Telegram Web Link
дунё ҳаёти сизни
алдаб қўймасин.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ

Эй одамлар! АЛБАТТА, АЛЛОҲНИНГ ВАЪДАСИ ҲАҚДИР. Бас, дунё ҳаёти сизни алдаб қўймасин. Ўта алдоқчи сизни Аллоҳ хусусида алдаб қўймасин
.
("Фотир" сураси, 5-оят)

Яъни, Аллоҳ таоло Қуръони Каримда бандаларига қандай ваъда берган бўлса, ҳаммаси албатта У Зот айтганидек бўлади: мукофот ҳам, жазо ҳам.

”Ўта алдоқчи сизни Аллоҳ хусусида алдаб қўймасин", дегани шайтон ҳақида айтилган.

Дарҳақиқат, шайтон инсонларни алдаш учун минг турлик найранглар ўйлаб топади...

Аллоҳ таоло хусусида эса "Аллоҳ–меҳрибон Зот. Унча-мунча гуноҳингни кечираверади. Шунинг учун ёшлигингда ўйнаб қол. Бемалол айш-ишрат қилавер. Кексайганингда битта тавба қилсанг, бўлди..." деб алдайди.

Шунинг учун ҳам Аллоҳ таоло аввало "дунё ҳаёти сизни алдаб қўймасин"
деб огоҳлантиряпти
.


@laa_ilaaha_illallohu
#РУҲИЯТ

📝ИБОДАТ, САБР ВА ДУО

Омонат дунёнинг савдоси ғалат–
Аллоҳ неъмат бериб, сўнг ҳаққин сўрар.
Инсон ҳайрон бўлиб бу ҳолдан фақат,
Аллоҳнинг Ўзига ёлбориб турар.

Холис бир иймоннинг баҳоси учун
Қандай ҳақ тўланар, ким билар буни?
Мен иймон келтирдим Ҳаққа ушбу кун,
Дилимдан ечилиб шубҳа тугуни.

Иймонинг бадали, шукри не эрур,
Бормикан билгувчи бу сирни доно?
Бебаҳо нарсани ҳеч ўлчаб бўлмас
Шукри–ибодат-у, сабр ҳамда дуо!

🕊Шаҳобиддин Одил


@laa_ilaaha_illallohu
📚📖📚DUO, ILTIJO, TAZARRU'

ALLOHIM, YO ROBBAL OLAMIYN! YO ZAL-JALOLI VAL IKROM, YO HAYYU, YO QOYYUM! YO ROHMANU, YO ROHIYM! YO MOLIKAL MULK! YO XOBIYR, YO ALIYM! YO LATIYF!...

BUTUN OLAMDA YAKKA-YU YAGONA HAQIQIY ILOH O'ZINGSAN!

SENDAN BOSHQA ROBBIMIZ YO'Q!

SENDAN BOSHQA MEHRIBONIMIZ YO'Q!

SENDAN BOSHQA ISHONGANIMIZ YO'Q!

Yakka-yu Yagona ilohliging haqqi-hurmati, barcha go'zal ism-u sifatlaringda tenging va o'xshashing yo'qligi haqqi-hurmati, barcha ezguliklar tanho Sengagina xosligi haqqi-hurmati, borliqni va undagi barcha narsalarni yo'qdan bor qilib yaratganing haqqi-hurmati, bizlarni ham tuproqdan yaratib, chiroyli vujud, ruh, aql, qalb berib, inson qilib, iymon berib mukarram etib qo'yganing haqqi-hurmati, O'zingdangina iltijo qilib so'raymiz:

BIZLARNI NE MAQSADDA YARATGAN BO'LSANG, SHUNGA MUYASSAR QIL!

SHAYTONGA VA NAFSIMIZGA ALDANIB ADASHSAK, YANGLISHSAK, O'ZING TO'G'RI YO'LGA SOLIB QO'Y!

G'ofir, G'afur, G'afforliging haqqi-hurmati, Afuvv va Tavvobliging haqqi-hurmati, yolborib so'raymiz:

ojizmiz, zaifmiz, bechoramiz... Sen Rahim qilmasang, holimiz xarob... Iloyo, o'tgan gunohlarimizni kechir!

Yashirin-u oshkor, katta-yu kichik, bilib-bilmay, yanglishib yoki qasdan qilgan barcha ayblarimiz, xatolarimiz, gunohlarimiz uchun pushaymonmiz, yo Robbim!

Yo Allohim, pushaymonligimiz haqqi-hurmati, ojiz va bechora qullaringni kechir, barcha o'tganlarini amal daftarimizdan ham o'chirib yubor!

Kiromayn kotibayn bo'lgan farishtalaringning ham yodlaridan chiqarib yubor!

Bizga rahim qilib, u gunohlarimizni o'zimizning ham eslarimizdan chiqarib, xotiralarimizdan o'chirib yubor!

Biz uchun yangi sahifa och!
UMRIMIZNING, RIZQIMIZNING QOLGANIGA O'TGANIGA NISBATAN KO'PROQ XAYR-U BARAKA ATO QIL!

Qolgan umrimizda O'zingning himoyangda, O'zingning panohingda, O'zingning madading bilan gunohlardan uzoq bo'lib, Sen rozi bo'ladigan holatlarda yashashimizni nasib et! Chin mo'min-musulmon bo'lib yashashimizga O'zing yordam ber!

Oxirgi kalomimiz ham "ASHhadu an-laa ilaaha illallohu va ashhadu anna Muhammadun 'abduhu va Rosuluhu" bo'lishini nasib qilgin!

HUZURINGGA FAQAT POK IYMON BILAN, O'ZING BIZLARDAN ROZI BO'LGAN HOLDAGINA BORISHIMIZNI NASIB ET!

ALLOHIM, MAHSHARGOHDAGI DAHSHATLARDAN, UR-YIQITLARDAN, QIYOMAT KUNINING VAHIMASIDAN, QO'RQINCHIDAN O'ZING PANOHINGDA SAQLA! ARSHINGNING SOYASIDAN JOY BER!

Allohim! So'roq-savollaringga toqatimiz yetmaydi, amallarimiz yetmaydi...

So'roq-savol qilib bizlarni qiynama, pinhon gunohlarimizni oshkor qilib, xalqing oldida sharmanda qilma!

O'tinib so'raymiz, yolborib so'raymiz: amal daftarlarimizni o'ng tarafimizdan berib, do'zax yuzini ko'rsatmasdan, to'g'ridan-to'g'ri Jannatlaringga kirit!

JANNATLARINGDA HAM BARCHA YAQINLARIMIZ BILAN BIRGA BO'LISHIMIZNI NASIB ET!

ALLOHIM, JANNATLARINGDA BEPARDA JAMOLINGNI KO'RMOQ BAXTINI BARCHA MO'MIN-MUSULMONLARGA VA SHU QATORI BIZLARGA HAM NASIB ET!

ALLOHIM, YO ROBBAL OLAMIYN, GARCHI LOYIQ BO'LMASAK HAM, POK IYMONLARIMIZ HAQQI-HURMATI, BIZ OJIZ VA BECHORA BANDALARINGNI HAM FIRDAVS JANNATIDA "SALOM" DEGAN SO'ZINGNI ESHITISHGA MUSHARRAF QIL!...

Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qo'llaridan Havzi Kavsar suvlaridan ichib, suhbatlaridan bahramand bo'lmoqlik baxtini ham nasib et!...

Yo Allohim, to tirik ekanmiz, o'zimizni ham, barcha yaqinlarimizni ham, zurriyotlarimizni ham iymonda, Islomda sobitqadam qil!

BU DUNYODAGI BARCHA YOMONLIKLARDAN, MASHAQQATLARDAN, QIYINCHILIKLARDAN, NOHAQLIKLARDAN, ZULMDAN, ZULMATDAN, ZO'RAVONLIKLARDAN, TUSHUNMOVCHILIKLARDAN, TURLI XIL BALO-OFATLARDAN, MUSIBATLARDAN, G'ILLU-G'ASHLIKLARDAN, INS-U JIN VA SHAYTONLARNING MAKRLARIDAN, FITNALARIDAN, YOMONLIKLARIDAN, NAFSIMIZNING YOMONLIGIDAN O'ZING PANOHINGDA ASRA!...

Barcha ishlarimizda, ibodatlarimizda O'zing madad ber!...

Har doim Sen istagandek solih bandalaring qatorida bo'lishimizni nasib et!...

ALLOHIM, USHBU DUOLARIMIZNI BARCHA MO'MIN-MUSULMONLAR HAQQLARIDA HAM QABUL QILGIN!

OMIYN, YO ROBBAL OLAMIYN!

@laa_ilaaha_illallohu
📚📖📚JANNATGA YETAKLOVCHI DUO

رَبَّنَا اغْفِرْ لَنَا وَلِإِخْوَانِنَا الَّذِينَ سَبَقُونَا بِالْإِيمَانِ وَلَا تَجْعَلْ فِي قُلُوبِنَا غِلًّا لِّلَّذِينَ آمَنُوا رَبَّنَا إِنَّكَ رَءُوفٌ رَّحِيمٌ

"Robbanag'firlanaa va li ixvoninallaziyna sabaquunaa bil iymoni va laa taj'al fiy quluubinaa g'illal-lillaziyna omanuu. Robbanaa innaka Rouufur Rohiym."

"EY ROBBIMIZ, BIZLARNI VA
BIZDAN ILGARI IYMONDA YASHAB O'TGAN BIRODARLARIMIZNI MAG'FIRAT QILGIN HAMDA
(barcha)MO'MINLARGA NISBATAN DILIMIZDA G'ILLU-G'ASHLIK (paydo)QILMAGIN. Ey Robbimiz, Sen albatta Rouuf(o'ta mehribon va shafqatli) va Rohiym (Qiyomat kuni faqat mo'minlarga rahim qiluvchi)dursan ".
("Hashr" surasi, 10-oyat)

Ushbu duo barcha mo'min-musulmonlar uchun vojib duolardandir.

Aynan ushbu duoda mo'minlikning asosiy sifatlari jam' bo'lgan.
Ya'ni, har bir iymonli inson avvalo o'zi uchun hamda barcha mo'min-musulmonlar uchun Alloh taolodan mag'firat so'rashi lozimdir.

Va eng muhimi, hech bir mo'minga nisbatan dilida adovati, g'ayirligi, dushmanligi, g'azabi, ginasi, hasadi, nafrati, ko'rolmasligi, g'ijinishi, noxushligi–bir so'z bilan aytganda–g'ashligi bo'lmasligi kerak.

Oyatda bu ma'nolar "g'illa" so'zi bilan ifodalangan.

O'zbek tilida bu so'zning muqobili bo'lmagani uchun, biz "g'illu-g'ashlik" deb tarjima qilishni ma'qul ko'rdik. Chunki, yuqorida aytilgan ko'plab ma'nolarni boshqa bir so'z bilan ifodalash imkonsizdir.

Nima bo'lganda ham, ushbu oyatda ikki musulmonning orasida bo'lmasligi kerak bo'lgan barcha noxush holatlardan panoh so'ralyapti.

Bu bejiz emas. "A'rof" surasining 43-oyatida Alloh taolo jannatdagi mo'minlar haqida: "... dillaridan g'illu-g'ashliklarni chiqarib tashlarmiz... " deb marhamat qiladi.

Ya'ni, BU DUNYODA BIR-BIRI BILAN TURLI KELISHMOVCHILIKLARGA BORIB YURGAN MO'MINLAR JANNATDA UCHRASHGANLARIDA ORALARIDAGI BIRORTA NOXUSH HOLATNI ESLAY OLMAYDILAR.

Endi savol tug'iladi: "Abadiy yashaydigan manzilimizda–Jannatda bu dunyodagi birorta noxushliklarni hattoki eslay olmas ekanmiz, nima uchun bir-birimizga tosh otib, ginaxonlik qilib, urishib, arazlashib yuribmiz?"

Demak, maqsad Jannat ekan, bu dunyoning o'zida o'sha jannatdagi maqomlarga erishtirishini Alloh taolodan so'rash eng to'g'ri ish emasmi?!

"IYMON KELTIRGANLARGA –MO'MINLARGA NISBATAN DILIMIZDA G'ILLU-G'ASHLIK PAYDO QILMAGIN" DEB SO'RASH shuning uchun ham VOJIB DARAJASIDAGI DUODIR .

Oyatning oxirida Alloh taoloning Rouuf va Rohiym ismlari eslatilishi ham bejiz emas. Alloh taolo har bir bandasiga uning ota-onasidan ham ko'ra mehribonroq. Ar-Rouuf –o'ta mehribon, shafqatli, deganidir.
Rohiym ismi esa Qiyomatda faqat mo'min-musulmonlarga nisbatan rahimli, deganidir.

Demak, oyat oxirida Rohiym ismini eslatish bilan Alloh taoloning O'zi biz mo'minlarga Jannatdagi maqomlarimizga bu dunyodayoq munosib bo'lishimiz lozimligini eslatmoqda.

Binobarin, ushbu duoni ixlos bilan o'qib, Alloh taologa iltijo etib va barcha mo'minlarga nisbatan dilimizdagi g'ashliklarni, ginalarni, adovatlarni ketkazib yursak, in shaa Alloh, bu dunyoning o'zida jannatiylar maqomiga erishar ekanmiz.

@laa_ilaaha_illallohu
dunyo hayoti sizni
aldab qo'ymasin.
يَا أَيُّهَا النَّاسُ إِنَّ وَعْدَ اللَّهِ حَقٌّ فَلَا تَغُرَّنَّكُمُ الْحَيَاةُ الدُّنْيَا وَلَا يَغُرَّنَّكُم بِاللَّهِ الْغَرُورُ

Ey odamlar! ALBATTA, ALLOHNING VA'DASI HAQDIR. Bas, dunyo hayoti sizni aldab qo'ymasin. O'ta aldoqchi sizni Alloh xususida aldab qo'ymasin.
("Fotir" surasi, 5-oyat)

Ya'ni, Alloh taolo Qur'oni Karimda bandalariga qanday va'da bergan bo'lsa, hammasi albatta U Zot aytganidek bo'ladi: mukofot ham, jazo ham.

”O'ta aldoqchi sizni Alloh xususida aldab qo'ymasin", degani shayton haqida aytilgan.

Darhaqiqat, shayton insonlarni aldash uchun ming turlik nayranglar o'ylab topadi...

Alloh taolo xususida esa "Alloh–mehribon Zot. Uncha-muncha gunohingni kechiraveradi. Shuning uchun yoshligingda o'ynab qol. Bemalol aysh-ishrat qilaver. Keksayganingda bitta tavba qilsang, bo'ldi..." deb aldaydi.

Shuning uchun ham Alloh taolo avvalo "dunyo hayoti sizni aldab qo'ymasin"
deb ogohlantiryapti.

@laa_ilaaha_illallohu
#RUHIYAT

📝IBODAT, SABR VA DUO

Omonat dunyoning savdosi g'alat–
Alloh ne'mat berib, so'ng haqqin so'rar.
Inson hayron bo'lib bu holdan faqat,
Allohning O'ziga yolborib turar.

Xolis bir iymonning bahosi uchun
Qanday haq to'lanar, kim bilar buni?
Men iymon keltirdim Haqqa ushbu kun,
Dilimdan yechilib shubha tuguni.

Iymoning badali, shukri ne erur,
Bormikan bilguvchi bu sirni dono?
Bebaho narsani hech o'lchab bo'lmas
Shukri–ibodat-u, sabr hamda duo!

🕊Shahobiddin Odil

@laa_ilaaha_illallohu
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📖📚ҲАСАН БАСРИЙНИНГ ИБРАТИ

У киши бир гуруҳ одамлар билан суҳбатлашиб ўтирганларида, бир одам келиб қурғоқчиликдан шикоят қилибди.
Ҳазрати имом Ҳасан Басрий, истиғфор айтинглар, деб маслаҳат берибдилар.
Иккинчи бир одам келиб, камбағалликдан, учинчиси фарзандсизликдан, тўртинчиси қарздорлигидан ва ҳоказо шикоятлар қилишганда, барчаларига, истиғфор айтинглар, дейишдан бошқа гапни айтмабдилар.
Шунда суҳбатдошларидан Робийеъ ибн Субайҳ ҳазрати Ҳасан Басрийга мурожаат қилиб:
"Эй Имом, сизга турли кишилар турли нарсалардан шикоят қилдилар, сиз эса ҳаммаларига бир хил жавоб бердингиз, бунинг маъноси недур?"–дебди.
Шунда Ҳасан Басрий раҳимаҳуллоҳ жавоб ўрнида "Нуҳ"сурасидаги ушбу оятларни ўқибдилар:

فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّارًا
10. «Роббингиздан мағфират сўранг, албатта, У кўплаб мағфират қилувчидир», – дедим».

يُرْسِلِ السَّمَاءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًا
11. «Шунда устингизга ёмғирни мўл-кўл қилиб юборадир.

وَيُمْدِدْكُم بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّاتٍ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَارًا
12. Ва сизга молу мулк ва бола-чақа ила мадад берадир ва сизларга боғу роғлар қилиб берур ҳамда анҳорлар қилиб берадир".

Бу оятларнинг маъноси шуки, АЛЛОҲ ТАОЛО ИСТИҒФОР АЙТГАН БАНДАСИГА СЎРАГАНИДАН ҲАМ АФЗАЛИНИ БЕРАДИ.


@laa_ilaaha_illallohu
#БИР_ҲАДИС_ШАРҲИ

Ибн Аббос розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:
"Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам:
"Ким истиғфорни лозим тутса, Аллоҳ унга ҳар бир торликдан чиқишни, ҳар бир ғамдан фориғ бўлишни насиб қилади. Ҳамда, уни ўзи ўйламаган жойдан ризқлантиради", дедилар".
(Абу Довуд ва Насаий ривояти)

Ушбу ҳадис истиғфор ҳақидаги оятларни ҳам тушунишимизга ёрдам беради.

ҚАЧОНКИ БАНДА ЎЗИНИНГ ОЖИЗЛИГИНИ, ГУНОҲКОРЛИГИНИ ЭЪТИРОФ ЭТИБ, АЛЛОҲ ТАОЛОГА ТАВБА-ИЛТИЖО ҚИЛСА, ИСТИҒФОР АЙТСА, АЛЛОҲ ТАОЛО УНИНГ ГУНОҲИНИ ҲАМ КЕЧИРАДИ ВА ДИЛИДАН ЎТИБ ТУРГАН
БАРЧА ЭЗГУ ИСТАКЛАРИНИ ҲАМ АМАЛГА ОШИРИБ БЕРАВЕРАДИ.


@laa_ilaaha_illallohu
#РУҲИЯТ

📝 ДУО

Сенинг ҳадянг эрур ҳар бир нафасим,
Юрган-турганимга шукур минг бора.
Қанча кўп бўлмасин орзу-ҳавасим,
Ўлмасдан қолмоққа йўқ асло чора.

Аммо орзуларга етиб дунёда,
Мангу Жаннатни ҳам топмоқлик учун,
Амалга дуони қилиб зиёда,
Йиғлаб ёлбораман Ўзингга тун-кун.

"Дуо қилинг менга, этгум ижобат"–
Қанчалар умидбахш эрур Каломинг,
Бошимга ёғса ҳам бало-ю офат,
Зикр этиб толмайман Муқаддас номинг.

"Дуо ибодатдир", яъни–тоатдир!
Иймоннинг изҳори–ҳамд, сано, дуо!
Банданинг бурчи, бу–итоатдир,
Бўйин товламайди оқиллар асло.

Дуо қилмаганга ғазабинг ҳақдир,
Ғазабингдан мени асрагил, ё Рабб!
Бандангман, неларни қилсанг ҳам тақдир,
Синовни осон қил, ҳолимга қараб!

Қадрим қуллигимда– англадим буни,
Дуо қилмаганнинг қадри йўқ Сенчун.
Аршинг соясидан ул Маҳшар куни
Менга ҳам жой бергил қуллигим учун.

Ўзинг қўлла мени ғамли чоғимда,
Ҳар мушкул дамимда бўл менга паноҳ!
Висолинг насиб эт Фирдавс боғида,
Ё ҒАФФОР, ё РОҲИЙМ, ё ҲАҚҚ, ё АЛЛОҲ!

🕊Шаҳобиддин Одил


@laa_ilaaha_illallohu
Ё РОББАЛ ОЛАМИЙН! Қалбларимиз Ўзингга аён.
Зиғирдек бўлса ҳам иймонимиз борлигини биласан. ЗЕРО, СЕН БАРЧА НАРСАНИ БИЛУВЧИ АЛИЙМ ЗОТСАН!

Сенинг Якка-ю Ягона Илоҳлигинг ҳаққи-ҳурмати, барча гўзал исм-у сифатларингда ўхшашинг ва тенгинг йўқлиги ҳаққи-ҳурмати, бизларни йўқдан бор қилиб, чиройли вужуд, руҳ, ақл, иймон бериб мукаррам этиб қўйганинг ҳаққи-ҳурмати, фақат Ўзингдан илтижо қилиб сўраймиз:
БИЗЛАРНИ НЕ МАҚСАДДА ЯРАТГАН БЎЛСАНГ, ШУНГА МУЯССАР ҚИЛ!


Ё РОББИМ!
Ўй-хаёлларимизнинг, ниятларимизнинг, амалларимизнинг, ризқларимизнинг, оқибатларимизнинг фақат хайрлисини бизларга насиб эт!

Ё РОББИМ!
қалбларимизни Ўзинг ислоҳ қил! Адашсак, тўғри йўлга йўллаб қўй!
Билиб-билмай гуноҳ қилиб қўйсак, кечиргин! Пинҳона айбларимизни ошкор қилиб бизни шарманда қилма! Шундоқ ҳам олдингда уятлимиз, бандаларинг олдида ҳам уятли қилиб қўйма!

Ё АЛЛОҲИМ! БИЗЛАРНИ ЁМОН ЎЙ-ХАЁЛЛАРДАН, БУЗУҚ НИЯТЛАРДАН, НОШАРЪИЙ АМАЛЛАРДАН, ҲАРОМ РИЗҚДАН, ОҚИБАТЛАРИМИЗ ХУНУК ВА АЯНЧЛИ БЎЛИШИДАН ЎЗИНГ ПАНОҲИНГДА АСРА!


ОМИЙН,
Ё РОББАЛ ОЛАМИЙН!

@laa_ilaaha_illallohu
📚📖📚HASAN BASRIYNING IBRATI

U kishi bir guruh odamlar bilan suhbatlashib o'tirganlarida, bir odam kelib qurg'oqchilikdan shikoyat qilibdi.
Hazrati imom Hasan Basriy, istig'for aytinglar, deb maslahat beribdilar.
Ikkinchi bir odam kelib, kambag'allikdan, uchinchisi farzandsizlikdan, to'rtinchisi qarzdorligidan va hokazo shikoyatlar qilishganda, barchalariga, istig'for aytinglar, deyishdan boshqa gapni aytmabdilar.
Shunda suhbatdoshlaridan Robiye' ibn Subayh hazrati Hasan Basriyga murojaat qilib:
"Ey Imom, sizga turli kishilar turli narsalardan shikoyat qildilar, siz esa hammalariga bir xil javob berdingiz, buning ma'nosi nedur?"–debdi.
Shunda Hasan Basriy rahimahulloh javob o'rnida "Nuh"surasidagi ushbu oyatlarni o'qibdilar:

فَقُلْتُ اسْتَغْفِرُوا رَبَّكُمْ إِنَّهُ كَانَ غَفَّارًا
10. «Robbingizdan mag'firat so'rang, albatta, U ko'plab mag'firat qiluvchidir», – dedim».

يُرْسِلِ السَّمَاءَ عَلَيْكُم مِّدْرَارًا
11. «Shunda ustingizga yomg'irni mo'l-ko'l qilib yuboradir.

وَيُمْدِدْكُم بِأَمْوَالٍ وَبَنِينَ وَيَجْعَل لَّكُمْ جَنَّاتٍ وَيَجْعَل لَّكُمْ أَنْهَارًا
12. Va sizga molu mulk va bola-chaqa ila madad beradir va sizlarga bog'u rog'lar qilib berur hamda anhorlar qilib beradir".

Bu oyatlarning ma'nosi shuki, ALLOH TAOLO ISTIG'FOR AYTGAN BANDASIGA SO'RAGANIDAN HAM AFZALINI BERADI.

@laa_ilaaha_illallohu
#BIR_HADIS_SHARHI

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Nabiy sollallohu alayhi vasallam:

"Kim istig'forni lozim tutsa, Alloh unga har bir torlikdan chiqishni, har bir g'amdan forig' bo'lishni nasib qiladi. Hamda, uni o'zi o'ylamagan joydan rizqlantiradi", dedilar".
(Abu Dovud va Nasaiy rivoyati)

USHbu hadis istig'for haqidagi oyatlarni ham tushunishimizga yordam beradi.

QACHONKI BANDA O'ZINING OJIZLIGINI, GUNOHKORLIGINI E'TIROF ETIB, ALLOH TAOLOGA TAVBA-ILTIJO QILSA, ISTIG'FOR AYTSA, ALLOH TAOLO UNING GUNOHINI HAM KECHIRADI VA DILIDAN O'TIB TURGAN
BARCHA EZGU ISTAKLARINI HAM AMALGA OSHIRIB BERAVERADI.

@laa_ilaaha_illallohu
#RUHIYAT

📝 DUO

Sening hadyang erur har bir nafasim,
Yurgan-turganimga shukur ming bora.
Qancha ko'p bo'lmasin orzu-havasim,
O'lmasdan qolmoqqa yo'q aslo chora.

Ammo orzularga yetib dunyoda,
Mangu Jannatni ham topmoqlik uchun,
Amalga duoni qilib ziyoda,
Yig'lab yolboraman O'zingga tun-kun.

"Duo qiling menga, etgum ijobat"–
Qanchalar umidbaxsh erur Kaloming,
Boshimga yog'sa ham balo-yu ofat,
Zikr etib tolmayman Muqaddas noming.

"Duo ibodatdir", ya'ni–toatdir!
Iymonning izhori–hamd, sano, duo!
Bandaning burchi, bu–itoatdir,
Bo'yin tovlamaydi oqillar aslo.

Duo qilmaganga g'azabing haqdir,
G'azabingdan meni asragil, yo Rabb!
Bandangman, nelarni qilsang ham taqdir,
Sinovni oson qil, holimga qarab!

Qadrim qulligimda– angladim buni,
Duo qilmaganning qadri yo'q Senchun.
Arshing soyasidan ul Mahshar kuni
Menga ham joy bergil qulligim uchun.

O'zing qo'lla meni g'amli chog'imda,
Har mushkul damimda bo'l menga panoh!
Visoling nasib et Firdavs bog'ida,
Yo G'AFFOR, yo ROHIYM, yo HAQQ, yo ALLOH!

🕊Shahobiddin Odil

@laa_ilaaha_illallohu
YO ROBBAL OLAMIYN! Qalblarimiz O'zingga ayon.
Zig'irdek bo'lsa ham iymonimiz borligini bilasan. ZERO, SEN BARCHA NARSANI BILUVCHI ALIYM ZOTSAN!

Sening Yakka-yu Yagona Ilohliging haqqi-hurmati, barcha go'zal ism-u sifatlaringda o'xshashing va tenging yo'qligi haqqi-hurmati, bizlarni yo'qdan bor qilib, chiroyli vujud, ruh, aql, iymon berib mukarram etib qo'yganing haqqi-hurmati, faqat O'zingdan iltijo qilib so'raymiz:
BIZLARNI NE MAQSADDA YARATGAN BO'LSANG, SHUNGA MUYASSAR QIL!

YO ROBBIM!
O'y-xayollarimizning, niyatlarimizning, amallarimizning, rizqlarimizning, oqibatlarimizning faqat xayrlisini bizlarga nasib et!

YO ROBBIM!
qalblarimizni O'zing isloh qil! Adashsak, to'g'ri yo'lga yo'llab qo'y!
Bilib-bilmay gunoh qilib qo'ysak, kechirgin! Pinhona ayblarimizni oshkor qilib bizni sharmanda qilma! Shundoq ham oldingda uyatlimiz, bandalaring oldida ham uyatli qilib qo'yma!

YO ALLOHIM! BIZLARNI YOMON O'Y-XAYOLLARDAN, BUZUQ NIYATLARDAN, NOSHAR'IY AMALLARDAN, HAROM RIZQDAN, OQIBATLARIMIZ XUNUK VA AYANCHLI BO'LISHIDAN O'ZING PANOHINGDA ASRA!

OMIYN,
YO ROBBAL OLAMIYN!

@laa_ilaaha_illallohu
📚📖📚ЖУМА ИБОДАТ БАЙРАМИ

Жумани кимдир байрам эмас деса, оғир гуноҳни бўйнига олган бўлади. Чунки, бу ҳақида саҳиҳ ҳадис бор.

#БИР_ҲАДИС_ШАРҲИ

Ҳузайфа розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади:

«Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам шундай дедилар:

«Аллоҳ биздан олдингиларни жумадан адаштирди. Шанба куни яҳудийларга, якшанба куни насронийларга бўлди. Кейин Аллоҳ бизни келтириб, бизни жума кунига ҳидоят қилди. Шундай қилиб, жума, шанба, якшанба(б
айрам кунлари) қилди. Худди шунингдек, Қиёмат куни ҳам улар биздан кейиндир. Биз дунё аҳли орасида охиргилармиз, Қиёмат куни халойиқдан олдин ҳукм қилинадиган аввалгилармиз».
(Имом Муслим ривояти)

Жума куни мусулмонлар учун байрам эканига шу ҳадис далил бўла олади. Аммо, жума билан табриклаш маъносида биргина сўз ҳам йўқ бу ерда.

Қолаверса, бошқа кўплаб саҳиҳ ҳадисларда жума кунини кўпроқ ибодат билан: зикр, саловот, дуо, хайрли ишлар билан ўтказиш тарғиб қилинади.

Жума кунининг фазли ҳақидаги оятларни ва ҳадисларни ўрганиб чиққан уламоларимиз: "ЖУМА ИБОДАТ КУНИДИР. УНИНГ БАЙРАМЛИГИ АЙНАН ИБОДАТ БИЛАН", дейдилар.


📚📖📚JUMA IBODAT BAYRAMI

Jumani kimdir bayram emas desa, og'ir gunohni bo'yniga olgan bo'ladi. Chunki, bu haqida sahih hadis bor.

#BIR_HADIS_SHARHI

Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

«Alloh bizdan oldingilarni jumadan adashtirdi. Shanba kuni yahudiylarga, yakshanba kuni nasroniylarga bo'ldi. Keyin Alloh bizni keltirib, bizni juma kuniga hidoyat qildi. Shunday qilib, juma, shanba, yakshanba
(bayram kunlari) qildi. Xuddi shuningdek, Qiyomat kuni ham ular bizdan keyindir. Biz dunyo ahli orasida oxirgilarmiz, Qiyomat kuni xaloyiqdan oldin hukm qilinadigan avvalgilarmiz».
(Imom Muslim rivoyati)

Juma kuni musulmonlar uchun bayram ekaniga shu hadis dalil bo'la oladi. Ammo, juma bilan tabriklash ma'nosida birgina so'z ham yo'q bu yerda.

Qolaversa, boshqa ko'plab sahih hadislarda juma kunini ko'proq ibodat bilan: zikr, salovot, duo, xayrli ishlar bilan o'tkazish targ'ib qilinadi.

Juma kunining fazli haqidagi oyatlarni va hadislarni o'rganib chiqqan ulamolarimiz: "JUMA IBODAT KUNIDIR. UNING BAYRAMLIGI AYNAN IBODAT BILAN", deydilar.

@laa_ilaaha_illallohu
Аллоҳнинг зикрига
шошилинг ва савдони қўйинг
📚📖📚ЖУМА НАМОЗИНИНГ ФАРЗЛИГИ ОЯТ БИЛАН СОБИТДИР

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِن يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

📚📖📚Эй, иймон келтирганлар! Жума кунидаги намозга чорланган пайтда Аллоҳнинг зикрига шошилинг ва савдони қўйинг. Агар билсангиз, ана шу ўзингиз учун яхшидир.

("Жумуъа" сураси, 9-оят)

📚📖📚JUMA NAMOZINING FARZLIGI OYAT BILAN SOBITDIR

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا إِذَا نُودِيَ لِلصَّلَاةِ مِن يَوْمِ الْجُمُعَةِ فَاسْعَوْا إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ وَذَرُوا الْبَيْعَ ذَلِكُمْ خَيْرٌ لَّكُمْ إِن كُنتُمْ تَعْلَمُونَ

📚📖📚Ey, iymon keltirganlar! Juma kunidagi namozga chorlangan paytda Allohning zikriga shoshiling va savdoni qo'ying. Agar bilsangiz, ana shu o'zingiz uchun yaxshidir.
("Jumu'a" surasi, 9-oyat)

@laa_ilaaha_illallohu
2024/05/23 20:52:59
Back to Top
HTML Embed Code: