Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Grozniyda g‘alati tadbir: Daudov Qodirovning o‘rnini egallaydimi?

Magomed Daudov «Qodirovning o‘rinbosari» sifatida ko‘p tilga olinadi. «Lord» Qodirov qatnashgan tadbirda o‘zini «Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi» deb tanishtirdi.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
10🔥4👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
IIB xodimiga 50 ming dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda qimor o‘yinlarini tashkil etib kelgan jinoiy guruh faoliyati fosh etilgan. Guruh a’zolaridan biri Toshkent shahar IIBBning rahbar xodimlaridan biriga jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik evaziga 50 ming dollar taklif qilgan. Xodimning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbirda pora berayotgan shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

👉 https://kun.uz/85695833

Kun.uz rasmiy kanali
22😁19🔥3
Qochoq “kuyov”, aldangan “kelin” va bloger Sanjik voqeasi: ish sudga oshirilgan

Toshkentda yashovchi Jamila Olimboyeva yigiti Shahzod Rismatovni firibgarlikda ayblamoqda: uning da’vo qilishicha, Rismatov aldov yo‘li bilan uning uyini Sanjar Karimovga rasmiylashtirib berib, evaziga Karimovdan qarzga pul olgan. Sanjar Karimov esa uyni egalaridan 240 ming dollar naqd to‘lov evaziga sotib olganini aytib chiqdi. “Kuyov”ga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi sudga chiqqan.

👉 https://kun.uz/59278455

Kun.uz rasmiy kanali
😁288👍7😐6😭5
Netanyahu Turkiya harbiylari G‘azoga kirishiga qarshi. Oq uy esa sulh buzilishidan xavotirda

Benyamin Netanyahu Turkiya kuchlarining G‘azoga kirishiga qat’iy qarshiligini bildirdi. Sulh bitimi buzilishidan xavotirlangan Tramp ma’muriyati shu kunlarda vitse-prezidenti Vens, maxsus elchi Uitkoff va Jared Kushner kabi ishonchli vakillarni Isroilga yubordi. Turkiya va Qatar esa sulhning ikkinchi bosqichiga tayyorlanmoqda.

👉 https://kun.uz/60466593

Kun.uz rasmiy kanali
28👍17🤯4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Santedagi «eng nufuzli mahbus». Nikolya Sarkozi qamaldi

Fransiyaning sobiq prezidenti, mamlakatni 2007–2012 yillarda boshqargan Nikolya Sarkozi qamaldi. Shu tariqa u Yevropa Ittifoqi mamlakatlari yetakchilari orasida hibsxonaga tushgan birinchi shaxs bo‘ldi. Nikolyaga qanday ayb qo‘yildi va nima uchun uni qamashdi?

👉 https://kun.uz/53046797

Kun.uz rasmiy kanali
17😁3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Olmaliqda murabbiy bolalarni kaltak bilan «tarbiyalab» kelgan. U bu ishi uchun uzr so‘radi

U yosh bolalarni jazolash holatlari aks etgan videolarni instagramdagi sahifasiga qo‘ygan – ko‘pchilik obunachilari uning uslubini ma’qullagan. Videolardan biri boshqa platformada keng tarqalib ketgach, tegishli choralar ko‘rildi, xususan, shahardagi barcha sport maktablari tekshiriladigan bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/20799288

Kun.uz rasmiy kanali
😁37😭179👍9😐7🔥5👏1
Messi «Inter Mayami» bilan shartnomasini uzaytirdi

Endi u kamida 2028 yil oxirigacha katta futbolda qoladi. U vaqtda futbolchi 41 yoshda bo‘ladi.

👉 https://kun.uz/53882374

Kun.uz rasmiy kanali
20😐6😁4👍2
Yevroittifoq Markaziy Osiyoning bir nechta banklariga nisbatan sanksiya kiritdi

Qozog‘istonda Rossiyaning VTB banki filiali, Tojikistonning uchta va Qirg‘izistonning ikkita banki YeI sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

👉 https://kun.uz/64790740

Kun.uz rasmiy kanali
😐178👍8🔥6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tartibga olinadigan chegirmalar, “shaffof” Haj navbati va “forma”dagi firibgarlar – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/97885193

Kun.uz rasmiy kanali
13
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Belgiyaga keldi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Bryussel shahriga keldi.

👉 https://kun.uz/68383999

Kun.uz rasmiy kanali
👍3010😐2
Banklar, energetika, turizm: Rossiyaga qarshi sanksiyalar paketidan nimalar o‘rin oldi?

YeI Rossiyaga qarshi 19-sanksiyalar paketini rasman tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/58071252

Kun.uz rasmiy kanali
👍166👏1
BAA kompaniyasi o‘zbekistonlik haydovchilarni taksichilikka chaqirmoqchi

Qayd etilishicha, dastlabki bosqichda 200ga yaqin O‘zbekiston fuqarolarini taksi haydovchisi sifatida ishga jalb qilish uchun imkoniyati mavjud bo‘lib, ularning mehnat samaradorligi yuqori bo‘lsa, yana 500 ga yaqin o‘zbekistonlik taksi haydovchilari ishga jalb qilinishi mumkin.

👉 https://kun.uz/81282263

Kun.uz rasmiy kanali
👍7711🤯7😁6
Turar joy majmualarining nomi o‘zbek tilida bo‘lishi talabi qo‘yildi

Hukumat qaroriga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab turar joy majmualarini qurishda obyektning nomi davlat tilida bo‘lishi kerak. Shuningdek, bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydoni atrofidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar ham o‘zbek tilida bo‘lishi talab etiladi.

👉 https://kun.uz/05909630

Kun.uz rasmiy kanali
👍146🔥19👏118😁6😭2😐1
Putin: “Ukrainaga Tomahawkʼlar beriladigan bo‘lsa, bunga juda jiddiy va hayratlanarli javob qaytariladi”

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kremlda jurnalistlarning savollariga javob berdi.

👉 https://kun.uz/23588896

Kun.uz rasmiy kanali
😁45👏156😐6🔥2😭1
Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirdi

Regulyator izohiga ko‘ra, yillik inflatsiya sekinlashgan bo‘lsa-da, faol yalpi talab sharoitida tashqi taklif omillari bilan bog‘liq narxlarni oshiruvchi xatarlar saqlanib qolmoqda. Qolaversa, xizmatlar inflatsiyasi ham yuqoriligicha qolyapti.

MB 2025-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya prognozini ijobiy tomonga qayta ko‘rib chiqib, 8 foiz atrofida deb belgiladi. Bir oy oldin belgilangan prognoz 8,7 foiz edi.

👉 https://kun.uz/77734627

Kun.uz rasmiy kanali
8👍5😁2
Qora Gentraʼdagi bezorilar jinoiy jazoga tortildi

Narkotik modda ta’sirida YPX xodimidan qochib, ko‘plab mashinalarni urib ketgan yigit va qizga hukm o‘qildi. Mashinani haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan qiz boshqargan.

👉 https://kun.uz/95401461

Kun.uz rasmiy kanali
👍239😁4😭1
«Rossiyaga bir qarich ham yer berilmaydi» – Zelenskiy

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritilishi hamda Rossiya va AQSh prezidentlarining Budapeshtda o‘tkazilishi rejalashtirilgan uchrashuvi bekor qilinishini Donald Tramp bilan uchrashuvi natijasi deb atadi.

👉 https://kun.uz/32536784

Kun.uz rasmiy kanali
👍428😐5🤯3😁1
Boltiq dengizi sohilida 2800 yillik xanjar topildi

Polshaning Boltiq dengizi sohilida mahalliy o‘lkashunos-havaskorlar taxminan 2800 yil avval yasalgan bezakli xanjarni topdi. Artefakt Xalshtat madaniyatiga xos uslubda tayyorlangan.

👉 https://kun.uz/58674629

Kun.uz rasmiy kanali
👍339😁3🤯3
«Tinchlik kelishuviga tahdid» – AQSh G‘arbiy sohil anneksiyasiga qarshi

AQSh davlat kotibi Marko Rubio Isroil parlamentining bosib olingan G‘arbiy sohilni anneksiya qilish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlash qarori Amerikaning G‘azodagi mojaroni to‘xtatish rejasiga tahdid solishini aytdi.

👉 https://kun.uz/93306350

Kun.uz rasmiy kanali
👍257
7 va undan yuqori ball olganlar IELTS uchun to‘lovni qanday qaytarib olishi mumkin?

2024 yilda IELTS imtihonida yuqori ball olgan talabalar soni oshdi: 13,4 ming ishtirokchi 7–8 ball, 300 dan ortiq kishi esa 8,5 va undan yuqori natijaga erishdi. Borgan sari ko‘proq yoshlar ingliz tilini C1 va C2 darajasida bilishini tasdiqlayapti, ammo hamma ham bunday natija imtihon uchun to‘langan mablag‘ni qaytarib olish huquqini berishini bilmaydi.

👉 https://kun.uz/66774390

Kun.uz rasmiy kanali
13👍11🔥1
2025/10/26 06:29:18
Back to Top
HTML Embed Code: