Telegram Web Link
Agar balki qo‘lga tushib qolmaganida lavozimidan bo‘shamas edi. 100 dan ortiq jarimaning bekor qilinishi — katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Biroq bu, aslida, qonunga hurmatsizlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilishdan boshqa narsa emas.

@lazizhamidov
Aytgancha, mundoq o'ylab qarasa, istalgan viloyatni, istalgan "GAI"sining rahbari yuzlab jarimalarni ro'yhatdan o'chirib yoki o'chirtirib yuborish imkoniyati borligini o'zi ham kattagina korrupsiya uchun "darcha" ochib bera oladigan tizim ekan-a?

Shuni masalan umuman o'chirib yuborib bo'lmaydigan, yagona, bitta tizim qilib qo'ysa bo'lmasmikan. Masalan jarimaga tushdingiz va buni umuman o'chirib bo'lmaydi, online ko'rinib turasiz, jarima to'lovini amalga oshirganingizdagina jarima ro'yhatidan o'chasiz. Shunaqa qilib qo'yishsin)

https://www.tg-me.com/muhrim2022/4742
Tashqi qarz bo‘yicha O‘zbekiston qancha foiz to‘lov qilayotganini bilasizmi?

2025-yilning birinchi choragida mamlakatimizning yalpi tashqi qarzi 68,4 milliard dollarga yetdi. Shundan 35,8 milliard dollari davlat qarzi, qolgan 32,6 milliard dollari esa korxonalarga tegishli. Eng qiziq tomoni — bu qarz uchun qancha foiz to‘lanayotgani.

Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning I choragida tashqi qarz bo‘yicha jami 881 million dollar foiz to‘lovi amalga oshirilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12,4 foizga, ya’ni 98 million dollarga ko‘p. Hatto 2024-yilning oxirgi choragiga qaraganda ham 25,3 million dollarga ortgan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yozishlaricha 3 nafar vatandoshimiz Koreya ko‘chalarida, odam gavjum joyda yo‘lni o‘rtasiga dasturxon solib osh yeyishayotgan ekan.

Keyin nega Koreya bizga viza bermaydi, yoki ko'p "otkaz" beryapti, deb yurishadi. Nahot bu faxrlanadigan emas, uyaladigan, sharmanda harakat ekanligini tushunishmaydi bular. Baraka topkurlar, bu ishingiz bilan ham o‘zingizga, ham boshqa vatandoshlaringizga ziyon qilyapsiz. Deport qilvorish kerak bunaqa ahmoqlarni. Juda jonga tegdi. Uzr albatta...

@lazizhamidov
2025/07/07 12:36:53
Back to Top
HTML Embed Code: