Telegram Web Link
Qarshida qo‘shnisining 46 mln so‘mlik tillla taqinchoqlarini o‘g‘irlagan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarshi shahar “Istiqlol” MFYda ko‘p qavatli uyda yashovchi uy bekasi Ch.G. joriy yil 17-iyul kuni Qarshi shahar IIO FMB 2-sonli IIB boshlig‘ining nomiga ariza bilan murojaat qilib, yashash xonadonida qurilish ishlarini olib borgan vaqtida, noma’lum shaxs 46 mln 750 ming so‘mga teng bo‘lgan tilla taqinchoqlarini o‘g‘irlab ketganini bildirgan.

Holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida mazkur jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi E.S. sodir etganligi aniqlangan. Hozirda holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi tergob bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Chet tilidan ijodiy imtihon natijalari e’lon qilindi

Imtihon natijalari my.uzbmb.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, imtihonda ishtirok etgan abituriyentlar shaxsiy kabinetidan o‘z natijasini bilishi mumkin.

👉 https://kun.uz/uz/44999718

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qarshi aeroportida pnevmatik toʼpponcha va oʼq dorilarni olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Qarshi aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Qarshi” aviareysi bilan uchib kelgan fuqarolarning biriga tegishli boʼlgan qoʼl va yuk sumkalari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan oʼtkazilgan.

Natijada, ushbu sumkada yoʼlovchi bojxona deklaratsiyasida koʼrsatilmagan, shuningdek bojxona xodimining ogʼzaki soʼrovida maʼlum qilinmagan pnevmatik toʼpponcha hamda 437 dona oʼqlar borligi aniqlangan

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 1-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 618,15 so‘m (+17,98)
🇷🇺 RUB 127,10 so‘m (–0,54)
🇪🇺 EUR 12 818,30 so‘m (+88,27)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
1-avgust kuni ayrim hududlarda chang-to‘zonlar kuzatilishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 1-avgust seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +40, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +42 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Test sinovlari o‘tkazilishi munosabati bilan Qarshi shahrining ayrim ko‘chalarida transport qatnovi vaqtincha cheklanadi

Qarshi shahar hokimining 2023 yil 14-yuldagi 54-4-69-F/23-sonli farmoyishiga asosan, viloyat markazidagi Mustaqillik, Olimlar hamda Xonobod ko‘chalarining ma’lum bir qismida 1-13 avgust kunlarida transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanadi.

Jumladan OTMlarga o‘qishga kirish uchun test sinovlari o‘tkaziladigan Qarshi olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazining maneji, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti konchilik fakulteti va Qarshi davlat universiteti atrofidagi ko‘chalar vaqtincha yopiladi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan boshqa binolar yaqinidagi ko‘chalarda ham zarurat tug‘ilganda transport vositalari qatnovini vaqtincha to‘xtatish nazarda tutilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2-avgust kuni harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 2-avgust seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +40, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +42 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoning demografik ko‘rsatkichlari

2023-yil 1-iyul holatiga Qashqadaryoda doimiy aholi soni  3 mln 515,7 ming kishini tashkil etgan.

2023-yil 6 oyda 44,5 ming bola (23,3 mingta o‘g‘il bola va 21,2 mingta qiz) tug‘ilgan. 8 mingdan oshiq kishi vafot etgan. 4 431 nafar odam doimiy yashash uchun ko‘chib kelgan, 7 494 nafari – boshqa hududlarga ko‘chib ketgan.

Doimiy aholi soni hududlar kesimida:
🔹Koson tumani 307,9 ming kishi;
🔹Qarshi shahri 292,7 ming kishi;
🔹Qamashi tumani 289,6 ming kishi yetakchilik qilmoqda.

Eng past ko‘rsatkichlar:
🔹Muborak 92,4 ming kishi;
🔹Mirishkor 127,8 ming kishi;
🔹Dehqonobod 157,7 ming kishi tumanlarida kuzatilyapti.

Tug‘ilishlar soni eng ko‘p hududlar:
🔹Qarshi shahri — 4 521 nafar;
🔹Koson 4 110 nafar;
🔹Qamashi 3 887 nafar.

Eng kam tug‘ilish:
🔹Muborak 994 nafar;
🔹Mirishkor tumani — 1 ming 509 nafar;
🔹Shahrisabz shahri — 1 607 nafar joy olgan.

Olti oyda viloyatda, qariyb 10 mingta nikoh, 1,8 mingdan ortiq ajralish qayd etilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 2-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 633,11 so‘m (+14,96)
🇷🇺 RUB 126,59 so‘m (–0,51)
🇪🇺 EUR 12 767,34 so‘m (–50,96)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo viloyati qurilish boshqarmasi shu’ba boshlig‘i pora bilan ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo‘limi DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazgan.

Unda Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal ho‘jaligi boshqarmasi shu’ba boshlig‘i H.N. tanishlari yordamida «D.M» korxonasiga «Paxtazor-1» mahallasida joylashgan ko‘pqavatli uy-joy binosi loyihasini tasdiqlatib berishi evaziga 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Chiroqchidan sigir o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Chiroqchi tumani “Chimqurg‘on” MFYda yashovchi fuqaro J.A. qishlog‘idagi dehqonchilik qiladigan yerida bir bosh bozor bahosi 10 mln so‘m bo‘lgan sigirini bog‘lab qo‘yadi. Fursatdan foydalangan noma’lum shaxs sigirni o‘g‘irlab ketgan.

Mazkur holat yuzasidan Chiroqchi tumani IIB xodimlari tomonidan olib borilgan surishtiruv natijasida ushbu jinoyatni Yakkabog‘ tumanida yashovchi B.S. sodir qilgani aniqlanib, undan sigir hujjatlashtirib olingan.

Hozirda Chiroqchi tumani IIB huzuridagi tergov tomonidan B.S. ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo viloyatida 1 porsiya palovning oʻrtacha narxi qancha?

🏢 Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning oʻrtacha narxlari (2023-yil iyul oyi uchun):

🔸Qoraqalpogʻiston R. – 20 800 soʻm
🔸Andijon viloyati – 22 400 soʻm
🔸Buxoro viloyati – 24 600 soʻm
🔸Jizzax viloyati –23 200 soʻm
🔸Qashqadaryo viloyati – 24 800 soʻm
🔸Navoiy viloyati – 20 400 soʻm
🔸Namangan viloyati – 19 800 soʻm
🔸Samarqand viloyati – 25 200 soʻm
🔸Surxondaryo viloyati – 25 000 soʻm
🔸Sirdaryo viloyati – 23 200 soʻm
🔸Toshkent viloyati – 21 800 soʻm
🔸Fargʻona viloyati – 19 200 soʻ
🔸Xorazm viloyati – 22 800 soʻm
🔸Toshkent shahri – 29 000 soʻm

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Dollar kursi 11 715 so‘mgacha ko‘tarildi

AQSh valyutasining o‘zbek so‘miga nisbatan kursi yangi maksimumni qayd etdi. Avvalroq Markaziy bank raisi valuta bozorida mavsumiylik omili asosida talabning oshayotgani milliy valuta kursiga bosim o‘tkazayotganini aytgandi.

👉 https://kun.uz/uz/70632303

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryolik to‘rt yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘kib ketdi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida yashovchi 7 nafar fuqaro Samarqand viloyatiga — Nurobod tumani «Po‘lat» mahallasida yashovchi tanishi M.M.ning tug‘ilgan kunini nishonlash maqsadida borgan.

Shu kuni soat 17:30 larda ular Kattaqo‘rg‘on suv omboriga cho‘milish maqsadida borishgan. U yerda bo‘lgan qayiq bilan suv omborining qirg‘og‘idan 40 m uzoqlikka suzib borishgan. So‘ng suratga tushmoqchi bo‘lishganida tartibsiz harakatlar qilishgani sababli muvozanatni yo‘qotib, qayiq ag‘darilib ketgan.

Oqibatda, ularning 4 nafari — 21, 25, 22 va 21 yoshli yigitlar cho‘kib ketgan, 3 nafari qirg‘oqqa suzib chiqa olgan. Olib borilgan qutqaruv ishlari davomida bir kishi — 21 yoshli O.E.ning murdasi topilgan.
Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi yana oshdi

Markaziy bank 3-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11 655,01 so‘m (+21,90)
🇷🇺 RUB 125,32 so‘m (–1,27)
🇪🇺 EUR 12 798,37 so‘m (+31,03)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qarshida kredit mablag‘larini o‘zlashtirgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “M.S.” va “I.-H.” MCHJ ta’sischisi J.T. shahar Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari bilan til biriktirib, Nasaf ko‘chasida o‘rnatilmagan ko‘cha chiroqlarni qo‘shib yozib 1,3 mlrd so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgani hamda 1,8 mlrd so‘m soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 184-moddasi (soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
 
➡️ Qashqadaryo xabarlari
«Soliq xodimlari o‘rtasida korrupsiyaviy jinoyatlar soni yildan yilga ko‘paymoqda» - soliqchilar tanqidga uchradi

Andijon va Sirdaryo viloyatlari bosh soliqchilari, shuningdek 26 ta soliq idoralari rahbarlari ishdan olindi. Ishdan olinganlar orasida Koson, Muborak, Kitob va Dehqonobod tumanlari soliq idoralari rahbarlari ham bor.

👉 https://kun.uz/uz/57680705

➡️ Qashqadaryo xabarlari
OTMga kirish imtihonlarining birinchi kun natijalari e’lon qilindi

2023-yil 1-avgust kuni o‘tkazilgan OTM bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

1-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini qo‘yidagicha bilishlari mumkin:

🔹 my.uzbmb.uz saytining «Natijani olish» bo‘limidan pasport syeriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikasiya raqamini kiritgan holda.

🔹mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

🔹Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryo | Kun.uz
Qashqadaryolik to‘rt yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida cho‘kib ketdi Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi va Ko‘kdala tumanlarida yashovchi 7 nafar fuqaro Samarqand viloyatiga — Nurobod tumani «Po‘lat» mahallasida yashovchi tanishi M.M.ning tug‘ilgan kunini…
Samarqandda cho‘kib ketgan qashqadaryoliklarning barchasini jasadi topildi

Avvalroq Samarqand viloyatidagi Kattaqo‘rg‘on suv omborida 4 nafar qashqadaryolik yigit cho‘kib ketgani va faqat bir nafar bolaning jasadi topilgani haqida xabar bergandik. Qolgan 3 nafar bolaning ham murdasi topilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi ma’lum qildi.

Kecha, 2023-yil 2-avgust kuni qutqaruvchilar 1998 yilda tug‘ilgan E.U., 2002 yilda tug‘ilgan I.D. va S.R.ning jasadlarini topishgan. Vafot etgan yigitlarning ikki nafari Abu Ali Ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi o‘quvchisi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 30-iyul kuni 17:30 larda Qashqadaryo viloyatida yashovchi 7 nafar yigit Kattaqo‘rg‘on suv omborida chomilishga borgan. Ular qayiq ustida fotosuratga tushish maqsadida tartibsiz harakatlar qilgani sababli, muvozanatini yo‘qotgan. Oqibatda qayiq ag‘darilib ketgan. Yigitlardan 3 nafari qirg‘oqqa suzib chiqqan, 4 nafari cho‘kib ketgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
4-avgust kuni harorat 42 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 4-avgust seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +40, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +42 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda. Ayrim hududlarda chang-to‘zon ko‘tarilishi mjmkin.

👉 https://kun.uz/uz/97968230

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2025/06/30 22:04:42
Back to Top
HTML Embed Code: