Forwarded from Salohiyat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍20🥰6❤3👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O’G’LIM TEMURGA
O’g’lim, bu yer –
Bizning yerimiz.
O’zimizning yerimiz.
Qo’rqmasdan qadam tashla.
Yer juda qattiq –
Bobolarning qoni qotirgan uni,
Momolarning ko’zyoshi qotirgan.
O’g’lim, bu yer –
O’zimizniki,
Hadiksirama, ishongin otangga,
Hadeb qarayverma orqangga.
Yiqilsang, ko’tarar
Seni bu tuproq.
Yiqilsang, turmoqni o’rganasan,
Turmoqni o’rgan, o’g’lim.
Yiqilsang, emaklama,
Emaklaganim yetar, o’g’lim,
Qad tiklashni o’rgan,
Shuning uchun bizga berilgan
Bu yer – bu Vatan.
• Xurshid Davron
O’g’lim, bu yer –
Bizning yerimiz.
O’zimizning yerimiz.
Qo’rqmasdan qadam tashla.
Yer juda qattiq –
Bobolarning qoni qotirgan uni,
Momolarning ko’zyoshi qotirgan.
O’g’lim, bu yer –
O’zimizniki,
Hadiksirama, ishongin otangga,
Hadeb qarayverma orqangga.
Yiqilsang, ko’tarar
Seni bu tuproq.
Yiqilsang, turmoqni o’rganasan,
Turmoqni o’rgan, o’g’lim.
Yiqilsang, emaklama,
Emaklaganim yetar, o’g’lim,
Qad tiklashni o’rgan,
Shuning uchun bizga berilgan
Bu yer – bu Vatan.
• Xurshid Davron
❤22👍20🥰3👎1
Forwarded from Salohiyat
“Salohiyat” 3-son |Bog‘cha – tarbiya o‘chog‘i
“Salohiyat” — O‘zbekiston yoshlarining bilim, tafakkur va jamiyatdagi o‘rnini yoritishga qaratilgan interaktiv suhbatlar loyihasi.
Ko‘rsatuvning navbatdagi sonida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, “Liderlar” kitobi muallifi, “Sodiq xizmatlari uchun” medali sohibi Otabek Hasanov mehmon bo‘ldi.
Ushbu suhbatda mehmonimiz ma’naviyat va ma’rifatning jamiyatdagi o‘rni, amalga oshirilayotgan islohotlar, ijtimoiy tarmoqlarning ta’siri hamda jamiyatni birlashtirishning ahamiyati haqida o‘z fikrlarini bildirdi.
Shuningdek, milliy qadriyatlarimiz, yangi avlod, farzand tarbiyasi va jadidlar ta’limi borasidagi mulohazalar bilan ham tanishasiz.
Suhbatni ko‘rish uchun havola:
https://youtu.be/0VeFra2gYUc
📱 You Tube | 📱 Instagram | 📱 Telegram

❤12🔥6👍5👎1
Forwarded from TOSHKENT VOHASI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Bola 5 yoshgacha xulq-atvorning 70 foizini olib bo‘lar ekan”
#birdamjamiyat #bilim #yangiruhiyat #inson
To‘liq videoni tomosha qilish uchun: https://youtu.be/0VeFra2gYUc

👍20❤10👏2👎1
Ey inson, sening haqiqiy safaring tashqariga emas, ichkariga bo‘lishi kerak. Agar sen minglab yurtlarni kezib, o‘z qalbingni anglamasang, aslida bir qadam ham yurmading. Chunki olamning siri – sening qalbingdadir. O‘z qalbingni pokla, unda osmon ham, yer ham, yulduz ham aks etadi. Agar sen o‘z qalbingni bilsang, butun olamni bilasan. Ammo qalbingni unutib qo‘ysang, olam seni aldab qo‘yadi.
Jaloliddin Rumiy
Jaloliddin Rumiy
👍36❤15🔥8👏3😢3🤔1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda "Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati" ta'sis etiladi.
Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 80-yubiley sessiyasida "Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati"ni ta'sis etish va uning qarorgohini O'zbekistonda joylashtirish taklifini ilgari surdi.
#xalqchildavlat
@liderlar1

👍42❤4👎1
Forwarded from "LIDERLAR KITOBI” fan
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✍️Otabek Xasanov
"Strategiya o‘sha lekin taktika o‘zgargan"
To'liq suhbatni ko‘rish uchun havola: https://youtu.be/0VeFra2gYUc

👍12⚡7❤7👎1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Ўзбек халқи айтади ва қилади. Шуни биз ишонтирдик”
Шавкат Мирзиёев Дональд Трамп билан бўлиб ўтган учрашув ҳақида
@liderlar1
Шавкат Мирзиёев Дональд Трамп билан бўлиб ўтган учрашув ҳақида
@liderlar1
❤20👍17👎1🫡1
#Davlat_xizmatchisi_2_0
📌 Davlat xizmatchisi eng ko‘p uchraydigan 3 xatolik va ulardan qutulish yo‘li
1️⃣ Hujjat yuritishda mayda detalga e’tibor bermaslik
— Bir harf yoki sana noto‘g‘ri ketsa, qaroringiz qonuniy kuchini yo‘qotishi mumkin.
✅ Yechim: Har bir hujjatni imzo oldidan 2 marta tekshir. Iloji bo‘lsa, “ikkinchi ko‘z” qoidasini qo‘lla – hamkasbingdan ham ko‘rib chiqishini so‘ra.
2️⃣ Qonunchilik yangiliklaridan orqada qolish
— “Bilmadim” bahona emas. Qonunlar o‘zgarishini bilmaslik — mas’uliyatdan ozod qilmaydi.
✅ Yechim: Har hafta kamida 30 daqiqa vaqt ajratib, rasmiy manbalarni kuzatish, bu seni ortiqcha xavfdan qutqaradi.
3️⃣ Manfaatlar to‘qnashuviga ahamiyat bermaslik
— Tanishlaring orqali qaror qabul qilyapsanmi? Bu ertaga seni “korrupsiya” degan so‘z bilan bog‘lashi mumkin.
✅ Yechim: Har doim ochiq va shaffof harakat qil. Agar shubha bor bo‘lsa — manfaatlar to‘qnashuvi haqida yozma ravishda rahbariyatga ma’lum qilish.
🔥 Saboq: Davlat xizmatida xatolar — nafaqat ishingni, balki obro‘yingni ham yo‘qotishi mumkin. Shu 3 xatodan qochsang, o‘zingni 70% muammodan asrabsan.
@Liderlar1

👍21❤12🔥5👏1
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Siyosiy_ma’rifat_soati_34_son
⏰ Hurmatli davlat xizmatchilari, navbatdagi o'quv dasturini e'tiboringizga xavola qilamiz!
📝 Haftaning har juma kuni taqdim etilayotgan siyosiy ma'rifat soati davlat xizmatchisining siyosiy bilimlarini oshirish, daxldorlik hissini kuchaytirish, ma'naviyatini yuksaltirishga xizmat qiladi!
➡️ YouTubeda tomosha qiling: https://youtu.be/ag6hH7InQl4
@otabek_khasanov

👏6👍3❤2
Forwarded from Salohiyat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Maqsadim bolamni yaxshi joyda o'qitish"
To'liq suhbatni ko‘rish uchun havola: https://youtu.be/0VeFra2gYUc
📱 You Tube | 📱 Instagram | 📱 Telegram
To'liq suhbatni ko‘rish uchun havola: https://youtu.be/0VeFra2gYUc
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥24👍5❤4⚡2👎1
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hammamiz farzandlarimiz uchun ishlaymiz, ular haqida qayg‘uramiz! Kelajaklariga poydevor qurishga urunamiz. Lekin eng muhimini mehr va e’tiborni tez-tez unutib qo‘yamiz!
Ha, qattiq mehnat qilib, ularning kelajagi uchun moddiy ta’minotni yarata olamiz, ammo mehrsiz, sof tuyg‘ularsiz, birga vaqt o‘tkazmay turib ularni chinakam baxtli qila olmaymiz!
Navbatdagi roligimiz shu haqida! Dam olish kunlari, farzandlaringiz bilan muloqot qilishni, orzulari, maktabi, do‘stlari haqida suhbatlashishni unutmang!

👍24❤8🔥6👏3🎉1
#тафаккур_қилинг
Ҳақиқатдан қўрққан одам ёлғоннинг панасига беркинади.
Одам учта нарсанинг қадрини доим кечикиб билади. Ёшлик. Соғлиқ. Тинчлик.
Дўстни хўрлаш – гуноҳ. Умр йўлдошини хўрлаш – юз ҳисса гуноҳ. Ота-онани хўрлаш – минг ҳисса гуноҳ. Гўдакни хўрлаш – чексиз гуноҳ...
Иш кўплиги-ю, вақт йўқлигидан нолиманг. Вақт кўплиги-ю, иш йўқлигидан қўрқинг. Одамни абгор қиладиган нарса – бекорчилик.
Ҳатто булбул ҳам бола очганидан кейин сайрашни бас қилиб, полапонларига емиш ташийди.
Эрталаб турганингда, кундузи юрганингда, кечаси ухлаганингда ҳеч қаеринг оғримаси шунинг ўзи бахт!
Ақл билан мансабга эришиш мумкин. Мансаб билан ақлга эришиб бўлмайди.
Дунёда мукаммал нарса йўқ. Ҳатто Муҳаббат деб аталмиш олий туйғуда ҳам адолатсизлик бор. Ким қаттиқроқ севса, ўша кўпроқ изтироб чекади.
Инсоннинг баҳоси бу дунёда ўзи олгани билан эмас, ўзидан қолгани билан белгиланади.
Дунёда энг бебаҳо, аммо ҳамиша беназир тарқатиладиган хазина бор. Бу – Она меҳри!
✍ Ўткир Ҳошимов

👍54❤22👏6🔥4
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Manzil…
Manzillar ko‘p, lekin o‘qituvchining har kuni boradigan manzili — ilm!
U tinmay izlanadi, o‘rganishdan to‘xtamaydi, bor ilmini rivojlantiradi va uni barchaga ulashadi!
Yaqinda, Davlatimiz rahbari o‘qituvchi va murabbiylar bilan samimiy muloqot qildi. Shunda yosh muhandis, o‘qituvchi E’zozbek Ozodov o‘zi, ixtirolari haqida aytib bergandi.
Unga Prezident sovg‘asi — BYD ham topshirilgan edi.
Biz shu yosh o‘qituvchining bir kunini, borar manzillarini hujjatli, qisqa metrajli film sifatida tasvirga oldik. Samimiy, ortiqcha izohlarsiz…Borini ko‘rsatdik.
Ko‘rindiki, bugun ketayotgan manzilimiz ilm bo‘lsa, farzandlarimiz o‘qisa, yangiliklarga intilsa, Yangi Renessans albatta, bunyod bo‘ladi!
Shu bois, Davlatimiz rahbari ham “Yangi O‘zbekistonda eng muhim soha — ta’lim, eng hurmatli insonlar — o‘qituvchi va murabbiylar” ekanini aytmoqda.
Bayramingiz muborak bo‘lsin, muhtaram ustozlar, qadrli o‘qituvchi va murabbiylar!

❤11👍9🔥4
Forwarded from Otabek Hasanov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ustoz - hayot mash’alasi! Ular bizga saboq berib, ilm va tajriba o’rgatib, umrimizni yoritib boraveradi.
O’ylab qarasam, agar ustozlar bo’lmaganda, butun olam nursiz, ma’nosiz bo’lardi. Yo’limiz topolmay adashgan, maqsadlarimizga yetolmay, mazmunsiz umr kechirar edik.
Borligingiz uchun minnatdormiz, aziz ustozlar!
Bayramingiz muborak bo’lsin, qadrli ma’rifat bog’bonlari!
Otabek Hasanov, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari, siyosiy fanlar doktori

❤19👍7👏2
Forwarded from Botu Alimov
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
✍️Shuhrat
Ishni o'ng qo'l qiladi, tilla soatni chap qo'l taqadi!
#bobomning_oʻgitlari
#fikrning_surati
Telegram|Instagram|Facebook

❤15⚡12👍12🔥2🥰1