Telegram Web Link
Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimi qo‘lga olindi

Xorazmda FVV tizimining 2 nafar xodimining noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgani ma’lum qilindi.

👉 https://kun.uz/94758680

Kun.uz rasmiy kanali
Isroil qiruvchilari «Hizbulloh»ning Livan janubidagi obektiga zarbalar berdi

Isroil armiyasi bayonotida ta’kidlanishicha, Bufur tepaliklarida «Hizbulloh» o‘t ochish va mudofaani boshqarishda foydalanib kelgan infratuzilma yakson qilingan.

👉 https://kun.uz/39526085

Kun.uz rasmiy kanali
Oliy sud elektr ta’minotidagi muammolar sababli interaktiv xizmatlarini vaqtincha to‘xtatdi

Toshkentning markazida joylashgan O‘zbekiston Oliy sudi binosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.

👉 https://kun.uz/14064133

Kun.uz rasmiy kanali
Boysunda metan-zapravkada Nexia portlab ketdi. Qurbon bor

Mashina gaz to‘ldirilayotganda portlagan. Buning oqibatida bir kishi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan. Mashina esa bir uyum temirga aylanib qolgan.

👉 https://kun.uz/12259967

Kun.uz rasmiy kanali
Oshadigan nafaqalar, joriy etilayotgan eskrou tizimi va sog‘liqni saqlash sohasida yangi model – 1 iyuldan nimalar o‘zgaradi?

Kun.uz sayti o‘z an’anasiga muvofiq 2025 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston qonunchiligida ro‘y beradigan ayrim o‘zgarishlarni eslatib o‘tadi.

👉 https://kun.uz/02416593

Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘istonda Chevrolet avtomobillari narxi arzonlashdi

Qozog‘istonda Chevrolet brendiga tegishli kamida uchta model: Cobalt, Onix va Tracker’ning narxi pasaytirildi. Brend vakillari bu o‘zgarishni narxlarni doimiy ravishda qayta ko‘rib chiqish siyosatining bir qismi deb atadi.

👉 https://kun.uz/19891403

Kun.uz rasmiy kanali
Diabetni nazorat qilishda ishonchli yordamchi — ARIA GLC glyukometri

Diabetni o‘lchash uchun ARIA GLC glyukometri va test-yaproqchalari Italiya xomashyosi va zamonaviy Yevropa texnologiyalari asosida, ISO 13485 xalqaro standartiga muvofiq ishlab chiqarilgan.
Mahsulotlar O‘zbekistonning barcha hudud va tumanlarida mavjud.

✔️ Aniq va ishonchli o‘lchov
✔️ Doimiy kafolat
✔️ Call-markaz orqali qo‘llab-quvvatlash
✔️ Har bir mijozga individual yondashuv

Uzum Market promokodi : 00347-KUNUZ

Telegram | Uzum Market | Яндекс Маркет Go

📞 Call-markaz: +998 71 200 02 19

Reklama
Toshkentda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilgan shaxs ushlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ichki ishlar organlari xodimiga qarshilik ko‘rsatayotgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Toshkent shahar IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

👉 https://kun.uz/38068254

Kun.uz rasmiy kanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eronga imtiyozlar tayyorlayotgan AQSh, Erdo‘g‘anning orzusi va 12 kunlik urushning «narxi» – kun dayjesti

O‘tgan kun davomida jahonda ro‘y bergan eng asosiy voqea va yangiliklar sharhi bilan kundalik xabarnomada tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/97637674

Kun.uz rasmiy kanali
Raqamli xizmatlar solig‘i – AQSh va Kanada o‘rtasida yangi savdo urushi xavfi yuzaga keldi

Prezident Donald Tramp AQSh texnologiya kompaniyalariga yangi raqamli xizmatlar solig‘i joriy etilishi sababli Kanada bilan darhol muzokaralarni to‘xtatdi. Tramp bu soliqlarni «ochiqchasiga hujum» deb atadi va Kanada qanday boj to‘lashi haqida yangi shartlar yuborish bilan tahdid qildi.

👉 https://kun.uz/53888154

Kun.uz rasmiy kanali
Qanday xabarlarga ishonish, qandaylariga ishonmaslik kerak? – futboldagi transferlar haqida

Yoz oylari odatda katta futbolda tanaffus bo‘lsa-da, muxlislar uchun yanada qiziqarli hisoblanadi – barcha e’tibor futbol maydonidan yangilik saytlariga, ijtimoiy tarmoqlarga ko‘chadi.

👉 https://kun.uz/03490125

Kun.uz rasmiy kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat maktabida tijoriy ta’lim bo‘lmasligi kerak – pulli sinflarning oqibatlari haqida suhbat

To‘liq soliq to‘lovchilarning puli hisobiga moliyalashtiriladigan davlat maktablarida pulli sinflar tashkil etilayotgani yangilik bo‘lmay qoldi. Kun.uz bu amaliyotning yaxshi va yomon tomonlarini ekspertlar bilan tahlil qildi. Mutaxassislarga ko‘ra, davlat maktablarida sinflarning pulli qilinishi resurslarning noteng taqsimlanishiga sabab bo‘ladi, adolat prinsipini buzib, tabaqalashuvni oshiradi, bolalar ruhiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, o‘zaro konfliktlarni keltirib chiqaradi. Bepul maktab ichidagi pulli sinflarning foyda va zararlari haqidagi suhbatni tomosha qiling.

📹 TO'LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING
ruID orqali ariza topshirmaslik Rossiyaga kirishga to‘sqinlik qilmaydi – Rossiya elchixonasi

Rossiyaga borishdan oldin ruID orqali ariza to‘ldirish ixtiyoriy ekani ma’lum qilindi. Ayni paytda, ilovada ariza to‘ldirish – RFga kirishga cheklov bor-yo‘qligini oldindan bilish, Rossiya SIM-kartasini sotib olish va davlat xizmatlari uchun profil yaratish imkonini beradi.

👉 https://kun.uz/08650701

Kun.uz rasmiy kanali
Qozog‘istonda OAV xodimlariga bayram munosabati bilan 66 ta uy topshirildi

Ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan «Qozog‘iston Prezidenti tashabbuslari jamg‘armasi» tomonidan media sohasida ishlaydigan 66 nafar xodimga kvartira sovg‘a qilindi. «Bu fuqarolarga ijtimoiy ko‘makni kuchaytirishga qaratilgan davlat siyosatining bir qismidir», degan To‘qayevning maslahatchisi.

👉 https://kun.uz/86585125

Kun.uz rasmiy kanali
Tramp Eron oliy rahbarini «sharmandali o‘limdan» qutqarganini aytdi

AQSh prezidenti yaqinda Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish ustida ish olib borganini, ammo «g‘azab, nafrat va jirkanchlikka to‘la bayonotlar»ga duch kelgach, cheklovlarni olib tashlash harakatlarini to‘xtatganini ham iddao qildi.

👉 https://kun.uz/97011633

Kun.uz rasmiy kanali
Bobur Abduxoliqov va Gulruhbegim Tohirjonova davlat mukofoti bilan taqdirlandi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining jahon chempionatiga chiqishiga golli uzatma bilan hissa qo‘shgan, ammo dastlabki mukofotlanganlar ro‘yxatiga kirmay qolgan hujumchi Bobur Abduxoliqov 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan “Kelajak bunyodkori” medali bilan taqdirlandi. Mukofotlangan ro‘yxatidan shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston ayollar jamoasi a’zosi Gulruhbegim Tohirjonova ham o‘rin oldi.

👉 https://kun.uz/36180106

Kun.uz rasmiy kanali
Uzbekistan Airways 1-iyuldan Isroilga parvozlarni tiklaydi

Toshkent – Tel-Aviv – Toshkent yo‘nalishidagi reyslar odatdagi tartibda amalga oshiriladi.

👉 https://kun.uz/47948446

Kun.uz rasmiy kanali
Jahon sahnasida

🇮🇷 Abbos Arag‘chi: Eron AQSh bilan muzokaralarga tayyor

🇩🇪 Mers: Putin bilan telefon orqali muloqotdan voz kechgan ma’qul

🇺🇸 Tug‘ilish holati bo‘yicha fuqarolik: AQSh Oliy sudi - Tramp tomonida

🇵🇰 Pokistonda xudkush-terrorchi hujumi oqibatida 16 harbiy halok bo‘ldi

🇨🇩🇷🇼Kongo DR va Ruanda Vashingtonda tinchlik shartnomasini imzoladi

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiyada provayderlar ochiq internetga kirishni sekinlashtiryapti

Rossiya internet provayderlari Amerikaning Cloudflare kompaniyasi tomonidan himoyalangan saytlarga kirishni qiyinlashtirmoqda. Cheklovlar barcha zamonaviy aloqa protokollariga tegishli.

👉 https://kun.uz/29173485

Kun.uz rasmiy kanali
Rossiya bosqiniga 160 yil, pensiya yoshini oshirish taklifi va administratsiyada o‘zgarishlar - hafta dayjesti

Toshkent bosqiniga 160 yil to‘ldi: o‘zbek tarixchilari bu mavzuni milliy rakursdan yoritishga, rossiyalik vazir esa MDHdagi tarix darsliklarini o‘zgartirishga urinmoqda. Pensiya yoshi oshirilishi mumkin: rasmiylar buni istisno qilmayapti. Prezident administratsiyasiga Saida Mirziyoyeva rahbar bo‘ldi, Komil Allamjonov 3-marta administratsiyada ish boshladi. Ortda qolayotgan hafta yangiliklari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING
2025/06/29 00:32:53
Back to Top
HTML Embed Code: