Telegram Web Link
Toshkent metrosida erkaklarga shilqimlik qilgan qozog‘istonlik bloger ayolga ma’muriy ish ochildi

Unga nisbatan mayda bezorilik holati bo‘yicha ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan va materiallar sudga yuborilgani ta’kidlanmoqda. Qayd qilinishicha, ayol avval ham shunday xatti-harakatlarga yo‘l qo‘ygan.

👉 https://kun.uz/72391137

Kun.uz rasmiy kanali
😁154👍2310🤯4👏1
IIB boshlig‘i ustidan sud: “Davlat siri” degan vaj bilan sudda OAV ishtiroki cheklandi

24 oktyabr kuni Furqat tumani IIB mansabdorlari ustidan navbatdagi sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda jabrlanuvchi ayol yechintirilgani aytilayotgan “tezkor tadbir” ishtirokchisi bo‘lmish IIB xodimlari guvohlik berdi. “Soliq idorasi boshlig‘i maktab o‘quvchisini xizmat uyiga olib kirib ketdi, deb xabar berishgandi”, dedi o‘z ko‘rsatmasida IIB tezkor xodimi Yusufbek Yoqubov.

👉 https://kun.uz/70220960

Kun.uz rasmiy kanali
😐40😁1915🤯9👍2🔥1
Tramp nihoyat Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘lladi. U Putinga qanday signal yubormoqda?

Amerika prezidenti Donald Tramp ikkinchi muddatining to‘qqizinchi oyiga kelib Ukrainadagi urush uchun Rossiyaga qarshi dastlabki sanksiyalarini e’lon qildi. Ushbu voqeaning ko‘lami, vaqti va detallari ekspertlarni Tramp hozircha Kreml bilan iqtisodiy urushning ikkinchi frontini ochishga tayyor emasligi, sanksiyalar esa boshqa maqsadlarni ko‘zlashi borasida shubha bildirishga majbur qildi. Bu qanday maqsadlar?

👉 https://kun.uz/16614771

Kun.uz rasmiy kanali
18👍15🔥2🤯2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turar joy majmualari uchun yangi talab va ko‘plab mashinalarni urib ketganlarga jazo - mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/57296564

Kun.uz rasmiy kanali
4👍2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Mana sizga ko‘p vektorli siyosatning natijasi” – Abdulaziz Komilov Yevropa bilan imzolangan bitim haqida

Prezident Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi asosiy natijalaridan biri – O‘zbekiston va Yevropa ittifoqi o‘rtasida uzoq kutilgan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimining imzolangani bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/02672264

Kun.uz rasmiy kanali
👍14435🔥12👏3😁3😭2
Qor qoploni rasman Qirg‘iziston milliy ramzi sifatida tan olindi

Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi logotip va mamlakat milliy ramzidan foydalanish tartibini tasdiqladi.

👉 https://kun.uz/91117531

Kun.uz rasmiy kanali
👍6617😁13👏7🤯7🔥1😐1
Dunyo okeanida 170 trillion plastmassa bo‘laklari suzib yuribdi: olimlar qayg‘uli bashorat berdi

Plastik ifloslanish nafaqat okeanda tarqaladi - u daryolar, soylar, ko‘llar va hatto biz nafas oladigan havoda ham mavjud. Zararni kamaytirish uchun olimlar plastmassa ishlab chiqarishni kamaytirish va uning kelib chiqishini yaxshiroq nazorat qilish strategiyalarini taklif qilmoqda.

👉 https://kun.uz/33978951

Kun.uz rasmiy kanali
😭37👍119🤯9
Falastinliklar G‘azoda hokimiyatni texnokratlarga topshirishga rozi bo‘ldi

Asosiy siyosiy kuchlar, jumladan HAMAS ham, Qohirada o‘tgan uchrashuvda G‘azo sektoridagi hokimiyatni «mustaqil texnokratlardan iborat vaqtinchalik qo‘mita»ga topshirishga rozilik bildirdi.

👉 https://kun.uz/74646204

Kun.uz rasmiy kanali
👍3016😐3
Yangi qoidalar: qo‘shimcha ta’lim tashkilotlarini turli yo‘nalishlarda ochish mumkin

Yangi qonun bilan qator qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi. Unga ko‘ra, qo‘shimcha ta’lim bolalar va katta yoshdagilar uchun alohida yo‘nalishlarda tashkil etilishi, shuningdek davlat, nodavlat va tijorat sektorlari ushbu sohada tashkilot ochishi mumkinligi belgilab qo‘yildi.

👉 https://kun.uz/56404796

Kun.uz rasmiy kanali
10👍3👏2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yer atrofidagi kelishuvlar: ikki hududda noqonuniy harakatlar to‘xtatildi

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida joylarda qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Surxondaryo viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ikki shaxs ashyoviy dalillar bilan ushlanib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

👉 https://kun.uz/17962082

Kun.uz rasmiy kanali
8🔥5👍3
Ishsizlik nafaqasi berishda yangi tartib, aholini ro‘yxatga olishning boshlanishi va “Kasb vaucheri” – 1 noyabrdan nimalar o‘zgaradi?

Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq, 2025 yil 1 noyabrdan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y bergan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/38099652

Kun.uz rasmiy kanali
10
O‘zbekiston JSTga kirish yo‘lida Yevropa Ittifoqi bilan muzokaralarni yakunladi

O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zoligi bo‘yicha Yevropa Ittifoqi bilan ikki tomonlama muzokaralar yakunlandi. Bu haqda prezident Mirziyoyevning Bryusselga tashrifi doirasida e’lon qilindi.

“Mana endi rasman: JSTning 31 a’zosi bilan muzokaralar yakunlandi, faqat 3 tasi qoldi”, – deya ma’lum qildi bosh muzokarachi Azizbek Urunov.

👉 https://kun.uz/77398979

Kun.uz rasmiy kanali
👍14914👏8🔥3
Yevropa Ittifoqi bilan yangi bitim: u nima haqda va qachon kuchga kiradi?

24-oktabr kuni Bryusselda O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi va uning a’zo davlatlari o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimi imzolandi. Kun.uz bu xalqaro shartnoma haqidagi savollar bilan Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori Haydarali Yunusovga murojaat qildi.

👉 https://kun.uz/18915463

Kun.uz rasmiy kanali
👍20811🤯3🔥2
Toshkentda issiq suvdagi zangga izoh berildi

Poytaxtning qator tumanlarida issiq suv ta’minotida zangli suv kelishi kuzatildi. Veolia buni isitish mavsumiga tayyorgarlik bilan izohlab, murojaat qilgan iste’molchilar bilan dalolatnoma asosida qayta hisob-kitob qilinishini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/97604941

Kun.uz rasmiy kanali
😁2915🔥5👍2🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azodagi AQSh dronlari, Yevropadan qo‘llov olgan Zelenskiy va 93 yoshida vafot etgan qirolicha – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/34030426

Kun.uz rasmiy kanali
10😐3
Ispaniyada klasiko, Italiyada favoritlar jangi. Hafta o‘yinlari anonsi

Yevropa futbolida bu safargi uikend «Real» va «Barselona» uchrashuvi bilan bezaladi. Ammo boshqa qiziqarli o‘yinlar ham bor.

👉 https://kun.uz/52174758

Kun.uz rasmiy kanali
12
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Gul deb o‘ylabman” – Urgutda tomorqasida 229 tup kannabis yetishtirgan ayol ozodlikdan mahrum qilindi

43 yoshli ayol giyohvand o‘simlikni o‘z xonadonidagi makkajo‘xori orasiga ekkan. U sudda o‘simlik urug‘ini dehqon bozorida notanish ayoldan gul urug‘i deb sotib olganini aytgan. “Unib chiqqanidan so‘ng gullamadi, ammo kattaroq bo‘lgach gullashi mumkin deb parvarishlab keldim”, degan ayol. Sud uni 3 yil 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi.

👉 https://kun.uz/65390389

Kun.uz rasmiy kanali
😁13819🤯5😭5😐4👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Shifoxona, maktab hamda Toshkent halqa yo‘li loyihalari tenderlarida qatnashyapmiz» – fransuz gigant korporatsiyasi prezidenti

Shavkat Mirziyoyev Bryusselda uchrashgan biznes doiralari safida qiymati 25 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan gigant fransuz korporatsiyasi – «Meridiam» prezidenti ham bor edi. Tiyerri Doning Kun.uz muxbiriga aytishicha, ayni paytda kompaniya O‘zbekistonda shifoxona, maktab va Toshkent halqa yo‘li bo‘yicha tenderlarda qatnashmoqda.

👉 https://kun.uz/51683696

Kun.uz rasmiy kanali
👍1059
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Geosiyosiy vaziyat o‘zgaryapti, bizga kuchlilar kerak” – Yevrokomissiya komissari

Prezident Mirziyoyevning Belgiyaga tashrifi doirasida o‘tkazgan biznes doiralari bilan muloqotida Bryussel tomonidan qatnashgan Yevropa komissiyasi komissari fikricha, O‘zbekiston bilan sheriklik – to‘g‘ri yo‘l. Chunki geosiyosiy vaziyat kundan kunga o‘zgarmoqda, Yevropaga esa kuchli hamkorlar kerak.

👉 https://kun.uz/35424779

Kun.uz rasmiy kanali
👍12015😁3
Quruq oktyabrning oxiri ham quruq bo‘ladimi?

Oktyabrda ro‘y bermagan haqiqiy – xazonrezgi yomg‘irli kuz ob-havosiga noyabrning birinchi o‘n kunligida guvoh bo‘lishimiz mumkin. Biz oktyabr oxiridan kutgan yomg‘irlar esa yog‘masligi aniqlashmoqda. Faqatgina baland tog‘larda yaxshigina yomg‘ir yog‘ishi va hatto qor bo‘ronlari bo‘lishi kutilmoqda. Kun.uz'da ob-havo prognozi bilan – iqlimshunos Erkin Abdulahatov.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
😭2214👍2🔥1👏1
2025/10/31 15:13:01
Back to Top
HTML Embed Code: