Telegram Web Link
Eron oliy rahbari vafot etgan taqdirda uch nafar o‘rinbosari nomini aytdi – OAV

Oliy rahbarni tayinlash uchun mas’ul bo‘lgan Ekspertlar assambleyasiga vorisni tezkor tanlash bo‘yicha ko‘rsatma berilgan.

👉 https://kun.uz/24712427

Kun.uz rasmiy kanali
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi ko‘rsatmasiga muvofiq Tehron va Ashxoboddagi diplomatik vakolatxonalarda uzluksiz ishlaydigan tezkor shtablar tuzilgan. Tezkor shtab Eronda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini Turkmaniston orqali qaytarish choralarini ko‘rmoqda.

👉 https://kun.uz/82639439

Kun.uz rasmiy kanali
“Eronning javob hujumlari AQShni o‘ylantirib qo‘ydi” - ekspertlar

Tramp AQShning eng zamonaviy harbiy kuchlarini Yaqin Sharqqa safarbar qildi va Isroil bilan birgalikda Eron ustidan tezkor g‘alaba haqida o‘yladi, lekin Eronning jiddiy javob zarbalaridan keyin, Tramp ehtiyotkorlikka majbur bo‘lmoqda. Endi u ayniqsa o‘z saylovchilari oldida Yaqin Sharqdagi bu vaziyatdan mag‘lubiyatsiz chiqib ketish haqida o‘ylamoqda.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
«Fordo endi yo‘q» – AQSh Erondagi yadroviy obektlarga zarba berdi

Isroil shu vaqtgacha zarba bera olmagan yer ostidagi Fordo zavodi bunkerlarga qarshi mo‘ljallangan B-2 samolyotlari bilan bombardimon qilingan. Bu bilan amalda amerikaliklar isroilliklarning hujumlariga qo‘shildi. «Tinchlik vaqti keldi», - deb yozgan hujumdan keyin Amerika prezidenti.

👉 https://kun.uz/05689254

Kun.uz rasmiy kanali
Zelenskiy: Rossiya almashuv doirasida Ukrainaga o‘zining 20 nafar harbiysi jasadini ham topshirdi

Ular orasida Isroil fuqarosi ham bor.

👉 https://kun.uz/55403449

Kun.uz rasmiy kanali
«Endi tinchlikni tanlash kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi» - Tramp Eronga hujumlar ortidan murojaat qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Erondagi yadroviy obektlarga berilgan zarbalar ortidan murojaat bilan chiqdi. Tramp ushbu hujumlarni «hayratomuz harbiy muvaffaqiyat» deb atagan hamda Eronning yadroviy inshootlari «butunlay va to‘liq yo‘q qilinganini» da’vo qildi.

👉 https://kun.uz/29299341

Kun.uz rasmiy kanali
«Konstitutsiyaga mutlaqo zid» - AQSh qonunchilari Trampning qarorini muhokama qilmoqda

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress ruxsatini olmasdan Eronning yadro obektlari joylashgani aytilgan uchta yadroviy obektga B-2 bombardimonchilari bilan hujum qildi. Qonunchilar Trampning harakatlari Konstitutsiyaga zid ekani, faqat AQSh Kongressi mamlakatni urushga olib kirish huquqiga egaligini aytmoqda.

👉 https://kun.uz/53223058

Kun.uz rasmiy kanali
AES bo‘yicha yangi bitim, Farg‘onadagi “maska-shou” va qulayotgan dollar — hafta dayjesti

“O‘zatom” “Rosatom”ning AES haqidagi bayonotini nuqta-verguligacha ko‘chirib bosdi: bunaqasi o‘zidan yuqori turuvchi organning press-relizini ulashadigan quyi tashkilotga yarashadi.

“Portal”dan umidini uzganlar najotni boshqa joydan izlayapti: dispetcherga aylanib qolgan xalq qabulxonalari tanqidga uchradi.

Bosh rejaga amal qilmaslikni Toshkent shahar hokimligining o‘zi boshlab bermoqchi: hokimiyat 9 qavatdan yuqorisi taqiqlangan joyga 30 qavatli “dom” qurish niyatida.

Ortda qolayotgan hafta voqealari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
Eron AQSh hujumiga qaramay, yadro sohasini rivojlantirishga va’da berdi

Eron tomoni yadroviy obektlarga berilgan zarbalar «MAGATE loqaydligi, hattoki ko‘magida sodir etilgani»ni ta’kidlab, dunyo hamjamiyatini AQShning harakatlarini qoralashga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/87469805

Kun.uz rasmiy kanali
Eron AQSh hujumidan keyin Isroilga raketalar uchirdi

Eron Isroil tomon 20-30 ta ballistik raketa uchirdi. Hujum oqibatida kamida 11 kishi jarohat oldi.

👉 https://kun.uz/81840175

Kun.uz rasmiy kanali
Foto: Eronga berilgan zarbalar Oq uydagi «Situation Room»dan nazorat qilingan

AQSh prezidenti administratsiyasi Eronga zarba berish vaqtida Oq uydagi maxsus operatsion xona - «Situation Room»dan suratlarni e’lon qildi. 2011 yilda o‘tkazilgan Usama bin Ladenni yo‘q qilish maxfiy operatsiyasi ham ayni shu xonadan boshqarilgan edi.

👉 https://kun.uz/92639739

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bu sodir bo‘ldi: AQSH tarixda ilk marta Eronga zarba berdi

AQSH dushmanlik tarixida ilk marta Eronga zarba yo‘lladi va shu tariqa Isroilning Eronga boshlagan urushiga qo‘shildi. Tramp Eronning asosiy yadroviy obyekti Fordo yo‘q qilinganini aytdi. Endi nima bo‘ladi?

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi vatandoshlardan ehtiyotkorlikni oshirishni so‘radi

Isroilda xavfsizlik bo‘yicha yangi cheklovlar joriy etildi. Tel-Avivdagi O‘zbekiston elchixonasi vatandoshlarga murojaat qilib, ehtiyotkorlikni oshirishga hamda raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikka chaqirdi.

👉 https://kun.uz/26373397

Kun.uz rasmiy kanali
Putin: Kiyev anneksiya qilingan hududlarni Rossiyaga tegishli deb tan olishdan bosh tortishi yangi urushga olib kelishi mumkin

Putin yana bir bor Rossiyaning urushni to‘xtatish shartlari haqida gapirdi.

👉 https://kun.uz/57211121

Kun.uz rasmiy kanali
OAV: Tramp ma’muriyati Andrey Yermakdan norozi

Amerikadagilar Ukraina prezidenti ofisi rahbarini agressiv va toksik deb hisoblashadi. Politico materialidan asosiy gaplar.

👉 https://kun.uz/91969904

Kun.uz rasmiy kanali
Hafta boshida harorat +44 darajagacha ko‘tariladi

23 iyun kuni O‘zbekistonda havo harorati +39…+44 darajagacha isiydi. Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida kechasi va ertalab momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

👉 https://kun.uz/46919875

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/05 04:50:59
Back to Top
HTML Embed Code: