Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi, Xorazmda hokim o‘rinbosari 8 yilga qamaldi va Toshkentda 11 yosh qizni tok urdi – mahalliy dayjest

O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi. Kurerlik faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi. Toshkent va Pusan yo‘nalishi bo‘yicha muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi. Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishidan vafot etdi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/95592204

Kun.uz rasmiy kanali
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi

Eron Amerikaning Al-Udeyd harbiy-havo bazasiga oltita raketa uchirdi. O‘z navbati Qatar Tehron tomonidan uchirilgan raketalarning barchasi tutib qolinganini ma’lum qildi.

👉 https://kun.uz/14881201

Kun.uz rasmiy kanali
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi

Xususan, Prezident administratsiyasi Nazorat inspeksiyasi boshlig‘i Saidlaziz Saidkarimov lavozimdan olindi. Oldinroq u prezident tanqidiga uchragan va mazkur inspeksiya tugatilgan edi.

👉 https://kun.uz/84345951

Kun.uz rasmiy kanali
Eron Qatardagi AQSH bazasiga hujum qildi

Eron Amerika hujumiga qasos o‘laroq Qatardagi aviabazaga raketa uchirdi. Tramp hujumni tasdiqlab, «Eron hovuridan tushdi» degan mazmunda gapirdi-da, keyin butun dunyoni «tinchlik bilan tabrikladi». Darvoqe, Eronga hujum haqida oldindan ogohlantirish uchun rahmat aytdi.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Tramp Eron va Isroil «to‘liq otashkesimga» kelishganini e’lon qildi. Eron ham, Isroil ham buni tasdiqlamadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Isroil va Eron «to‘liq va mutlaq» o‘t ochishni to‘xtatishga rozi bo‘lgani haqida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu kelishuv bir necha soat ichida kuchga kiradi. Lekin, Tramp bayonotidan so‘ng ham Isroil havo hujumlarini davom ettirdi. Eron tashqi ishlar vaziri rasman bunday kelishuv yo‘qligini aytdi. OAVga ko‘ra, Trampning ushbu bayonoti Oq uy ma’muriyati amaldorlarini ham hayratga solgan.

👉 https://kun.uz/15195366

Kun.uz rasmiy kanali
Kreml: yadro qurolini tarqatmaslik rejimiga juda katta zarba berildi

22 iyunda Qo‘shma Shtatlar Isroilning Eronga qarshi operatsiyasiga qo‘shildi: Amerika havo kuchlari Eronning Natanz, Fordo va Isfahondagi yadroviy inshootlariga zarba berdi.

👉 https://kun.uz/71245904

Kun.uz rasmiy kanali
AQSh va Isroilning Eronga zarbalaridan keyin AEXA favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi

Agentlik rahbari katta eskalatsiya xavfi haqida ogohlantirdi va mojaroga zudlik bilan barham berishga chaqirdi.

👉 https://kun.uz/29351484

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil armiyasi gumanitar yordamga navbatda turganlarga yana hujum qildi

Halok bo‘lganlar va yaralanganlar bor.

👉 https://kun.uz/59836541

Kun.uz rasmiy kanali
OTMga kirish imtihonlari qanday o‘tadi? – Kun.uz'da qabulga oid eng muhim savollar yuzasidan jonli efir

5 iyundan boshlab O‘zbekiston oliygohlariga kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi. Ayni kunlarda qabul qanday o‘tyapti? Bu yilgi test jarayonlarida nima yangiliklar bor? Umumta’lim fanlaridan sertifikatlar qanday qo‘llanadi? Mandat kechiktirilmaydimi? 24 iyun, haftaning seshanba kuni soat 10:00 da Kun.uz mazkur savollar bilan BMBA (sobiq DTM) xodimlariga yuzlanadi. Sizni qanday savollarga javob qiziqtirmoqda? Izohlarda yozib qoldiring.

🔴 Telegram'da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
«Quruvchilar» va «Yangiobod» metro bekatlari oralig‘ida poyezdlar harakati to‘xtatiladi

28-iyundan profilaktika ishlari boshlanadi. «Qipchoq–Yangiobod–Qipchoq» metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi.

👉 https://kun.uz/00827426

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil Eron bilan urushda sulhga erishilganini tasdiqladi

Isroil Eron bilan mojaroda barcha harbiy maqsadlariga erishdi, deya hukumatga ma’lumot berdi bosh vazir Binyamin Netanyahu.

👉 https://kun.uz/81885925

Kun.uz rasmiy kanali
Elektr iste’moli yuqori 18 ta tarmoq o‘zini o‘zi energiya bilan ta’minlaydigan tizimga o‘tkaziladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23 iyun kuni yirik sanoat korxonalarini “yashil” energiya bilan ta’minlash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

👉 https://kun.uz/43276477

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSh bazalariga zarba bergan Eron, urush tugashini e’lon qilgan Tramp va Putinga topshirilgan maktub – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/94139751

Kun.uz rasmiy kanali
Eron–Isroil: Sulh amalga oshadimi?

Kecha Eron AQSHning Qatardagi bazasiga muvaffaqiyatsiz raketa hujumini amalga oshirdi. Shundan keyin uchala tomondan ham sulh haqida bayonotlar yangradi. Lekin so'nggi soatlarda Isroil tomoni Eronni kelishuvni buzganlikda ayblab chiqdi va javob qaytarishini bildirdi.

Eron–Isroil/AQSh urushi bilan bog‘liq so‘nggi jarayonlar muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

🔴 Telegram'da ko‘rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
Elektr energiyasi, gaz va suvni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Elektr energiyasi, tabiiy gaz, issiqlik energiyasi va ichimlik suvi tarmoqlariga qonunga xilof ravishda ulanib, ularni o‘g‘irlaganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi. Bu sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish maqsadida «O‘zenergoinspeksiya», IIO va FVV vakolatlari kengaytiriladi. Deputatlar tegishli qonunni qabul qildi.

👉 https://kun.uz/35000712

Kun.uz rasmiy kanali
Mahmud Istamov Adliya vazirligiga qaytdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Devoni rahbari lavozimida ishlab kelgan Mahmud Istamov adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi. U 2017-2019 yillarda vazirning birinchi o‘rinbosari, vazir o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

👉 https://kun.uz/58674242

Kun.uz rasmiy kanali
Yana bir sobiq “zamhokim” ozodlikdan mahrum qilindi

Dehqonobod tumani hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamlashtirish masalalari bo‘yicha sobiq o‘rinbosari Sherdil Ergashev 5 yilga qamaldi. U obektini foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qo‘yish evaziga 5 ming AQSh dollari olganda ushlangan.

👉 https://kun.uz/30532532

Kun.uz rasmiy kanali
2025/07/01 14:44:06
Back to Top
HTML Embed Code: