Telegram Web Link
O‘zbekistonda avtomobil savdosi keskin tushib ketdi — deyarli 400 ming dona kamroq avtomobil sotilgan.

So‘nggi yillarda bozor doimiy o‘sishda edi, ammo hozirda sezilarli pasayish kuzatilmoqda. Buning asosiy sababi — avtokreditlarning kamayishidir.

2024-yilda banklar atigi 17 trillion so‘mlik avtokredit ajratdi, bu esa 2023-yilga nisbatan qariyb 20 trillion so‘mga kam. Natijada, avtomobil bozori sezilarli darajada sovidi.

@lazizhamidov
Germaniya payvandchi, muhandis-mexanik va chilangar kasblarining egasi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda ekan.

Hozircha jami 70 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi 2.600 yevroni (2800 dollardan sal ko‘proq) tashkil etadi. Uy ijarasi va ovqatlanish xarajatlari nomzodning o‘z hisobidan bo‘ladi.

@lazizhamidov
Dunyoga mashhur Binance birjasi O‘zbekistonda ofis ochish arafasida shekilli, LinkedIn’da "Mijozlarga xizmat ko‘rsatish vakili" (Customer Service Representative) pozitsiyasiga nomzod qidirayotganiga ko‘zim tushib qoldi.

Avval yozganimdek, Binance O‘zbekistonda faoliyat yuritish uchun ruxsat olgandi. Kompaniya Oʻzbekistonda oʻz faoliyatini mahalliy Coinpay kompaniyasi orqali hamkorlikda amalga oshirishi belgilangan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekistonda aholining uy-joy bilan ta’minlanganlik darajasiga qaralsa har bir insonga o‘rtacha 18,9 kvadrat metr to'g'ri keladi ekan (18,9 kvadrat metr bu taxminan 4,35 metr x 4,35 metr o‘lchamdagi xona). Solishtirish uchun ushbu ko‘rsatkich bizga yaqin mamlakatlarda quyidagicha: Qozog‘istonda – 23,4 kv.m, Ozarbayjonda – 20,1 kv.m, Qirg‘izistonda – 13,0 kv.m, Tojikistonda esa – 10,9 kv.mni tashkil qiladi.

Videoda yillilar kesimida ushbu ko'rsatkichning hududlar bo'yicha o‘zgarishini ko‘rishingiz mumkin.

@lazizhamidov
Tramp ma’muriyati 43 ta davlatga (rasmdagi davlatlar) nisbatan viza cheklovlarini joriy etishni rejalashtirmoqda ekan. Ushbu mamlakatlar uchta kategoriya bo‘yicha tasniflangan:

Qizil ro‘yxat – Ushbu ro‘yxatga kiritilgan 11 ta davlat fuqarolarining AQShga kirishi to‘liq taqiqlanadi.

To‘q sariq ro‘yxat – AQShga kirishi qisman taqiqlangan 10 ta davlat. Ushbu mamlakatlarning faqat badavlat ishbilarmon sayohatchilariga viza berilishi mumkin, ammo turistik va immigratsion vizalar bilan sayohat qilish taqiqlanadi.

Sariq ro‘yxat – Bu ro‘yxatga kirgan 22 ta davlatga AQShga kiruvchi shaxslar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etish, pasport berish qoidalariga rioya qilish va AQShga kirishi taqiqlangan mamlakat fuqarolariga pasport sotishni to‘xtatish uchun 60 kunlik muddat beriladi. Agar ushbu talablar bajarilmasa, ularga ham viza cheklovlari qo‘llanadi.

@lazizhamidov
Toshkentda bir kishi uy sotib olish uchun o'rtacha 15 yil kerak ekan!

Ma'lumotlarga ko'ra, O‘zbekistonda uy-joy sotib olish eng qiyin bo‘lgan hudud – Toshkent shahri bo‘lib, bu yerda xarid qobiliyati ifodalovchi "narx-daromad" ko‘rsatkichi bo'yicha o‘rtacha 14,9 yil davomida daromad yig‘ish talab etiladi. Keyingi o‘rinlarda esa Samarqand (13,9 yil) va Navoiy (11,3 yil) viloyatlari joy olgan.

Uy sotib olish eng oson bo'lgan hudular esa Sirdaryo (7 yil) va Farg‘ona (7,3 yil) viloyatlarida ekan.

Umuman olganda, mamlakat bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkich 9,9 yilni tashkil qiladi. Bu Markaziy Osiyo davlatlari ichida eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, Qozog‘istonda o‘rtacha 9,2 yil, Qirg‘izistonda esa 7,2 yil davomida uy sotib olish mumkin.

@lazizhamidov
Amaldorlarning xizmat mashinalari auksionda sotilmoqda ekan.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar Germaniyadagi barcha chet ellik shifokorlar mamlakatni tark etsa, kasalxonalar qanday ahvolga tushib qolishi haqida video tayyorlanibdi.

Ushbu video so‘nggi yillarda Germaniyada sezilarli darajada kuchaygan va migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish g‘oyasini faol ilgari surayotgan “Germaniya uchun alternativa” (AfD) partiyasiga javoban tayyorlangan. Sababi, 2025-yil fevral oyida bo‘lib o‘tgan Bundestag saylovlarida ushbu partiya ikkinchi o‘rinni egalladi va ularning siyosiy ta’siri yanada kuchayib bormoqda. Ular hokimiyatga kelsa tibbiyot tizimi qanday holatga kelishi ko‘rsatilgan.

O‘zi bugungi kunda Germaniya tibbiyot sohasi mutaxassislarining jiddiy yetishmovchiligi bilan yuzlashmoqda. Germaniyada shifokorlarning qariyb 12 foizi chet ellik mutaxassislardir. Aynan shu sababli so‘nggi yillarda O‘zbekistondan ham hamshiralar va tibbiyot xodimlarini Germaniyada ishga jalb qilish bo‘yicha ish e’lonlari ko‘payib qoldi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda joriy hafta xuddi may oyidagi kabi issiq harorat kuzatiladi ekan.

Xorijiy ob-havo byurolari ma’lumotiga ko‘ra, 20-mart kuni O‘zbekistonning katta qismida o‘rtacha sutkalik harorat me’yordan naq 8−12 darajagacha yuqori chetlanish tamoyiliga ega — bunday issiqlik to‘lqinini mart oyi uchun «anomal» deya ta’riflash mumkin.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
😱 QIZIQARLI SAYOHATLARNI TAKLIF QILADIGAN SIRLI KANAL TOPILDI!

🎁 Masalan Misrga Ramazon Hayitiga sayohat bo‘yicha super taklif – 350$ dan!

✈️ Reys 31-mart kuni! Joylar soni cheklangan!

📲 Qolib ketmang! Hoziroq obuna bo‘ling va sayohatga otlaning!

Kanalga havola 👉 locas_tour

Hamyonbop sayohatlar uchun bizga yozing 👇


📞 78 7777377 | Telegram: @LocasTourbot

Reklama
O‘zbekistondagi uy bozorida savdolar kamayib, narxlar barqarorlashmoqda ekan.

2010-2016 yillarda 400 ming yangi kvartira qurilgan bo‘lsa, 2017-2023 yillarda bu raqam 1,6 millionga yetdi. Natijada, kvartiralar soni 5,9 milliondan 7,6 millionga oshdi.

2018-yilda 162,1 mingta kvartira sotilgan bo‘lsa, 2023-yilda bu ko‘rsatkich 272,4 mingga yetdi. Ammo 2024-yilda bu raqam 256,5 mingga tushdi. Ya’ni, kvartiralar ko‘paygan bo‘lsa-da, xaridorlar kamaydi. Shuning uchun real narxlar 2024-yilda atigi 0,9% ga o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2022-yilda uy narxlari 17,5% ga oshgan edi.

2022-yilda ipoteka kreditlari hajmi keskin oshib, 14,4 trillion so‘mga yetgan (+47%). Keyingi yillarda o‘sish sustlashdi: 2023-yilda +12%, 2024-yilda esa +6%. Ipoteka kamayishi → savdolar kamayishi → narxlarning o‘sishi sekinlashishi.

2025-yilda 120 ming yangi kvartira qurilishi va ipoteka uchun 25 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilgan. Mutaxassislarning aytishiga ko‘ra, bozor barqaror o‘sishda davom etadi, lekin 2022-2023 yillardagi keskin narx ko‘tarilishi kutilmaydi.

@lazizhamidov
Toshkent shahar hokimligi aholidan nosoz yo‘llarni o‘zlari ta’mirlamasligini so‘rabdi.

Hokimlikning ta’kidlashicha, chuqurchaga sovuq aralashma to‘ldirilib, qo‘l ostidagi vositalar bilan zichlash usuli to‘liq ta’mirlash hisoblanmaydi.

@lazizhamidov
Qatar duty free savdo tarmoqlarida savdo yordamchisi sifatida ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda ekan. Oylik maosh 700−750 dollar atrofida.

Nomzodlar 21 yoshdan yuqori bo‘lishi, ingliz tilida erkin muloqot qila olishi va kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim deb aytilgan.

Qiziqqanlar uchun LINK
O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha:

- Elektr changyutgichlari – 82 dona;
- Kir yuvish mashinalari – 101 dona;
- Televizorlar – 177 dona;
- Mobil telefonlar – 356 dona  to'g'ri keladi ekan.

@lazizhamidov
Temu O‘zbekistonda yana faoliyatini davom ettirishi mumkin ekan.

Soliq qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, Temu O‘zbekiston Respublikasida rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Soliq qo'mitasining qo'shimcha xabariga ko'ra, o‘tgan davrlar uchun Temu bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi.

@lazizhamidov
Janubiy Koreyada o‘zbekistonliklarga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizasi berilishi kutilmoqda ekan.

Dastlab Ulsan shahrida pilot loyiha sifatida amalga oshiriladi. Natija ijobiy bo‘lsa boshqa shaharlar ham joriy etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi viza berish mexanizmi Koreyaga ishchi kuchini yetkazib beruvchi jahondagi 17 ta davlat orasida birinchi marotaba faqatgina O‘zbekiston uchun qo‘llanilmoqda.

@lazizhamidov
O'zbekistondagi import avtomobillar savdosi fevral oyida ikki barobardan ko‘proqqa kamayib ketibdi.

Fevral oyida birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlarida ham faollik pasaygan. Elektromobillar segmentida ham oy yakunlari bo‘yicha savdolar pasayib bormoqda.

@lazizhamidov
Turkiyadagi inflyatsiya: 15 yil oralig'ida

@lazizhamidov
2025/07/11 23:26:42
Back to Top
HTML Embed Code: