Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
AQSH, Qatar, Misr va Turkiya G‘azo sektoridagi urushni to‘xtatish to‘g‘risida bitim imzoladi

Hujjat 13 oktyabr kuni Misrning Sharm ash-Shayx shahrida imzolandi.

«Biz ko‘plab qoidalar, nizomlar va boshqa ko‘p narsalarni o‘z ichiga olgan hujjatni imzolamoqchimiz - u juda keng qamrovli», dedi AQSH prezidenti Donald Tramp hujjatni imzolash chog‘ida.

Oq uy rahbari 13 oktyabrni Yaqin Sharq uchun nihoyat tinchlik keltirgan «buyuk kun» deb atadi.

«Bugun biz nishonlayotgan burilish voqeasi G‘azodagi urushning tugashidan ham muhimroqdir. Xudo xohlasa, bu butun Yaqin Sharq uchun yangi davrning boshlanishi bo‘ladi», deb qo‘shimcha qildi u.

👉 https://kun.uz/32861347

Kun.uz rasmiy kanali
34👏22👍8😁4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Turkmaniston prezidenti oilasiga tegishli VIP bort keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda

Ikki mustaqil media o'tgan hafta Berdimuhammedovlar oilasiga tegishli VIP samolyotlar soni bittaga ko'payganini yozdi. Ma'lum bo'lishicha, 2023-yil AQSHga jo'natilgan bu bort butunlay shohona sharoitlar bilan Ashxobodga qaytarilgan. Surishtiruvlarga ko'ra, yashil - oq rangli Boeing 737-700 samolyoti avval 108 ta ekonom o'rindiqlarga ega standart bort edi. "Citadel Completions" firmasi bu samolyotni lyuks bortga aylantirib bergan. Jurnalistlarning savollariga esa kompaniya javob bermay, mavzu muhokamalarga sabab bo'la boshlagach, bort rasmlarini ham o'chirib tashlagan. Ikki OAVga ko'ra, prezident oilasiga tegishli bortlar soni 5 taga yetdi.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
😁2216😐8👏5😭1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Yangi murabbiy ko‘rsatmalariga amal qilyapmiz» - Abduvohid Ne’matov

O‘zbekiston milliy jamoasi darvozaboni Abduvohid Ne’matov va yarimhimoyachi Aziz G‘aniyev Urugvay (1:2) milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini aytdi

«Yangi murabbiy ko‘rsatmalariga amal qilyapmiz. Xatolarga e’tibor bermayman, ishlashda davom etaman» - Abduvohid Ne’matov.

«Raqib yaxshi jamoa, yoshlar bilan kelgan ekan. O‘z xatolarimiz tufayli yutqazdik» - Aziz G‘aniyev.

👉 https://kun.uz/66876462

Kun.uz rasmiy kanali
21😁12👍2😐2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangilangan Damas va Cobalt, 8 qavatga qisqargan «qo‘ziqorin uy» – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/98077204

Kun.uz rasmiy kanali
8👍6
Foto: Qariyb ikki ming falastinlik mahbus ozod qilindi

Sulh doirasida ozod qilingan falastinlik mahbuslar G‘arbiy sohil va G‘azoda xursandchilik ko‘z yoshlari bilan kutib olinmoqda. Isroil «og‘ir jinoyatlar»da ayblangan 250 kishi, G‘azoda hibsga olingan 1 700 nafar falastinlik va 22 nafar bolalarni qo‘yib yuborganini ma’lum qildi. Ozod qilinganlar orasida 154 mahbus esa Misrga deportatsiya qilingan.

📸👉 https://kun.uz/07654522

Kun.uz rasmiy kanali
82👍55😭21👏4
Osmondagi elektr inqilobi: aviatsiyani barqaror kelajak sari yetaklovchi 10 ta apparat

2025 yilda elektr aviatsiyasi endi orzu emas, balki tez yaqinlashib kelayotgan haqiqatdir. Yangi avlod samolyotlari zamonaviy shahar havo taksilaridan tortib, mintaqaviy reaktiv samolyotlargacha parvoz qilish toza, jim va tejamkor bo‘lishi mumkinligini isbotlamoqda. Kelajakdagi barqaror havo sayohatiga yo‘l ochadigan o‘nta ajoyib modelni ko‘rib chiqamiz.

👉 https://kun.uz/23238133

Kun.uz rasmiy kanali
25👏7👍4🤯1
Polsha 2014-yildan buyon Rossiyaning ehtimoliy bosqiniga tayyorlanib keladi

Endi bu davlat Yevroittifoqdagi eng yirik harbiy derjavadir.

👉 https://kun.uz/77314865

Kun.uz rasmiy kanali
👍415😁2🤯2
Skuterlar uchun haydovchilik guvohnomasi va ro‘yxatdan o‘tish majburiy bo‘ldi

1 oktyabrdan boshlab moped va skuterni faqat A toifali haydovchilik guvohnomasi bilan boshqarish mumkin.

👉 https://kun.uz/71115063

Kun.uz rasmiy kanali
👍40🤯2210😭10😐6😁5👏2
«Muqaddas yerda nihoyat tinchlik tongi» – Trampning tashrifi, Misrdagi tinchlik sammiti va Hamas-Isroil almashinuvlari

13-oktabr G‘azo uchun tarixiy, shu bilan birga tinchlikka eng yaqin kun bo‘ldi. AQSh vositachiligidagi urushni tugatish rejasi doirasida Hamas barcha tirik isroillik garovdagilarni ozod qildi, Isroil esa deyarli 2 ming nafar falastinlik hibsdagilarni qo‘yib yubordi.

Shu kuni Yaqin Sharqqa kelgan Donald Tramp Isroil parlamentida nutq so‘zladi. Misrda G‘azo bo‘yicha tinchlik rejasining keyingi bosqichlari muhokama qilindi - AQSh, Misr, Qatar va Turkiya sulh bitimining kafillari sifatida deklaratsiya imzoladi. Shu bilan birga, sulhning keyingi bosqichida noaniqliklar ko‘p.

👉 https://kun.uz/97234237

Kun.uz rasmiy kanali
22👍5👏4🔥3
“Yaralanganda ham jangga kirishimiz buyurilgan” – Rossiya armiyasiga yollangan yigit hikoyasi

Samarqandlik yigit Rossiya armiyasiga yollanib, Kursk viloyatidagi janglarda ishtirok etgan. Qishloqlardan birini shturm qilishda dron hujumidan yaralanib, yerto‘lada 10 kun yashirinib yotgan. U sudda komandiri yaralangan holda ham jangga kirishni buyurganini, uning buyrug‘iga bo‘ysunmay ratsiyani sindirgani uchun turgan joyiga bomba tashlanganini aytgan.

👉 https://kun.uz/91300932

Kun.uz rasmiy kanali
20🔥7😁4👍3
Tramp Yaqin Sharqda: Falastin kelajagi nima bo‘ladi?

Trampning Isroil parlamentidagi nutqi Yaqin Sharqdagi muvozanat yangidan shakllanayotgan siyosiy fonda yangradi. U Knessetda agar Eronning yadro dasturi yo‘q qilinmaganida, G‘azoda tinchlik o‘rnatish ilojsiz bo‘lishini ta’kidladi. Lekin mustaqil Falastin davlati masalasi yana mavhumligicha qolmoqda.

Mavzu muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” dasturida.

📱 Telegram'da ko‘rish

📱 YouTube'da ko‘rish

📱 VKontakte'da ko‘rish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
12😐6
Kosovoda sensatsiya, Fransiya ochko yo‘qotdi, Uelsda kalamush o‘yinni to‘xtatib qo‘ydi

Qozog‘iston safarda ochko olishga erishdi, ammo mundial yo‘llanmasidan butunlay umid uzdi. JCh-2026 saralashi doirasida Yevropada dushanba oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.

📸 👉 https://kun.uz/94677744

Kun.uz rasmiy kanali
😁1916
Xitoydan Toshkentga 202 ta yangi elektrobus keltirildi

Poytaxtda «Toshshahartransxizmat» harakat tarkibini yangilash maqsadida XXRdan keltirilgan 202 dona yangi elektrobuslarni qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

👉 https://kun.uz/26872002

Kun.uz rasmiy kanali
👍4814🔥6👏6😐6😁4
Saida Mirziyoyeva YTTB prezidenti bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashdi.

👉 https://kun.uz/24947974

Kun.uz rasmiy kanali
👍22652🔥12😐9🤯2
O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga borishyapti?

2025 yilning 8 oyida qo‘shni Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistonga jami 4,1 mln nafardan ko‘proq o‘zbekistonlik borgan. Bu mamlakat fuqarolari jami safarlarining 80 foizini tashkil etadi. Shuningdek, yanvar-avgust oylarida o‘zbekistonliklarning Rossiyaga borishi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 60 foizga ko‘paygan.

👉 https://kun.uz/65016862

Kun.uz rasmiy kanali
14👍8🤯4👏1
Yaroqlilik muddati o‘tgan dorilar sotuvi avtomatik cheklanadi

2026-yil 1-martdan e’tiboran, markirovkalangan tovarlar (dori vositalari, salqin ichimliklar va boshqalar)ning yaroqlilik muddati o‘tgan bo‘lsa, ularning sotuvi do‘kon (dorixona) kassasida to‘xtatib qolinadi: tovarni nazorat-kassa mashinasidan o‘tkazib bo‘lmaydi. Bu holatda tizim yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotni avtomatik aniqlab, chek shakllanishiga yo‘l qo‘ymaydi.

👉 https://kun.uz/91848249

Kun.uz rasmiy kanali
👍2715🔥5🤯3
IV “Zakovat-Gambit” shaxmat chempionati o‘tkaziladi

Sovrin jamg‘armasi 620 million so‘mni tashkil etuvchi turnirda ishtirok etishni xohlovchilar uchun ro‘yxatdan o‘tish (gambit.zakovatklubi.uz veb-saytida) 14 oktyabr kuni soat 23:59 gacha davom etadi. Unda O‘zbekistonning istalgan shaxmatga qiziquvchi fuqarosi ishtirok etishi mumkin.

👉 https://kun.uz/05849897

Kun.uz rasmiy kanali
14🤯4
Soliqlar vaqtida to‘langan mahallalarga «Tashabbusli budjet»da qo‘shimcha mablag‘ ajratiladi

Joriy yildan boshlab Soliq qo‘mitasi yer va mol-mulk soliqlarini to‘langanlik darajasiga qarab, «Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla» reytingini e’lon qiladi.

👉 https://kun.uz/44026825

Kun.uz rasmiy kanali
👍1138😐2
2025/10/25 15:25:25
Back to Top
HTML Embed Code: