Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha velosport bo‘yicha O‘zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi a’zosi Fotima Saipovaga uy sovg‘a qilinibdi. Tabriklayman.

@lazizhamidov
Safarda yurib, har narsada me’yor muhimligi haqida o’ylab qoldim. So‘nggi besh yil ichida 15 ga yaqin davlat va 40 ga yaqin shaharlarda bo’ldim. Shu davr mobaynida biror marta ham biz, o‘zbeklar, noto‘g‘ri yo‘ldamiz degan fikr hayolimga kelmadi.

Aksincha, biz mehribon, sabrli, madaniyatli xalqmiz. Oilaviy qadriyatlar bizda juda baland. Ota-ona, aka-uka, opa-singil – barchasi biz uchun muqaddas. Ularning baxti va dardini o‘zimiznikidek his qilamiz, ularning hayoti bilan yashaymiz.

Ba’zida bu tuyg‘ular bizni qiynashi, yuragimizni siqishi mumkin. Ammo hayot ko‘rsatadiki – bu aynan to‘g‘ri yo‘l. Va men bunga chin dildan ishonaman.

@lazizhamidov
Agar tadbirda prezident bilan ko’rishganimda va nimadir so’rash imkoni bo’lganida shuni so’rar edim, deyapti.

@lazizhamidov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkentdagi Rohat “krugi” yopilishi tufayli Qo‘yliq ko‘prigi va Farg‘ona yo‘li atrofida katta tirbandlik yuzaga kelibdi. Aytishlaricha, 2-3 km masofani bosib o‘tish uchun 1 soatga yaqin vaqt talab qilinmoqda.

@lazizhamidov
O‘zbekistondagi yirik supermarket tarmoqlarida o‘rtacha maosh quyidagicha ekan:

Korzinka — 6,5 mln;
Baraka — 5,3 mln;
Magnum — 5,1 mln;
Makro — 5 mln;
Havas — 4,4 mln;
Olma — 4,3 mln;
Bi1 — 4,1 mln.

@lazizhamidov
Ozarbayjon, mamlakatda istiqomat qilayotgan va jinoyatchi deb hisoblanayotgan Rossiya fuqarolarini mana shunday ko‘rinishda hibsga olibdi. Aniqrog‘i, hibsga olingach, ularni shunday ko‘rinishga keltirishibdi. Aftidan, Boku toqati-toq bo‘lgan — “katta og‘a”ning Rossiyadagi ozarbayjon fuqarolariga bo‘lgan munosabati Bokuning joniga teggan ko‘rinadi.

Bundan tashqari, bugun internetda yozishmoqda: Ozarbayjondagi barcha rus maktablari bosqichma-bosqich yopila boshlanadi va yaqin 3 yil ichida barchasi to‘liq yopiladi. Mamlakatdagi barcha rus tilidagi madaniy tadbirlar to‘xtatilgani haqida ham o‘qigan bo‘lsangiz kerak.

Xullas, Boku Moskvaga endilikda shuni anglatmoqchi: ular ham Rossiya bilan tengma-teng, mustaqil davlatdir va ularga sobiq Ittifoqdan chiqqan vassaldek emas, balki hurmat bilan qarash kerak.

@lazizhamidov
Keskin o‘sish.

UZ24'da yozilishicha, shu yilning 4 oyida mol va qo‘y go‘shti o‘rtacha hisobda 15 foizga qimmatlagan. Yillik inflyatsiya darajasi o‘rtacha 12 foizni tashkil qilgan bir paytda go‘sht inflyatsiyasi yillik 30 foizdan yuqoriga to‘g‘ri kelmoqda. Bu – dahshat.

Ushbu maqolada buning sabablari ekspertlar tomonidan batafsil tushuntirilgan. Lekin meni e'tiborimni tortgan tomoni UZ24'ning stili o‘zgarganligi bo‘ldi. Ortiqcha vaqt sarflamasdan biror bir kunning eng muhim xabarlarini batafsil tushunib olishingiz mumkin. Haqiqatan, men uchun ushbu stil ma’qul keldi. Maslahatim, obuna bo‘lib oling — @uz24newsuz

@lazizhamidov
23-iyun kuni Parij shahrida o‘zbekistonlik Bankir Qahramon Olimov noma’lum shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilibdi.

U deyarli ikki kun davomida asirlikda saqlangan va tovon puli to'langanidan so'ng ozod qilingan.

@lazizhamidov
Liverpul hujumchisi Diogu Jota avtohalokat oqibatida vafot etibdi. Yaxshi futbolchi edi.

@lazizhamidov
Jahongir Ortiqxo‘jayev Boku shahrida 80 mln dollarlik bog‘ quryapti ekan.

Bog‘ O‘zbekistonning, jumladan, Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva va Qo‘qon shaharlarining «boy tarixi, me’morchiligi va madaniyatini aks ettiruvchi noyob muhit yaratadi deb aytilgan.

@lazizhamidov
3-iyul kuni Navoiy g‘arbida havo harorati maksimumi +46 darajadan yuqorilabdi.

Shuningdek, kecha O‘zgidrometning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidagi jami 5 ta stansiyasida havo harorati maksimumlari +44 daraja va undan yuqoriladi. 10 ta meteostansiyada esa +43 daraja va undan yuqori ko‘tarildi. Bunday anomal issiq yana bir necha kun davom etadi.

@lazizhamidov
Laziz Hamidov
3-iyul kuni Navoiy g‘arbida havo harorati maksimumi +46 darajadan yuqorilabdi. Shuningdek, kecha O‘zgidrometning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatidagi jami 5 ta stansiyasida havo harorati maksimumlari…
O‘tgan yilgi anomal issiqda elektr iste’moli rekordi yangilangandi — bu yilchi?

O‘tgan yili O‘zbekistonda kuzatilgan anomal issiq ob-havo sharoitida 25- va 26-iyul kunlari elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha mutlaq tarixiy rekord ko‘rsatkichlar yangilangan. O‘shanda, 2024-yil 25-iyul kuni soat 15:47 da Toshkentda havo harorati 39,7 daraja bo‘lganida O‘zbekiston energotizimida iste’mol quvvati 11 822 MVt ni tashkil qilgan. Mazkur ko‘rsatkich yoz davri uchun tarixdagi absolyut rekord deb e’lon qilingan edi.

Ayni vaqtda kuzatilayotgan bu anomal issiq davrda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilanganman ko‘rinadi, chunki hozircha Energetika vazirligi hech qanday axborot bermadi. Ma’lumot uchun kecha Toshkentda havo harorati +40,2 gradusgacha issiq bo‘ldi. Balki Toshkentda oxirgi kunlarda ko‘p kuzatilayotgan elektr energiyasidagi uzilishlar natijasida rekord yangilanmay qolgandir))

@lazizhamidov
Aytishlaricha, iPhone 17 dizaynida katta o‘zgarish bo‘lishi mumkin ekan. Apple bu safar orqa tomondagi logotipni pastroqqa tushirishga majbur bo‘libdi — sabab: yangi, ancha katta kamera paneli.

Ijtimoiy tarmoqdagi izohlarga ko‘ra bu yangilik ko‘pchilikka yoqmagan. Insonlar logotipning joylashuvi va telefonning umumiy ko‘rinishini “g‘alati” va “Apple’ga yarashmaydigan” deb baholayapti.

@lazizhamidov
Aytgancha, shu narsani saqlab qo’ying o’rtoqlar

Escrow
— bu oraliq vositachi orqali xavfsiz to‘lov tizimi bo‘lib, ikki tomon (xaridor va sotuvchi) o‘rtasidagi bitimni himoyalash uchun ishlatiladi.

🔐 Oddiy qilib aytganda:

Escrow — bu pul (yoki hujjat, aktiv) vaqtincha uchinchi tomon — ishonchli vositachi (odatda onlayn platforma yoki bank) huzurida saqlanadigan tizimdir.

👉 Xaridor pulni to‘laydi → pul escrow hisobida “muzlatiladi”
👉 Sotuvchi mahsulot yoki xizmatni yetkazadi
👉 Xaridor rozilik bildirgach, pul sotuvchiga o‘tkaziladi

@lazizhamidov
Agar balki qo‘lga tushib qolmaganida lavozimidan bo‘shamas edi. 100 dan ortiq jarimaning bekor qilinishi — katta ta’sir kuchini ko‘rsatadi. Biroq bu, aslida, qonunga hurmatsizlik va mansab vakolatini suiiste’mol qilishdan boshqa narsa emas.

@lazizhamidov
Aytgancha, mundoq o'ylab qarasa, istalgan viloyatni, istalgan "GAI"sining rahbari yuzlab jarimalarni ro'yhatdan o'chirib yoki o'chirtirib yuborish imkoniyati borligini o'zi ham kattagina korrupsiya uchun "darcha" ochib bera oladigan tizim ekan-a?

Shuni masalan umuman o'chirib yuborib bo'lmaydigan, yagona, bitta tizim qilib qo'ysa bo'lmasmikan. Masalan jarimaga tushdingiz va buni umuman o'chirib bo'lmaydi, online ko'rinib turasiz, jarima to'lovini amalga oshirganingizdagina jarima ro'yhatidan o'chasiz. Shunaqa qilib qo'yishsin)

https://www.tg-me.com/muhrim2022/4742
2025/07/06 07:10:26
Back to Top
HTML Embed Code: