Telegram Web Link
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
👤Har bir g‘oya e’tiborga loyiq, har bir yosh avlod imkoniyatga munosib

AloqaBank bugun bu shunchaki tijorat banki emas. Balki g‘oyalariga ishongan, biznes orzularni haqiqatga aylantiruvchi kuch. Yoshlar banki: yangicha ruh, yangi missiyasi. Endi AloqaBank — bu ilhom, qo‘llab-quvvatlovchi hamrox va startaplar uchun mustahkam moliyaviy asos hisoblanadi.

Kelajak bugundan boshlanadi, g‘oyalaringiz biz bilan qadrlanadi!

Telegram | Facebook | Instagram | Sayt | YouTube

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eron fuqarolariga O‘zbekistonga vizasiz kirishi masalasi ko‘rib chiqilmoqda ekan.

Ayni vaqtda o‘zbekistonliklar Eronga yiliga ikki marta ikki haftaga sayyoh sifatida vizasiz borishi mumkin.

@lazizhamidov
2020-yil sentabr oyida ochilgan yerusti metro yo‘lida prokuratura tomonidan qator kamchilik va xatolar aniqlanibdi.

14 ta bekatni o‘z ichiga olgan butun liniya vaqtincha yopilgan. 2025-yil yoz davomida “rejali profilaktika ishlari” olib borilmoqda.

@lazizhamidov
Trolleybusga boshqa chiqmasam kerak, deb o’ylagan edim, yo’q, chiqarkanman 😅

Bratislava. Slovakiya.

@lazizhamidov
Qirg‘izistonda davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha yangi qonun qabul qilibdi. Endi deputatlar, amaldorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va sudyalar qirg‘iz tilini bilishi shart ekan bo‘lmasa jarimaga tortiladi deyishmoqda.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Qirg‘izistonda davlat tilini rivojlantirish bo‘yicha yangi qonun qabul qilibdi. Endi deputatlar, amaldorlar, huquq-tartibot idoralari xodimlari va sudyalar qirg‘iz tilini bilishi shart ekan bo‘lmasa jarimaga tortiladi deyishmoqda. @lazizhamidov
Bundan tashqari, endi qirg‘iz tilini bilmaslik mamlakatda yashash uchun ruxsatnoma berilishiga rad javobi uchun asos bo‘ladi ekan.

Hozirda Qirg‘iziston aholisi 7 million atrofida, ularning katta qismii rus tilida gaplashadi. Rus tili kundalik muloqotda keng qo‘llaniladi. Respublika qonunchiligiga ko‘ra, qirg‘iz tili davlat tili hisoblanadi, rus tili esa rasmiy maqomga ega lekin davlat tili emas.

Avvalroq Qirg‘izlar davlat madhiyasini ham sovet davrini eslatmasligi uchun o‘zgartirishga qaror qilgan edi. Hozirda madhiyaning yangi matni va musiqasi uchun tanlov o‘tkazilmoqda.

Bu — Ukrainaga qarshi Rossiyaning keng ko‘lamli tajovuzi boshlanganidan keyin milliy identifikatsiyani ilgari surishni boshlagan beshinchi postsovet davlati bo'lib turibdi.

@lazizhamidov
Mutaxassislar Toshkent, Ostona va Bishkekda ichimlik suvi sifatini solishtirib chiqibdi. Har uchala shaharda ham ifloslanish va eskirgan infratuzilma bilan bogʻliq muammolar aniqlangan.

Toshkentda eskirgan tarmoqlar va sanoat chiqindilari tufayli xavflar mavjud. Ostonada suvning 60 foizi qishloq xo‘jaligi oqavalari ta’siriga uchraydigan ochiq manbalardan olinadi, bu esa ammiak va nitratlar me’yordan oshishiga olib kelgan. Bishkekda ham suv quvurlarining qariyb yarmi saraton kasalligini qo‘zg‘atishi mumkin bo‘lgan asbestosementdan yasalgan.

Mutaxassislar bu shaharlarda kran suvi faqat qaynatilgach yoki filtrlangach ichishga yaroqli, degan xulosaga kelishgan.

@lazizhamidov
Bratislava g’arbiy va shimoliy Yevropa shaharlaridan ancha farq qilar ekan, aynan iqtisodiy va ijtimoiy ularchalik rivojlanmagandek tuyildi. Lekin baribir jamoat transporti yaxshi yo’lga qo’yilgan ekan. Butun shahar haqida bir nima deya olmayman, lekin ko’chada tramvay, trolleybuslar tinimsiz yuribdi. Mana bu suratni tasodifan tushirdim. Shuni o’zi jamoat transporti haqida ko’p narsani aytib turibdi.

Bizga ham Toshkentga shunday jamoat transporti yo’lga qo’yib beringlar.

@lazizhamidov
Aytgancha, Yevropadagi sayohatim davomida bu safar shaharlararo faqat Flixbus degan avtobuslar tarmog’ida yuribman.

Venadan (Avstriya) Bratislavaga (Slovakiya) shu avtobusda keldim, zo’r ekan, hech qachon yurmagan edim.

Vena - Bratislava 9 yevro;
Bratislava - Budapesht 25 yevro.

Menda o’zi aniq reja yo’q edi, chiptalarni 1 kun avval olyapman, agar samolyotga 1 kun avval olaman desam, xuddi shu yo’nalishlar 250-400 yevro oralig’ida bo’lyapti va uchish vaqti ham 15-25 soat oralig’i bo’lib ketyapti. Xullas, shaharlararo avtobuslarni o’zim uchun kashf etdim.

@lazizhamidov
davletovuz
Fitch Ўзбекистоннинг чет эл валютасидаги суверен кредит рейтингини “BB-“дан “BB” барқарор прогнозига ўзгартирди.

Пул-кредит сиёсати, хусусийлаштириш дастурлари ҳамда давлат институтлари фаолиятининг шаффофлигини кучайтиришга қаратилган ислоҳотлар бундай хулосага замин яратган. 2024 йилда энергия тарифларини эркинлаштириш ва субсидиялар тизимини ислоҳ қилиш кутилаётганидан юқори молиявий натижаларни берди.
O'zbekiston qayerda?

Fitch O‘zbekistonning chet el valyutasidagi suveren kredit reytingini “BB-“dan “BB” barqaror prognoziga o‘zgartiribdi. Iqtisodiyotimiz uchun yaxshi xabar. Lekin bu moliyaviy reyting agentliklarining baholari nimani anglatishini ko'pchilik bilmasa kerak.

Fitch, S&P va Moody’s — davlatlar va kompaniyalar moliyaviy barqarorligini baholaydi. Ular reyting tizimlaridan foydalanib, investorlarga ishonch darajasini bildiradi.

INVESTITSION DARAJA:

AAA — Eng yuqori ishonch, moliyaviy xavf deyarli yo‘q;
AA+ / AA / AA− — Juda yuqori sifat. Ishonchli.
A+ / A / A− — Barqaror, lekin iqtisodiy o‘zgarishlarga sezgir;
BBB+ / BBB / BBB− — Investitsiyaga yaroqli, ammo noaniqlik bo‘lsa, salbiy ta’sir etishi mumkin.

SPEKULYATIV DARAJA:

❗️BB+ / BB / BB− — Nisbatan ishonchli, lekin xavf yuqori;
❗️B+ / B / B− — Xavf darajasi baland, to‘lovga shubha bor;
❗️CCC+ / CCC / CCC− — Juda yuqori xavf, bankrotlik ehtimoli katta;
❗️CC — Deyarli to‘lay olmaydi;
❗️C — So‘nggi bosqich, to‘lovga qodir emas;
❗️D — Rasmiy ravishda to‘lay olmaydi (bankrot)

O‘zbekistonning reytingi: “BB”

– Yaxshi emas, yomon ham emas — o‘rtacha.
– Investitsiya qilish mumkin, lekin xavf bor.
– Hozircha barqaror: reyting o‘zgarishi kutilmaydi.

Oddiy til bilan aytganda: Agar siz investor bo‘lsangiz, O‘zbekistonda pul tikishdan oldin ikki marta o‘ylaysiz. Bozor bor, imkoniyat bor, lekin kafolat yo‘q. Yaxshi xabar esa bu reytingni yaxshilash o‘zimizga bog‘liq. Qanchalik ochiq, barqaror va ishonchli bo‘lsak — reyting ham, sarmoya ham ko‘tariladi.

@lazizhamidov
Polsha dushanbadan boshlab 4 kunlik ish haftasiga bosqichma-bosqich o‘tishni boshlaydi ekan. Kompaniyalar xohlasa 5 kunlik tartibda qolishlari mumkin, biroq bu holda ish vaqti 6 soatgacha qisqartiriladi yoki dam olish kunlari ko‘paytiriladi.

Yangi tizim orqali polshaliklar shaxsiy rivojlanish, oilaviy hayot sifati va tug‘ilishlar soni ortishiga erishamiz deb ishonmoqda.

Ta’kidlash joizki, Polsha aholisi soni O‘zbekistonnikiga yaqin, ammo ularning iqtisodiyoti 9 baravar katta.

@lazizhamidov
1
Ozarbayjon hukumati Rossiya rasmiylari yoki fuqarolari tomonidan tashkil etiladigan(Ozarbayjonda) barcha madaniy tadbirlarni – konsertlar, teatr spektakllari, ko‘rgazmalar, festival va boshqa anjumanlarni bekor qilibdi.

Ozarbayjon Madaniyat vazirligi bu qarorni Rossiyaning Ekaterinburg shahrida ozarbayjon millatiga mansub fuqarolarga nisbatan "etnik belgisi bo‘yicha qasddan qilingan zo‘ravonlik va o‘ldirish holatlari" bilan izohlagan.

Mamlakat Rossiyada Ozarbayjon fuqarosiga bo’lgan munosabatni qattiq qabul qilmoqda va buni yetarli ohangda bildirmoqda.

@lazizhamidov
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqa munosabat bilan odamlar bezor bo’lib, shaxsiy mashina olishga yanada qattiq bel bog’laydi, natijada shahar yanada battarroq tirbandlikka uchraydi, deyapti muallif. Eng yomon jamoat transportini topibdi.

@lazizhamidov
UzAuto Motors foydasi keskin tushib ketibdi.

@lazizhamidov
1
O‘zbekistonliklarning 39 foizi jamg‘arma qilmagan ekan.

O‘zbekiston Markaziy banki va Osiyo taraqqiyot banki 2025-yil yanvar–fevral oylarida 6 ta hududda o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, respondentlarning 39 foizi oxirgi bir yilda umuman jamg‘arma qilmagan.

Jamg‘armasi yo‘qligini bildirganlar orasida: 60 yoshdan oshganlar – 47 foiz. Yoshlar – 30 foiz. Ayollar orasida bu ko‘rsatkich 41 foiz, erkaklarda – 37 foiz.

So‘rovda qatnashganlarning 30 foizi o‘tgan yilda qarz olgan, biroq faqat 12 foizi rasmiy manbalardan foydalangan. Ishlilarning 26 foizi, ishsizlarning esa 7 foizi qarz olgan.

Iqtisodchi Otabek Bakirov Osiyo taraqqiyot banki moliyaviy ommaboplik darajasini baholash bo‘yicha hisobotini tahlil qilib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tibdi.

"Moliyaviy savodxonlik yuqori emasligining asosiy sababi pulning (daromadlarning) o‘zi yo‘qligida. Pul paydo bo‘lishi (daromadlar o‘sishi) bilan har qanday individning qaror qabul qilishdagi savodxonligi oshib boraveradi.

Bugun topgan daromadini bugun ishlatadigan, oylikdan oylikka, pensiyadan pensiyaga uchma-uch qadab yashaydigan o‘zbekistonliklar uchun chaqiriqlar ishlamaydi."

@lazizhamidov
Bugun 1-iyul, ushbu yangi oyidan boshlab O‘zbekistonda turli xil huquqiy hujjatlar kuchga kirdi. Natijada qanday o‘zgarishlar yuz berganiga qiziqib ko‘rdim:

— Pensiyalar va nafaqalar 10 foizga oshiriladi. Minimal yoshga doir pensiya – 918 000 so‘mgacha, nogironlik bo‘yicha minimal pensiya – 1 012 000 so‘mgacha oyiga. Bolalar nafaqalari: 0–3 yosh – 360 000 so‘mgacha, 3–18 yosh – 275 000 so‘mgacha; ikkinchi farzand uchun +165 000 so‘m, uchinchi va keyingi farzandlar uchun +110 000 so‘mgacha.

— Kam ta’minlangan oilalarga oyma-oy 420 000 so‘m moddiy yordam berilishi boshlanadi.

— Endi ichki aviareyslar uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarning elektron varianti bilan ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

— Uy sotib olishda eskrou (escrow) tizimi joriy etiladi. Xaridor mablag‘lari maxsus bank hisobida saqlanadi, quruvchi kamida 30 foiz ish bajarilgachgina to‘lov oladi.

— Tibbiyot xodimlariga murakkab protseduralar uchun 25–10 foizgacha qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi. Bu qo‘shimchalar operatsiyaning murakkabligi va bemor holatiga qarab belgilanadi ekan.

@lazizhamidov
2025/07/13 04:45:11
Back to Top
HTML Embed Code: