Telegram Web Link
Laziz Hamidov
Forbes dunyoning eng boy odamlari ro‘yxatida ilk bor O‘zbekiston vakili sifatida Alisher Usmonovni kiritdi. Avval Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatilardi. Usmonovning boyligi 16,7 mlrd dollarga yetib, u boylar orasida 125-o‘ringa ko‘tarildi. Alisher Usmonov…
Reytingda dastlab mamlakati O‘zbekiston sifatida qayd etilgan Alisher Usmonov so‘nggi yangilanishda yana Rossiya fuqarosi sifatida ko‘rsatilmoqda.

Odatda mamlakat bo‘limidagi o‘zgarishlar ishbilarmonlar vakillarining talabiga binoan kiritadi.

@lazizhamidov
Infografika: Bir kilogram palov tayyorlash qaysi hududda necha pulga tushishi hisoblab chiqilibdi.

@lazizhamidov
O‘zbekistonda boy aholini soliqqa tortishning alohida tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda ekan.

Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev eng yuqori daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliqlarni to‘lash va undirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, yangi elektron tizimni ishlab chiqish uchun Soliq qo‘mitasiga taxminan yana bir yil kerak bo‘ladi.

Tizim nafaqat O‘zbekistonda, balki xorijda olingan daromadlarni ham soliqqa tortishni nazarda tutadi deb aytilgan.

@lazizhamidov
Yaxshi xabar. O‘zbekistondagi OTM va kollejlar diplomlari Germaniyada tan olinishi kutilmoqda.

Kecha Germaniyalik mutaxassislar bilan O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari va kollejlarini Germaniya Ta’lim vazirligining ANABIN axborot bazasiga kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

ANABIN — Germaniya Ta’lim va tadqiqot vazirligining xorijiy diplomlar va ta’lim muassasalarini tan olish bo‘yicha rasmiy axborot tizimi hisoblanadi. Agar ANABIN tizimiga ulansak, o‘zbekistonliklar Germaniyada yana ham osonroq ishga joylashishi mumkin.

@lazizhamidov
Tramp barcha davlatlarga bazaviy 10 foizlik boj solinishini e’lon qilganida, bu ro‘yxatga tasodifan Heard va Makdonald orollari ham kirib qolgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu orollarda faqat pingvinlar yashaydi — birorta ham odam yo‘q)

@lazizhamidov
Toshkent markazida yuk transporti harakati 4-apreldan 9-aprelgacha to‘liq cheklanadi ekan.

@lazizhamidov
“Kuryerni bir kuni”

@lazizhamidov
Rossiyada tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida bolalar buyumlarini davlat tomonidan ijaraga berish boshlanibdi.

Ma'lumot uchun, Rossiyada o'tgan yili atigi 1,2 million bola tug‘ilgan — bu undan oldingi yilga nisbatan 3,4 foizga kam. Boshqacha aytganda 1999-yildan beri eng past ko‘rsatkich. Agar 1990-yillar statistikasi bo‘yicha hisoblab, Checheniston va anneksiya qilingan Qrim ma’lumotlarini chiqarib tashlansa, bu oxirgi 200 yildagi eng past tug‘ilish darajasi hisoblanadi.

@lazizhamidov
Eng mashhur yo‘l harakati qoidabuzarliklari uchun to'lanadigan "shtraf"lar ayni vaqtda qanchaligi borasida qiziqib ko'rdim:

— Xavfsizlik kamarini taqmaslik – 187 500 so‘m;

— Texnik ko‘rikdan o‘tmaslik yoki dori qutisining yo‘qligi – 187 500 so‘m;

— Haydovchilik guvohnomasiz avtomobil boshqarish – 375 000 so‘m;

— Sug‘urtasiz avtomobil boshqarish – 375 000 so‘m;

— Svetaforning qizil chirog‘ida harakatlanish – 750 000 so‘m;

— Noto‘g‘ri joyda avtomobil to‘xtatish (parkovka) – 750 000 so‘m;

— Avtomobil boshqarayotganda telefonda gaplashish – 1 125 000 so‘m;

— Davlat raqamisiz avtomobil boshqarish – 1 875 000 so‘m;

— Belgilangan tezlikni 20 km/soatdan oshirish – 375 000 so‘m;

— Qarama-qarshi yo‘ldan harakatlanish – 3 750 000 so‘m;

— Mast holatda avtomobil boshqarish – 9 375 000 so‘mgacha yoki 3 yilgacha haydovchilik huquqidan mahrum qilish;

— Ruxsatsiz tonirovka – 9 375 000 so‘m.

@lazizhamidov
Tramp tomonidan qo'yilgan bojlar dunyodagi barcha narsaning narxiga jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Shuni oddiy usulda iPhone narxiga qanday ta'sir qilishini ko'rib chiqamiz:

Agar ilgari iPhone umumiy hisobda 549,73 dollarga tushgan bo'lsa, endilikda yangi tariflar sababli bu narx 846,59 dollarga chiqmoqda.

Ya'ni, qurilmaning avvalgi narxiga taxminan 300 dollar qo'shishingizga to'g'ri keladi.

@lazizhamidov
Turkiyaning Anadolu Group xolding kompaniyasi O'zbekistondan SamAuto kompaniyasining ustav kapitalidagi 75,2 foizlik davlat ulushini sotib olish taklif qilibdi.

@lazizhamidov
O‘zbekiston va Vetnam o'zaro vizasiz tartib joriy etishni rejalashtirmoqda ekan.

Kecha Shavkat Mirziyoyev Vetnam Milliy majlisi raisi Chan Txan Man boshchiligidagi delegatsiyani bilan uchrashuvda vizasiz tartib joriy etish masalasi muhokama qilingan.

Hozircha O‘zbekiston fuqarolari Vetnamga elektron viza (e-Visa) asosida kirishlari mumkin.

@lazizhamidov
ChatGPT endi O‘zbekistonda soliq to‘laydi ekan.

Amerikalik texnologik gigant — OpenAI kompaniyasi O‘zbekiston soliq tizimida ro‘yxatdan o‘tdi. Uning eng mashhur mahsuloti — ChatGPT — yurtimizda keng ommalashgan bo‘lib, minglab o'zbekistonliklar undan foydalanmoqda. Oxirgi oylarda ChatGPT O‘zbekistonda eng ko‘p yuklab olingan ilovalar ro‘yxatida doimiy ravishda 1–2-o‘rinlarni egallab kelayotgan edi.

@lazizhamidov
Yaxshi xabar! O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi borasidagi ishlar nihoyasiga yetib qolibdi.

Yaqin kunlarda o‘zbekistonlik fuqarolar Xitoyda 30 kungacha vizasiz yurishlari mumkin bo'ladi.

@lazizhamidov
Click kompaniyasi asoschisi Rustam Fayzievning aytishiga ko'ra, Telegram orqali foydalanuvchilarga zararli APK fayllarini yuborib, plastik kartalardagi mablag‘larini o‘g‘irlab kelgan yirik firibgarlardan biri ushlanibdi.

@lazizhamidov
Saida Mirziyoyeva «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini aytibdi.

«Farzandlarimiz tomosha qilayotgan kontentning asosiy qismi — chet el mahsulotlari. Milliy, sifatli kontentimiz esa yetarli darajada emas. Ayniqsa, bolalar uchun o‘zbek tilidagi qo‘shiqlar, milliy qadriyatlarimizga xos multfilmlar va ta’limiy kontentlar yetishmaydi. Shu bois, mazkur yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ularni yanada rivojlantirish kerak», deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

Biz — Tasnif jamoasi bunday g‘oyalarni har doim olqishlab kelganmiz. Chunki hozir milliy, sifatli va o‘zbek tilidagi kontent hali yetarli emas. Bunday loyihalar nafaqat bolalarni quvontiradi, balki ularning dunyoqarashi, tafakkuri va tiliga bevosita ta’sir qiladi deb o'ylayman.

@lazizhamidov
Bill Geyts o'tgan kuni o‘zining 106 milliard dollarlik boyligining atigi 1 foizini farzandlariga meros qilib qoldirishini e'lon qilib chiqdi. U bunday qarorini quyidagicha izohlabdi:

“Farzandlarim o‘z yutuqlarini o‘zlari qo‘lga kiritishlarini istayman.”

Demak, 3 nafar farzandining har biri taxminan 322 million dollarga yaqin meros oladi ekan. Chindan ham o‘z yutuqlarini o‘zlari qo‘lga kiritishlari uchun yetarli mablag' bu :)

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Ijtimoiy tarmoqlarda Temu internet-do‘koni xodimlarni ishga jalb qilayotgani haqida soxta e’lonlar paydo bo‘libdi. Soxta e’londa fuqarolarga 1 soatdan 6 soatgacha 300 ming so‘mdan 2,2 million so‘mgacha pul topishni mumkinligi aytilgan. Jinoyatchilar bunday…
Avval aytib o‘tganimdek, internetda anonim hisoblardan yuqori maoshli ish takliflari ortida odam savdosiga aloqador jinoiy guruhlar turgani haqida ogohlantirgan edim. Afsuski, ikki nafar fuqaromiz ushbu firibgarlarning tuzog‘iga ilinibdi.

Ular internet orqali Tailandda yuqori maoshli ish taklifini qabul qilib, safarga chiqqan. Biroq keyinchalik noqonuniy tarzda Myanmaga olib o‘tilgan va u yerda odam savdosi bilan shug‘ullanuvchi jinoiy guruh qo‘liga topshirilgan.

O‘zbekistonning Tailanddagi Bosh konsulxonasi xorijda ishga joylashish bo‘yicha har qanday taklifga ehtiyotkorlik bilan yondashishni, shuningdek, axborot manbalarining ishonchliligini sinchiklab tekshirishni qat’iy tavsiya qilmoqda.

@lazizhamidov
2025/07/10 10:43:22
Back to Top
HTML Embed Code: