Telegram Web Link
«Real» yo‘qotishsiz ketmoqda, «Liverpul» noxush seriyasini to‘xtatdi

«Marsel» futbolchisi penalti ishlashga urinib, qizil kartochka oldi, «Chelsi» va «Bavariya»da yirik g‘alaba. Chorshanba oqshomida YChLning 3-turi doirasidagi asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat.

👉 https://kun.uz/51297163

Kun.uz rasmiy kanali
8🔥5👍2
O‘zbekistonda “yashil” energiya ulushi 23 foizga yetdi

2025 yil boshidan buyon O‘zbekistondagi quyosh va shamol stansiyalari 9 mlrd kWh elektr energiyasini ishlab chiqardi. GESlarni ham qo‘shganda, ishlab chiqarilgan jami “yashil” energiya hajmi 14,5 mlrd kWh'ni tashkil etmoqda. Bu – mamlakatdagi umumiy generatsiyaning 23 foizini “yashil energiya” tashkil etayotganini anglatadi.

👉 https://kun.uz/88583479

Kun.uz rasmiy kanali
👍38👏1410😭1
Hukumat qarori: Chakana savdodagi aksiya va chegirmalar haqqoniy bo‘lishi kerak

Narxni sun’iy ko‘tarib, keyin “chegirma” sifatida tushirish orqali mijozlarni aldash qat’iyan taqiqlandi.

Сhegirma e’lon qilinganda ko‘rsatiladigan “avvalgi narx” so‘nggi 30 kun ichidagi eng past narx bo‘lishi shart (qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bundan mustasno).

👉 https://kun.uz/63572957

Kun.uz rasmiy kanali
🔥37👍3310👏3😁3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi “maxsus kiyimdagi” firibgarlardan ogoh bo‘lishga chaqirmoqda.

So‘nggi yillarda O‘zbekiston bo‘ylab maxsus kiyim kiygan shaxslar o‘zlarini davlat yong‘in nazorati organi, FVV xodimi sifatida tanishtirib, odamlardan noqonuniy tarzda pul yig‘ayotgani kuzatilmoqda.

👉 https://kun.uz/61756410

Kun.uz rasmiy kanali
14🤯12😐2😁1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Grin-karta mavsumi boshlanishi kechikmoqda

AQSh Davlat departamenti grin-kartaning yangi mavsumini “tez orada” boshlashga va’da bermoqda, lekin kechikish sabablariga izoh bermayapti. Avvalgi yillari bu jarayon oktabr oyining ilk kunlarida boshlanar edi.

Taxminlarga ko‘ra, bu kechikish 1 dollarlik to‘lov joriy qilish rejasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Lotereyani pulli qilgandan keyin, millionlab odamdan bu pulni muammosiz yig‘ib olish uchun puxta texnik tayyorgargarlik ham talab etiladi.

👉 https://kun.uz/62042026

Kun.uz rasmiy kanali
😁2916😭1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQShning Rossiyaga qarshi jiddiy sanksiyasi, strategik yadro kuchlarini sinagan Putin va turk harbiylarining G‘azodagi roliga qarshi Netanyahu – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/94175098

Kun.uz rasmiy kanali
11🤯1😐1
Dublinda migrantlarga qarshi tartibsizliklar davom etmoqda

Chorshanba kuni kechqurun Irlandiya poytaxti Dublin shahrida boshpana so‘rab murojaat qilgan xorijliklar yashovchi mehmonxona oldida davom etayotgan tartibsizliklar doirasida ikki politsiyachi jarohat olib, 20 dan ortiq kishi hibsga olindi. Namoyishlarga bir erkak shu mehmonxona yaqinida 10 yoshli qizga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik qilishda ayblangani sabab bo‘lgan.

👉 https://kun.uz/21843815

Kun.uz rasmiy kanali
5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Grozniyda g‘alati tadbir: Daudov Qodirovning o‘rnini egallaydimi?

Magomed Daudov «Qodirovning o‘rinbosari» sifatida ko‘p tilga olinadi. «Lord» Qodirov qatnashgan tadbirda o‘zini «Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi» deb tanishtirdi.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
10🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IIB xodimiga 50 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda qimor o‘yinlarini tashkil etib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan. Guruh a’zolaridan biri Toshkent shahar IIBBning rahbar xodimlaridan biriga jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga 50 ming dollar taklif qilgan. Xodimning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbirda pora berayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

👉 https://kun.uz/85695833

Kun.uz rasmiy kanali
22😁19🔥3
Qochoq “kuyov”, aldangan “kelin” va bloger Sanjik voqeasi: ish sudga oshirilgan

Toshkentda yashovchi Jamila Olimboyeva yigiti Shahzod Rismatovni firibgarlikda ayblamoqda: uning da’vo qilishicha, Rismatov aldov yo‘li bilan uning uyini Sanjar Karimovga rasmiylashtirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olgan. Sanjar Karimov esa uyni egalaridan 240 ming dollar naqd to‘lov evaziga sotib olganini aytib chiqdi. “Kuyov”ga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga chiqqan.

👉 https://kun.uz/59278455

Kun.uz rasmiy kanali
😁288👍7😐6😭5
Netanyahu Turkiya harbiylari G‘azoga kirishiga qarshi. Oq uy esa sulh buzilishidan xavotirda

Benyamin Netanyahu Turkiya kuchlarining G‘azoga kirishiga qat’iy qarshiligini bildirdi. Sulh bitimi buzilishidan xavotirlangan Tramp ma’muriyati shu kunlarda vitse-prezidenti Vens, maxsus elchi Uitkoff va Jared Kushner kabi ishonchli vakillarni Isroilga yubordi. Turkiya va Qatar esa sulhning ikkinchi bosqichiga tayyorlanmoqda.

👉 https://kun.uz/60466593

Kun.uz rasmiy kanali
28👍18🤯4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Santedagi «eng nufuzli mahbus». Nikolya Sarkozi qamaldi

Fransiyaning sobiq prezidenti, mamlakatni 2007–2012 yillarda boshqargan Nikolya Sarkozi qamaldi. Shu tariqa u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari orasida hibsxonaga tushgan birinchi shaxs bo‘ldi. Nikolyaga qanday ayb qo‘yildi va nima uchun uni qamashdi?

👉 https://kun.uz/53046797

Kun.uz rasmiy kanali
19😁3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olmaliqda murabbiy bolalarni kaltak bilan «tarbiyalab» kelgan. U bu ishi uchun uzr so‘radi

U yosh bolalarni jazolash holatlari aks etgan videolarni instagramdagi sahifasiga qo‘ygan – ko‘pchilik obunachilari uning uslubini ma’qullagan. Videolardan biri boshqa platformada keng tarqalib ketgach, tegishli choralar ko‘rildi, xususan, shahardagi barcha sport maktablari tekshiriladigan bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/20799288

Kun.uz rasmiy kanali
😁38😭17👍109😐7🔥5👏1
Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasini uzaytirdi

Endi u kamida 2028 yil oxirigacha katta futbolda qoladi. U vaqtda futbolchi 41 yoshda bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/53882374

Kun.uz rasmiy kanali
21😐6😁4👍2
Yevroittifoq Markaziy Osiyoning bir nechta banklariga nisbatan sanksiya kiritdi

Qozog‘istonda Rossiyaning VTB banki filiali, Tojikistonning uchta va Qirg‘izistonning ikkita banki YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

👉 https://kun.uz/64790740

Kun.uz rasmiy kanali
😐17👍98🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tartibga olinadigan chegirmalar, “shaffof” Haj navbati va “forma”dagi firibgarlar – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/97885193

Kun.uz rasmiy kanali
13
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belgiyaga keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi.

👉 https://kun.uz/68383999

Kun.uz rasmiy kanali
👍3011😐3
Banklar, energetika, turizm: Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketidan nimalar o‘rin oldi?

YeI Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini rasman tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/58071252

Kun.uz rasmiy kanali
👍166👏1
BAA kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni taksichilikka chaqirmoqchi

Qayd etilishicha, dastlabki bosqichda 200ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyati mavjud bo‘lib, ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana 500 ga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchilari ishga jalb qilinishi mumkin.

👉 https://kun.uz/81282263

Kun.uz rasmiy kanali
👍7711🤯7😁6
Turar joy majmualarining nomi o‘zbek tilida bo‘lishi talabi qo‘yildi

Hukumat qaroriga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joy majmualarini qurishda obyektning nomi davlat tilida bo‘lishi kerak. Shuningdek, bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydoni atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar ham o‘zbek tilida bo‘lishi talab etiladi.

👉 https://kun.uz/05909630

Kun.uz rasmiy kanali
👍148🔥19👏118😁6😭2😐1
2025/10/27 02:15:38
Back to Top
HTML Embed Code: