Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ha, qilish kerak bo’lgan ishlar, buni ustiga shuncha yoshlar shu yo’nalishga qiziqayotgan bo’lsa bu nur ustiga a’lo nur. Faqat men o’zimdan qo’shadiganim, bu yoshlarni barchasini qilayotgan ishlarini sun’iy intellekt bilan uyg’unlashtirib qilish kerak, deb o’ylayman.

Personajlarni yaratish, bo’yash, harakatlantirish, ssenariylar yozish, buni barchasiga sun’iy intellekt kirib kelib bo’ldi, yoshlar shuni mahkam ushlashlari kerak, bu qo’shimcha yordam, kelajak shu bilan. Umuman olganda zo’r, omad 👍🏼


@lazizhamidov
Kim jamoadan orta qolib ketsa, shunaqa surib jamoaga qo’shib qo’yisharkan, zo’rakan 😅

@lazizhamidov
Yo’l bo’yidagi Pullik avtoturargohlarni birinchi marta ishlatib ko’rdim, soati 12 000 so’m ekan, bu markazdagi, boshqa joyda narhlar o’zgarsa kerak. Nazoratchi yuribdi tekshirib, to’lamaganlarga bildirishnoma yozib.

10 soatga qo’ysam ham soati 12 000dan bo’ladimi, desam, ha, deydi. Buni o’ylab ko’rish kerak, qancha ko’p tursa shuncha arzonroq bo’lishi kerak, o’zi 12 000 ham arzon emas, 1$ degani, Toshkent Yevropadan ham (nisbatda) qimmate)

@lazizhamidov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Talaba Fest'da biz ham ishtirok etdik, talabalar bilan tanishdik, ularni imkoniyat, qiziqishlari haqida suhbatlashdik.

“TalabaFest–2025” nafaqat yoshlar bilan uchrashuv maydoni, balki kelajak hamkorlar bilan tanishuv imkoniyati bo‘ldi.

Grafik dizayn sohasida faoliyat yuritayotgan tadbirkor sifatida shuni aytishim mumkinki, bu kabi tadbirlar - ijodiy salohiyatni ko‘rsatish, bilim almashish va eng muhimi, yangi iste’dodlarni kashf qilish uchun ajoyib maydon bo’la oladi.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
Yo’l bo’yidagi Pullik avtoturargohlarni birinchi marta ishlatib ko’rdim, soati 12 000 so’m ekan, bu markazdagi, boshqa joyda narhlar o’zgarsa kerak. Nazoratchi yuribdi tekshirib, to’lamaganlarga bildirishnoma yozib. 10 soatga qo’ysam ham soati 12 000dan bo’ladimi…
Aytgancha, mana bu masala bo’yicha, chiqsam, qog’oz yopishtirib ketishibdi. Soat 12:50 holati bo’yicha to’lov qilinmagan, deb topishibdi. Lekin mobil dastur ko’rsatishi bo’yicha 12:18dan 13:18ga qadar to’lov qilganman. 12:50 holati bo’yicha to’lov vaqti faol bo’lgan. Qo’ng’iroq qilib aytdim, o’rganib chiqamiz, deyishdi. Shunaqa gaplar, o’zimcha endi shunaqa yangi narsalarga qiziqib yuribmanda 😅

@lazizhamidov
Biz sal keyin tug’ilgan avlod ekanmiz, kombain g’allani o’rib ketgach, undan qolgan somonlarni yig’gani chiqardik, qoplarga bosib, olib kelib suvga uyitib, molga berardik. Boshoq termasdik. Nonga esa navbatga turar edik do’konda, haltaga 5-6ta “bosib” opkelardik ))

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Uzum va Centrum Air: parvoz paytida kichkintoylarga g‘amxo‘rlik!

💜 Iyun oyida aviakompaniya samolyotlarida bolalar to‘plamlari paydo bo‘ladi, bu ota-onalarga parvozlar paytida kichkintoylarning ko‘nglini ko‘tarishni osonlashtiradi.

🧸 To‘plamlar qalamlar bilan rasm bo‘yash kitobchasini, shuningdek, rebuslar va topishmoqlardan iborat komiksni o‘z ichiga oladi, ularni yechganliklari uchun bolalarga xotira sifatida Centrik qushcha-brelokni olishlari mumkin.

🎈To‘plam Centrum Air aviakompaniyasining bort kuzatuvchilari tomonidan barcha reyslarida bolalarga beriladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
So‘nggi kunlarda Birlashgan Arab Amirliklariga terma jamoamizni qo‘llab-quvvatlash maqsadida borgan yuzlab yurtdoshlarimizning kiritilmayotganligi va aeroport hududida ushlab o‘tirgani bilan bog‘liq murojaatlari keng muhokama qilinmoqda.

Afsuski, ushbu vaziyatda hatto rasmiy akkreditatsiyaga ega bo‘lgan sport sharhlovchimiz Hasan Turdialiyev ham kiritilmagani sababli Toshkentga qaytib kelibdi. Futbolni siyosiylashtirib yuborishdi. To‘g‘risi, bu juda ham xunuk manzara.

@lazizhamidov
Xalq buyuk ijodkor :) #

@lazizhamidov
Yana bir xalq ijodi :)

@lazizhamidov
Markaziy Osiyo davlatlarining milliy valyutalari nima ma’noni anglatishini bilasizmi?

🇺🇿🇰🇬 So‘m/ Som – “toza”, “butun”, “kumush” kabi ma’nolarni bildiradi.

🇰🇿 Tenge – “teng”, “barobar” degan ma’noni anglatadi.

🇹🇲 Manat – lotincha moneta (ya’ni “pul”) so‘zidan kelib chiqqan.

🇹🇯 Somoniy – bu nom o‘rta asrlarda yashagan davlat arbobi Ismoil Somoniy sharafiga qo‘yilgan.

@lazizhamidov
Jennifer Lopez konsert berish uchun O‘zbekistonga birinchi marta kelayapti.

Chiptalar bugundan sotuvga chiqibdi. Narxlari 1 million so‘mdan 4 million so‘mgacha etib belgilanibdi. Konsert 7-avgust kuni Milliy stadionda bo'lib o'tadi ekan.

@lazizhamidov
Piyoda va piyodalar o’tish joyi.

@lazizhamidov
Nihoyat, kutgan kunimiz keldi!

Xudoga shukr – Jahon chempionatiga yo‘l oldik nihoyat! 🇺🇿🎉

Endigi manzil — AQSh! Endi u yerda ko‘ramiz, qo‘llab-quvvatlaymiz, chin dildan muxlislik qilamiz!

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shu kunlarni Hojiboy Tojiboyev ko’rmadi-da, eng kamida muzqaymoq yeb keladigan bo’ldik.

@lazizhamidov
1
Men ham.

Bayram muborak do’stlar 🌷

@lazizhamidov
2025/07/09 09:33:20
Back to Top
HTML Embed Code: