍4417🔥5👏5😭1
Yaponiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir bo‘ldi

Yaponiya parlamenti Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) rahbari Sanae Takaichini Yaponiya Innovatsiya partiyasi bilan koalitsiya tuzilgach, bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. O‘zining o‘ta konservativ qarashlari bilan tanilgan Takaichi bu lavozimni egallagan birinchi ayoldir.

👉 https://kun.uz/98513775

Kun.uz rasmiy kanali
👍22👏106😁4😭2
«Urushning yakuniga yaqinlashdik» – Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvdan keyin

AQSh va Ukraina prezidentlari uchrashuvining yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/99277133

Kun.uz rasmiy kanali
👍1611
«Agar Netanyahu Kanadaga kelsa hibsga olinadi» - Mark Karni

«Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu mamlakat hududiga kirsa, Xalqaro jinoiy sud chiqargan qamoqqa olish orderi bajariladi», dedi Kanada bosh vaziri Mark Karni. XJS o‘tgan hafta isroillik amaldorlar ishiga doir rasmiy Tel-Aviv shikoyatini rad etgan va orderlarni o‘z kuchida qoldirgandi.

👉 https://kun.uz/63686444

Kun.uz rasmiy kanali
👍107👏2221
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oq uydagi ekskavatorlar, Yaponiyada ilk ayol bosh vazir va Xitoy o‘rniga Avstraliyaga ishongan Tramp – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/36513744

Kun.uz rasmiy kanali
10😁1
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘ldi. Bugundan e’tiboran O‘zbekiston prezidentining matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida yurita boshladi.

Kun.uz rasmiy kanali
👏51👍1312😐4
Prezident Toshkentda IT-park loyihasining 2-bosqichiga tamal toshi qo‘ydi

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi IT-park hududi 1,5 barobar kengaytiriladi. Bu yerda Saudiyaning “Data Volt” kompaniyasi bilan hamkorlikda 12 MW quvvatli, 150 mln dollarlik data-markaz barpo etiladi. Keyingi bosqichlarda yana 3 mlrd dollar investitsiya kiritilib, quvvat 500 MWga yetkaziladi. IT-park hududida Sun’iy intellekt markazi, Kosmos va kelajak texnologiyalari markazlari ham quriladi.

👉 https://kun.uz/76763266

Kun.uz rasmiy kanali
👍13810🔥2👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Parlamentlararo ittifoq assambleyasida O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi

Parlamentlararo ittifoq 151-assambleyasining “Inqiroz sharoitida insonparvarlik me’yorlariga rioya qilish va insonparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ishtirok etdi.

👉 https://kun.uz/51748505

Kun.uz rasmiy kanali
12🤯3😐3😁1
O‘zbekistonda 2026 yildan yo‘ldoshli internet operatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

SI infratuzilmasiga 100 mln dollardan ortiq sarmoya kiritgan kompaniyalar uchun Qoraqalpog‘istonda elektr energiyasi narxi 5 sent etib belgilanadi (hozirda yuridik shaxslar uchun - 8,3 sent). 2026 yildan boshlab O‘zbekistonda olis hududlar uchun sun’iy yo‘ldosh internet operatorlari ishga tushadi, dedi prezident.

👉 https://kun.uz/99920439

Kun.uz rasmiy kanali
👍185🔥45👏76😁2
AQShda yiliga 500 ming dollar pul topadiganlar ham «oylikdan oylikkacha» yashay boshlagan. Nega?

Goldman Sachs kompaniyasi hisobotiga ko‘ra, yiliga 300 mingdan 500 ming dollargacha pul topadigan amerikalik ishchilarning 41 foizi, 500 ming dollardan ortiq topadiganlarning 40 foizi o‘zlarini «oylikdan oylikkacha yashayapmiz» deb hisoblaydi. O‘z navbatida, xarajatlarini qoplashda qiynalayotganlar orasida yillik daromadi pastroq bo‘lgan ishchilarning ulushi sezilarli darajada kam.

Tadqiqotchilar bu paradoksni «hayot tarzi inflatsiyasi» bilan bog‘lagan. Ya’ni ilgari hashamat hisoblangan narsalar ayrim daromad guruhlarida asta-sekin zaruratga aylana boshlagan.

👉 https://kun.uz/39260901

Kun.uz rasmiy kanali
👍5311😁8🤯6😐2🔥1
Dollar kursi 12 ming so‘mgacha quladi

Valyuta birjasidagi bugungi savdolardan keyin, O‘zbekiston Markaziy banki AQSh dollarining 22-oktabr uchun so‘mga nisbatan rasmiy qiymatini 12 011 so‘m deb belgiladi. Bu – “bir martalik to‘g‘rilanish” ro‘y bergan 2023-yil 11-avgustidan keyingi davr uchun minimum ko‘rsatkich.

👉 https://kun.uz/96118946

Kun.uz rasmiy kanali
👍40😁159😭9
Nikolya Sarkozi qamoqxonaga keldi

Fransiyaning sobiq prezidenti u yerda besh yillik qamoq jazosini o‘taydi.

👉 https://kun.uz/70788708

Kun.uz rasmiy kanali
10😁7🔥4🤯1😭1
O‘quvchilarning tashabbusli budjeti – “Mening maktabim” loyihasi boshlanmoqda

Yuqori sinf o‘quvchilari o‘zi o‘qiydigan maktabga kerakli shart-sharoitlarni o‘z tashabbuslari bilan qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega. 22-oktabrdan boshlab, ular “Mening maktabim” loyihasiga o‘z takliflarini kiritishi mumkin.

Eng ko‘p ovoz olgan takliflar ro‘yobi uchun har bir maktabga 62 mln so‘mdan pul ajratiladi.

👉 https://kun.uz/49132455

Kun.uz rasmiy kanali
😁15👍108😭6🤯2😐1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Voobshe, dacha, ogorod” – tilimizga o‘rnashib qolgan ajnabiy so‘zlarning o‘zbekchasini bilamizmi?

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 36 yil to‘ldi. Kun.uz muxbiri shu munosabat bilan kichik so‘rovnoma o‘tkazib, odamlardan ayrim chet tilidagi so‘zlarning o‘zbekchasini bilish-bilmasliklarini, shuningdek, o‘zbek tili nufuzini oshirish bo‘yicha nimalar qilish kerakligi haqida so‘radi.

👉 https://kun.uz/70897503

Kun.uz rasmiy kanali
19😁8😭5👍3😐3
BMT Qirg‘izistonga o‘lim jazosini qaytarishning qonuniy jihatdan imkonsiz ekanini tushuntirdi

Mamlakat o‘lim jazosini taqiqlashni nazarda tutuvchi xalqaro pakt va protokolni imzolagan. Undan bir tomonlama chiqishning imkoni yo‘q. Shu sababli Qirg‘iziston o‘lim jazosini yuridik jihatdan qaytara olmasligi ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/13851527

Kun.uz rasmiy kanali
👍23🤯166😁4👏2😭1
2025/10/23 06:53:14
Back to Top
HTML Embed Code: