Telegram Web Link
🚑 Xonqa tumanidagi bogʻchada 5 yoshli bola vafot etdi

Xonqa tumani, «Toma» mahallasidagi 24-son davlat Maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyalanuvchisi, 5 yoshli Oʻ.SH.A. tushlikdan soʻng tobi qochgan. Shundan soʻng, zudlik bilan tez yordam chaqirilgan. Biroq, bola vafot etgan.

Hozirgi vaqtda IIB tomonidan hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Maktabgacha taʼlim vazirligi sud-tibbiy ekspertizasi xulosasi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar xulosasi olingach, toʻliq bayonot berilishini maʼlum qildi.

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

🚑 Хонқа туманидаги боғчада 5 ёшли бола вафот этди

Хонқа тумани, «Тома» маҳалласидаги 24-сон давлат Мактабгача таълим ташкилоти тарбияланувчиси, 5 ёшли Ў.Ш.А. тушликдан сўнг тоби қочган. Шундан сўнг, зудлик билан тез ёрдам чақирилган. Бироқ, бола вафот этган.

Ҳозирги вақтда ИИБ томонидан ҳодиса юзасидан суриштирув ишлари бошланган.

Мактабгача таълим вазирлиги суд-тиббий экспертизаси хулосаси, шунингдек, ҳуқуқни муҳофаза қилувчи ташкилотлар хулосаси олингач, тўлиқ баёнот берилишини маълум қилди.

➡️ Xorazm xabarlari
⛔️ Urganch shahrida bir qancha yoʻllar vaqtinchalik yopiladi

Test sinovlari paytida jamoat tartibini saqlash va yoʻl-harakati xavfsizligini taʼminlash maqsadida, 7-avgustdan 30-avgustga qadar Urganch shahrining quyidagi koʻchalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi:

▪️«Xorazm» sport-majmuasi oldidagi Pahlavon Mahmud koʻchasi va Baynalminalchi koʻchasi kesishgan chorrahadan «Vatanparvar» tashkiloti oldigacha;

▪️«Yoshlik» sport-majmuasi oldidagi Yoshlik va Termiz koʻchasi kesishgan chorrahadan Urganch xizmat koʻrsatish va servis texnikumi oldigacha;

▪️Yoshlik va Termiz koʻchasi kesishgan chorrahadan 29-son umumtaʼlim oʻrta maktabi oldigacha.

❗️Shu bilan birga soat 6:00 – 11:00 va 18:00 – 23:00 oraligʻida Gurlan va Baynalminalchi koʻchalari kesishgan chorrahadan Fayozov va Baynalminalchi koʻchalari kesishgan chorrahaga boʻlgan yoʻl yopiladi.

➡️ Xorazm xabarlari
Urganch shahrida test oʻtkaziladigan joylar

1-sektor
“Xorazm” sport majmuasi (Futbol akademiyasi qoshidagi o‘yingoh)
Manzil: Urganch shahri Baynalminal ko‘chasi 18-uy
Guruhlar: 1-34
📍Geolokatsiya

2-sektor
“Xorazm” sport majmuasi (Futbol akademiyasi qoshidagi o‘yingoh) qo‘shimcha o‘yingohi
Manzil: Urganch shahri Baynalminal ko‘chasi 18-uy
Guruhlar: 35-68
📍Geolokatsiya

3-sektor
“Yoshlik” sport majmuasi (“Yoshlik” sport majmuasi o‘yingohi)
Manzil: Urganch shahri Yoshlik ko‘chasi
Guruhlar: 69-100
📍Geolokatsiya

➡️ Xorazm xabarlari
🏆 Xorazmlik shaxmatchi Olimpiada chempioni boʻldi

Hindistonning Chennai shahrida Shaxmat Olimpiadasi yakunlandi. Unda Oʻzbekiston milliy jamoasi oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Shaxmatchilarimiz Armaniston va Hindistondan oʻzib ketib, birinchi oʻrinni egallashdi.

Milliy jamoa sharafini xorazmlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Yoqubboyev ham munosib tarzda himoya qildi.

➡️ Xorazm xabarlari
Pay Way to‘lov tashkiloti: Rossiyadan O‘zbekistonga pul o‘tkazish imkoniyati

Pay Way pul o‘tkazish xizmati xalqaro pul o‘tkazmalari amaliyotini yo‘lga qo‘ydi. Endi Rossiya kartalaridan O‘zbekistondagi bank kartalariga pul o‘tkazish yanada osonlashdi.

👉 https://kun.uz/uz/63643526

Manzil: Toshkent shahri, Maxtumquli ko‘chasi, 136 uy.

Telefon: +998952000103

E-mail: [email protected]

Veb-sayt | Facebook | Instagram |Telegram

Reklama
🌾 Xorazmda 2023-yil hosili uchun 44,5 ming gektar maydonda boshoqli don ekinlari ekiladi

▬▬▬▬▬▬▬▬▬▬

Хоразмда 2023 йил ҳосили учун 44,5 минг гектар майдонда бошоқли дон экинлари экилади

➡️ Xorazm xabarlari
«Isuzu» avtobusi gaz balloni yorilishi oqibatida 6 kishi halok boʻldi

18-avgust kuni Sirdaryo viloyati Oq-oltin tumani hududida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish shohobchasida Xorazm viloyati, Bogʻot tumanidagi avtomaktabga tegishli boʻlgan «Isuzu» rusumli avtobusning gaz balloni yorilgan. Oqibatda, 6 kishi voqea joyida vafot etgan va 15 kishi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan FVB, IIV, va prokuratura tomonidan tergovoldi surishtiruv ishlari oʻtkazilmoqda.

----------------------------------

«Исузу» автобуси газ баллони ёрилиши оқибатида 6 киши ҳалок бўлди

18 август куни Сирдарё вилояти Оқ-олтин тумани ҳудудида жойлашган автомобилларга газ тўлдириш шоҳобчасида Хоразм вилояти, Боғот туманидаги автомактабга тегишли бўлган «Исузу» русумли автобуснинг газ баллони ёрилган. Оқибатда, 6 киши воқеа жойида вафот этган ва 15 киши тан жароҳати олган.

Ҳолат юзасидан ФВБ, ИИВ, ва прокуратура томонидан терговолди суриштирув ишлари ўтказилмоқда.

➡️ Xorazm xabarlari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Anons

📹 Prezidentning Umra ziyoratiga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etiladi

Bugun Shavkat Mirziyoyevning Saudiya Arabistoniga tashrifi hamda Umra ziyoratiga bag‘ishlangan hujjatli filmni tomosha qilishingiz mumkin. Hujjatli film soat 19:35da «Milliy» telekanalida namoyish etiladi.

➡️ Xorazm xabarlari
Islomxo‘janing o‘ldirilishi. Xiva xonligida sodir etilgan va ochilmagan jinoyat tafsilotlari

Qariyb 110 yil oldin Xiva xonligining bosh vaziri Said Islomxo‘ja o‘ldirildi. Ammo davlatning eng nufuzli amaldoriga qarshi uyushtirilgan suiqasd tergovi juda sust olib borildi. Qotillar topilmadi va jinoyat rasman ochilmaganicha qolmoqda. Ushbu maqolada voqealar rivojini tiklashga, Xiva saroyining yashirin burchaklariga nazar solishga, qotillik tashkilotchilari, ijrochilari haqidagi ma’lumotlarni jamlashga urinib ko‘ramiz.

👉 Batafsil

-------

Исломхўжанинг ўлдирилиши. Хива хонлигида содир этилган ва очилмаган жиноят тафсилотлари

Қарийб 110 йил олдин Хива хонлигининг бош вазири Саид Исломхўжа ўлдирилди. Аммо давлатнинг энг нуфузли амалдорига қарши уюштирилган суиқасд тергови жуда суст олиб борилди. Қотиллар топилмади ва жиноят расман очилмаганича қолмоқда. Ушбу мақолада воқеалар ривожини тиклашга, Хива саройининг яширин бурчакларига назар солишга, қотиллик ташкилотчилари, ижрочилари ҳақидаги маълумотларни жамлашга уриниб кўрамиз.

👉 Батафсил

➡️ Xorazm xabarlari
🏅Oʻzbekistonda yuz nafar ishbilarmon «Faol tadbirkor» koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Ularning orasida xorazmliklar ham bor:

🔸Aqmuratov Erkinboy Yuldashevich – “Yangi Bozor textile agro cluster” MCHJ rahbari
🔸Aminov Davlatboy Xajiyevich – “Red star oxus” MCHJ rahbari
🔸Zokirov Abbosbek Shavkatbek oʻgʻli – “Xorazm shisha idishlari” MCHJ rahbari
🔸Masharipova Manzura Karimovna – “Gurlan eksport” MCHJ rahbari
🔸Osmanov Eldor Abdulxakovich – “Gurlan global teks” MCHJ rahbari
🔸Yuldoshev Usmonbek Umarbek oʻgʻli – “Glass Pro” MCHJ rahbari

🏅«Shuhrat» medali bilan

Iskandarov Yoʻldosh Otayevich – Xiva tumanidagi «Yoʻldosh Majid» fermer xoʻjaligi boshligʻi.

➡️ Xorazm xabarlari
Ibodatdagi prezident, so‘kong‘ich hokim va yana avto-mahalliylashtirish — hafta dayjesti

Arablar O‘zbekistonda dunyodagi eng katta ShESlardan birini quradi: AES mavzusi yopildimi? UzAuto elektromobil yig‘a boshlashi aniq bo‘ldi: bu nega xavotirli? Surxondaryo hokimi va prokuror voqeasi: To‘ra Bobolovning kursisi qimirlayaptimi? O‘tgan haftaning shu va boshqa mavzulari – Kun.uz dayjestida.

📹 TOMOSHA QILING
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazmoqda

Asosiy yangiliklar:

▪️ 2023-yil 1-yanvardan QQS 12 foizga tushiriladi.

▪️ Tadbirkorlarga nisbatan yangi javobgarlik va jazo choralarini joriy etishga 3 yillik moratoriy e’lon qilinadi

▪️ Tergov jarayonida tadbirkorning mol-mulkini xatlab qo‘yishning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi.

▪️ Yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish endi faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi

▪️ Lavozimga yangi tayinlangan hokimlar sobiq hokimning tadbirkorga yer berish haqidagi qarorini bekor qilolmaydi

▪️ Ilk bor xatoga yo’l qo‘ygan kichik biznes vakillariga jazo chorasi qo‘llanilmaydi. Jarimalar miqdori ham tadbirkorlarning to‘layotgan solig‘i miqdoridan oshib ketmasligi kerak.

▪️ 2023-yil 1-yanvardan kichikdan o‘rta biznesga o‘tgan korxonalar ikki yil davomida foyda solig‘ining faqat 50 foizini to‘laydi;

▪️ soddalashtirilgan soliq, moliyaviy va statistika hisobotlari joriy etiladi;

👉 Kun.uz’ning tezkor yangiliklari
Xorazmda 7 nafar hokimga hayfsan berildi

Xorazm viloyatining 2 ta shahri va 5 ta tumani hokimiga o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagani uchun hayfsan intizomiy jazosi berildi.

👉 Batafsil

-------

Хоразмда 7 нафар ҳокимга ҳайфсан берилди

Хоразм вилоятининг 2 та шаҳри ва 5 та тумани ҳокимига ўз вазифасини лозим даражада бажармагани учун ҳайфсан интизомий жазоси берилди.

👉 Батафсил

➡️ Xorazm xabarlari
Forwarded from Manzil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Unutilgan odamlar va suv qadri — “Manzil”

Uydagi joʻmrakni burashimiz bilan suv kelishiga koʻpchiligimiz oʻrganib qolganmiz. Aslida ham bu oddiy va normal hol boʻlishi kerak. Lekin minglab vatandoshlarimiz inson sivilizatsiyasining shu elementar qulayligidan ayro holda yashayapti.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
29-avgust kuni Urganch shahrining ayrim ko‘chalarida transport vositalarining harakati vaqtinchalik cheklanadi

-------

29 август куни Урганч шаҳрининг айрим кўчаларида транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинчалик чекланади

➡️ Xorazm xabarlari
Prezident Shavkat Mirziyoev Urganch shahrida buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdi haykalini ochib berdi

-------

Президент Шавкат Мирзиёев Урганч шаҳрида буюк саркарда Жалолиддин Мангуберди ҳайкалини очиб берди

➡️ Xorazm xabarlari
2025/07/10 11:40:31
Back to Top
HTML Embed Code: