Telegram Web Link
Bugun 3-mart kuni havo harorati 24 darajagacha ko‘tariladi

Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekiston bo‘yicha bugun 3-mart, juma kuni kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

👉 https://kun.uz/uz/32399708

➡️ Andijon xabarlari
Bolani chet davlatda nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanyapti

Senat o‘ttiz yettinchi yalpi majlisida «O‘zbekiston ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida»gi Qonuni muhokama qilindi.
Qonunga ko‘ra bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilanmoqda. O‘zbekiston fuqaroligiga ega bo‘lgan bolani otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxs yoxud hamrohlik qiluvchi shaxs chet davlat hududida bolani nazoratsiz qoldirganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ellik baravarigacha bo‘lgan miqdorda jarimaga tortilishi ko‘zda tutilmoqda.

👉 https://kun.uz/uz/91243358

➡️ Andijon xabarlari
Gaz va chiroqdan noqonuniy foydalanish o‘g‘irlik deb belgilanmoqda 

2022 yil va joriy yilning o‘tgan davrida elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzganlik holatlari bo‘yicha 433 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu jinoyatlar oqibatida davlat manfaatlariga 368,1 mlrd so‘m miqdorda moddiy zarar yetkazilgan.

👉 https://kun.uz/uz/05691862

➡️ Andijon xabarlari
#Futbol

🏆 | Superliga 2023
1-tur
⚽️ | Nasaf - Andijon
📆 | 04.03.2023
⌚️ | 16:30
📺 | Dunyo bo‘ylab | Jonli efir
📍 | Qarshi
🏟 | Nasaf markaziy stadioni

➡️ Andijon xabarlari
Forwarded from Avtoelon.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avtoelon.uz - onlayn mashina bozori №1
- 70 000dan ortiq e'lonlar - O’zbekistondagi eng katta e'lonlar bazasi
- 1 milliondan ortiq xaridorlar
- E'loningizni 1 daqiqa ichida bepul berishingiz mumkin

Avtoelon.uz'da mashinani tez soting va foydali sotib oling!


📲 bepul programmani yuklab oling:
https://avtoelon.page.link/programma

👉🏼 Saytga havola:
https://avtoelon.page.link/programma

Reklama
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Davlat raqami Andijon viloyatida berilgan Cobalt avtomobili Qozogʻistonda KamAZ yuk mashinasi bilan toʻqnashgan va KamAZ uning ustiga agʻanab bosib qolgan. YTHda 4 kishi vafot etgani haqida xabarlar berilmoqda.

➡️ Andijon xabarlari
Blinkenning tashrifi, sariq jilet hangomasi va chirigan olmalar - hafta dayjesti

Bitta kompaniyaga 350 ta maktab, o‘quvchilarga esa chirigan olmami? O‘qituvchi va shifokorlarga taalluqli yangi qonunlar amalda qanchalik ishlaydi? AQSh hukumatidagi birinchi raqamli vazir Toshkentga nega keldi? Yakunlanayotgan hafta voqealari – Kun.uz dayjestida.

📹 VIDЕOSHARHNI TOMOSHA QILING
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun respublikaning deyarli barcha viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

Havo harorati janubiy viloyatlarda +26 darajagacha ko‘tariladi. Yog‘inlar chaqmoq-momaqaldiroq hususiyatli bo‘ladi.

Navoiy va Buxoro viloyatlarida yog‘ingarchilik bo‘lish ehtimoli juda kam. Shimolda ham erta tong yog‘ib o‘tishi kutilmoqda. Farg‘ona vodiy viloyatlarida esa yog‘ingarchilik kutilmaydi.

➡️ Andijon xabarlari
Bog‘cha tarbiyachilarining yanvar va fevral oyi uchun maoshlari bosqichma-bosqich to‘lanadi

Kun.uz'da bir nechta hududda oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha tarbiyachilari 3 oydan buyon maosh olmayotgani haqida maqola e’lon qilingandi. Vazirlik maqolaga munosabat bildirdi.

👉 https://kun.uz/uz/53569894

➡️ Andijon xabarlari
Andijonda ko‘p qavatli uyning tomi yonib ketdi

Yong‘inni o‘chirishga 12 ta yong‘in qutqaruv bo‘linmalari jalb etilgan.

👉 https://kun.uz/uz/59505534

➡️ Andijon xabarlari
Konstitutsiyani o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyor bo‘ldi

Prezident deputatlar, senatorlar va Oliy sud rahbariyati bilan uchrashdi. Yakuniy qonun loyihasiga Konstitutsiyaviy sud xulosa berishi kutilyapti.

👉 https://kun.uz/uz/22582251

➡️ Andijon xabarlari
Prezident bir qancha o‘quvchi va talabalarni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirladi

Taqdirlanganlar orasida ikki nafar andijonlik ham bor. Ularga sovrindorlik diplomlari va ko‘krak nishonlari topshiriladi. Shuningdek, har biriga 15 mln so‘m miqdorida pul mukofoti beriladi.

🔰 Abdukarimova Feruza Ulug‘bek qizi - Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati institutining 4-bosqich talabasi;

🔰 Muxtarxo‘jayeva Durdona Mutalibjon qizi - D.I.Mendeleyev nomidagi Rossiya kimyo-texnologiya universitetining Toshkent shahridagi filiali 2-bosqich talabasi.

👉 https://kun.uz/uz/27624540

➡️ Andijon xabarlari
🔥 Andijon shahrining ba'zi hududlarida gaz ta'minoti to‘xtatiladi

Ta'mirlash ishlari sababli, Andijon shahrining Yoyilma, Sog‘lom avlod, O‘rikzor, Qoratut, A.Bakirov, Ipak yo‘li, Bog‘ishamol, Oxunboboev, Pistamozor hamda Sulton Jo‘ra MFYda o‘ramidagi aholi xonadonlari va ulgurji iste'molchilar uchun 7-mart kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar gaz ta'minoti vaqtinchalik to‘xtatiladi.

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi.

➡️ Andijon xabarlari
Forwarded from Beeline Uzbekistan
Reklama

Bayramga atigi 10 000 so'mga 8 Gb trafik sovg'a qiling.
10 mlndan 250 mlngacha – xotin-qizlar kuniga qaysi tuman qancha pul sarflamoqchi?

Hududlarda 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash uchun mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratilmoqda. Bayramni tashkillashtirishga qaysidir hokimlik 15-20 mln so‘m rejalashtirgan bo‘lsa, ayrimlari yuz millionlab pul sarflamoqda.

👉 https://kun.uz/uz/13929455

➡️ Andijon xabarlari
Prezident bir guruh ayollarni mukofotladi. Ular orasida andijonliklar ham bor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi farmoniga muvofiq:

🎖"Mehnat shuhrati" ordeni bilan:

🔹Andijon shahridagi «Siyovush gold trans» mas’uliyati cheklangan jamiyati haydovchisi - Atabayeva Omatxon Karimjanovna

🎖"Do‘stlik" ordeni bilan:

🔹 Marhamat tumanidagi «Marhamat 112-qurilish» mas’uliyati cheklangan jamiyati pardozchisi - Riskulova Aynogul Junusovna

🎖II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan:

🔹Andijon tumanidagi 10-ixtisoslashtirilgan umumiy o‘rta ta’lim maktab-internati direktori - Dadaboyeva Manzura Olimjonovna

🎖"Shuhrat" medali bilan:

🔹Andijon viloyati bosh imom-xatibining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi - Kasimova Shoira Satvoldiyevna

🔹Baliqchi tumani yo‘l xo‘jaligi pudrat ta’mirlash-foydalanish korxonasi ishchisi - Mehmonova Ro‘zixon Abduvaliyevnalar taqdirlandi.

➡️ Andijon xabarlari
“Birgina xatoning badali o‘lim” – ajal bilan yonma-yon yuradigan kasb egalari

Ikki oy oldin Andijondagi hayvonot bog‘ida ayiq qafasiga kirgan xodimga tashlanib, uni tishlab o‘ldirgandi. Kun.uz muxbiri mazkur hayvonot bog‘ida bo‘lib, yirtqichlar va hayvon boquvchilar hayoti haqida reportaj tayyorladi.

📹 VIDEONI SAYTIMIZDA KO‘RING
Navro‘z arafasida ichki sayohatlarga chegirmalar e’lon qilindi

O‘zbekistonliklar uchun aviachiptalar, muzeylar, madaniy meros obektlari, ziyoratgoh va qadamjolarga kirish chiptalariga chegirmalar beriladi.

👉 https://kun.uz/uz/60994949

➡️ Andijon xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Doimo hayratlantiradigan maskan - Boysun | Manzil

"Manzil" Samarqand-Qashqadaryo-Surxondaryo yo‘nalishi bo‘yicha sayohatining so‘nggi manzili Boysunga yo‘l oldi. Qamashidan yo‘lga chiqib, o‘ziga xos ajoyib maskanlarni tomosha qilib, Surxondaryoga yetib keldik. Sayohatimiz mobaynida Boysunning Duoba hamda Omonxona qishloqlarini tasvirga olishga muvaffaq bo‘ldik.

📹👉 TO'LIQ VIDEONI KO'RING
Andijon va Izboskan tumanida elektr ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

Ta'mirlash ishlari sababli,

🔰 Izboskan tumanining Yangibo'stonobod, Haqulobod, Lug'umbek, Rovvot, Tuyachi, Navro'zobod, Toshloq, Yangiavlod, To'raobod, Botirobod, To'rtko'l, Gudur, Yangiqishloq, Gurkirov, Yuqori chuvama, Beshterak, Toshkechik, Qorayantoq, Qo'g'ay, Guliston, Manguberdi, Kuyganyor, Navoiy, Oybek, Mirzo Ulug'bek, Damimboychek, Markaz, Bobur, Nayzabo'yi, Sarboshi, Yuqorihosil, Barhayot, Qumko’cha, Oq oltin, Anorzor, Churtanlik, Urganji MFYlarida;

🔰 Andijon tumanining Mard, Navro'z, Mustaqillik, Oq rovot, Duldur, Cho'nbog'ich, Qo'qonlik, Sultonobod, Ayrilish, Beshbo'ynoq MFYlarida 9-,10-mart kunlari soat 9:00 dan 17:00 ga qadar elektr energiyasida uzilishlar kuzatiladi.

➡️ Andijon xabarlari
2024/06/03 05:42:59
Back to Top
HTML Embed Code: