2025-yil 1-apreldan boshlab kommunal xarajatlar oshadi ekan:
Bir kVt/soat uchun elektr energiyasi uchun 600 so‘m;
Bir kub metr tabiiy gaz uchun 1000 so‘m etib belgilandi.
@lazizhamidov

Bugun Markaziy bank asosiy stavkani yillik 13,5 foiz darajasida saqlab qolganini e’lon qildi. Bu oddiy aholi uchun nimani anglatishi borasida qisqacha tushuntirish berib o‘tmoqchiman.
1. Markaziy bank asosiy stavkasi oshirilsa: Narxlar barqaror bo‘ladi, lekin oddiy xalqning kredit olishi qimmatlashadi va moliyaviy qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin.
2. Markaziy bank asosiy stavkasi tushirilsa: Kreditlar arzonlashadi, lekin narxlar tezroq o‘sishi (inflatsiya) xavfi paydo bo‘ladi.
3. Agar Markaziy bank asosiy stavkani o‘zgartirmasa, iqtisodiy sharoit sezilarli darajada o‘zgarmaydi. Shu bilan birga:
- Kredit va omonat foizlari barqaror qoladi, ya’ni aholining qarz olish yoki jamg‘arma qilish imkoniyatlari avvalgidek davom etadi.
- Narxlar va inflyatsiya darajasi ham joriy sharoitga muvofiq qoladi, ya’ni narxlar keskin o‘sishi yoki pasayishi kutilmaydi.
- Tadbirkorlar va aholida iqtisodiy muhitni barqaror deb qabul qilish hissi paydo bo‘ladi.

Rankings TOP-1000_2025.pdf
1.3 MB
O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan dunyodagi TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati tasdiqlanibdi.
Mazkur ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanadi.
@lazizhamidov
Mazkur ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanadi.
@lazizhamidov
Shahar aylanib ko’zim tushib qoldi, bu belgi noyob, Toshkentda bitta qolgan bo’lsa kerak. Buni ham olib tashlash kerak, demoqchi emasman, aslo, shunchaki qiziq ko’rindi. Buyam bir o’tmish-da.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Photo
Kanal o‘quvchilaridan birining yozishiga ko'ra, Malika bozori yaqinida joylashgan mahalladagi hovli uylardan birida ham bor ekan.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
UzPost va Temu o‘rtasidagi hamkorlik haqida imzolangan yangi kelishuv kichik biznes egalarining ko‘plab e’tirozlariga sabab bo‘layotganini ijtimoiy tarmoqlarda ko'rib qoldim. O'z-o'zidan savol tug‘iladi: mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar ushbu o‘zgarishlarga aslida qanday munosabatda bo‘lishlari kerak?
Avvalambor bu hamkorlikning oqibatlarini inobatga olish zarur. Xitoy platformalaridagi narxlar, Xitoy hukumatining subsidiya tizimi va O‘zbekistonda soliq to‘lamasligi tufayli past bo‘lsa, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga jiddiy zarba bo‘ladi. Shuni unutmaslik kerakki, sog‘lom iqtisodiyot nafaqat iste’molchilar uchun qulay narxlar, balki mahalliy ishlab chiqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashni ham o‘z ichiga oladi.
Bozor sharoitlarini tenglashtirish uchun chora tadbirlar ishlab chiqish va barchaga teng bo'lgan yangi imkoniyatlar yaratish haqida o‘ylash kerak. Aks holda, mahalliy ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar kasodga uchrab, mamlakatdagi ish o‘rinlari va iqtisodiy barqarorlik xavf ostida qoladi.

5 trln. 154 mlrd. so‘m (o'rtacha kursda: 409 million dollar).
Bosh prokuraturaning ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi 2-yilda mansabdor shaxslar davlatga mana shuncha zarar keltirgan.

Bugun, 26-yanvar 2025-yilda, Belarusda prezident saylovi bo‘lib o‘tdi. Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko yettinchi muddatga qayta saylanishi kutilmoqda. Saylov oldidan Lukashenko mamlakatda adolat, xavfsizlik va imkoniyatlar va’da qildi. U, shuningdek, 2020-yildagi norozilik namoyishlari takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ogohlantirdi.
Lukashenko 1994-yildan buyon Belarus prezidenti lavozimida turibdi. 30 yil.
@lazizhamidov
Lukashenko 1994-yildan buyon Belarus prezidenti lavozimida turibdi. 30 yil.
@lazizhamidov
Internetda yozishyapti, “Uzairways kompaniyaning 33 yilligi munosabati bilan 30%lik chegirma e’lon qildi lekin narxlarda o’zgarish bo’lmadi, ba’zi joylarda xatto chegirmada qimmatlashdi ham”, deb.
Men ham Istanbulga bilet narxini chegirma boshlanmasidan avval qarab qo’ygan edim, chegirmadan so’ng ham o’zgarish sezmadim. 2 oy oldin Tbilisiga olgan biletim bilan ham solishtirdim, unda ham o’zgarish yo’q.
Balki kompaniya saytini bir-oz optimizatsiya qilib, qidiruv natijasida tushuntirishlarni ham qo’shib qo’yish kerakdir, chegirmalar asli tarifdan olinishi yoki chegirma vaqti talabni keskin oshib ketishi natijasida narxlar ham paralell oshishi va natija 30%lik chegirma bilan ham qimmatroq ko’rinishga ega bo’lishini.
Xullas, nima bo’lsa ham shunday yo’l tutish kerakki, chegirma vaqtida ommaviy chipta qidirayotganlarda ortiqcha tushunarsiz savollar tug’ilmasligi kerak. O’ylayman, buni albatta yo’lini qilsa bo’ladi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mavzudan tashqarida. Men ko’rgan, reytingi baland, lekin qabul qilishim qiyin bo’lgan 3ta film. Faqat shu videoda aytganimdek, ko’rib qo’yib keyin mani so’kib yurmang.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
Kecha-bugun xalqaro internet nashrlarida eng ko'p muhokama qilingan mavzu quyidagi bo'ldi:
Xitoyning DeepSeek kompaniyasi yangi sun'iy intellekt chatboti — DeepSeek R1'ni taqdim etgach, Amerika fond bozori sezilarli o'zgarishlarga duch keldi. Ushbu yangilik AQSh texnologiya kompaniyalari aksiyalarining keskin pasayishiga olib keldi, natijada Nasdaq texnologiya indeksi qariyb 1 trillion dollar yo'qotdi. Masalan, Nvidia kompaniyasi aksiyalari 17% ga tushib, bozor qiymatidan qariyb 600 milliard dollar yo'qotdi. Shuningdek, Google va Microsoft kabi kompaniyalar ham sezilarli zarar ko'rdi.
DeepSeek R1'ning muvaffaqiyati AQSh texnologiya kompaniyalarining sun'iy intellekt sohasidagi ustunligiga shubha tug'dirdi. Ushbu voqea AQSh texnologiya sektoridagi baholashlarni qayta ko'rib chiqishga olib kelishi mumkin.
Shuningdek, DeepSeek R1'ning muvaffaqiyati AQShning Xitoyga nisbatan texnologik eksport cheklovlarining samaradorligi haqida savollar tug'dirdi. Bu esa AQSh siyosatchilarini Xitoyning sun'iy intellekt sohasidagi yutuqlariga nisbatan yangi choralar ko'rishga undashi mumkin.

Bloklangan TikTok O‘zbekistonda 7,5 mlrd so‘m ishlab topibdi.
Ma'lumot uchun, TikTok — O‘zbekistonda 2021-yildan buyon shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish maqsadida rasman cheklangan yagona ilova hisoblanadi. Shunga qaramay ilova bu yil 903 million so'm soliq to'lagan.

2024-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekistonda rasmiy ravishda eng yuqori maosh to‘langan sohalar:
- Moliya sohasi – 15,26 mln so‘m
- Aloqa sohasi – 13,15 mln so‘m
- Transport sohasi – 8,11 mln so‘m
O‘rtacha darajadagi maoshlar:
- Sanoat – 6,43 mln so‘m
- Savdo – 6,23 mln so‘m
- Qurilish – 5,97 mln so‘m
Eng kam maosh oladigan sohalar:
- Sog‘liqni saqlash – 3,41 mln so‘m
- Ta’lim sohasi – 3,63 mln so‘m
@lazizhamidov
- Moliya sohasi – 15,26 mln so‘m
- Aloqa sohasi – 13,15 mln so‘m
- Transport sohasi – 8,11 mln so‘m
O‘rtacha darajadagi maoshlar:
- Sanoat – 6,43 mln so‘m
- Savdo – 6,23 mln so‘m
- Qurilish – 5,97 mln so‘m
Eng kam maosh oladigan sohalar:
- Sog‘liqni saqlash – 3,41 mln so‘m
- Ta’lim sohasi – 3,63 mln so‘m
@lazizhamidov
2024-yil noyabr holatiga ko‘ra, AQSHdan deportatsiya qilinadigan O‘zbekiston fuqarolari soni 975 nafarni tashkil qilmoqda ekan.
@lazizhamidov
@lazizhamidov
OOKLA 2024-yilda internet tezligi bo‘yicha Ucell'ni eng yaxshi operator deb e’tirof etdi
“Yuqori mukofot O‘zbekistonning telekommunikatsiya sohasi va raqamli iqtisodiyotini rivojlantirishga yo‘naltirilgan sezilarli investitsiyalar natijasi: 2024-yilda 136 million dollardan ortiq va uch yil davomida 389 million dollar. Mamlakatning eng yirik uyali aloqa operatorining har bir xodimi Nukusdan Termizgacha o‘z hissasini qo‘shdi,” — deb ta’kidladi bosh direktor Andrey Shishkovskiy.
2024-yilda 9 490 ta yangi mantiqiy baza stansiyalari, shu jumladan 745 ta beshinchi avlod stansiyalari tijorat foydalanishiga topshirildi.
Yuqori ishonchning asosiy ko‘rsatkichi - 9,5 milliondan ortiq abonentlardir. Farg‘ona vodiysidagi aholi punktlarining 87 foizi 5G qamrovi bilan ta’minlangan. Ucell tarmoqni faol modernizatsiya qilmoqda va optik tolali infratuzilmani rivojlantirmoqda, hatto eng chekka hududlarda ham yuqori tezlikdagi aloqaga kirishni ta’minlayapti.
*Mobil va keng polosali tarmoqni tahlil qilish sohasida jahonyetakchisi boʻlgan Ookla® xalqaro kompaniyasi Speedtest Intelligence ma'lumotlarining tahlil natijalariga koʻra.
Reklama

Toshkent havosi yil boshidan beri eng ifloslangan darajaga yetgan.
O‘zbekistonda o‘tgan yilning 1-martidan, prezident qaroriga ko‘ra, havodagi mayda dispers zarrachalar miqdori bo‘yicha belgilangan me’yordan oshib ketish holatlari aniqlanganda aholini xabardor qilish amaliyoti joriy etilishi kerak edi. Shu bilan birga, sog‘lig‘i havo ifloslanishiga juda sezgir fuqarolar uchun profilaktika choralari haqida muntazam ma’lumot berish boshlanishi belgilangandi.
O‘zi ifloslanish manbasi nima? Bu zaharli tutunmi yoki tuman? Mas’ullar bu vaziyatda aholiga qanday tavsiya beradi? O‘zi bunday paytda kishilar nima qilish kerak? Afsuski bu borada hozircha hech qanday ogohlantirish e’lon qilinmadi.