Telegram Web Link
Propanning birja narxi oy boshidan beri 31 foizga oshdi

30-may kuni 1 tonna propanning birjadagi o‘rtacha narxi 5,1 mln so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 24-iyunga kelib o‘rtacha narx 6,6 mln so‘mgacha qimmatlashib ketdi.

👉 https://kun.uz/44454804

Kun.uz rasmiy kanali
Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar o‘zbekistonlik BAAdan ekstraditsiya qilindi

Ular O‘zbekiston va Abu-Dabi Interpol Milliy markaziy byurolarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida mamlakatga qaytarilgan.

👉 https://kun.uz/82798110

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi, O‘zbekiston Shvetsiya bilan migratsiya sohasida kelishuv imzoladi, fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi – mahalliy dayjest

O‘zbekistonda besh oyda 42 kishi ovqatdan zaharlandi. Toshkentda bloger uyida timsoh saqlab kelgani aniqlandi. Xalq deputatlari mahalliy Kengashlariga ayrim vakolatlar beriladi. Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Kun davomida Kun.uz yoritgan shu va boshqa muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/80455667

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp Ukrainadagi vaziyat nazoratdan chiqib ketganini ma’lum qildi

AQSh prezidenti urushni 24 soat ichida to‘xtatish haqidagi va’dasi «sarkazm» bo‘lganini ta’kidladi. Uning aytishicha, Putin «juda murakkab inson» va Zelenskiy bilan ham «muammolar bo‘lgan».

👉 https://kun.uz/00602106

Kun.uz rasmiy kanali
Xorazmda fuqaro oqlanganidan so‘ng ham 207 kun qamoqda o‘tirdi. Xatolikka yo‘l qo‘ygan sudyalarga “hayfsan” berildi

O‘g‘rilikda ayblangan fuqaroga oid jinoyat ishi taftish instansiyasida ko‘rib chiqilgan hamda u oqlangan. Biroq xatolik tufayli fuqaroga nisbatan qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini bekor qilish hamda uni jazoni ijro etish muassasasidan ozod etish ajrimda yozilmay qolgan. Oqlanganini fuqaroning na o‘zi, na yaqinlari bilmagan. Bu ish ortidan Xorazm viloyat sudi raisining o‘rinbosari Ulug‘bek Bakdurdiyev ishdan ketdi.

👉 https://kun.uz/05271614

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Isroil – Eron urushi: hech kim yutmadi

Urush tugagach Eronda odamlar ko‘chaga chiqib bayram qildi. Isroilda esa faqat bir kishi bayram qildi. Har ikki tomon urushda yengganini aytmoqda, aslida-chi? Bu urushda g‘olib bormi?

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kredit olishga taqiq va Freeze xizmati: ularning farqi nima?

Firibgarlar birovning nomiga kredit rasmiylashtirishi holatlari uchrab turadi. Buning oldini olish uchun shu paytgacha fuqarolar kredit tarixi olinishini muzlatish imkoniyatiga ega edi. Endilikda kredit bitimi rasmiylashtirishga taqiq kiritish ham mumkin bo‘ldi. Xo‘sh, bu ikki xizmat nimasi bilan farqlanadi, ulardan qanday foydalanish mumkin? KATM mutaxassisi Mashhurbek Rahimov Kun.uz'ga batafsil tushuntirib berdi.

👉 https://kun.uz/95775083

Kun.uz rasmiy kanali
O‘zbekiston Qurolli kuchlari bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi

2000-2003 yillarda Qurolli kuchlar birlashgan shtabi boshlig‘i bo‘lgan general-polkovnik To‘lqin Qosimov 84 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

👉 https://kun.uz/69496410

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyevning Mo‘g‘ulistonga tarixiy davlat tashrifi. Tafsilotlar

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 24-25 iyun kunlari rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Mo‘g‘ulistonda bo‘ldi. Tarixdagi birinchi bo‘lgan ushbu tashrif O‘zbekiston-Mo‘g‘uliston munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berdi va ko‘p qirrali hamkorlik rivoji uchun keng imkoniyatlar ochdi.

👉 https://kun.uz/50153481

Kun.uz rasmiy kanali
Dunyo nigohi NATO sammitida: Tramp 5-moddaga sodiqmi?

NATO sammiti ortida ko‘plab jumboqlar yashiringandek: Tramp “Rossiya bizga hujum qilmaydi” degan edi, lekin alyans deklaratsiyasi Moskvani uzoq muddatli tahdid deb atadi. Tramp va Erdo‘g‘an alohida uchrashdi, Zelenskiy esa asosiy muhokamalarga chaqirilmadi va Tramp bilan yuzma-yuz gaplashdi. Tashkilotning Ukraina mudofaa sanoatini moliyalashi Kiyevdagi xavotirlarni qanchalik arita oladi?

NATO sammitida muhokama qilingan muhim mavzular tahlili – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

🔴 Telegram'da ko'rish

🔴 YouTube'da ko‘rish
“Pensiya yoshini oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan” – Pensiya jamg‘armasi

Pensiya jamg‘armasiga ko‘ra, xalqaro ekspertlar tomonidan berilgan takliflarning O‘zbekiston sharoitiga mosligi, aholining turmush darajasiga ta’siri va iqtisodiy oqibatlari tahlil qilinyapti.

👉 https://kun.uz/74192085

Kun.uz rasmiy kanali
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Belarusda bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.

👉 https://kun.uz/26683579

Kun.uz rasmiy kanali
Fermerlarning yerini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgan amaldorning lavozimi ko‘tarildi

Urgut hokimi o‘rinbosari Zuhriddin Amonov Samarqand viloyati veterinariya boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U yaqindagina fermerlarga videomurojaat qilib, agar rejani bajarmasa, yerlarini xitoyliklarga berib yuborish bilan tahdid qilgani ortidan jamoatchilik e’tiboriga tushgandi.

👉 https://kun.uz/62607180

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Kiyevga “Patriot” bermoqchi bo‘lgan Tramp, NATOning tarixiy kelishuvi va Eron yadro dasturi atrofidagi bahslar – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/33643935

Kun.uz rasmiy kanali
Kosonda 2,5 yoshli bola xususiy bog‘chada vafot etdi

Xususiy bog‘cha rahbari qizaloqning yaqinlariga u mashinada dimiqib vafot etganini aytgan. Holatni prokuratura o‘rganmoqda.

👉 https://kun.uz/76971813

Kun.uz rasmiy kanali
XVJ O‘zbekistonda «soliq yuki»ni kengaytirishni taklif qildi. Iqtisodchi berilgan tavsiyalarni keskin tanqid qildi

Xalqaro valuta jamg‘armasi 2020 yildan beri YaIMga nisbatan 2 foiz punktga kamaygan soliq tushumlarini uch yil ichida qoplash uchun O‘zbekiston hukumatiga soliq tizimini yanada adolatliroq qilishni tavsiya qildi. Bu qator imtiyozlarni bekor qilish va ayrim soliq turlarini oshirishni o‘z ichiga oladi. Iqtisodchi Yuliy Yusupov bu tavsiyalarni tanqid ostiga oldi va birinchi navbatda shishirilgan va tez o‘sib borayotgan davlat xarajatlarini qisqartirish kerakligiga urg‘u berdi.

👉 https://kun.uz/70305419

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi” - bolakayni qutqargan YPX inspektori haqida

Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yo‘l chetiga to‘xtagan Nexia haydovchisi Ahliddin Jumaboyev mashinasini o‘chirmay do‘konga kiradi. Old o‘rindiqda qoldirilgan 5 yashar o‘g‘il oyna ko‘targich tugmasini bexos bosib yuboradi.

👉 https://kun.uz/70669774

Kun.uz rasmiy kanali
Harbiy xarajatlarni oshirayotgan Yevropa va NATO mudofaasiga sodiq Tramp - Haagadagi sammit tafsilotlari

Dunyodagi eng yirik harbiy ittifoq xarajatlarini qariyb ikki baravar oshirishga qaror qildi. Tramp bosimi ostida qabul qilingan bu qaror Yevropa uchun qo‘shimcha moliyaviy muammolar keltirishi mumkin. AQSh NATO mudofaasi yo‘lida sodiqligini tasdiqladi. Rossiya asosiy xavf sifatida eslandi, Ukrainadagi urush esa ikkinchi planga tushib qoldi. Sammit tafsilotlari.

👉 https://kun.uz/62086990

Kun.uz rasmiy kanali
Eron oliy rahbari Isroil va AQSh ustidan g‘alaba qozonilganini e’lon qildi

Ali Xominaiy Eron va Isroil o‘rtasidagi qarama-qarshilik boshlangan 13 iyun kunidan beri xalq oldiga chiqmagan edi.

👉 https://kun.uz/72445323

Kun.uz rasmiy kanali
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligiga yangi direktor tayinlandi

Sevara Shokirova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori lavozimiga, Hasan Shokirov esa agentlik direktori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

👉 https://kun.uz/67129143

Kun.uz rasmiy kanali
2025/06/29 19:13:52
Back to Top
HTML Embed Code: