Telegram Web Link
Qatar duty free savdo tarmoqlarida savdo yordamchisi sifatida ishlamoqchi bo‘lgan o‘zbekistonliklarni ishga taklif qilmoqda ekan. Oylik maosh 700−750 dollar atrofida.

Nomzodlar 21 yoshdan yuqori bo‘lishi, ingliz tilida erkin muloqot qila olishi va kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi lozim deb aytilgan.

Qiziqqanlar uchun LINK
O‘zbekistonda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha:

- Elektr changyutgichlari – 82 dona;
- Kir yuvish mashinalari – 101 dona;
- Televizorlar – 177 dona;
- Mobil telefonlar – 356 dona  to'g'ri keladi ekan.

@lazizhamidov
Temu O‘zbekistonda yana faoliyatini davom ettirishi mumkin ekan.

Soliq qo‘mitasining ma’lumotiga ko‘ra, Temu O‘zbekiston Respublikasida rezident sifatida ro‘yxatdan o‘tdi.

Soliq qo'mitasining qo'shimcha xabariga ko'ra, o‘tgan davrlar uchun Temu bilan muhokama qilinadigan masalalar mavjud. Hozirda muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu jarayon yakuniga yetkazilib, uning faoliyati yuzasidan yakuniy xulosa e’lon qilinadi.

@lazizhamidov
Janubiy Koreyada o‘zbekistonliklarga soddalashtirilgan tartibda mehnat vizasi berilishi kutilmoqda ekan.

Dastlab Ulsan shahrida pilot loyiha sifatida amalga oshiriladi. Natija ijobiy bo‘lsa boshqa shaharlar ham joriy etishi mumkin.

Ma'lumot uchun, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishchi viza berish mexanizmi Koreyaga ishchi kuchini yetkazib beruvchi jahondagi 17 ta davlat orasida birinchi marotaba faqatgina O‘zbekiston uchun qo‘llanilmoqda.

@lazizhamidov
O'zbekistondagi import avtomobillar savdosi fevral oyida ikki barobardan ko‘proqqa kamayib ketibdi.

Fevral oyida birlamchi va ikkilamchi avtomobil bozorlarida ham faollik pasaygan. Elektromobillar segmentida ham oy yakunlari bo‘yicha savdolar pasayib bormoqda.

@lazizhamidov
Turkiyadagi inflyatsiya: 15 yil oralig'ida

@lazizhamidov
Open Budget portaliga hakerlar hujumi sodir bo'libdi.

Axborot texnologiyalari markazi direktori Otabek Eshchanovning so‘zlariga ko‘ra, har mavsumda bunday urinishlar bo‘lib turadi. Ikki kun oldin esa eng yirik hujum sodir bo‘lgan. Shu paytgacha portalni buzib kirish holati qayd etilmagan.

Noqonuniy ovozlar aniqlanmadi – vazirlik departamenti direktori Sherzod Muhamedovning aytishicha, har bir ovoz fuqaroning mobil raqamiga bog‘langan, shuning uchun soxta ovozlar yo‘q.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda Temu marketpleysi bugundan boshlab rasman bloklanibdi.

Temu ilovasi esa ishlayotganiga qaramay, mahsulotni savatga qo‘shganda, ilovaning ishlashi keskin sekinlashgan. Ekranda esa internetga sekin ulanish haqidagi bildirishnomani ko‘rish mumkin, unda foydalanuvchiga ulanishni tekshirish va qayta urinib ko‘rish taklif etiladi.

Avvalroq Xitoyning Temu marketpleysi yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tib, O‘zbekistonda soliq hisobiga qo‘yildi. Biroq, 20-martdan boshlab rejalashtirilgan blokirovka yuridik shaxs ro‘yxatdan o‘tgunga qadar bo‘lgan davrda platforma tomonidan soliqlar to‘lanmaganligi sababli o‘z kuchida qoldi.

@lazizhamidov
Kun surati.

@lazizhamidov
O‘tgan oyda O‘zbekiston qariyb 1,7 mlrd dollarlik oltin sotibdi.

O'zi oltin narxi tarixiy rekord o‘rnatib, ilk bor 3000 dollardan oshgan. Katta oltin zaxiralariga ega O‘zbekistonni dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy va ijtimoiy tanglik sharoitida ham tabiat tomonidan in’om qilingan oltinlar qaysidir ma’noda qo‘llab-quvvatlamoqda.

@lazizhamidov
12 yilda O‘zbekistonda go‘sht narxi 5,6 barobar oshibdi.

2013-yilda 1 kg go‘shtni 25 000 so‘mga olish mumkin edi. Bugun esa uning narxi 140 000 so‘mdan sotilmoqda.

Narxlar qanday o‘zgardi:

- 2013 — 25 000 so‘m
- 2014 — 27 000 so‘m
- 2016 — 35 000 so‘m
- 2017 — 38 000 so‘m
- 2018 — 46 000 so‘m
- 2020 — 60 000 so‘m
- 2021 — 70 000 so‘m
- 2022 — 90 000 so‘m
- 2024 — 120 000 so‘m
- 2025 — 140 000 so‘m

@lazizhamidov
O‘zbekistonlik tibbiyot xodimlarini Qatar va Shveysariya ishga taklif qilmoqda ekan. Yaqin kelajakda AQSh ham o‘zbekistonlik hamshiralarni ishga jalb qilishni rejalashtirmoqda.

Hozirda Qatarda 10 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi oyiga 10 ming Qatar rialini (2 737 dollar) tashkil etadi. Shveysariya  esa 2 000 ta ish o‘rni mavjud bo‘lib, ish haqi oyiga 2500 yevro ekan.

Nomzodlar 18−50 yosh oralig‘ida, tibbiyot sohasida kamida 2 yillik ish stajiga ega bo‘lishlari hamda ingliz tilini yoki Nemis tilini mukammal bilishlari kerak.

Arizalarni havola orqali jo‘natish mumkin: HAVOLA

@lazizhamidov
Ertaga barcha davlat tashkilotlarida “svet” bir soatga o‘chiriladi ekan.

Ekologiya vazirligi barcha fuqarolarni "Yer soati" kuni munosabati bila atigi 60 daqiqaga elektr energiyasidan foydalanmasdan aksiyada qatnashishni so'ramoqda.

@lazizhamidov
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti zamonaviy hayot tarzini inobatga olgan holda yosh toifalarini qayta ko‘rib chiqdi. Endi 45 yoshgacha bo‘lgan odamlar yosh hisoblanadi ekan.

Yangi standarlarga ko'ra:

- 0-45 yosh — yosh (avval 18-35 yosh edi)
- 46-60 yosh — o‘rta yosh (avval 36-59 yosh edi)
- 61-75 yosh — keksa yosh (avval 60-74 yosh edi)
- 76-90 yosh — qarilik davri (avval 75-89 yosh edi)
- 90 va undan yuqori — uzoq umr ko‘ruvchilar (avval 90 yoshdan yuqori edi) hisoblanadi.

@lazizhamidov
The New Yorker jurnalining navbatdagi hafta sonining muqovasi.

Toshkent shahrida ham, yer osti va yer usti o'tish joylarida, va umuman shahar bo'ylab ko'rish mumkin bo'lgan manzara.

@lazizhamidov
Fevral oyi yakuniga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi yanvarga nisbatan yana 0,4 foizga oshib, 15,1 foizni tashkil qilibdi.

Bu ko‘rsatkich so‘nggi ikki yildagi eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi. U 2023-yil fevralida 14,9 foizni tashkil qilgan. Shu bilan birga, o‘tgan oyda yillik inflyatsiya 10,1 foizga yetdi.

Yuqoridagi suratda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan sezilgan inflyatsiya darajasi bo‘yicha so‘rovnoma hisobotida respondentlarning yanvar-fevral oylarida qaysi tovar va xizmatlar narxi ko‘proq oshgani haqidagi javoblari o‘rin olgan.

@lazizhamidov
O‘zbekiston asosan kimlardan qancha qarz olgan?

Ayni vaqtda O‘zbekistonning rasmiy e’lon qilingan davlat qarzi 40 mlrd 199 mln dollarni tashkil etadi. Asosiy davlat qarzimiz ushbu jadvaldagilardan ekan.

@lazizhamidov
Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘istonda Ramazon Hayiti 30-mart kuni nishonlanishi rasman e’lon qilinibdi.

O‘zbekistonda esa hali rasmiy bayonot berilmadi. Oldingi yillarga nazar tashlasak, O‘zbekiston musulmonlari idorasi 2022-yilda Ramazon hayit sanasi 2 kun avval e’lon qilingan bo‘lsa, 2023-yilda 1 kun oldin, 2024-yilda esa yana 2 kun avval ma’lum qilingan edi.

Bugun e'lon qilingan Prezident qaroriga ko'ra, O‘zbekistonda Ramazon Hayiti 30-mart kuni nishonlanadi.

@lazizhamidov
2025/07/08 22:25:05
Back to Top
HTML Embed Code: