Telegram Web Link
Kun.uz | Rasmiy kanal
“Bu narxlar qayerdan olingan?” - dorixonachilar yangi majburiy to‘lovdan shikoyat qilmoqda O‘zbekistonda dorixonalarga litsenziyadan tashqari GPP sertifikatini ham olish talabi qo‘yildi. Uni olish – pulli. Olinganidan keyin har yili yana to‘lov evaziga “yangilab”…
Adliya vazirligi dorixonalarga majburiy to‘lov haqidagi hujjatni bekor qilishni talab qildi

Kun.uz surishtiruvi e’lon qilinishi ortidan, Adliya vazirligi GPP sertifikati uchun majburiy to‘lov belgilash haqidagi idoraviy hujjatni noqonuniy deb topib, uni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish yuzasidan Farmatsevtika agentligiga taqdimnoma kiritdi. Buyruq tadbirkorlarning huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lsa-da, u davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan.

👉 https://kun.uz/42791805

Kun.uz rasmiy kanali
18😁8👍2
Putin Moskvada Suriyaning muvaqqat prezidenti bilan uchrashdi

Rossiya prezidenti Ahmad ash-Shar’a bilan uchrashuvda Moskva doimo Suriya xalqi manfaatlariga asoslanganini aytdi.

👉 https://kun.uz/07197953

Kun.uz rasmiy kanali
😁4220👍10😐5🤯4
Pokiston Kobulga raketa bilan zarba berdi

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasida keskinlik saqlanib turibdi. So‘nggi paytlarda bu harbiy to‘qnashuvlarga aylanib ketgan edi.

👉 https://kun.uz/37153715

Kun.uz rasmiy kanali
🤯3118😐15😭6👍3👏2
Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish soliq tushumlarini 30 foizgacha oshirdi

Hududlardagi soliq tushumlari uchinchi chorakda 30 foizga, yil boshidan buyon 27 foizga o‘sdi. Respublika miqyosida esa soliq tushumlaridagi yillik o‘sish 18 foizni tashkil etmoqda.

👉 https://kun.uz/12233004

Kun.uz rasmiy kanali
👍1511😁6😐2
NATOdagilar alyans havo hududiga kirgan Rossiya samolyotlarini urib tushirish imkoniyatini muhokama qiladi

Bryusselda NATOning mudofaa vazirlari darajasidagi sammiti bo‘lib o‘tmoqda.

👉 https://kun.uz/02868744

Kun.uz rasmiy kanali
👍1810😐8😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tozalik-ozodalik oyligi va ko‘chalarda patrul naryadlari – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/82659379

Kun.uz rasmiy kanali
8👍2
Elektromobillar savdosi jahon rekordini o‘rnatdi

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, o‘sish Xitoydagi yuqori talab va AQShdagi xaridorlar oqimi bilan bog‘liq.

👉 https://kun.uz/15825491

Kun.uz rasmiy kanali
17👍4
Asad hukumati o‘z jinoyatlarini yashirish uchun ommaviy qabrlarni ko‘chirgan – OAV

Bashar Asad hukumati 2019 yildan 2021 yilgacha rejim jinoyatlarini yashirish uchun o‘n minglab jasadlarni ommaviy qabristondan boshqa joyga ko‘chirish bo‘yicha maxfiy operatsiya o‘tkazgani ta’kidlanmoqda.

👉 https://kun.uz/63613942

Kun.uz rasmiy kanali
🤯28😭65👍3😐3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hozircha tanishuv. Kannavaroning debyuti qanday o‘tdi?

Milliy jamoa Kannavaro boshchiligida bitta o‘rtamiyona, bitta kuchli jamoaga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Hali uning murabbiyligi haqida gapirishga erta, lekin ba’zi xulosalar qilish mumkin.

📹 YOUTUBE'DA TOMOSHA QILING
15👍2😐2😭1
Iqtisodiyot bo‘yicha Nobel laureatlari: ular nimani isbotlashgan?

So‘nggi ikki asrda insoniyat tarixida bemisl iqtisodiy o‘sish kuzatildi. Bu o‘sish milliardlab odamlarni qashshoqlikdan chiqardi va farovon hayot uchun poydevor yaratdi. Iqtisodiyot bo‘yicha bu yilgi Nobel laureatlari Joel Mokir, Filipp Agon va Piter Xauit innovatsiyalar taraqqiyotning asosiy dvigateli ekanini ko‘rsatib berishgan.

👉 https://kun.uz/71845247

Kun.uz rasmiy kanali
12👏6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Al-Jabr” maktabining 3-filiali ochildi

Abu-Saxiy, Chilonzor buyum bozori va O‘rikzor bozorlari yaqinida joylashgan maktabda ta’lim jarayoni uch tilda — o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boriladi. IT, buxgalteriya, mental arifmetika va robototexnika fanlariga alohida e’tibor qaratilgan. Bitiruvchilar o‘tgan yilda oliy ta’lim muassasalariga kirish bo‘yicha 100 foizlik natija ko‘rsatib, nufuzli universitetlar talabasiga aylandi.

Yangi filialga ikki nafardan ortiq farzandini o‘qishga bergan atigi 12 nafar ota-onaga keyingi farzandlari uchun mutlaqo bepul ta’lim olish imkoniyati taqdim etiladi.

https://forms.amocrm.ru/rcrtrdv
📞555008485

Reklama
19🤯2😭2👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yarmi kukun, limit kam, ombor uzoq - popliklar ko‘mir ta’minotidan norozi

Kunlar sovib, uy isitish yana dolzarb masalaga aylandi. Tabiiy gaz yetib bormagan hududlarda ko‘mir va o‘tinga talab kundan kun ortib bormoqda. Kun.uz muxbiri Namangan viloyati Pop tumanidagi Guliston qishlog‘ida bo‘lib, odamlardan uylarini isitish uchun bahorgacha qancha mablag‘ sarflashlari, tarqatilayotgan ko‘mir sifati haqida so‘radi.

📹 TO'LIQ VIDЕONI TOMOSHA QILING
16🤯8😭4👍2
O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlandi

Markaziy harbiy okrug «Kattaqo‘rg‘on» poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarboyjon mudofaa vazirliklarining bo‘linmalari ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotiga start berildi.

👉 https://kun.uz/55454235

Kun.uz rasmiy kanali
👏4414👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Yangi O‘zbekiston nimalarga qodir ekanini jahon albatta ko‘radi” — Muhammad Abunayyan

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida yangi xalqaro aeroport qurilishiga tamal toshi qo‘yishga bag‘ishlangan tantanali marosimda ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston-Saudiya Ishbilarmonlar kengashi hamraisi, “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan ham nutq so‘zladi.

👉 https://kun.uz/55454235

Kun.uz rasmiy kanali
👍167🔥209😭3😁1
Buxoroda sud xodimi tezkor tadbirda qo‘lga olindi

Jinoyat ishlari bo‘yicha G‘ijduvon tuman sudi arxiv mudiri ko‘rib tamomlangan jinoyat ishi bo‘yicha sudlanuvchiga tanishlari orqali yengillik yaratib berish evaziga 700 dollar so‘ragan. Shundan 100 dollarini oldindan olgan, qolganini olayotgan vaqtida tezkor tadbirda ushlangan.

👉 https://kun.uz/74973054

Kun.uz rasmiy kanali
😁1510😭5👍2😐2
Hamasga bosim ortmoqda: Isroil va AQSh urushni qayta boshlash bilan tahdid qildi

Agar sulh shartlari buzilsa, urush qayta boshlanadi. «Isroil men aytgan zahoti ko‘chalarga qaytadi”, dedi Donald Tramp. Buning ortidan Hamas o‘z qo‘lidagi barcha halok bo‘lgan isroilliklarning jasadi topshirilganini aytdi. Qolgan jasadlarni G‘azo vayronalari ostidan chiqarish uchun maxsus texnikalar zarur.

👉 https://kun.uz/85052322

Kun.uz rasmiy kanali
😭3710🤯10😁8😐3
2025/10/23 12:15:01
Back to Top
HTML Embed Code: