Telegram Web Link
Avstraliyaning chekka bir qishlog‘i uchun shifokor qidirilmoqda ekan. U yerda ishlashni xohlagan shifokorga yillik 680 ming Avstraliya dollarigacha (taxminan 428 ming AQSh dollari) miqdorida maosh, bepul uy-joy va avtomobil taklif qilinmoqda.

500 nafar aholi yashaydigan bu manzildagi yagona shifokor yaqinda o‘z lavozimini tark etgan. Ushbu qishloqqa eng yaqin yirik shaharga yetib olish uchun yetti soat vaqt ketadi. Potensial nomzod jazirama issiq va tropik hasharotlarga ham chiday olishi kerak.

@lazizhamidov
Bugun 1-aprel, ushbu yangi oyidan boshlab O‘zbekistonda turli xil huquqiy hujjatlar kuchga kirdi. Natijada qanday o‘zgarishlar yuz berganiga qiziqib ko‘rdim:

— 1-apreldan mamlakatda isitish mavsumida tabiiy gaz uchun joriy qilingan 500 kub metrlik bazaviy me’yor 100 kub metrga tushiriladi.

— Kambag‘al oilalarga ayrim xarajatlari uchun 11,25 mln so‘mgacha subsidiya beriladi.

— Soliq organlari xodimlari tomonidan ularga biriktirilgan korxonalar yoki mahallalardagi tadbirkorlar faoliyatidagi tekshiruvlar yangi tartibda amalga oshiriladi.

— Retseptsiz beriladigan dorilarga nisbatan cheklangan ustama narxi bekor qilinadi.

— Chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklariga QQSning 50%i qaytarish tartibi joriy etiladi.

— Farmatsevtika mahsulotlari savdosi bilan shug‘ullanuvchi yoki tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar daromadlaridan qat’i nazar qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lashadi.

— Oliy ta’lim muassasalarning IT-sohasidagi fan nomzodi, falsafa doktori (PhD) yoki fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan xorijlik professor-o‘qituvchilariga “IT-visa” beriladi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda vaqtinchalik ishsizlarga nafaqa to‘lanishini bilasizmi?

"Aholi bandligi to‘g‘risida"gi qonunga ko‘ra, ishsiz deb tan olingan shaxsga ishsizlik nafaqasi mahalliy mehnat organida ish qidirayotgan shaxs sifatida ro‘yxatga olingan birinchi kundan e’tiboran hisoblanadi va to‘lanishi kerak.

Ushbu nafaqani olish uchun onlayn ariza berish mumkin: ariza uchun havola

@lazizhamidov
Rossiyada 1-apreldan migrantlar uchun qator o‘zgarishlar kuchga kirdi. Bu o‘zgarishlar ichida o‘zbekistonliklar uchun eng muhimi O‘zbekistonda olingan haydovchilik guvohnomasi bilan Rossiyada avtomobil haydashni taqiqlagani bo‘libdi.

Shuningdek, Test sinovisiz O'zbekistonlik bolalar maktabga qabul qilinmaydi. Migrantlarning farzandlari endi maktabga kirish uchun rus tilidan imtihon topshirishi kerak. Birinchi sinf o‘quvchilari faqat og‘zaki suhbatdan o‘tadi. Qolganlari esa og‘zaki va yozma. O‘quvchilar 5 balldan kamida 3 ball olishi kerak. Qayta imtihon topshirish 3 oydan keyin bo‘lib o‘tadi.

@lazizhamidov
Forbes dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ilk bor O‘zbekiston vakili sifatida Alisher Usmonovni kiritdi. Avval Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatilardi. Usmonovning boyligi 16,7 mlrd dollarga yetib, u boylar orasida 125-o‘ringa ko‘tarildi.

Alisher Usmonov 2022-yildan beri Toshkentda yashab kelmoqda, ehtimol shuning uchun Forbes uni endi O‘zbekiston tadbirkori sifatida ko‘rsatmoqda.

@lazizhamidov
2024-yilda eng yirik oltin eksport qilgan davlatlar. O‘zbekiston 12-o‘rinda.

Fevral oyining o'zida O‘zbekiston qariyb 1,7 mlrd dollarlik oltin eksport qildi. O'tgan yili esa umumiy eksportimizning 27,8 foiz oltin hissasiga to'g'ri kelgan.

Bugun oltin narxi birinchi marta 3 148 dollardan sotilmoqda. Bu tarixiy rekord ko'rsatkich. Oltin narxi qancha ko'p oshsa shuncha ko'p daromad qilamiz.

Jahon oltin kengashi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 119,6 tonna oltin ishlab chiqarilgan.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda mart oyida eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxati.

Fevral oyiga nisbatan asosiy o‘zgarish shundaki, ilgari reytingda yuqori o‘rinlarda bo‘lgan Xitoy marketpleysi Temu bloklangandan keyin mart oyida keskin pasayib, ro‘yxatdan tushib qoldi.

Uning o‘rnini Google Play platformasida ChatGPT, App Storeda esa Threads egalladi. Ayniqsa Threads ilovasi O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qiziqishning yana-da ortib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Bu ro‘yxatga qarab O‘zbekistonda eng ko‘p nimalarga ehtiyoj oshib borayotganligini tahlil qilish, yangi startap ishlab chiqaruvchilari yoki mablag‘ini qayerga investitsiya qilishni o‘ylab yurganlar uchun qimmatli ma’lumotlar olish mumkin.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Forbes dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ilk bor O‘zbekiston vakili sifatida Alisher Usmonovni kiritdi. Avval Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatilardi. Usmonovning boyligi 16,7 mlrd dollarga yetib, u boylar orasida 125-o‘ringa ko‘tarildi. Alisher Usmonov…
Reytingda dastlab mamlakati O‘zbekiston sifatida qayd etilgan Alisher Usmonov so‘nggi yangilanishda yana Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Odatda mamlakat bo‘limidagi o‘zgarishlar ishbilarmonlar vakillarining talabiga binoan kiritadi.

@lazizhamidov
Infografika: Bir kilogram palov tayyorlash qaysi hududda necha pulga tushishi hisoblab chiqilibdi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda boy aholini soliqqa tortishning alohida tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda ekan.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev eng yuqori daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliqlarni to‘lash va undirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, yangi elektron tizimni ishlab chiqish uchun Soliq qo‘mitasiga taxminan yana bir yil kerak bo‘ladi.

Tizim nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda olingan daromadlarni ham soliqqa tortishni nazarda tutadi deb aytilgan.

@lazizhamidov
Yaxshi xabar. O‘zbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi kutilmoqda.

Kecha Germaniyalik mutaxassislar bilan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va kollejlarini Germaniya Ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

ANABIN — Germaniya Ta’lim va tadqiqot vazirligining xorijiy diplomlar va ta’lim muassasalarini tan olish bo‘yicha rasmiy axborot tizimi hisoblanadi. Agar ANABIN tizimiga ulansak, o‘zbekistonliklar Germaniyada yana ham osonroq ishga joylashishi mumkin.

@lazizhamidov
Tramp barcha davlatlarga bazaviy 10 foizlik boj solinishini e’lon qilganida, bu ro‘yxatga tasodifan Heard va Makdonald orollari ham kirib qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu orollarda faqat pingvinlar yashaydi — birorta ham odam yo‘q)

@lazizhamidov
Toshkent markazida yuk transporti harakati 4-apreldan 9-aprelgacha to‘liq cheklanadi ekan.

@lazizhamidov
“Kuryerni bir kuni”

@lazizhamidov
Rossiyada tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida bolalar buyumlarini davlat tomonidan ijaraga berish boshlanibdi.

Ma'lumot uchun, Rossiyada o'tgan yili atigi 1,2 million bola tug‘ilgan — bu undan oldingi yilga nisbatan 3,4 foizga kam. Boshqacha aytganda 1999-yildan beri eng past ko‘rsatkich. Agar 1990-yillar statistikasi bo‘yicha hisoblab, Checheniston va anneksiya qilingan Qrim ma’lumotlarini chiqarib tashlansa, bu oxirgi 200 yildagi eng past tug‘ilish darajasi hisoblanadi.

@lazizhamidov
Eng mashhur yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun to'lanadigan "shtraf"lar ayni vaqtda qanchaligi borasida qiziqib ko'rdim:

— Xavfsizlik kamarini taqmaslik – 187 500 so‘m;

— Texnik ko‘rikdan o‘tmaslik yoki dori qutisining yo‘qligi – 187 500 so‘m;

— Haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarish – 375 000 so‘m;

— Sug‘urtasiz avtomobil boshqarish – 375 000 so‘m;

— Svetaforning qizil chirog‘ida harakatlanish – 750 000 so‘m;

— Noto‘g‘ri joyda avtomobil to‘xtatish (parkovka) – 750 000 so‘m;

— Avtomobil boshqarayotganda telefonda gaplashish – 1 125 000 so‘m;

— Davlat raqamisiz avtomobil boshqarish – 1 875 000 so‘m;

— Belgilangan tezlikni 20 km/soatdan oshirish – 375 000 so‘m;

— Qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanish – 3 750 000 so‘m;

— Mast holatda avtomobil boshqarish – 9 375 000 so‘mgacha yoki 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;

— Ruxsatsiz tonirovka – 9 375 000 so‘m.

@lazizhamidov
Tramp tomonidan qo'yilgan bojlar dunyodagi barcha narsaning narxiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shuni oddiy usulda iPhone narxiga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqamiz:

Agar ilgari iPhone umumiy hisobda 549,73 dollarga tushgan bo'lsa, endilikda yangi tariflar sababli bu narx 846,59 dollarga chiqmoqda.

Ya'ni, qurilmaning avvalgi narxiga taxminan 300 dollar qo'shishingizga to'g'ri keladi.

@lazizhamidov
Turkiyaning Anadolu Group xolding kompaniyasi O'zbekistondan SamAuto kompaniyasining ustav kapitalidagi 75,2 foizlik davlat ulushini sotib olish taklif qilibdi.

@lazizhamidov
O‘zbekiston va Vetnam o'zaro vizasiz tartib joriy etishni rejalashtirmoqda ekan.

Kecha Shavkat Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiyani bilan uchrashuvda vizasiz tartib joriy etish masalasi muhokama qilingan.

Hozircha O‘zbekiston fuqarolari Vetnamga elektron viza (e-Visa) asosida kirishlari mumkin.

@lazizhamidov
ChatGPT endi O‘zbekistonda soliq to‘laydi ekan.

Amerikalik texnologik gigant — OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tdi. Uning eng mashhur mahsuloti — ChatGPT — yurtimizda keng ommalashgan bo‘lib, minglab o'zbekistonliklar undan foydalanmoqda. Oxirgi oylarda ChatGPT O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxatida doimiy ravishda 1–2-o‘rinlarni egallab kelayotgan edi.

@lazizhamidov
2025/07/09 05:36:20
Back to Top
HTML Embed Code: