Aytishlaricha, iPhone 17 dizaynida katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin ekan. Apple bu safar orqa tomondagi logotipni pastroqqa tushirishga majbur bo‘libdi — sabab: yangi, ancha katta kamera paneli.
Ijtimoiy tarmoqdagi izohlarga ko‘ra bu yangilik ko‘pchilikka yoqmagan. Insonlar logotipning joylashuvi va telefonning umumiy ko‘rinishini “g‘alati” va “Apple’ga yarashmaydigan” deb baholayapti.
@lazizhamidov

Aytgancha, shu narsani saqlab qo’ying o’rtoqlar
Escrow — bu oraliq vositachi orqali xavfsiz to‘lov tizimi bo‘lib, ikki tomon (xaridor va sotuvchi) o‘rtasidagi bitimni himoyalash uchun ishlatiladi.
🔐 Oddiy qilib aytganda:
Escrow — bu pul (yoki hujjat, aktiv) vaqtincha uchinchi tomon — ishonchli vositachi (odatda onlayn platforma yoki bank) huzurida saqlanadigan tizimdir.
👉 Xaridor pulni to‘laydi → pul escrow hisobida “muzlatiladi”
👉 Sotuvchi mahsulot yoki xizmatni yetkazadi
👉 Xaridor rozilik bildirgach, pul sotuvchiga o‘tkaziladi

Agar balki qo‘lga tushib qolmaganida lavozimidan bo‘shamas edi. 100 dan ortiq jarimaning bekor qilinishi — katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Biroq bu, aslida, qonunga hurmatsizlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilishdan boshqa narsa emas.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
Aytgancha, mundoq o'ylab qarasa, istalgan viloyatni, istalgan "GAI"sining rahbari yuzlab jarimalarni ro'yhatdan o'chirib yoki o'chirtirib yuborish imkoniyati borligini o'zi ham kattagina korrupsiya uchun "darcha" ochib bera oladigan tizim ekan-a?
Shuni masalan umuman o'chirib yuborib bo'lmaydigan, yagona, bitta tizim qilib qo'ysa bo'lmasmikan. Masalan jarimaga tushdingiz va buni umuman o'chirib bo'lmaydi, online ko'rinib turasiz, jarima to'lovini amalga oshirganingizdagina jarima ro'yhatidan o'chasiz. Shunaqa qilib qo'yishsin)
https://www.tg-me.com/muhrim2022/4742

Telegram
A’zamxo‘jayev / Аъзамхўжаев
Farg‘ona viloyat “GAI”sining rahbari oxiri ishdan olinibdi. Xotinining o‘nlab jarimalarini bekor qilib yuborgan, deyishayotgandi.
Tashqi qarz bo‘yicha O‘zbekiston qancha foiz to‘lov qilayotganini bilasizmi?
2025-yilning birinchi choragida mamlakatimizning yalpi tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi. Shundan 35,8 milliard dollari davlat qarzi, qolgan 32,6 milliard dollari esa korxonalarga tegishli. Eng qiziq tomoni — bu qarz uchun qancha foiz to‘lanayotgani.
Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning I choragida tashqi qarz bo‘yicha jami 881 million dollar foiz to‘lovi amalga oshirilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga, ya’ni 98 million dollarga ko‘p. Hatto 2024-yilning oxirgi choragiga qaraganda ham 25,3 million dollarga ortgan.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozishlaricha 3 nafar vatandoshimiz Koreya ko‘chalarida, odam gavjum joyda yo‘lni o‘rtasiga dasturxon solib osh yeyishayotgan ekan.
Keyin nega Koreya bizga viza bermaydi, yoki ko'p "otkaz" beryapti, deb yurishadi. Nahot bu faxrlanadigan emas, uyaladigan, sharmanda harakat ekanligini tushunishmaydi bular. Baraka topkurlar, bu ishingiz bilan ham o‘zingizga, ham boshqa vatandoshlaringizga ziyon qilyapsiz. Deport qilvorish kerak bunaqa ahmoqlarni. Juda jonga tegdi. Uzr albatta...

1
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina, Avstraliya vizalarini olish tartibi soddalashtirilishi mumkin ekan.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
Aytishlaricha, 11-iyuldan boshlab O‘zbekistonda qog‘oz shaklidagi IELTS imtihonlari rasman to‘xtatiladi ekan. Endi faqat kompyuterda topshiriladigan IELTS (IELTS on Computer) formati mavjud bo‘ladi.
O‘zi avval ham yozgandim, so‘nggi oylarda IELTS imtihonlarining qog‘oz shaklidagi formatida javoblar "qo‘lga chiqib ketgani" kuzatilgandi.

Kiberxavfsizlik sohasidagi taniqli kompaniyalardan biri Group-IB 10 minglab o‘zbekistonliklarlarni chuv tushirgan zararli ilova haqida xabar beribdi.
Firibgarlar Telegram orqali go‘yoki "Moliyaviy yordam", "Prezidentdan sovg‘a" kabi nomlar bilan ".apk" formatli fayllarni tarqatmoqda ekan.
Ular foydalanuvchilarga ushbu ilovani o‘rnatib, telefon raqami va bank kartasi ma’lumotlarini kiritgandan so‘ng, 1 oy ichida moddiy yordam o‘tkazib berilishiga ishontirmoqchi bo‘lishadi.
Ilovani o‘rnatib, karta ma’lumotlaringizni kiritganingizdan keyin esa tamom — firibgarlarning tuzog‘iga ilinasiz. Ehtiyot bo‘ling!

Ushbu yilning ikkinchi choragi O‘zbekiston startaplari uchun muvaffaqiyatli kechibdi — Bu davrda O‘zbekiston startaplari jami 14 million dollar miqdorida 32 ta bitim orqali sarmoya jalb qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Eng yirik mablag‘ni, albatta, BILLZ oldi — 9 million dollar. Bu O‘zbekistonda kamyob bo‘lgan strategik investitsiya bo‘ldi: TBC Bank butun kompaniyani emas, balki nazorat paketini sotib oldi. Mablag‘ esa kompaniya rivojiga yo‘naltiriladi. Bu haqida Lolazor podcastida ham gaplashib o‘tgan edik.
Investorlar orasida eng faol o‘yinchi — Aloqa Ventures. U 18 ta startapga jami 885 ming dollar sarmoya kiritdi. Ular orasida AliPos (70 ming dollar), YorYor (20 ming), EduCompass (10 ming), Deepen (100 ming), Romchi (50 ming) va ONvision (15 ming) kabi loyihalar bor.
Sarmoya hajmi bo‘yicha esa IT Park Ventures yetakchilik qildi — 5 ta startapga 1,5 million dollar ajratdi. Eng katta ulushni esa FlexSoft oldi — 1 million dollar, bu esa mamlakatdagi startaplar uchun juda katta ko‘rsatkich (o‘rtacha jalb qilingan summa 104 ming dollar atrofida).

O‘zbekistonda har to‘rtinchi avariyada 1 kishi yoki kuniga o‘rtacha 6 kishi avtohalokat natijasida vafot etayotgan ekan.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: “O‘tgan shanba-bozor o‘zim rulda yurib keldim. Rulda kimligini hech kim bilmaydi, lekin menam 15-20 minut tirbandlikda turdim”.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
O‘zbekistonliklar Shengen vizasi uchun 58 mingdan ortiq ariza topshiribdi — bu o‘tgan yilga nisbatan 26,2 foiz ko‘p.
Konsulxonalar 51,6 mingta viza berdi, arizalarning 87,29 foizi ma’qullangan. Eng katta qiziqish Germaniyaga bo‘lgan: bu yerda 19,3 ming arizadan 15,2 mingtasi tasdiqlangan. Eng yomon ko'rsatkich Polshada kuzatilib, arizalarning 69,2 foizi rad etilgan.
Vizalar uchun to‘langan umumiy yig‘im 4,7 million yevrodan oshdi, shundan 740 ming yevro rad etilgan arizalarga to‘g‘ri keladi.

SchengenVisaInfo
Schengen Visa Trends from Uzbekistan (2014 - 2024): A Statistical Overview of Visa Applications
As of 2025, Uzbek nationals must apply for a visa to enter the Schengen Area. Below, you will find Schengen visa statistics and trends for Uzbek residents over the past ten years. This includes the number of applications submitted, rejection rates, approval…
Bugundan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabuli boshlandi. Agar uy olishni rejalashtirgan bo‘lsangiz, quyidagilarni bilib qo‘ygan yaxshi:
Qancha pul ajratiladi?
Ipoteka uchun boshlang‘ich to‘lovga 30 million so‘mgacha subsidiya beriladi. Shu bilan birga, ipoteka kreditlari bo‘yicha hisoblangan foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya — kredit muddatining birinchi besh yili davomida 12 foizdan oshgan qismiga, 2025-yil va undan keyingi yillar Dasturlari doirasidagi kreditlar bo‘yicha esa Markaziy bankning asosiy stavkasidan oshgan qismiga to‘lanadi.
Kim olishi mumkin?
Ariza beruvchi va uning turmush o‘rtog‘i mamlakatda hech qanday uy-joyga ega bo‘lmasligi kerak. Bundan tashqari, ijtimoiy mezonlarga mos keladiganlar. Har bir mezon uchun ball beriladi, jami kamida 30 ball to‘plash kerak.
Daromad bo‘yicha talab qanday?
Toshkentda — 3 118 500 so‘mdan 10 626 000 so‘mgacha. Boshqa hududlarda 3 118 000 so‘mdan 9 240 000 so'mgacha bo'lishi kerak. Agar daromad shu oraliqdan kam yoki ko‘p bo‘lsa — subsidiya berilmaydi.
Subsidiyasi olish uchun arizalarni Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali onlayn jo‘natish mumkin.