Telegram Web Link
Buxoroda 24 yoshli ayol plastik operatsiyadan so‘ng vafot etdi

Marhumaning yaqinlari amaliyot tibbiy jihatdan xato qilinganini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/69873948

Kun.uz rasmiy kanali
🤯22👏18😁9😭9😐84
Moped va skuter haydash uchun “A1” toifadagi haydovchilik guvohnomasi joriy etiladi. Uni avtomaktabda o‘qimasdan ham olsa bo‘ladi

Hukumat qaroriga binoan, 2026-yil 1-yanvardan boshlab moped va skuter kabi transport vositalarini boshqarish uchun haydovchilik guvohnomasining “A1” kichik toifasi joriy etiladi.

Bu guvohnomani olish uchun avtomaktabda o‘qish talab etilmaydi. Mustaqil tayyorlangan holda, nazariy imtihonda 20 ta savoldan kamida 16 tasiga to‘g‘ri javob berish va amaliy imtihondan o‘tish lozim bo‘ladi.

“A”, “B”, “C”, “D” toifadagi guvohnoma egalari moped va skuterlarni ham boshqarish huquqini oladi.

👉 https://kun.uz/03449236

Kun.uz rasmiy kanali
👍6212🔥7😁7😐4👏1
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi

Hukumat qaroriga ko‘ra, “A” va “B” toifadagi haydovchilikka nomzodlar majburiy o‘quv dasturining nazariy qismini mustaqil o‘zlashtirishiga ruxsat berilmoqda. Ya’ni bu toifalar uchun avtomaktabda o‘qiganda, nazariy darslarda qatnashish ixtiyoriy bo‘ladi. Bu tartib 2026-yil 1-fevraldan amal qila boshlaydi.

Shuningdek, haydovchilik huquqidan mahrum etilgan shaxslarni qayta imtihon qilishning alohida tartibi ishlab chiqiladigan bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/22954335

Kun.uz rasmiy kanali
👍4410🤯5😁3😭2
Klasikoda janjal, «Siti»da yana mag‘lubiyat, Shomurodovda dubl. Kun o‘yinlari

APLda «Arsenal» ilgarilab ketmoqda, La ligada ham «Real» yaqqol peshqadamga aylandi. Yakshanba oqshomida Yevropa futbolida ro‘y bergan asosiy voqealar, o‘yinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.

📹 👉 https://kun.uz/79681354

Kun.uz rasmiy kanali
9🤯5👍3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
G‘azoda sulhni ta’minlovchi kuchlar, Rossiyaning yangi raketasi va Osiyoga kelgan Tramp – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/83230614

Kun.uz rasmiy kanali
7👍5👏1
SSV bolalar orasida «g‘ayriodatiy» infeksiya tarqalayotgani haqidagi xabarlarni rad etdi

SSV bolalar orasida o‘tkir respirator virusga o‘xshash, ammo ich ketishi va qayt qilish bilan namoyon bo‘ladigan «g‘ayriodatiy» infeksiya tarqalayotganini rad etdi. Vazirlikka ko‘ra, respirator belgilar hammada har xil namoyon bo‘ladi, shuningdek, bir paytda bakterial va virusli infeksiya avj olishi qayd etilmaydi.

👉 https://kun.uz/31220888

Kun.uz rasmiy kanali
10🤯3👍1😁1
Toshkent markazida izg‘ib yurgan chiyabo‘ri ushlandi

Darxon mahallasida chiyabo‘ri paydo bo‘lgani haqidagi dastlabki xabarlardan bir hafta o‘tib, u ushlandi. Jonzot Toshkent hayvonot bog‘iga topshirilgan.

👉 https://kun.uz/80570917

Kun.uz rasmiy kanali
😁268👏8🤯3
Markaziy bank savdodagi tarif va notarif cheklovlarni kamaytirishga chaqirdi

Timur Ishmetov narx-navoni oshirayotgan fundamental omillarni sanab o‘tdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, inflatsiyani tushirish uchun raqobatni kuchaytirish, tarif va notariy cheklovlarni kamaytirish orqali tashqi savdoni erkinlashtirish, tovarlar importida konsentratsiya darajasini pasaytirish, energiya barqarorligini ta’minlash va transport infratuzilmasini yaxshilash talab etiladi.

👉 https://kun.uz/88370529

Kun.uz rasmiy kanali
8👍7🔥4😁2
Radarlar qayd etgan qoidabuzarliklar uchun ham jarima ballari yoziladi

2026-yil 1-apreldan boshlab foto va videoradarlar orqali qayd etilgan yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun ham jarima ballarini hisoblash boshlanadi. Jarima ballari mashinaning egasiga emas, aynan rul boshqaruvida bo‘lgan xaydovchiga yoziladigan amaliyot joriy etiladi.

Hozirda faqat YHX xodimlari qo‘l rejimida tuzgan bayonnomalar bo‘yicha ball hisoblab kelinmoqda.

👉 https://kun.uz/33803679

Kun.uz rasmiy kanali
😭36👍289😁5🤯3
Hafta davomida ayrim hududlarda yomg‘ir, tog‘larda qor yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi oxirigacha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ammo chorshanba kuni harorat pasayib, ayrim tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘ishi, ba’zan qorga aylanishi mumkin.

👉 https://kun.uz/12629493

Kun.uz rasmiy kanali
👍198👏2🔥1
O‘zbekistonda o‘rtacha oylik 6 mln so‘mdan oshdi. Sohalar kesimida daromadlar qanday?

Sentabr oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistondagi o‘rtacha ish haqi 6 mln 167 ming so‘mni tashkil etdi. Eng katta oyliklar Toshkent shahri (10,4 mln so‘m) va Navoiyda (7,6 mln so‘m), eng kami esa Qashqadaryo (4,2 mln so‘m) va Surxondaryoda (4,3 mln so‘m).

Sohalar bo‘yicha eng baland ish haqi sug‘urta sohasida (20,9 mln so‘m), eng kami esa maktabgacha ta’limda (2,7 mln so‘m).

👉 https://kun.uz/86651955

Kun.uz rasmiy kanali
😁49🤯10😭83🔥3😐2
Yakkasaroyda kesilgan daraxtlar: hodisa tafsilotlari

Toshkent shahrining Bobur ko‘chasi bo‘ylab ekilgan archalar tunda kesib tashlandi. Ularni kesib, o‘rniga qimmatbaho daraxtlarni ekish topshirig‘i Toshkent shahri hokimi o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonov tomonidan berilgan. Ekologiya bo‘limi xodimlari chora ko‘rmoqchi bo‘lganda, bosimga uchragan.

📹 VIDЕONI TOMOSHA QILING
🤯11😭6👏2😁21
Tojikiston chegarachilari va toliblar o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Otishma Tojikistonning Shamsiddin Shohin tumani va Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Shahri Buzurg tumani o‘rtasida joylashgan Dovang qishlog‘ida sodir bo‘lgan. Otishma qurbonlarga olib kelgan, biroq qurbonlar va jarohatlanganlarning aniq soni hozircha ma’lum emas.

👉 https://kun.uz/70757020

Kun.uz rasmiy kanali
🤯21😭196
2026-yilda asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoladi

Prezident kelasi yilda xarajatlarni keskin qisqartirishni buyurdi. Vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalarida to‘plangan qoldiqning yarmi alohida jamg‘armaga o‘tkazilib, maktablar qurilishiga va tibbiyotga yo‘naltiriladi.

👉 https://kun.uz/88825909

Kun.uz rasmiy kanali
👍121🔥135😭2
«Yaratish imkonsiz deyishgandi» - Putin «Burevestnik» raketasi sinovdan o‘tganini bildirdi

Rossiya armiyasi – yadroviy dvigatelga ega, «deyarli cheksiz masofaga ucha oladigan» «Burevestnik» raketasini sinovdan o‘tkazdi. Putinning aytishicha, u «har qanday mudofaani yorib o‘tadi va bunaqasi boshqa hech kimda yo‘q».

👉 https://kun.uz/64579874

Kun.uz rasmiy kanali
😁27👍117🔥1🤯1
O‘zbekiston prezidenti AQSh delegatsiyasini qabul qildi

Joriy yil 23 sentabr kuni Nyu York shahrida oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – AQSh strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

👉 https://kun.uz/58242826

Kun.uz rasmiy kanali
👍2120🔥12👏5
2025/10/27 15:26:02
Back to Top
HTML Embed Code: