This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Xalq hammasini ko‘rib o‘tiribdi» – Samarqand viloyati hokimi amaldorlar orasidagi korrupsiya haqida

Rahbarlar korrupsiyaga qarshi kurashishda shaxsiy namuna ko‘rsatishi kerak, chunki korrupsiya yuqoridan boshlanib, pastga qarab tarqaladi, dedi Samarqand viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev. «Xalq hammasini bilib turibdi, hammasini ko‘rib turibdi. Kim qanday uy qurganini, kim qanday mashina sotib olganini bilmaydi deb o‘ylasizlarmi?» – degan hokim.

👉 https://kun.uz/34303601

Kun.uz rasmiy kanali
👍2621😁10👏7
50 turdagi saratonni erta bosqichda aniqlovchi qon tahlili sinovdan o‘tkazildi

Test 99 foiz hollarda insonda saraton yo‘qligini to‘g‘ri tashxislagan. Shuningdek, u o‘simta paydo bo‘lgan joyni 10 ta holatdan 9 tasida xatosiz topgan. E’tiborga molik jihati, aniqlangan saratonlarning aksariyati hozircha maxsus tekshiruv (skrining) dasturi bo‘lmagan turlarga tegishli. Masalan, tuxumdon, jigar, oshqozon, siydik pufagi va oshqozonosti bezi saratonlari shular jumlasidandir.

👉 https://kun.uz/42032324

Kun.uz rasmiy kanali
👍2312👏7🤯1
«Atigi 7 daqiqada va bezbetlarcha» – Luvr muzeyidan «bebaho» zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi

19 oktyabr kuni o‘g‘rilar Parijdagi Luvr muzeyining ikkinchi qavatiga narvon orqali chiqib, oynalarni sindirdi va kuppa-kunduz kuni dunyodagi eng mashhur muzeyga bostirib kirdi. Jinoyatchilar bir necha daqiqa ichida eng qimmat zaldagi javohirlar va olmoslar bilan bezatilgan 8 ta bebaho buyumlarini olib qochdi. Emmanuel Makron buni «tarixga qilingan hujum» deb atadi va «asarlarni qaytarish uchun hamma narsa qilinayotganini» aytdi.

👉 https://kun.uz/51374365

Kun.uz rasmiy kanali
😁569👍6🔥2😭1
Sementni birja orqali majburiy sotish hajmi qisqartirildi. Bu narxlarni yanada oshirishi mumkin

Korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan sementning kamida 50 foizini birjaga chiqarish talabi 25 foizga pasaytirildi. Bu yilning talab yuqori bo‘lgan paytlarida narxlarni yanada qimmatlashtirishi mumkin. O‘tgan yil narxlarni tushirish vaji bilan sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasi 4 barobarga kamaytirilgandi. Bu amalda o‘z samarasini bermadi. Xususan, yil boshidan beri sementning birja narxlari 30 foizga qimmatlashdi.

👉 https://kun.uz/19546623

Kun.uz rasmiy kanali
7😐6😁2🤯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To‘yda yurgan pedofillar yoxud “uchdan keyin puch” bo‘ladimi?

Namanganda jinsiy zo‘ravonlik qilib 10 yilga hukm qilingan jinoyatchi 1 yilda erkinlikka chiqdi va bu jinoyatni yana 2 marta takrorladi.

Jamoatchilik bundaylar kastratsiya qilinishini, pedofillar reyestrini talab qilishmoqda. Bu so‘rovlar hozircha javobsiz qolayotgan bo‘lsa-da, ularni qo‘llagan mamlakatlar tajribasida kompleks chora ko‘rish eng samarali usul deb topilgan. Ya’ni kastratsiya, ochiq reyestr va psixologik reabilitatsiya birga olib borilishi kerak.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING
🤯39👍1713
Hokimning ma’naviyat va davlat tili bo‘yicha maslahatchisi lavozimi joriy etiladi

«Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.

👉 https://kun.uz/26764755

Kun.uz rasmiy kanali
👍30😁197🤯6👏2😐2
O‘zbekistondan Xitoyga 9 oy davomida yetkazilgan tabiiy gaz miqdori ma’lum bo‘ldi

Mamlakat Xitoyga gaz yetkazib beruvchilar orasida beshinchi o‘rinni egallab turibdi.

👉 https://kun.uz/77049111

Kun.uz rasmiy kanali
🤯65😭29😁116
Sabzi, metan, nikoh uzugi. Yillik hisobda eng ko‘p qimmatlashgan mahsulotlar

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yillik nisbatda eng ko‘p narxi oshgan oziq-ovqat mahsulotlari: sabzi (+57,5 foiz), limon (+52,5 foiz) va paxta moyi (+35,9 foiz). Nooziq-ovqat mahsulotlari tarkibida nikoh uzugi (+33,4 foiz), metan (+30,6 foiz) va gazeta (+15,3 foiz) narxlarida keskin qimmatlashish kuzatilgan.

👉 https://kun.uz/69179455

Kun.uz rasmiy kanali
🤯178😁4
Samarqandga kirish yo‘llari 30 oktyabrdan 14 noyabrga qadar yopiladi

Shaharda YuNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi o‘tkaziladi.

👉 https://kun.uz/49852162

Kun.uz rasmiy kanali
🤯2613😭9👏7
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Metrobus yo‘laklari va birjada sement hajmining qisqarishi – mahalliy dayjest

Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan tanishtiramiz.

👉 https://kun.uz/59846019

Kun.uz rasmiy kanali
👍1165
Manzil koloniyadan qochgan pedofil 3-sinf qizni zo‘rlagani aytilmoqda

Ta’kidlanishicha, shaxs shu kunning o‘zida huquqni muhofazasi qiluvchi organlar tomonidan protsessual tartibda ushlangan va unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

👉 https://kun.uz/98243602

Kun.uz rasmiy kanali
🤯119😭3412👍3😁3
«Orzu qilaver» – Eron rahbari Trampning so‘zlariga javob qaytardi

Ali Xomanaiy shuningdek, AQSh bilan muzokaralardan bosh tortdi.

👉 https://kun.uz/38197116

Kun.uz rasmiy kanali
😁27🔥102👏2🤯2
Urgutda o‘quvchi qizlar janjali ortidan 12 ota-ona jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh maktab o‘quvchi qizlari bir-birining sochidan yulib, janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Urgut tumanida kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/90865541

Kun.uz rasmiy kanali
😁30🤯135😐1
O‘zbekiston va Ozarboyjon harbiy hamkorlikni kengaytiradi

Kecha, 20 oktyabr kuni O‘zbekiston mudofaa vaziri general-leytenant Shuhrat Xolmuhammedov Ozarboyjon mudofaa vaziri general-polkovnik Zakir Gasanov bilan Samarqand shahrida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

👉 https://kun.uz/14551678

Kun.uz rasmiy kanali
👍2613👏4🔥3😭1
Yaponiyada ilk bor ayol kishi bosh vazir bo‘ldi

Yaponiya parlamenti Yaponiya Liberal-demokratik partiyasi (LDP) rahbari Sanae Takaitini Yaponiya Innovatsiya partiyasi bilan koalitsiya tuzilgach, bosh vazir lavozimiga tasdiqladi. O‘zining o‘ta konservativ qarashlari bilan tanilgan Takaiti bu lavozimni egallagan birinchi ayoldir.

👉 https://kun.uz/98513775

Kun.uz rasmiy kanali
👍15👏52😁2😭1
«Urushning yakuniga yaqinlashdik» – Zelenskiy Tramp bilan uchrashuvdan keyin

AQSh va Ukraina prezidentlari uchrashuvining yangi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.

👉 https://kun.uz/99277133

Kun.uz rasmiy kanali
👍84
«Agar Netanyahu Kanadaga kelsa hibsga olinadi» - Mark Karni

«Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyahu mamlakat hududiga kirsa, Xalqaro jinoiy sud chiqargan qamoqqa olish orderi bajariladi», dedi Kanada bosh vaziri Mark Karni. XJS o‘tgan hafta isroillik amaldorlar ishiga doir rasmiy Tel-Aviv shikoyatini rad etgan va orderlarni o‘z kuchida qoldirgandi.

👉 https://kun.uz/63686444

Kun.uz rasmiy kanali
👍82
2025/10/21 07:13:17
Back to Top
HTML Embed Code: