Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidruv xizmati tomonidan fosh etilgan jinoyatlar👮‍♀️

🚨 “VOQEA JOYIDA ” ko'rsatuvi 2-soni

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 16-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 074,99 so‘m (+12,95)
🇷🇺 RUB 123,18 so‘m (+4,18)
🇪🇺 EUR 13 210,04 so‘m (+2,11)

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda Meksika orqali AQShga yuborishni va’da qilgan shaxs ushlandi

U xizmati uchun 15 ming dollar so‘ragan, shundan 5 ming dollarini olayotganida qo‘lga olingan.

👉 https://kun.uz/uz/53850099

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Kosonda o‘qituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori 33 mln jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Kosondagi 20-maktabni o'qituvchilar ta'mirlayotgani haqida xabar tarqaldi. Holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi Davlat mehnat nazorati inspeksiyasi tomonidan o‘rganilgan.

Aniqlanishicha, Koson tumani 20-o‘rta ta’lim maktabi direktori tomonidan o‘qituvchi va ishchi xodimlar ta'mirlash ishlariga jalb qilingan. Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 2-qismiga asosan BHMning 100 barobari, ya’ni 33 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
AQSh elchixonasi Green Card yutib olgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirdi

AQSHning Toshkentdagi elchixonasi Green Card dasturi g‘oliblarini suhbat chog‘ida soxta hujjatlar taqdim etmaslikka chaqirdi. Aks holda viza olish huquqidan umrbod mahrum bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

«Viza olishda soxta hujjatlar yoki noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etishni maslahat beradigan uchinchi shaxslarga ishonmang. Viza olishdan umrbod mahrum qilinishingiz mumkin», deyiladi elchixona bayonotida.

2022 yilda Green Card uchun butun dunyodan jami 7 milliondan ortiq ariza kelib tushgan. Ularning 2 foizdan kamrog‘i immigratsiya huquqini olgan – 119 262 kishi. O‘zbekiston tasdiqlangan Green Card soni bo‘yicha Misr va Jazoirdan keyin jahonda 3-o‘rinni egalladi: 5511 nafar o‘zbekistonlik Amerikaga ko‘chib o‘tish huquqiga ega bo‘ldi.

Green Card bilan AQSHga borganlar mamlakatda 5 yil yashaganidan so‘ng, uning egasi AQSh fuqaroligini olishi mumkin.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
17-avgust kuni harorat 39 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 17-avgust, payshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +32... +37, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +34... +39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/08427039

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Do‘konda o‘zganing telefonini o‘g‘irlagan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qarshi tuman “Paxtakor” MFYda yashovchi, uy bekasi, T.M. Beshkent shahrida joylashgan savdo do‘konidan mahsulot olish jarayonida “SAMSUNG J-1” rusumli telefonini stol ustiga qo‘ygan. Zaruriy mahsulotlarni olib, pulini to‘lagach, telefonini qo‘ygan joyidan topolmagan va bu haqda tuman IIBga ariza bergan.

Qarshi tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruvlar davomida ushbu jinoyatni jabrlanuvchining mahalladoshi I.A. sodir qilgani aniqlanib, “SAMSUNG J-1” rusumli telefon hujjatlashtirib olingan. Holat yuzasidan Qarshi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Viloyat perinatal markazida 2004 yilda tug‘ilgan ayol egizak farzandlarni dunyoga keltirib, vafot etdi

Ijtimoiy  tarmoqlarida “Qashqadaryo viloyati tug‘ruqxonasi”da jarrohlik amaliyoti vaqtida homilador ayol vafot etgani, uning yaqinlari norozi bo‘lib, janjal qilishgani haqida xabar e’lon qilindi. Viloyat SSB matbuot xizmati xabar yuzasidan munosabat bildirdi. Unda yozilishicha, holat 2023 yil 12 avgust kuni viloyat perinatal markazida sodir bo‘lgan.

Qarshi tumanida yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan ayol homiladorlik davrida yashash hududidagi oilaviy shifokorlik punktida “Homiladorlik 1. Egizak homila.” tashxisi bilan nazoratga olingan. Zarur bo‘lgan barcha klinik va laborator tekshiruvlardan o‘tkazilgan.

Doimiy ravishda akusher-ginekolog va oilaviy shifokor nazoratida kuzatilib, uyda patronaj o‘tkazib borilgan. "T.O. homiladorlik davomida “Homilaning tushish xavfi” bo‘yicha viloyat perinatal markazida 2 marta stasionar sharoitda yotib, (oxirgi marta iyun oyida) davolanib chiqqan. Shifokorlar xulosasiga ko‘ra unda homiladorlik va tug‘ishga qarshi ko‘rsatma bo‘lmagan.

2023 yil 31 iyul kuni ayol viloyat perinatal markazi homiladorlar patologiyasi bo‘limiga “Homiladorlik 1. 35 hafta. Egizak homila. Erta tug‘ish xavfi” tashxisi bilan yotqizilgan. 4 avgustda o‘hil jinsli birinchi bolasini tabiiy tuqqan. Ikkinchi o‘g‘iljinsli chaqaloq homila ona qornida ko‘ndalang joylashib, tug‘ruq yo‘llari yopilib qolganligi sababli kesar kesish operatsiyasi yo‘li bilan olingan.

Operatsiyadan keyingi davrda standartlar asosida davolash tadbirlari o‘tkazilgan. 11-avgust kuni sanaviatsiya xizmati orqali xirurg shifokor chaqirtirilib, vrachlar konsiliumi o‘tkazilgan va “Kesar kesish operatsiyasidan keyingi 7-sutka. Metroendometrit. Peritonit. Kamqonlik o‘rta og‘ir darajasi” tashxisi qo‘yilgan. Chaqirtirilgan xirurg shifokor yordamida soat 12:00da qayta operatsiya-relaparotomiya qilingan. Qayta operatsiyada-total gisterektomiya, qorin bo‘shlig‘i sanatsiyasi va naylash o‘tkazilgan.

Viloyat perinatal markazida jadal davolash tadbirlari o‘tkazilib borilgan, lekin 12 avgust kuni soat 19:00da ayolning ahvoli to‘satdan og‘irlashgan. O‘tkazilgan reanimasion davo tadbirlariga qaramasdan 2023 yil 12 avgust kuni 19:30 da vafot etgan. O‘limdan keyingi tashxis: “Relaparotomiyadan keyingi holat. Endotoksikoz. O‘pka arteriyasi tromboemboliyasi. Kamqonlik o‘rta og‘ir darajasi. O‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligining og‘ir darajasi”.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔺AQSH dollarining rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 17-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 089,00 so‘m (+14,01)
🇷🇺 RUB 124,90 so‘m (+1,72)
🇪🇺 EUR 13 209,65 so‘m (–0,39)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Umakay" YPX maskanida iste'molga yaroqsiz go'sht mahsuloti to'xtatib qolindi

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Abituriyentlarning salkam yarmi 56,7 ball ham to’play olmagan

439 ming 337 nafar (49,4 foiz) abituriyent o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan.

P.S. Qashqadaryo viloyatida 50,2 foiz abituriyent 56,7 balni to‘play olmagan.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
YPX postlari orqali harakatlanish soddalashtirilmoqda

Vazirlar Mahkamasining yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlashga doir yangi qarori qabul qilindi. Hujjat qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2023-yil 15-avgustdan kuchga kirdi.

Qarorga ko‘ra, endilikda sug‘urta polisining muddati o‘tgan, belgilangan muddatda texnik ko‘rikdan o‘tmagan transport vositalariga “yashil” yo‘lakdan harakatlanishga ruxsat beriladi. Muqaddam bunday transport vositalari “qizil” yo‘lakdan harakatlangan.

P.S. Muqaddam YPX statsionar postlarida transport vositalarining to‘siqsiz harakatlanishini ta’minlash bo‘yicha “yashil” va “qizil” yo‘lak tizimi bosqichma-bosqich joriy etila boshlangan edi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalarining madaniy meros obekti bor ko‘chalarga kirishi taqiqlandi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan tarixiy-madaniy meros obektlari joylashgan ko‘chalarga og‘irligi 5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari qo‘yilmaydi.

Moddiy-madaniy meros ko‘chmas mulk obektlari hududida qattiq maishiy chiqindilarni vaqtinchalik to‘plash va saqlash joylari binolar fasadining transport hamda piyoda tranzit kommunikatsiyasi ko‘rinmaydigan zonasida tashkil etiladi.

Bunda, chiqindi tashish maxsus avtotransport vositalarining mazkur obektlarga shikast yetkazmaslik choralari ko‘riladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Podpolkovnik Choriyev Shuhrat Amirovich Yakkabog‘ tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i etib tayinlandi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Hindistonlik tadbirkor «Dok-1 Maks» siropini tekshirmaslik uchun mansabdorlarga 33 ming dollar to‘lagani aytilmoqda

O‘zbekistonda 65 bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan zaharlangan hind yo‘tal siropini tarqatuvchilar mahalliy amaldorlarga majburiy testdan o‘tmaslik uchun 33 ming dollar pora bergan, deya da’vo qilmoqda prokurorlar.

Prokuror Saidkarim Oqilovning so‘zlariga ko‘ra, Quramax bosh direktori Singx Ragvendra Pratar dori vositalarini ekspertiza va standartlashtirish davlat markazi mansabdor shaxslariga uning mahsulotlarini majburiy tekshiruvdan o‘tkazib yuborishlari uchun 33 ming dollar to‘lagan.

Sudda so‘zga chiqqan Pratar vositachi orqali pullarni amaldorlarga topshirganini tan olgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, keyinchalik bu pullar qanday va kim tomonidan ishlatilgani haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Bu haqida Reuters xabar bermoqda.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Qashqadaryoda bir nafar shifokorga qancha aholi toʻgʻri keladi?

🏢 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekistonda bir nafar shifokorga oʻrtacha 358 nafar aholi toʻgʻri keladi.

Hududlarda bir shifokorga toʻgʻri keladigan oʻrtacha aholi soni:

🔹Qoraqalpogʻiston R. – 365 nafar
🔹Andijon viloyati – 402 nafar
🔹Buxoro viloyati – 307 nafar
🔹Jizzax viloyati – 485 nafar
🔹Qashqadaryo viloyati – 529 nafar
🔹Navoiy viloyati – 333 nafar
🔹Namangan viloyati – 497 nafar
🔹Samarqand viloyati – 362 nafar
🔹Surxondaryo viloyati – 558 nafar
🔹Sirdaryo viloyati – 450 nafar
🔹Toshkent viloyati – 457 nafar
🔹Fargʻona viloyati – 444 nafar
🔹Xorazm viloyati – 349 nafar
🔹Toshkent shahri – 123 nafar

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilariga B2 sertifikati majburiy bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan, 2022/2023-oʻquv yilidan boshlab davlat taʼlim muassasalariga xorijiy tillar oʻqituvchisi lavozimiga ishga qabul qilinayotganlar kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi belgilangandi.

Oʻtgan yili maktablarda xorijiy tillarni oʻqitish jarayoni davomiyligini taʼminlash maqsadida Hukumat tomonidan B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan cheti tili oʻqituvchilarini ishga qabul qilmaslik xususidagi talab 2023/2024-oʻquv yilidan kuchga kirishi yuzasidan topshiriq berilgandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, 2023/2024-oʻquv yilidan boshlab yangi ishga kirayotgan xorijiy tillar oʻqituvchilaridan B2 sertifikati talab qilinadi.

Eslatib oʻtamiz, 2024/2025-oʻquv yilidan maktabdagi har qanday chet tili fani oʻqituvchisi B2 darajadagi sertifikatga ega boʻlishi talab etiladi.

➡️ Qashqadaryo xabarlari
🔻AQSH dollarining rasmiy kursi pasaydi

Markaziy bank 18-avgustdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

🇺🇸 USD 12 066,19 so‘m (–22,81)
🇷🇺 RUB 130,02 so‘m (+5,12)
🇪🇺 EUR 13 120,78 so‘m (–88,87)


➡️ Qashqadaryo xabarlari
18-avgust kuni kutilayotgan ob-havo ma’lum qilindi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha 18-avgust, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi. Unga ko‘ra, ertaga havo harorati Samarqand viloyatida +32... +37, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida +34... +39 daraja issiq bo‘lishi kutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/74381093

➡️ Qashqadaryo xabarlari
Prezident farmoyishi bilan bir guruh qashqadaryolik tadbirkorlar
“Faol tadbirkor” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi


🔹Jurayev Ilxom Nazarovich - Qarshi shahridagi “Asian Golden Oil” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

🔹Nizamova Saodat Kenjayevna - “Hunarmand” uyushmasining Shahrisabz shahar boʻlimi aʼzosi, kashtachi

🔹Sultonov Shavkat Fayzullayevich - Nishon tumanidagi “Agro Gold Rremium” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

🔹Xalilov Ilxomjan Xolmatovich - Qarshi tumanidagi “Cluster Khilal” masʼuliyati cheklangan jamiyati taʼsischisi

🔹Xolmurodov Neʼmatullo Turdiyevich - Shahrisabz tumanidagi “Oq suv shamoli” masʼuliyati cheklangan jamiyati direktori

🔹Shodmonov Mashrab Bozorovich - Koson tumanidagi “Koson sanoat montaj” masʼuliyati cheklangan jamiyati rahbari

➡️ Qashqadaryo xabarlari
2024/06/16 18:01:08
Back to Top
HTML Embed Code: