Telegram Web Link
25-iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 25-iyul, seshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +42, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +44 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/98218349

➡️ Qashqadaryo xabarlari
#Bilasizmi

🔰 Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:

🔹mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 980 000 so‘m;

🔹bazaviy hisoblash miqdori – 330 000 so‘m;

🔹pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 347 000 so‘m;

🔹yoshga doir eng kam pensiya – 677 000 so‘m;

🔹nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 747 000 so‘m;

🔹mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 747 000 so‘m;

🔹belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (677 000 so‘mdan) 747 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 747 000 so‘m;

🔹zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 535 000 so‘m;

🔹ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 535 000 so‘m.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 25-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11595,02 so‘m (–15,00)
🇷🇺 RUB 128,31 so‘m (–0,16)
🇪🇺 EUR 12 849,60 so‘m (–70,03)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Mirishkorda savdo do‘koni yonib ketdi

Joriy yilning 22-iyul kuni soat 18:14 larda Mirishkor tumani FVB ga "Pomuq" MFY ning olis manzilidagi "Isoq ota" ziyoratgohi yaqinida joylashgan vaqtinchalik savdo do'konida yong'in sodir bo'layotgani haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga ko'ra, yong'inga Buxoro viloyati FVB 20-yong'in-qutqaruv qismidan 1 ta bo'linma jalb qilinib, manzilga soat taxminan 18:19 larda yetib borgan va soat taxminan 18:48 larda olov toʻliq o'chirgan.

Yong'in oqibatida savdo doʻkonining taxminan 40 m² maydonda ichki qismi yonib zarar ko'rgan, 90 metr kvadrat maydoni yong'indan saqlab qolingan. Hodisada hech kim tan jarohati olmagan va halok bo'lmagan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
❗️Maktab direktorlarining vakolat doirasi kengaytiriladi

Prezidentning tegishli farmoni (PF–79-son, 26.05.2023 y.) bilan 2023-yil 1-sentyabrdan:

umumiy o‘rta ta’lim muassasalari direktorlariga o‘z o‘rinbosarlarini ishga qabul qilish va ishdan bo‘shatish, ajratilgan umumiy soatlar doirasida o‘quv rejalariga 15 foizgacha o‘zgartirish kiritish masalalarini mustaqil hal qilish huquqi beriladi;

tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limlarining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari faoliyatini tekshirish va ta’lim sifatini baholash bo‘yicha vakolatlari bekor qilinadi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Bugun havo harorati +45°C gacha ko‘tariladi

Kunduz kunlari cho‘l va janub viloyatlarida, jumladan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida harorat maksimulari +45°C gacha ko‘tarilishi prognoz qilinmoqda. Samarqand viloyatida esa +43 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Bugun va ertaga tog‘larda ham +35 darajagacha issiqlik kutilmoqda. Bu daryolarda suv oqimi ko‘payishiga sabab bo‘ladi.

P.S. Yuqoridagi xaritada bugun 25 iyul kuni soat 16:00 da bo‘lishi kutilayotgan havo harorati ko‘rsatilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Ko‘kdalada ekin yerlarini o‘zboshimchalik bilan egallab olgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Ko‘kdala tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.N.” fermer xo‘jaligi rahbari E.D. fermer xo‘jaligining 16 sotix sug‘oriladigan ekin yerini o‘zboshimchalik bilan egallab olib, yerning unumdor qatlamiga zarar yetkazgan holda uy-joy qurishni boshlagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 229-1-moddasi (yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish) va 229-6-moddasi (sug‘oriladigan yer uchastkasiga yoki uning bir qismiga bo‘lgan huquqni sotish yoxud qonunga xilof ravishda boshqacha tarzda o‘zga shaxsga berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi natijalari e’lon qilindi

Natijalarni quyidagi havolalar orqali tekshirish mumkin:

1️⃣ Agentlik saytida:https://portal.piima.uz/page/ps1

2️⃣ Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-saytida:
cambridgeinternational.org/presidential-schools-pre-selection-results-July-2023/

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Koson tumani Tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda 787 mln so‘m o‘zlashtirilib yuborildi
 
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Koson tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “G.C.” xususiy korxonasi hamda Qashqadaryo viloyati “Ya.B.X.” IK mas’ul shaxslari tuman Tibbiyot birlashmasi binosini rekonstruksiya qilishda amalda bajarilmagan qurilish-ta’mirlash ishlarini qo‘shib yozish orqali 787,4 mln so‘mni talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 26-iyuldan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 11613,06 so‘m (+18,04)
🇷🇺 RUB 129,01 so‘m (+0,70)
🇪🇺 EUR 12 824,30 so‘m (–25,30)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
Tolimarjon IESda 1065 MVt quvvatga ega yangi bug‘-gaz qurilmalari qurilishiga start berildi

24-iyul kuni Tolimarjon IESda navbatdagi bug‘-gaz qurilmalarini qurishga start berildi. Unga ko‘ra, 2025 yil yakuniga qadar stansiyada umumiy quvvati 1065 MVt bo‘lgan navbatdagi ikkita bug‘-gaz qurilmalarini qurish ishlari olib boriladi. Loyihaning bosh pudratchilari sifatida Ispaniyaning “Intecsa Ingeniera Industrial S.A.” va Yaponiyaning“Mitsubishi Corporation” kompaniyalari konsorsiumi qatnashmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 771,8 mln dollarga teng.  

Yangi investitsiya loyihasi Samarqand va Buxoro viloyatlari iste’molchilarini, Qarshi magistral kanalidagi yettita nasos stansiyasini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlashga qaratilgan. Loyiha amalga oshirilishi natijasida, korxona tomonidan yiliga qo‘shimcha 8,5 mlrd kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Yuqori tejamkor texnologiyalar hisobiga 600 mln kubmetr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlarga subsidiya ajratish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Hunarmandchilik va kasanachilikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mahallalarda kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’yektlariga subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Unga ko‘ra, kasanachilikni tashkil qilgan tadbirkorlarga bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida 1 martalik subsidiya beriladi.

👉 https://kun.uz/uz/44652579

➡️ Qashqadaryo xabarlari
O‘zbekiston hududlarida ichimlik suvi narxini oshirish boshlandi

1-avgustdan Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatida, 20-avgustdan Toshkent viloyatida ichimlik suvi tariflari oshiriladi.

👉 https://kun.uz/uz/90291007

➡️ Qashqadaryo xabarlari
27-iyul kuni ayrim hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 27-iyul, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +42, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +44 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/40094791

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

27−30 iyul kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi haqida ogohlantirdi.

Jumladan:
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlari va Shohimardon hududida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonobod shahrida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Qashqadaryo: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobot tumanlarida sel-suv toshqin yuzaga kelishi mumkin.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2025/07/02 00:46:07
Back to Top
HTML Embed Code: